Mirkonomika

Description
Bu yerda yozilgan fikrlar shaxsiy bo’lib, hech qaysi tashkilot fikri yoki qarashlarini ifoda etmaydi.
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

1 month, 2 weeks ago
**Oylik inflyatsiya ham yillik inflyatsiya ham …

Oylik inflyatsiya ham yillik inflyatsiya ham biroz tezlashgan

Fevral oyida oylik inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning  mos davriga nisbatan 0,2 foiz bandga tezlashgan. Yillik inflyatsiya esa o‘tgan oydagi 9,9 foizdan, 10,1 foizgacha yetgan.

Oylik inflyatsiyaning 2024 yil fevral oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan tezlashishi, oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasining 0,2 foizdan 0,6 foizgacha yetganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, Nooziq-ovqat hamda xizmatlar inflyatsiyasida ham biroz (0,1 foiz band) tezlashish bo‘lgan.

Alohida tovarlar orasida  mol va qo‘y go‘shtining oylik inflyatsiyasi mos ravishda 2,8 foiz hamda 2,4 foizni tashkil etgan. Taqqoslash uchun, 2024 yil fevral oyida mol va qo‘y go‘shti  0,4 foizga arzonlagan edi.  Shuningdek, kungaboqar yog'i narxi o‘tgan yilning fevralida 1,1 foizga arzonlagan bo‘lsa,  joriy yil fevralida 0,4 foizga qimmatlagan.  Bundan tashqari,   narxlari nisbatan voylatil bo‘lgan  sabzavotlar inflyatsiyasi joriy yil fevral oyida 5,4 foizni tashkil etgan,  taqqoslash uchun 2024 yil fevral oyida sabzavotlar narxi 2,5 foizga oshgan edi. Bu omillar o'z navbatida joriy yil fevral oyida inflyatsiyaning tezlashishiga zamin yaratgan.

Shuningdek fevral oyida temir yo‘l transporti xizmati 4,5 foizga,  havo transporti xizmati 22,4 foizga, propan narxi esa 4,3 foizga oshgan.  Taqqoslash uchun, yanvar oyida propan 13,2 foizga, havo transporti 1,3 foizga arzonlagan bo‘lsa,  temir yo‘l transporti xizmati narxlari 0,9 foizga oshgan edi.

1 month, 2 weeks ago

​​So‘nggi 10 kun ichida so‘m birinchi marta dollarga nisbatan qadrsizlandi. Bugun (3-martda amal qiladigan rasmiy kurs)  so‘m dollarga nisbatan  12,7 so‘m yoki 0,1 foizga qadrini yo‘qotdi. Taqqoslash uchun kecha so‘m dollarga nisbatan biroz mustahkamlangan…

1 month, 2 weeks ago

2017-2024 yillarda AQSh tovarlar savdosida defitsitining eng ko‘p o‘sishi Meksika bilan yuz bergan bo‘lsa, Meksikadan keyingi o‘rinni Vyetnam egallaydi. Xususan, Meksika bilan tovarlar defitsiti 103,7 mlrd dollarga o‘sgan bo‘lsa, Vyetnam bilan defitsit 89,1 mlrd dollarga o‘sgan.

Taqqoslash uchun, Kanada bilan defitsit esa 49,6 mlrd dollarga o‘sgan bo'lsa, Xitoy bilan savdo defitsiti 77 mlrd dollarga qisqargan.

Hozirgi kunda Vyetnam  AQShning Xitoy va Meksikadan keyingi eng yirik manfiy tashqi savdo saldosi mavjud hamkori hisoblanadi.

Vyetnamdek AQShdan ancha yiroqdagi nisbatan kichik davlat bilan savdo defitsitining bunday yuqori o‘sishi Trampning birinchi prezidentlik davridagi savdo urushining natijasi hisoblanadi. Ya’ni Xitoy bilan savdo urushi natijasida  Xitoydagi ishlab chiqarishning bir qismi Vyetnamga ko‘chib o‘tgan (re-ekspoprtning ham roli bo'lgan). Bu esa Vyetnamdan AQShga eksportning keskin o‘sishiga sabab bo‘lgan. Xususan, 2017-2024 yillarda Vyetnamda AQShga eksport uch barobarga o‘sib 142,5 mlrd dollarga yetgan.

Xo‘sh bu safar ham Vyetnam AQSh-Xitoy savdo urushidan ijobiy naf bilan chiqishi mumkinmi? Albatta hozirgi vaziyatda aniq xulosa chiqarish judayam qiyin, lekin Tramp istalgan vaqtda  Vyetnamga nisbatan ham bojlarni joriy qilib qolishi mumkin. Shu nuqtai nazardan Vyetnamning AQSh bilan yirik savdo profitsiti mamlakat iqtisodiyoti uchun yaqin kelajakda turli noaniqliklarni keltirib chiqarmasdan qolmaydi, chamamda.

@Mirkonomika

3 months, 2 weeks ago
3 months, 2 weeks ago

9,8 foiz

Dekabr oyida oylik inflyatsiya 1 foizni tashkil etib yillik inflyatsiya 9,8 foizgacha sekinlashgan. Bunda, energiya tovalari narxlarining oshirilishi natijasida umumiy inflyatsiya darajasi sezilarli tezlashganligiga qaramasdan oziq-ovqat mahsulotlari (xususan meva-sabzavotlar) narxining oldingi yillarga nisbatan mavsumiylik davri chuqurroq (narxi oldingi yillarga nisbatan ko‘proq pasaygan) davom etganligi yillik inflyatsiyaning yana bir xonali raqamga qaytishiga zamin yaratgan. Xususan, meva-sabzavotlar narx o‘zgarishi hisobga olinmaganda hisoblangan inflyatsiya 12 foizni tashkil etgan.

Mavsumiy narx pasayishi davrida (may-avgust) oziq-ovqat mahsulotlari narxi 4,8 foizga pasaygan. Taqqoslash uchun, 2023 hamda 2022 yillarning mos davrlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxi mos ravishda 0,4 hamda 2,3 foizga oshgan edi.
Umuman olganda, energiya mahsulotlari narxining oshirilishi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga keng tarqalishi deyarli kuzatilmadi (bu mavzu albatta chuqurroq o‘rganishga muhtoj). Bu holatni bazaviy inflyatsiyaning 7 foiz atrofida yuqori o‘zgarishsiz saqlanib kelayotganligidan ham ko‘rish mumkin (bazaviy inflyatsiya narxi yuqori volotillikni ko‘rsatuvchi xususan energiya hamda oziq-ovqat tovarlarini chiqarib tashlash orqali hisoblanadi).

Kelasi yilda ham energiya tovarlari narxlarining oshirilishi rejalashtirilmoqda albatta bu o‘zgarish umumiy inflyatsiyaning yana tezlashiga sabab bo‘ladi. Ammo joriy yildagi kabi bu o‘zgarish bir martalik baza effektiga ega bo‘lsa, hamda bazaviy inflyatsiyaning tezlashishiga olib kelmasa, unda o‘rta muddatli targetga maqsad qilinganligi kabi 2026 yilda erishilishi mumkin bo‘ladi. Lekin yuqorida aytganimdek, energiya tovarlari narxi o‘zgarishining boshqa tovarlar narxiga sezilarli ta’sir qilmaganligi chuqur o‘rganilishi kerak bo‘lgan mavzu.

3 months, 2 weeks ago

2025-yil muborak bo’lsin!

3 months, 2 weeks ago
**O‘zbekistonliklar yana bir yil sitrus, baliq …

O‘zbekistonliklar yana bir yil sitrus, baliq va boshqa bir qancha muhim tovarlardan ko‘proq va arzonroq iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tashqi savdo, umuman import bojlari haqida gap ketganda haligacha ko‘pchilik (xususan qaror qabul qiluvchilar ham) o‘ylashadiki, Import bojlarini pasaytirish yoki olib tashlash odamlarning daromadlarini kamaytiradi. Lekin aslida, import bojlarining olib tashlanishi odamlarning (real) daromadlarini kamaytirmaydi balki oshiradi. Xususan, mana bu hamda mana bu farmonlardagi tovarlar uchun 0 foiz bojxona bojlarining qo‘llanilish muddati yana bir yilga uzaytirilibdi. Albatta bu judayam quvonarli xabar (agar butunlay olib tashlansa nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi).

Yuqorida ta’kidlaganimdek, ko‘pchilik o‘ylaydiki, tashqi savdoni ochish odamlarning daromadlarini pasaytiradi. Lekin yuqoridagi farmonlarda keltirilgan bir qancha tovarlar 2022 yildan buyon 0 stavkada import qilinmoqda. Lekin aynan shu qarorning aholi daromadlari qisqarishi (yoki o‘sishining sekinlashishi) ga jiddiy salbiy ta’sir qilganligi ko‘rinmadi. Balki bu tovarlardan ko‘proq o‘zbekistonliklar faqat bayramlarda emas balki kundalik hayotida iste’mol qilishiga imkoniyat yaratib berdi.
Masalan, o‘zbekistonliklar oldingiga qaraganda ko‘proq baliq, ko‘proq sitrus mevalar (va boshqa ko‘plab asosiy iste’mol tovarlarini) iste’mol qilishmoqda. Xususan, 2019 yilda o‘zbekistonliklar 8 ming kg import tirik baliq iste’mol qilishgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu ko‘rsatkich 38 ming kg ga yetgan, muzlatilgan baliq importi esa 4500 tonnadan 8300 tonnaga yetgan. Bundan tashqari, sitrus mevalar importi 2019 yildagi 39,4 ming tonnadan 2023 yilga kelib qariyb 98 ming tonnaga yetgan. Ya’ni oldin kamroq aholi qatlami, hamda asosan muhim bayramlarda (masalan yangi yil) iste’mol qilinishi mumkin bo‘lgan tovarlarni, 0 stavkali bojlar qo‘llanilgandan keyin ko‘proq iste’mol qilish imkoniyati paydo bo’ldi. Boshqa tovarlar importida ham shunday tendensiyani kuzatish mumkin. Ya’ni importning ko‘payishi bilan odamlar kambag‘allashmayapti balki real ko‘rsatkichlardan boyishmoqda (importi erkin kelishni boshlagan tovarlar narxi tushishi yoki oldingidan sekinroq o‘sishi hisobiga). Albatta importning o‘sishi hamda narxlarning barqaror saqlanishida real valyuta kursining mustahkamlanishi ham rol o‘ynagan lekin bu boshqa kun uchun mavzu.

Importning o‘sishi daromadlar o‘sishi bilan salbiy emas balki ijobiy bog‘langanligini yaqin tariximizdan ham ko‘rish mumkin. Jumladan, 2020 yilda mamlakatimizning importi 13 foizga qisqargan, iqtisodiy o‘sish esa 2019 yildagi 6 foizdan 2020 yilda 2 foizgacha sekinlashgan edi. 2021 yilda esa import hajmi 20,4 foizga o‘sgan (past baza effekti ham rol o‘ynagan) iqtisodiy o‘sish bu yilda 7,4 foizni tashkil etgan (yaqin tariximizdagi eng yuqori o‘sish). Ya’ni importning o‘sishi bilan daromadlar qisqaradi degan qarash unchalik to‘g‘ri emas.
Aytish joizki, mazkur farmonlardagi va boshqa tovarlarga import bojini pasaytirish hamda olib tashlash o‘zbekistonliklarni boyroq qiladi. Ular oldin iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan tovarlarni iste’mol qilishi, va oldin kam iste’mol qilgan tovarlardan ko‘proq iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Ya’ni real ko‘rsatkichlarda ularning daromadlarini oshiradi.

Agar qaror qabul qiluvchi sifatida siz import bojining olib tashlanishi to‘lov balansidagi muammolarni keltirib chiqarishidan (yoki jiddiylashtirishidan) xavotirda bo‘lsangiz. Ishoning, sizning muammolaringizni import bojlari yechib bermaydi. Agar to‘lov balansida muammo bo‘lsa (oldin yozganimdek) unda buning javobini davomli ekspansion fiskal siyosat hamda yuqori intervensiya natijasida mustahkamlanishda davom etayotgan real valyuta kursidan izlash to‘g‘riroq bo‘ladi.

@Mirkonomika

3 months, 2 weeks ago

O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi (keskin!) qisqaryaptimi?

So’ngi kunlarda O‘zbekistonga investitsiyalar joriy yilda kamayganligi haqida xabarlar ko‘p tarqaldi. Xususan, BMTning hisobotidan olingan ma’lumotlar asosida Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan taqqoslaganda faqatgina O‘zbekistonda Investitsiyalar hajmi qisqarganligi qayt etilgan. Umuman olganda, xulosa qilishdan oldin hisobotdagi bir nechta muhim jihatlarga e’tibor qaratish kerak.

Birinchidan, Hisobotda ma’lumotlar 2024 yilning yanvar-sentyabr oylariga tegishli ekanligi ko‘rsatilgan. Ya’ni faqatgina 9 oylik ma’lumotlar bilan to’liq xulosa chiqarib bo‘lmaydi.

Ikkinchidan, hisobotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyaning faqatgina bitta shakli (Greenfield FDI) haqida gap borgan. Ya’ni hisobotda keltirilgan investitsiya jami investitsiyani ifodalamaydi. Hisobotda Faqatgina (Greenfield FDI) ishlab chiqarishni 0 dan tashkil qilish bilan bog‘liq investitsiya hisobga olingan.

Uchinchidan, Yuqori yoki pas baza effekti o‘sish ko‘rsatkichlariga jiddiy ta’sir qilgan. Xususan hisobotda, O‘zbekistonga investitsiyalar 49 foizga (4 mlrd dollar) kamayganligi, Qirg‘izistonga esa 310 foizga (2,1 mlrd dollarga yetgan) oshganligi keltirilgan. Agar shu hisobotning 2023 yildagi raqamlariga e’tibor qaratsak ko‘ramizki, O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi (Greenfield FDI) 880! foizga o‘sib 7 mlrd dollarga yetganligi qayd etilgan. Qirg‘izistonga esa investitsiyalar hajmi 443 mln dollarni tashkil etganligi qayd etilgan (oldingi yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatilmagan). Ya’ni, O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi (Greenfield FDI) 2023 yilda yuqori o‘sishni qayd etgan (2024 yil uchun yuqori baza). Agar 2024 yildagi ko‘rsatkichni 2022 yildagi ko‘rsatkich (795 mln dollar) bilan taqqoslasak ko‘ramizki o‘sish 5 barobarni tashkil etadi. Ya’ni 2024 yildagi pasayish asosan oldingi yildagi yuqori baza effekti bilan izohlanadi. Qirg‘izistonda esa 2023 yildagi past baza effekti hisobiga o‘sish yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

Umuman olganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmini hisoblashda To‘lov balansi ma’lumotlariga tayanish maqsadga muvofiq. Xususan, to‘lov balansidagi ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 9 oyida mamlakatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sof oqimi (aktiv va majburiyatlar o‘zgarishi orasidagi farq) 1,8 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 foizga o‘sgan.
To‘lov balansi metodologiyasi bo‘yicha qo‘shnilarimizda holat quyidagicha: Qozog‘istonda joriy yilning birinchi yarim yilligida to‘g‘ridan-to’g’ri investitsiyalarning sof oqimi 2,2 mlrd dollarni tashkil etib oldingi yilga nisbatan 50 foizga kamaygan (albatta III va IV chorakda vaziyat o‘zgarib ketgan bo‘lishi mumkin), Qirg‘izistonda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi joriy yilning birinchi yarim yilligida 317 mln dollarni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 24 foizga o‘sgan.

Umuman olganda, mamlakatimizga investitsiyalar oqimining jiddiy pasayish tendensiyasi hozircha kuzatilayotgani yo‘q. O‘tgan yili to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar oqimining qisqarishi kuzatilgan edi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi qariyb 16 foizga qisqargan edi), ammo joriy yilda bu tendensiya hozircha kuzatilayotgani yo‘q (albatta IV chorak ma’lumotlari e’lon qilinganda to’liqroq xulosa qilishimiz mumkin). Lekin yuqorida ta’kidlaganimdek, hisobotdagi (aniqrog‘i uning interpretatsiyadagi) kabi keskin kamayish alomatlari mavjud emas.
@Mirkonomika

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago