Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Kimnidir sevasiz, lekin u bilan doʻstsizlar. Agarda " sevaman " desangiz bu doʻstlik yoki muhabbatga aylanadi yoki umuman yoʻq boʻladi. Qiziq 😅
Agarda sizlar aktivni zoʻr qilsalaring, men ijod qilishdan toʻxtamayman!
Qoʻchqorvoyning shoʻrvasi!
Yozning issiq kunida,
Qoʻchqorvoyning kayfi chogʻ.
Oʻtiribdi soʻrida,
" Xotin! " - dedi-yu shu chogʻ.
Dedi: " Bugun sen va men,
Shoʻrva ichaylik birga.
Shunday bir mazzali qil,
Yetib borsin koʻngilga.
Goʻshtni ham ayamay sol,
Ering aytyapti axir.
Kartoshkani tanlab ol,
Boʻlib qolmasin taxir.
Kel yaxshisi yogʻli qil,
Solgin qoʻy dumbasini.
Ne masalliq boʻlsa ol,
Ayama hammasini.
Bugun bir dil ketibdi,
Shoʻrva istar bu koʻngil.
Nega qotib turibsan,
Bor tezda ovqatni qil. "
Bu gaplardan hayronda,
Xotini qotib qoldi.
Borib oʻchoq tomonga,
Qozonga nazar soldi.
Bu paytda Qoʻchqorvoy,
Salqin joyda yotardi.
Uhlab qolibdi-ku, voy,
Qattiq xurrak otardi.
Xotini ham ichida,
Soʻkib ketdi erini.
Dedi: " Shoʻrva ichguncha,
Chopib qoʻygin yeringni.
Koʻngillari istabdi,
Koʻnglinga oʻsha... Seni.
Ishining tayini yoʻq,
Uyda yotar har kuni.
Undan koʻra tur, ishla,
Oila boshligʻisan sen.
Tagʻin " ayamay sol-mush, "
Roʻzgʻorga ham yana men! "
Ha doʻstlarim, xotini,
Toʻkib soldi dardini.
Erin aytganin qilib,
Ayamadi barini.
Shoʻrva ham zoʻr boʻlibdi,
Goʻshtlari yumshoq juda,
Qoʻchqorvoy ham hididan,
Uygʻonib ketdi shunda.
Dasturxon ham yozildi,
Shoʻrva quyildi shu on.
Shoʻrvaning zo‘rligidan,
Qoʻchqorvoyga kirdi jon.
Endi bir ichaylik deb,
Uzatgandi qoʻlini.
Xotini: " toʻxtang! " - deya,
Ushlab oldi qoʻlini.
Qoʻchqorning jahli chiqib,
Xotinni koyib berdi.
" Ovqatlanayotganda,
Gapirilmaydi! " - dedi.
Xotini ham bosh egib,
Oʻtirdi bir soʻz demay.
Ovqatni yeb boʻlguncha,
Zoʻrgʻa chidadi kulmay.
Shoʻrva haqiqatan ham,
Shirin boʻlibdi juda.
Qoʻchqorvoy ichib boʻlib,
Xotinga boqdi shunda.
" Qani xotin, hoʻsh gapir,
Nima demoqchi eding? "
" Ichgan shoʻrvaga qoʻshib,
Bilmay pashshani yeding!
Shuni aytib qoʻyay deb,
Gapirmoqchi boʻlgandim.
Lekin gapirmaslikni,
Mana sendan oʻrgandim! "
Qoʻchqorvoyning ustidan,
Xotini rosa kuldi.
Qoʻchqorvoyning odobi,
Boshiga balo boʻldi.
Qoʻchqorvoy uyga kirib,
Olib daftar, qalamdan.
Uch, toʻrt misrali sheʼrni,
Qoraladi alamdan.
" Bu dunyoda yeb, ichib,
Oʻzing uchun ham yasha.
Ovqatni qarab yegin,
Tagʻin chiqmasin pashsha. "
Bugun Qoʻchqorvoyning qiziq ishlaridan birini kechga sizlar bilan baham koʻraman. Ungacha reaksiyalar bilan qoʻllab turinglar 😌😉
Kechasi 12 dan keyin boʻladigan ochlik hissi baribir boshqachada 😄
Bilimdon qishlogʻi! Bizning qishloq hoʻp ajib, Odamlari qiziqqon. Kelmay, qilasiz attang, Nomi ham zoʻr " Bilimdon ". Bu yerning odamlari, Qishloqning nomiga mos. Bunday aql sohibi... Hammasi oʻziga hos. Kiyishar oppoq kalish, Tuzni karamlashadi. Choyni…
Vaqtlar ham oʻtibdi qara bir zumda,
Oramiz bilaman yaqin ham emas.
Lekin bizning sevgi moʻrt ekan juda,
Ishqning haqiqiysi masofa bilmas.
Darak yoʻq ham sendan, ham sevgimizdan,
Azobni his qildik ich ichimizdan.
Go'zaldir bu ishqning shirin yakuni,
Ushalmas orzudek qolib ketmaydi.
Lekin yakungacha boʻlgan yukini,
Ishoning har kim ham aytavermaydi.
Shunchaki ishoning sevgiga siz ham,
Seving, seviling baxtli yashang siz.
Haqiqiy sevgida boʻlmas sira g'am,
Yakunda siz oʻsha baxtli insonsiz.
Shirin xotirasan, goʻzal kelajak,
Albatta biz birga boʻlamiz ishon.
Baxt ham sevgimizni balki bilajak,
Nelarni kutyapmiz taqdirdan nishon.
Azobning neligin endi bilma hech,
Men va sen birgamiz bu ishqda sevgim.
Ikkimiz biz uchun, oʻzgalardan kech,
Men seni sevaman, sevgim, sevgilim.
Agar sizlar reaksiya, fikr bildirmasalaring, kanalga post joylashimdan naf yoʻq!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 3 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago