Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Birinchi navbatda ko'rish gigiyenasining asosiy qoidalaridan boshlash tavsiya qilinadi:
🔘 Monitor 🖥 yoki📱 gadjetlar ekranidan ko'zingizgacha kamida 40 sm masofani ta'minlang ✅
🔘 Kechqurun smartfonlar, planshetlar va kompyuterlardan foydalanganda ko'k nurlarni filtr qiladigan maxsus dasturlardan foydalaning. Shuningdek, kechqurun va tunda ekran yorug'ligini minimal darajaga tushiring ✅
🔘 Yotishdan 2-3 soat oldin, kompyuter yoki smartfonlardan foydalanishni butunlay to'xtating. Bu vaqtda eng yaxshisi kitob o'qish ✅
🔘 Yotoqxonadagi barcha LED (oq) lampalarni almashtiring ✅
🔘 Iloji bo'lsa, kunduzi kamida 2-3 soatni tashqarida o'tkazing. Bu qoida bolalar uchun ayniqsa muhimdir. Quyoshning tabiiy ta'siri tananing normal ishlashi va sirkadiyalik ritmlarni tiklash uchun juda muhimdir ✅
🔘 Shu bilan birga, quyoshdan saqlaydigan ko'zoynaklar haqida unutmang, ular ko'zingizni ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish uchun kerak.
Sizni qiziqtirgan savollaringiz bo'lsa izohlarda yozing...@medoptic_clinic
Moviy yorug'lik manbalari
Bugungi kunda ko'k spektrning tabiiy va sun'iy manbalari mavjud.
🌞 Quyosh tabiiy manbaa xisoblanadi. Sun'iy manbalar ro'yxatiga quyidagilar kiradi:
✔️ LED (oq) lampalar💡
✔️ Kompyuter, planshet va smartfonlar ekranlari 🖥 💻📱
✔️ Televizorlar 📺
✔️ 3D ko'zoynaklar.
Sun'iy yorug'lik tabiiy yorug'likdan deyarli ikki baravarga agressiv, shuning uchun u ko'zning to'r pardasi va boshqa qismlariga ko'proq zararli hisoblanadi. Odamlar, ko‘pincha xavfsizlik choralariga rioya qilmasligi vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.
Monitor yoki gadjet ekranidan ko‘zgacha bo‘lgan masofa kamida 40 santimetr bo‘lishi kerak.
Biroq, bu talab ko'pincha bolalar va kattalar tomonidan e'tiborga olinmaydi.
Maqolaning davomi Ko'k nur ta'sirini qanday kamaytirish mumkinligi haqida bo'ladi...
Bizni doimiy ravishda kuzatib borsangiz, foydali maslahatlarimiz bilan ulashib boramiz!
Sizni qiziqtirgan savollaringiz bo'lsa izohlarda yozing...@medoptic_clinic
Moviy yorug'lik nima?
Uning uyqu buzilishiga ta'siri.
To'liq qorong'ulikda tanamiz melatonin ya'ni uyqu garmoni ishlab chiqaradi, bu bizning biologik soatimizni boshqaradigan garmon. Xonada, ayniqsa yotoqxonada sun'iy ko'k yoki ko'k-binafsha rang, uxlashdan oldin ekranlarga qarash, ushbu garmon ishlab chiqarishni buzadi.
Natijada, bioritmlar o'zgarishi mumkin, kechqurun uyquchanlik yo'qoladi. Bu uyqusizlikka olib keladi yoki uyquni sifatsiz qiladi: Odam uxlaydi, lekin o'z kuchini to'liq tiklay olmaydi va ertalab "toliqish" holatdan shikoyat qiladi. Tungi dam olishning yetishmasligi jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, immunitet va xotira pasayishi.
Maqolaning davomi Moviy yorug'lik manbalari haqida bo'ladi...
Bizni doimiy ravishda kuzatib borsangiz, foydali maslahatlarimiz bilan ulashib boramiz!
Sizni qiziqtirgan savollaringiz bo'lsa izohlarda yozing...@medoptic_clinic
Xo‘sh, bu kabi muammolardan qanday saqlanish lozim??
Eng avvalo, foydalanish vaqtiga jiddiy e’tibor berish kerak. Ya’ni kompyuterda ishlash kuniga 6 soatdan oshmasligi (kattalar uchun) zarur. Qolaversa, bu qurilma qarshisida doimiy ravishda 2 soatdan uzoq o‘tirish tavsiya etilmaydi. Ideal holatda har 40-45 daqiqada 10 daqiqa tanaffus qilish va maxsus ko‘z mashqlarini bajarish lozim.
Shuningdek, ko‘zlarga qo‘shimcha zo‘riqish hosil bo‘lmasligi uchun monitor yorqinligi, kontrasti va yangilanish tezligini sozlash, yorqinlik va koʼntrast maksimal bo‘lmasligiga e’tibor qaratish kerak. Agar tasvir oq rangda bo‘lsa, u holda displey yorqinligini yanada kamaytirish maqsadga muvofiq. Zamonaviy monitorlar uchun tavsiya etilgan yangilanish tezligi kamida 75 Gtsni tashkil etishi talab etiladi.
Antikompyuter közoynaklardan foydalanish kerak.
Bundan tashqari, foydalanuvchi monitordan 60-70 sm. uzoqlikda bo‘lishi, displeyning ko‘z bilan bir kesimda joylashishi (ko‘zdan balandda yoki pastda bo‘lmasligi kerak), bir xil holatda uzoq vaqt o‘tirmaslik, ko‘zni yumib-ochmay uzoq tikilishni kamaytirish, xonaning o‘ta qorong‘i bo‘lmasligini nazorat qilish darkor.
Shu bilan birga, monitorni ozoda saqlash kerak. Chunki undagi dog‘lar yoki chang tasvir sifatiga salbiy ta’sir etadi. Qolaversa, xona havosini tez-tez almashtirish kerak. Yoritish yorqin bo‘lmasligi, monitorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri yoki boshqa yorug‘lik manbalariga ta’sir qilishdan saqlash lozim.
Monitor qanchalik zamonaviy bo‘lmasin…
Ma’lumki, kompyuterdan foydalanganda ko‘zlar kam ochilib, yumiladi. Natijada ko‘rish organlari mushaklari zo‘riqib, ko‘z yetarlicha namlanmaydi. Bu esa unda yoqimsiz quruqlik va charchoqqa olib keladi. Monitor qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, ko‘k va binafsharang spektr nurlarining ko‘pligi ko‘zda charchoq hosil qiladi. Shu bois bunday paytda maxsus ko‘zoynaklardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Аmbliopiyaning sabablari va turlari:
Gʼilaylik – eng koʼp sabablardan biridir. Gʼilay koʼz odatda koʼrishda ishtirok etmaydi va ambliopiya kelib chiqishiga sabab boʼladi. Bu tur disbinokulyar ambliopiya deyiladi.
Yaqindan va uzoqdan koʼrish buzilishi yuqori darajalari xamda astigmatizmda kelib chiqadigan ambliopiya. Bu tur refraktsion ambliopiya deb nomlanadi.
Аnizometropik ambliopiya – ikki koʼzning koʼrish oʼtkirligi orasidagi farq 3 dioptriydan ortiq boʼlishi.
Obskuratsion ambliopiya – bir koʼzning koʼrishiga xalaqit beradigan kasalliklar. Bularga katarakta, travmadan keyingi chandiq, oftalmoplegiya (koʼz xarakatlantiruvchi mushak shikastlanishi), mioz (koʼz qorachigʼini torayishi) va ptoz (yuqori qovoqning tushib qolishi) kiradi.
Isterik ambliopiya – yagona qaytishi mumkin boʼlgan ambliopiya turi. Bu kuchli emotsional xolatda roʼy beradi.
?Qanday qilib 10 kun ichida ukol-dorilarsiz ko’rish o’tkirligini yaxshilash mumkin?
?Nega 1000 dan ortiq ko’zida muammosi bor bemorlar aynan Med optic ko’z klinikasini tanlashining 3ta sababi?
Xorazmda yagona bo’lgan, apparat yordamida davolash uslubi?
Bu apparatlar yordamida siz ukol va dorilarsiz 10 kun ichida ko’rishingizni yaxshilashingiz va 100%lik natijaga ega bo’lishingiz mumkin.✅
Tajribali shifokorlar tomonidan siz 3 xil turdagi diagnostik teshkiruvlarning biridan o’tishingiz mumkin, bular Komplex, Universal va Express narxi esa 55mingdan - 299minggacaha.✅
Va shu yerning o’zida keng tanlov imkoniyatiga ega Optikamiz xizmatlaridan ham fo’ydalanishingiz mumkin✅
Agar siz ham ko’rish o’tkirligingizni 10 kun ichida yaxshilashni xohlasangiz Gastronom yonida joylashgan Med optic klinikasiga tashrif buyuring ☺️
?Murojaat uchun:+998938740305
+998556010305
Instagram sahifamiz : @medoptic_clinic
Ko‘rish qobiliyati pasayishining oldini olishdagi asosiy qoidalar
✅To‘liq va tartibga solingan parhezga rioya qiling, taomnomangizda tuxum, yong‘oq, asal, dengiz mahsulotlari va sitrus mevalari kabi mahsulotlar bo‘lishi kerak;
✅Ish joyingizni quyidagi me’yorlarni hisobga olgan holda tashkil qiling: monitor ko‘zingizdan 50-60 santimetr uzoq masofada bo‘lishi kerak, yorug‘lik esa chap tomonga tushishi lozim;
✅Oftalmolog maslahati bilan ko‘rish qobiliyati pasayishining oldini olish uchun maxsus vitaminlar va minerallarni qabul qilish;
✅Ko‘zlar uchun gimnastika mashqlarini bajarishni doimiy odatga aylantiring;
✅Agar monitor qarshisida ko‘p vaqt sarflashga to‘g‘ri kelsa, mutaxassisdan maslahat oling: u ko‘zlarning quruqlashib qolishining oldini olishga mo‘ljallangan maxsus tomchilarni tanlashga yordam beradi;
✅Bolalarda vizual yuklamani me’yorllashtirish. Chunki gadjetlar xilma-xilligi va maktab yuklamasining ko‘pligi hisobiga keyingi yillarda uzoqni ko‘ra olmaydigan bolalar soni tez sur’atlarda oshib bormoqda. Bu ham o‘smirlarda ko‘rish qobiliyati pasayishining keng tarqalgan sabablaridan biridir. Shu bois patologiyaning ilk alomatlarini o‘tkazib yubormaslik zarurdir.
Murojat qiling:
?? @medoptic_clinic
? +998938740305
? +998556010305
? Urganch sh, Al-Xorazmiy 56 (Gastranom va Ucell ofisi)
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 5 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago