Rustam Tursunov | Shaxsiy Blog

Description
Jismonan, Aqlan, Ruhan.

If you want to manage, begin with yourself!

Project manager of @Registan_School & @registan_medical_college

Second channel: @Managewithme
Bog‘lanish: @Tursunov_Rustam
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 weeks, 6 days ago

Bemaza osh

Dam olish kuni oilaviy ovqatlanishni niyat qildingiz, uyga osh uchun barcha masalliqlarni olib keldingiz.

Osh shirin chiqishi uchun hamma masalliqlarni eng sifatlisini, yaxshisini oldingiz.

Mehr bilan osh tayyorladingiz. Osh pishti, hammani qorni och, hamma kutyapti.

Oshni laganga suzib dasturxonga tortdingiz, ammo osh judayam bemaza!

Hech unday bo'lmas edi, qo'li gul oshpaz edingiz, ammo bu safar bemaza chiqdi.

Siz tuz solishni unutgan ekansiz. Yarim qoshiq tuz sabab bir qozon ovqat bemaza bo'ldi.

Ishda ham sizda kuchli tizim bo'lishi mumkin, yuqori darajadagi strategiya va sharoit, ammo rejani amalga oshirishga yetarli resurs bo'lmasa barchasi bekor.

Resurs bu faqatgina moddiy buyumlar emas, hattoki xodimlarni kompetensiyasi ham bo'lishi mumkin.

Kuchli oshpaz tuz solmaganini tezda payqaydi, aksi bo'lsa bilolmay hayron bo'ladi.

Menejmentda ham yaxshi boshqaruvchi og'riqli nuqtani bittada payqaydi, aksi bo'lsa ko'p noto'g'ri qarorlar qilib qo'yadi.

#Management #HR
@Rustam_Tursunov

1 month ago

Bir qadam

Registon xususiy maktabi Farg'ona filialida, abituriyent uchun haftada 2 soat dars oldim.

Har hafta ular bilan uchrashaman. Ularga qarab o'zimni kechagina abituriyent bo'lib yurgan vaqtlarim yodimga tushdi.

Litseyda bir-birimizdan o'zamiz deb, ba'zida litseyda do'stlarim bilan kechasi bilan dars qilib chiqar edik.

Hech qanday telefonsiz, qo'limizda faqat kitob, o'qib o'rganish ham osonroq edi.

Oradan ko'p vaqt o'tmagan bo'lsada, hozirgi bolalarda tafovut ko'raman.

Hozirda juda ko'p yigit qizlar telefonga, ijtimoiy tarmoqlarga bog'lanib qolgan. Diqqat qilishlari avvalgidan qiyin.

Bu holat faqat yosh bolalar emas, balki barchamizda aslida. Hammamiz umrimizni bir qismini telefon bilan o'tkazamiz.

Avvallari boshqalardan o'zish uchun ular qilmayotgan nimadir qilish orqali oldinga o'tish mumkin edi.

Hozir esa boshqalar qilayotgan ishlarni qilmaslik kifoya. Siz bir qadam oldindasiz!

#SelfD
@Rustam_Tursunov

1 month, 1 week ago

2024

Har nimani o’z xotimasi bor, yakunga kelganida qanday boshlangani yodingga keladi.

Boshlanish va tugash o’rtasidagi barchasi xotiraga aylanadi.

Bir yilda ko’p o’zgarish bo’ldi, o’zimda ham, shaxsiyatimda ham, karyeramda ham.

Bir yil avvalgi odamlar bilan hozir birga emasman, hozir birga bo’lganlarim balki kelasi yil bo’lmas.

2024-yilni hayotimdagi eng band bo’lgan yilim deya olaman. Shu qadar bandki, juda tez o’tib ketdi.

2024-fevral oyi, Registon tibbiyot texnikumini ochdik.

Aprel oyi, Registon litseyi produkti, loyihasi ustida ishladik.

May oyidan boshlab Registon maktabi Farg’ona filiali ishlari boshlandi.

Sentabr oyi, maktab faoliyatini boshladi.

Noyabr, dekabr oyi Registon birinchi bog’chasini Farg’onada ochdik.

2024 kutilmagan o’zgarishlarga va yangi tanishlarga boy bo’ldi. Suv toshdan toshga urib oqqanidek, hayot sizni qanday sinovlar bilan qayerlarga olib borishini bilmas ekansiz.

#Life
@Rustam_Tursunov

3 months, 2 weeks ago

So’ngida

Siz sayohatga chiqdingiz, yo’lda turli odamlarni, yaxshi yomonni, dengiz va o’rmonlarni ko’rdingiz.

Manzilga yetkach esa ortga o’girilib bosib o’tgan yo’lingizni ko’rasiz.

Kun keladi bu sizning so’ngi kuningiz, so’ngi ovqatlanishingiz, so’ngi bor kim bilandir suhbatlashishingiz bo’ladi.

U kun biz tasavvur qilgandek 80 yoshimizda yotoqda yuqoriga termilib yotganimizda sodir bo’lmasligi mumkin.

Bu har daqiqada bo’lishi mumkin. O’ylab ko’ring vaqtingiz tugadi, sizda ikkinchi imkoniyat, qo’shimcha bir soniya ham yo’q.

Ortga qarab nimalarga afsuslanasiz yoki quvonasiz? Siz harakat qilgan narsalar qanchalik qiymatga ega? Nimalarga ulgurdingiz va nimalarga yo’q?

Bu hayot sizniki, siz egalik qiladigan in’om. Uni qanday sarflayapsiz? Kimlar uchun va nimalarga? O’ylang!

Sayyoh o’z yo’lida turli odamlarni bir zumga uchratganidek, odamlar ham hayotimizda bir muddat bo’ladi xolos.

Hech kim biz tug’ilgandan toki o’lguncha birga bo’lmaydi, bo’la olmaydi ham. Bir birimizga omonatmiz.

Siz bir yil avval birga bo’lgan odamlar hozir siz bilan emas, hozirgi yaqinlaringiz esa bir yildan keyin o’zgarishi mumkin, bu hayot.

Muhimi hayotda uchratganlaringiz hotirasida yaxshi iz qoldirish. Ortga qarab afsuslanmasangiz bas!

#Thinking
@Rustam_Tursunov

3 months, 2 weeks ago

Qonli qo'l

Bolaligimda bir film ko'rgan edim, unda podshoh o'z vazirini qatlga mahkum qiladi.

Podshoh shahzodalik vaqtidan buyon vaziri birga bo'ladi, birga vaqt o'tkazadi, o'z do'stidek bo'lib qoladi.

Saltanat va sulola taqdiri uchun vazirini o'limga hukm qilishga majbur bo'ladi.

Vazir vafotidan so'ng qirol o'z xonasida yig'laydi, ko'p siqiladi, behalovat bo'ladi.

Ish vaqtida esa, o'z savlatini tutgan holda, davlat boshqaruvida davom etadi.

Ishda ham bizda shaxsiy hissiyot va ish mas'uliyati bo'ladi.

Mas'uliyatimiz hissiyotimizdan ustun kelishga majbur, sababi hissiyotlarimiz faqat o'zimiz bilan bog'liq, mas'uliyatimiz esa boshqalar bilan.

Vaqti kelib sevimli xodimingiz bilan hayirlashishga majbur bo'lasiz, qo'lingiz qon bo'ladi, buni xohlamaysiz, juda og'ir qaror, ammo majbursiz.

Siz hissiyotlaringizni boshqarmasangiz, hissiyot sizni boshqarishni boshlaydi.

O'sha vaqti qirolni tushunmagan edim.

#SelfD
@Rustam_Tursunov

3 months, 2 weeks ago

Chegara

Hayotda turli maqsadlar qo’yamiz, maqsadlarimiz katta yoki kichikligi esa bizning qila olish yoki olmasligimizga bo’lgan ishonchga bog’liq.

Hindistonga sayohatga borgan turistlar yosh bolakay katta finni arqonda yetaklab ketayotganini ko’rib hayron bo’lishadi.

Turistlar u yerdagilardan fil ancha katta, nega bolani tortib ketmaydi deb so’rashadi. Shunda mahalliy odamlardan biri jimlayob “kichikligida tortib keta olmagan” deb javob berishadi.

Yoshligidan arqonda katta bo’lgan fil, kuchga to’lib, katta bo’lganda ham torta olmayman deb o’ylar ekan.

Biz ham hayotimizda juda ko’p ishlarda qila olmayman, men uchun katta degan fikrga boramiz. Buning ostida ikki omil yotadi.

  1. Hali hech kim uddalamagan bo’ladi
  2. Atrofimizda hech kim bizga ishonmaydi va hamma qo’lingdan kelmaydi deb aytadi.

Eng zo’r qoida bu - nima qila olasan bilmoqchi bo’lsang urinib ko’rmasdan qaytma. Xato qilishing mumkin, lekin ongingdagi chegarani yenga olgan bo’lasan!

Barchasi imkonsiz, toki kimdir uddalamaguncha!

Nelson Mandela
#SelfD
@Rustam_Tursunov

3 months, 3 weeks ago

Bugun

Inson ko'p o'ylanadi, kelajagi havotirga soladi, o'tmishi esa mahzun qiladi.

Biz ko'p eshitgan gap bu - "buguning bilan yasha". Bugun bilan yashash qanday?

Bugun bilan yashash deganda odatda erta haqida ko'p o'ylamaslik, o'zida boriga rozi bo'lishni tushunar edim.

Aslida esa bugun bilan yashash bugunimizni qanday o'tkazish ekan. Haftalik, yillik rejalar tuzib, bugunni rejalashtirmaymiz.

Bugunimiz hafta, haftamiz oy, oy esa yilga aylanadi, yillar esa umrimizdir.

Kunlarimiz bir xil, kechani qanday o'tkazgan bo'lsak, bugun ham shunday, erta ham shunday bo'ladi.

Buguningiz siz 3 yil avval qo'ygan poydevor mahsuli, hozirimiz esa 3 yildan keyin kim bo'lishimizni belgilaydi.

Cho'qqiga qarab harakatlanayotgan alpinist diqqatini cho'qqiga qaratmaydi, balki oldidagi qadamlarga qaratadi.

Kichik qadamlar, cho'qqiga eltadi. Oldidagi qadamlarga emas, cho'qqiga qarab qadam bosgan alpinist albatta qulaydi.

#SelfD
@Rustam_Tursunov

3 months, 3 weeks ago

Kim bilan?

Biznesda qanday biznes qilishdan ko’ra, kim bilan qilish qanchalar muhim ekanligini ko’rdim.

Hamroh yaxshi bo’lsa, har qanday yo’lni bosib o’tib, manzilga yetish mumkin.

Hamroh yomon bo’lsa, tekkiz yo’lda ham qoqilasan.

Bu aynan biznes yoki ishda emas, butun hayotimizda ham ko’rish mumkin.

Bir ota-onaning farzandlari, aka-uka, opa-singillar turlicha, do’stlari boshqa!

Biz hech qachon muhitga nisbatan immunitet shakllantira olmasligimizga amin bo’laman. Biz kim bilan vaqt o’tkazishimiz, kim bo’lishimizni belgilaydi.

Shu vaqtgacha o’zimda yaxshi tomonga o’zgarish bo’lgan paytlar ayni yaxshi insonlar bilan bo’lgan vaqtlarim ekan.

Kim bilan do’st bo’lish, oila qurish, birga ishlash butun hayotimizga, o’zligimizga ta’sir qiladi.

Siz kimlar bilansiz? Tahlil qilib ko’ring!

#SelfD
@Rustam_Tursunov

4 months, 1 week ago

Agar ustoz bo'lmasa?!

Ushbu savolga ustozlarimiz qanday javob berishadi?

? Batafsil videoda tomosha qiling!

O'z javobingizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin!

Telegram | Instagram | YouTube

4 months, 3 weeks ago

Kuzat!

Bugun 19-yanvar, 2023-yil. Ishga ertaroq borishga ahd qildim. Soat 7 bo'lmay uydan chiqdim. Ko'cha sovuq, yer muz.

Yetarli vaqtim bo'lgani sabab, avtobusda ketishga qaror qildim, yo'lda kitob o'qib yoki ko'chalarni tomosha qilib ketaman deb.

Ammo ikkisini ham qilmadim, odamlarni kuzatdim. Erta tongda bekatda yaxlab, avtobusga chiqqan odamlarga tikilib turdim.

Turli odamlar, turli yoshda, turli yumushlar bilan. Qish, tong sahar 7 da ishga otlanish uchun qanday ish qilish kerak o'ylandim.

Ayollarni ko'rdim, to'g'risi achindim. Ro'zg'or deya sovuqda tong saharda ishga otlangan. Ishxonasi yaxshi bo'lsak-u mayli, agar rahbari qattiqqo'l, baqiroq odam bo'lsachi.

Uyida ham ovqat, uyni tozalash, bolalarini ust boshi bilan band bo'ladi ayol kishi.

Ko'z oldimdan onam o'tdilar. Abiturientlik vaqtim kechasi uxlamayapsanmi deb dars qilyotganimni tekshirgani kirar edilar.

Yarim tungacha do'ppi tikardilar. Marg'ilon do'ppi. Huddi shunday sovuqda tong saharlab, do'ppi uchun xom ashyo olishga bozorga ketardilar.

Sahar turganimda uyg'oq bo'lib, ignaqa qarab do'ppi tikib o'trardilar.

Dadam 7 marta Rossiyaga ishlashga borganlar, 6 yoshimdan 15-16 yoshimgacha dadam ko'p vaqtlari safarda o'tdi.

Bu orada opam, akam o'qishga kirib, oliy ma'lumotli bo'lishdi. Meni ham Toshkentda o'qitishdi.

Ota-ona sovuqda ham, issiq jaziramada ham, o'zi xohlamagan ish sharoitida ham mehnat qilishga rozi. Faqatgina farzandi uchun!

Ba'zida biz bu qiyinchiliklarni qadrlamaymiz, chunki bilmaymiz, aytishmaydi ham.

Bolaligimda velosipedim o'rtoqlarimnikidan kichkina ekanligidan nolib dadamdan xafa bo'lar edim. Hozir eslab kulgim keladi.

Ba'zida vaqtimizni bekorchi odamlar bilan behuda sarflash....biz uchun kimlardir qanchalik mashaqqat chekkanini o'ylab korishimiz kerak.

Balki sen hali ota-onangni Hajga olib bormagandirsan, maqtovli ishing ham yo'qdir, yoki o'qishga kira olmading.

Lekin eng kamida yaxshi inson bo'la olasan va ota-onangga rahmat degan gap ham katta ish.

Hammamizga ota-onamizni rozi qilish nasib qilsin.

Toshkent 19.01.2023
#Family
@Rustam_Tursunov

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago