Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 weeks, 2 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Tanxozdaryo — Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Hisor tizmasining gʻarbiy yon bagʻirlaridan, 3900 m balandlikdagi Kichikgʻozi koʻlidan boshlanadi. Nushkent qishlogʻi yaqinida Qashqadaryoga quyiladi. Uzunligi 93 km, havzasining maydoni 425 km². Qariyb 70 km masofada togʻlar orasidan oqadi. Qor, yomgʻir, qisman muzliklardan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 10,1 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 1,67 m³/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Martiyun oylarida sersuv boʻladi, yoz oʻrtalarida suvi kamayadi.
👉 @TOPONIK
Skautlar (Scout) — yoshlarni axloqiy, jismoniy, ruhiy, va intellektual jihatdan rivojlantirishga qaratilgan xalqaro harakatdir. Skautlik harakati 1907-yilda Buyuk Britaniyada Robert Baden-Powell tomonidan asos solingan. U yoshlarni vatanparvarlik, mas'uliyat, tabiatga hurmat va hayotiy ko'nikmalarni o'rgatishga yo'naltirilgan dastur orqali tarbiyalashni maqsad qilgan. Yoshlarni mustaqil fikrlash, mas'uliyat va liderlikka o'rgatish.
Hozirda skaut harakati dunyoning 170 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadi. Skautlar yoshlarni turli o‘yinlar, sport, qo‘l mehnati va boshqa faoliyatlar orqali tarbiyalaydi. Skautlarning shiori: "Har doim tayyor!"
👉 @TOPONIK
Bugun | 5-yanvar | 2025-yil | Yakshaba
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro skautlar (yoshlar harakati) kuni
🇧🇾Belarusda ijtimoiy himoya sohasi xodimlari kuni
🇯🇵 Yaponiyada qulupnaylar kuni
🇺🇲 AQSHda qushlar kuni
🇨🇳 Xitoyda muz va qor festivali kuni
👉 VOQEALAR:
🔰 1731-yil — Moskvada birinchi ko‘cha chiroqlari yoqildi.
🔰 1762-yil — Pyotr III taxtga o‘tirdi.
🔰 1769-yil — Jeyms Uatt bug‘ dvigateliga patent oldi.
🔰 1809-yil — “Dardanel” tinchlik shartnomasi imzolandi, Angliya–Turkiya urushi tugadi.
🔰 1905-yil — Rus–yapon urushi paytida Port-Artur qal’asi taslim bo‘ldi.
🔰 1933-yil — San-Frantsiskoda dunyodagi eng mashhur ko‘priklardan biri — “Oltin darvoza” qurilishi boshlandi.
👉 TAVALLUDLAR:
🎈 1592-yil — Shoh Jahon — Boburiylar saltanati podshosi, “Toj Mahal” maqbarasi quruvchisi.
🎈 1846-yil — Rudolf Kristof Eyken — nemis yozuvchisi va faylasufi, adabiyot boʻyicha “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎈 1855-yil — King Kemp Jillet — amerikalik ixtirochi va birinchi xavfsiz ustara ishlab chiqaruvchisi.
🎈 1874-yil — Jozef Erlanger — amerikalik fiziolog, “Nobel” mukofoti sovrindori.
🎈 1982-yil — Yanitsa Kostelich — xorvatiyalik chang‘ichi, 4 karra Olimpiya va 5 karra jahon chempioni.
🎈 1985-yil — Bobur Bekmurodov — oʻzbek jamoat va siyosiy arbobi, 2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, 2020-yil 27-iyuldan boshlab “Yuksalish” milliy harakati raisi.
👉 @TOPONIK
Tengri – turkiy va mo‘g‘ul xalqlari mifologiyasida oliy xudo, osmon va tabiatning yaratuvchisi, insonlarning hayotiga nazorat qiluvchi kuch. Tengri nafaqat osmonning ramzi, balki tabiatning uyg‘unligi, adolat va barqarorlikni ifodalaydi. Turkiy xalqlar Tengrini o‘z diniy e'tiqodlarining markazi deb bilganlar va uni yuqori ilohiy kuch sifatida ulug‘lashgan.
"Tengri" so‘zi qadimgi turkiy tilida "osmon", "yuqori" yoki "ilohiy" degan ma'noni anglatadi. U "yashil osmon" yoki "abadiy osmon" ma'nosida ham ishlatilgan.
👉 @TOPONIK
Ulgen - turkiy va mo‘g‘ul mifologiyasidagi eng muhim va qudratli xudolardan biri bo‘lib, yuqori dunyo (osmonda) hukmdori hisoblanadi. U o‘ng tomon, ya'ni yaxshilik va yorug‘likni ifodalaydi, Erlik Xon esa chap tomon, yovuzlik va zulmatni boshqaradi. Ulgen ko‘pincha yaratuvchi, himoyachi va odamzodni qo‘llab-quvvatlovchi xudo sifatida tasvirlanadi.
U odatda nur sochuvchi, oq kiyim kiygan, muhtasham qiyofada tasvirlanadi. Uning qudrati yorug‘lik, chaqmoq va bulutlar orqali namoyon bo‘ladi.
Ulgen, ayniqsa, tabiat va insoniyatning yaratuvchisi sifatida e'zozlanadi. Uning obrazlari turli xalqlar og‘zaki ijodida, san’at va mifologiyaviy afsonalarda keng uchraydi.
👉 @TOPONIK
Erlik xon (moʻgʻul : Erleg; Er-Kaan (Janubiy Alt. Er-Kaan), Irlik (-xan ) (xakas: Ирлік)) qirgʻizcha: Erlik Kan - turkiy va moʻgʻul mifologiyasida yer osti dunyosining hukmdori, oʻliklar saltanatining oliy hukmdori.Erlik siymosi Ulgen qiyofasiga qaraganda universalroq boʻlib, u deyarli barcha turkiy-moʻgʻul xalqlarining, ham shomanistlar, ham lamaistlarning eʼtiqodlarida keng tarqalgan. Erlik nomi qadimgi turkiy runik yodgorliklarda uchraydi. Taxminlarga koʻra, bu nom qadimgi uygʻurlarning Erlik-Kagan — doʻzax hukmdori haqidagi gʻoyasiga borib taqaladi.
👉 @TOPONIK
Erkliğ Xon - turkiy va oltoy mifologiyasida fazo xudosi.U yulduzlar, meteoridlar va samoviy jismlar uchun mas'uldir, shuningdek, erkaklik bilan bog'liq.Erkliğ "kuchli" degan ma'noni anglatadi.
Tengrisda u Venera sayyorasining xo'jayinidir. E'tiqodga ko'ra, Erkliğ Xon osmonda yulduzlarning tushishi uchun javobgardir. Bular olovli o'qlar deb ataladi. U, shuningdek, quyosh chiqishi paytida yulduzlarni "o'ldirish" orqali yo'qolishi bilan bog'liq.
Erlik ismiga o'xshashligi sababli ba'zi olimlar Erklig'ni yer osti dunyosining hukmdori Erlik bilan aralashtirib yuborishadi.
👉 @TOPONIK
Brayl Alifbosi (shrift) – ko‘zi ojizlar va ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlar uchun mo‘ljallangan maxsus yozuv tizimi bo‘lib, 1824-yilda fransuz ixtirochisi Lui Brayl tomonidan yaratilgan. Ushbu tizim harflar, raqamlar va hatto musiqiy notalarni ifodalash imkonini beradi.Brayl shriftida dastlabki kitob Fransiyada 1837-yil chop etilgan. Oʻzbek kirill alifbosi ifodalangan Brayl shriftida oʻzbek.yozuvchilaridan A. Qodiriy ("Oʻtgan kunlar") va V. Gʻafurov ("Vafodor") asarlari nashr qilingan. BRAK (rus. brak — nuqsonli).
👉 @TOPONIK
Bugun 4-yanvar 2025-yil,Shanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 BMT - Butunjahon Brayl alifbosi kuni.
🌏 Nyuton kuni.
🌏 Butunjahon gipnoz kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇲🇲 Myanma - Mustaqillik kuni.
🇹🇭 Tailand - Otliq askarlar kuni.
🇺🇸 AQSh - Spagetti kuni.
🇳🇬 Nigeriya - Ogoni kuni.
🇨🇩 Kongo - Mustaqillik uchun qurbon bo‘lganlarni xotirlash kuni.
🇦🇴 Angola - Mustamlaka repressiyasi qurbonlarini xotirlash kuni.
👉 VOQEALAR:
- mil. av. 46 - Ruspina jangi.
- 1008 - Balx yaqinidagi jangda G‘aznaviylar davlati hukmdori Mahmud G‘aznaviy qoraxoniylar davlati qo‘shinini tor-mor keltirdi.
- 1698 - Londondagi qirollar saroyi yonib ketdi.
- 1717 - Gaagada Fransiya, Angliya va Gollandiya Ispaniyaga qarshi ittifoq tuzishdi.
- 1878 - Rossiya qo'shinlari Sofiyani Turkiya hukmronligidan ozod qildi
- 1884 - Londonda Fabianlar jamiyati tashkil topdi.
- 1885 - Doktor Uilyam Grant Ayovada dunyodagi birinchi muvaffaqiyatli appendiks operatsiyasini amalga oshirdi.
- 1894 - Frank-rus ittifoqi tuzildi.
- 1896 - Yuta AQShning 45-shtatiga aylandi.
- 1938 - Sirk namoyishi birinchi marta televizorda namoyish etildi.
- 1943 - “Taym” jurnali Stalinni “Yil odami" deb e‘lon qildi.
- 1948 - Birma mustaqilligi e’lon qilindi.
- 1951 - Koreyadagi urush: Shimoliy Koreya qo'shinlari xitoylik ko'ngillilar ko'magida Seulni qayta egallashdi.
- 1956 - «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.
- 1959 - “Luna-1” Oyga yetib borgan birinchi kosmik apparat bo‘ldi.
- 1963 - Toshkent shahrida Chilonzor tumani tashkil qilindi.
- 1997 - “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi” faxriy unvoni ta'sis etildi.
-1989 - AQSH va Liviya Qurolli kuchlari oʻrtasidagi janglar.
- 2004 - „Spirit“ marsoxodi Marsga qoʻndi.
- 2010 - Dunyodagi eng baland osmono'par bino - Burji Xalifa ochildi.
- 2016 - Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Sudan Eron bilan diplomatik aloqalarini uzishdi.
👉 TAVALLUDLAR:
- 1643 - Isaak Nyuton (1727) - Ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi.
- 1710 - Jovanni Battista Pergolezi (1736) - italyan kompozitori, Neapolitan opera maktabining yirik vakili.
- 1809 - Brayl Lui (1852) - fransuz tiflopedagogi, ko‘rlar yozuvining ixtirochisi.
- 1929 - Rustam Nurullin - tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981).
- 1934 - Zurab Sereteli - rassom, haykaltarosh, Rossiya BA akademigi (1992), 1997-yildan prezidenti.
- 1941 - Shafoat Rahmatullayeva - Oʻzbekiston xalq artisti (1992).
- 1942 - Joʻra Mahmudov - rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1992).
- 1948 - Flyura Hafizova - Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996).
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1951 - Sharof Boshbekov - Iste'dodli dramaturg.
- 1975 - Dilshod Muxtorov - mergan, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1997), "Oʻzbekiston iftixori" (2001).
- 1986 - Aleksandr Lobanov - Paxtakor futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sobiq darvozaboni.
- 1990 - Toni Kross - nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).
- 2005 - Dafne Maria Keen Fernandez - ispan aktrisasi.
👉 @TOPONIK
Bugun 4-yanvar 2025-yil,Shanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 BMT - Butunjahon Brayl alifbosi kuni.
🌏 Nyuton kuni.
🌏 Butunjahon gipnoz kuni.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 3 weeks, 2 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago