Mendagi mendaliklar

Description
tuyumlar
o'ylar
bitiklar
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago

1 week, 3 days ago

Yangi yil bilan, doʻstlar.
Yangi yilda qanday yashashni istasangiz, shunday yashang. Mazmunli va serdaromad yil bo'lsin.

2 weeks, 1 day ago

Badiiyat donishmandi boʻlishni istaysizmi? San'atkorni seving, uning asarlaridan go'zallik axtaring.

J. Vinkelman

2 weeks, 2 days ago

Men: Agar imkoni boʻlganda narigi dunyoda qaysi kasb egasi bo'lardingiz?
Doʻstim: Ey Xudo, narigi dunyoda ham ishlaymanmi? Tinchgina yotsam bo'lmaydimi?
Men: Men sizda tasavvur uyg'otmoqchiman. U yoqda ham ishlamaganlarga non yoʻq:)
Doʻstim: unda men Marsga ketaman😫

Ps. Siz-chi, xayoliy narigi dunyoyingizda kim boʻlardingiz?

2 weeks, 3 days ago

Suv tagida berkinib yotgan gavharning hech kimga foydasi tegmaganidek (Yusuf xos Hojib), oʻqilmagan kitobning ham qadri bo'lmaydi. Har qanday kitob o'qilganidan so'ng o'z bahosini topa oladi. Shu sabab kitobni juda bir ilohiylashtirish shart emas. O'rni kelganda kimgadir berib turing, hadya qiling - bilim ulashasiz.

Bitiruv ishim tufayli ko'plab ilmiy adabiyotlar kerak bo'lyapti. Elektron oʻqiy olmayman, bunga ko'zim ham, quntim ham chidamaydi. Ba'zan universitet kutubxonasida oʻqishga toʻgʻri keladi. Biroq vaqt va boshqa sabablar bilan kitoblarni uyga olib o'qishim kerak bo'lib qoldi. Afsuski, kutubxonadan olishning iloji boʻlmadi. Nima qilarimni bilmay ancha o'ylanib qoldim. Qariyb besh yuz sahifali ilmiy kitobni elektron oʻqib chiqish haqida oʻylovning oʻzi meni dahshatga solardi.
Xayriyatki, chorasi topildi. Bir yaxshi insonning yordamida Oʻzbekiston Milliy universiteti kutubxonasidan vaqtincha o'qish uchun olishga muvaffaq boʻldim. Bu meni quvontirdi, albatta. Oʻzi oxirgi ikki safardan beri izlagan ( va topolmagan) asarlarimni O'zMu kitobxonasi orqali topdim. Minnatdorman. Shunaqa kutubxonalar va ilmni qo'llab-quvvatlovchilar ko'paysin.

Ps. Ilm istab yurgan kishilarga kengfe'l va bag'rikeng bo'laylik. Hech qursa ilmni hurmat qiling.

2 weeks, 3 days ago

O‘RGANDIM

Toshday uchib, qushday qo‘nishni o‘rgandim,
Dard jondin o‘tganda, kulishni o‘rgandim,
Hech nima topmadim, desam bu — yolg‘on,
Toshkentda sovqotmay yurishni o‘rgandim.

Oppoq tulporlarday bir tonglar otdi,
Orzusi tugagan shomlar tosh qotdi,
Oylar ufqqamas, yelkamga botdi,
Tunlarga oy bilan borishni o‘rgandim.

Boshga yulduz tekkan jonon kechalar,
Dil bu buroq ondin qanday kecholar?
Ko‘zlarda goh yashil, oq tangachalar,
Jimirlab turganda sevishni o‘rgandim.

Hasrat yuragimda sayrashni o‘rgandi,
Fursat toliqqanda to‘xtashni o‘rgandi,
Kulfat chin ko‘ngildan yig‘lashni o‘rgandi,
Ularning baridan yashashni o‘rgandim,
Baridan mard bo‘lib o‘lishni o‘rgandim.

Shodmonqul Salom

2 weeks, 3 days ago

«Anonim savollar» rasmiy boti. 🤓 Men bilan anonim suhbat quring. Sizni kimligingiz qabul qiluvchiga ko'rinmaydi. Quyidagi havola orqali xabaringizni yo'llang!⤵️ https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=4fd96cb7549047

2 weeks, 3 days ago

* «Anonim savollar» rasmiy boti.*

🤓 Men bilan anonim suhbat quring. Sizni kimligingiz qabul qiluvchiga ko'rinmaydi.

Quyidagi havola orqali xabaringizni yo'llang!⤵️****
https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=4fd96cb7549047

2 weeks, 4 days ago

Bolaligimdan koʻp kasal boʻlganman. Va bu hozirga qadar davom etib kelmoqda. Salqin tushdi deguncha tomog'imdan ildirib olaman va yotib qolaman. Sira oyoq uchida o'tkazmayman - ukol-dori qilmasam hisobmas. Shu paytgacha qanday kasal boʻlishimdan qat'iy nazar, men unchalik e'tbor bermagan ekanman. Biroq yaqinda boshimdan o'tkazgan branxit menga yaxshigina saboq berdi. Oʻzim uchun kerakli xulosalar chiqardim, amin bo'lganlarimga ikki karra inondim:

Bu dunyoda hech kim hech kim uchun nimadir qilishga majbur emas, hatto ota-onangiz va farzandlaringiz ham.

Sizning kimligingiz, hayotga muhabbatingizni kimdir yoki nimadir bilan belgilamang.

Hayotning oliy va inkor etib boʻlmas ustuni - sog'lik. Sog'lik bo'lmasa, hech nima ko'zingizga ko'rinmaydi: ish, oʻqish, rejalar, g'oyalar, orzular, pul - hech qaysisining qizig'i qolmaydi, vaqtning ahamiyati o'zgaradi.

Odamlarni his qiling. Birovning dardini his qilmaguncha uni tushuna olmaysiz. Va bu aytilganchalik oson emas. Nazarimda, adabiyot ham o'zgani his qilishdan boshlanadi.

Yaxshiyam san'at bor. U bizni qutqaradi. Vaqtinchalikka bo'lsa ham oʻzimizni baxtli his qilish imkonini beradi. Oddiy misol, bolaligimdan to hozirgacha qiyinchiliklardan nurli hayotga chiqqan insonlar haqidagi kino va seriallarni boshqacha zavq va qiziqish bilan tomosha qilaman, qayta-qayta tomosha qilaman va bu menga iloji bor degan umid beradi. Ha, men aynan umid uchun koʻraman oʻsha filmlarni.

Tuyg'ularingizni muqaddaslashtirmang. Shunda pushaymon ta'midan yiroqroq boʻlasiz.

O'ta yaxshi bo'lib ketmang - baribir qadrlashmaydi. Biroz yomon va xudbinroq ham boʻlish kerak. Oʻshanda qadrli bo'lasiz.

O'zgaring, ammo o'z xohishingiz bilan. Zero bugun bir eshigingizni ochgan odam, ertaga butun qo'rg'oningizni zabt etishga urinadi.

O'zimni o'ldiraman deb ko'p oʻylamang va gapirmang. Baribir qo'lingizdan kelmaydi.

O'lim - yechim emas, qochish.

Harakat qilmasdan muvaffaqiyatsiz boʻlishdan, harakat qilib muvaffaqiyatsiz bo'lish yaxshiroq. Hech boʻlmaganda o'zingizni oqlash uchun sabab boʻladi.

@mendagi_mendaliklar

2 weeks, 6 days ago

Odam hech qachon yeb ko‘rmagan taomini sog‘inmaganidek, hech qachon ozod yashamagan el ozodlikka intilmaydi.

Gulnora Rahmon

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month ago