Muhammadsaid - Blog

Description
Startaplar, sun’iy intellekt va tilshunoslik haqida.

Bog‘lanish: @saidov

Tahrirchi loyihasining asoschisi
@tahrirchi_uz
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 month, 1 week ago

STT va TTS (nutqni tanib olish va matnni nutqqa o’girish)

O’zbekchasini yasash payti keldimikan? Produkt nuqtayi nazaridan aynan shu servislarda nimalar yetishmaydi?

Xuddi tarjima kabi sifatli ma’lumotlar kam. Shevalar va talaffuzlar xilmaxilligi bazani yanada siyraklashtiradi.

2023 va 2024-yillarda chiqqan ilmiy maqolalar va yechimlardan foydalanib hozir kam ma’lumot va resurslar bilan yaxshigina model yaratish mumkin.

Benchmark ham yo’q. Men tayinli bir benchmark topmadim. Nega bu muhim? Benchmark bu qaysi yechim qanaqa muammolarni yecha oladi degan savolga javob — agar benchmarkda Xorazm shevasi ham bo’lsa va model u yerda o’zini yaxshi ko’rsatsa, demak model bu shevani yaxshi taniydi, masalan. Benchmark biznesning talablarini belgilaydi — u yerda nima bo’lsa demak bizga bu hozir kerakdir.

Shularni barchasini anglagan holda bu oy va keyingi uch oy Tahrirchini diversifikatsiya qilmoqchiman. Hozircha fokus tarjimada, o’xshab qolsa STT va TTS ham qilamiz (spoiler: o’xshaydi), balki bir-ikkita biznesga haqiqatan foyda keltiradigan ovozli robotlar qilib ko’rarmiz.

1 month, 1 week ago

Startapimda o‘zim produkt menejer bo‘lganim sabab ikki yil davomida qilgan xatolarimdan xulosa chiqarib, yaxshi va yomon startapchini farqlovchi bir nechta xislatlarni ajratdim.

Yaxshi startapchida doimo gipotezalar ro‘yxati bo‘ladi, yutuqli reja bo‘ladi. Yomon startapchida bahonalar ro‘yxati bo‘ladi — pul kam, ishi ko‘p, o‘xshamaydi, raqobatchi bor va hokazo.

Yaxshi startapchi o‘z produktida "nima" bo‘lishini belgilaydi. Va keyin esa uni qanday amalga oshirishni topadi. Yomon startapchi avval uni "qanday" ishlab chiqishni (qaysi til, texnologiya) topganidan juda xursand bo‘lib, ko‘p urg‘u beradi.

Yaxshi startapchi telefon qilishdan qo‘rqmaydi, o‘zi qanchalik zumer va introvert bo‘lsa ham. Yomon startapchi Telegramda yozib, cold message’lardan javob kutadi.

Yaxshi startapchi o‘sish, daromadni va foydalanuvchi fikrlarini kuzatadi, yomoni esa produktda nechta feature va raqobatchilar nimalar qo‘shayotganini kuzatadi. Yaxshi startapchi muammolarni maydalab yechadi, yomoni esa birlashtiradi.

Yaxshi startapchi OAVga o‘z maqsadlari va vision’ini beradi, yomoni esa produktdagi feature’larga urg‘u beradi. Yaxshi startapchi tanishlarini ko'paytiradi va tanishlar orqali katta mijozlar topadi. Yomon startapchi produktini odamlar o‘zi topib kirib oladi deb o‘ylaydi.

1 month, 2 weeks ago

Kuniga 8200 ta foydalanuvchi. 85 ta sotuv. 56 ta obuna. 29 ta qo’shimcha belgilar uchun to’lov. Umumiy bir kunda 4.7 mln so’m daromad. Hammasi B2C SaaS orqali, oddiy lekin sifatli tarjima dasturi orqali topilgan pul. Meta’da kuniga 15$ target yoqilgan, lekin boshqa yo’l bilan sotuv kanali yo’q. Hammasi foydalanuvchilar, ular boshqalarga tavsiya qilgani va hokazo.

Yagona savol: yana o'solamizmi?

P.S. B2C bozor bizda yo’q deydiganlarga alangali salom!

P.S. Bu hali B2B’ni hisobga olmaganda — B2C bizga aksariyat holatlarda B2B leadlar generatsiya qilyapti, sxema ishlayapti.

4 months ago

Meni bir yillik obunaga pul to‘laganlar ham quvontiradi, ham qo‘rqitadi. Dasturimga shunchalik ishonib bir yil oldindan pul to‘lashi bu juda quvonarli holat. Qo‘rqitadigan yoki bo‘lmasam hovliqtiradigan narsa — mas’uliyat va foydalanuvchi talablarini oqlash. Yoqmay qolsak, xijolatda qolamiz-ku...

4 months ago

Startap dunyosida hozirda qizg‘in muhokamalar mavzusi — Paul Graham’ning ta’sischi usuli haqidagi inshosi bo‘lyapti.

Shu sabab uning maqolasini o‘zbek tiliga avtomatik tarzda Sayqalchi yordamida tarjima qilib ko‘rdim:

https://telegra.ph/Tasischi-usuli-09-07

O‘qib, fikrlaringizni yozib qoldiring

Telegraph

Ta’sischi usuli

O‘tgan hafta YC tadbirida Brayan Cheski shunday nutq so‘zladiki, u yerda bo‘lgan har bir kishi uni uzoq vaqt eslab qoladi. Keyinchalik men suhbatlashgan ta’sischilarning aksariyati bu ularning eshitgan eng yaxshi nutqi ekanligini ta’kidlashdi. Ron Konvey…

4 months, 1 week ago

Muhammadsaid aka bilan ko‘rishdik (@Muhammadsaid_dev) Tahrirchi zo‘r startap. Ancha oldinlamoqda. natijalar yomon emas. B2B bo‘yicha Tilmoch loyihalari ham uchmoqda. Sharh bilan integratsiya yo‘llarini gaplashdik bugun. Nasib xayrli bo‘ladi ikkala loyiha…

4 months, 1 week ago

Kimdir Tahrirchi botni kecha reklama qilvordi. Kimligini bilmayapman, mabodo ko‘zlaringiz tushmadini reklamaga?

4 months, 2 weeks ago

Bugungi rekord: 13 ta oylik obuna va 200,000 ta Sayqalchi belgilari. Let's double it! Agar kuniga 30 ta oylik obuna sotsak, oyiga 44 mln toparkanmiz. Premium arzon juda (?)

4 months, 3 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago