Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 1 day ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Хусусий университетдан давлат ОТМсига ўқишни кўчириш мумкинми?
Ассалому алайкум Мен Тошкент вилояти Янгийўл шаҳрида яшайман ва ҳозирда 3 йилдан бери банкда ишлайман. Шу йил Фарғона Давлат университетининг (иккинчи мутахасислик) юриспруденция йўналишига топширдим. Бироқ 46,5 бал (30 та соволдан 15 та тўғри жавоб) тўплаганим сабабли қўшимча контрак базавий контрак суммасининг 8 баравари миқдорида тўлашим кк экан. Айни вақтда хусусий университетларда октябргача юриспруденция йўналишига қабул давом этяпти экан. Саволим шундан иборатки шу йил хусусий универтитетларда очилган юриспруденсия йўналишининг иккинчи мутахасислик, ёки сиртқи бўлимига ўқишга кириб келаси ўқув йилидан ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТЛАРИНИНГ ЮЮРИСППУДЕНЦИЯ ЙЎНАЛИШИГА ПЕРЕВОТ ҚИЛИШИМ МУМКИНМИ? Қандай тартиб амалга оширилади буни имкони борми?
ЮРИСТ ЖАВОБИ:
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 15.06.2022 йилдаги ПҚ-279-сон қарори 7-бандига кўра талабалар ўқишини республикада фаолият юритаётган хорижий ва нодавлат олий таълим ташкилотларидан:
➖ давлат олий таълим муассасаларининг мос ва турдош таълим йўналишларига кўчириш мазкур банднинг «а» кичик бандида назарда тутилган тартибда;
➖ давлат олий таълим муассасаларининг мос ва турдош бўлмаган таълим йўналишларига кўчириш ўрнатилган тартибда, тегишли бакалавриат таълим йўналиши учун белгиланган табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорига тенг бўлган бир марталик тўлов асосида амалга оширилади.
Мазкур банднинг «а» кичик бандига асосан давлат олий таълим муассасаларининг мос ва турдош таълим йўналишларига кўчиришда:
➖ талабадан алоҳида иқтидор талаб этиладиган таълим йўналишлари бўйича касбий (ижодий) имтиҳонлар, бошқа таълим йўналишлари бўйича тест синовлари ўтказилади. Бунда, касбий (ижодий) имтиҳонлар тегишли олий таълим муассасаси томонидан, тест синовлари Давлат тест маркази томонидан ўтказилади;
➖ тест синовлари ва касбий (ижодий) имтиҳонлар бўйича ўтиш баллари ҳар йили 15 июлга қадар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда тизимида олий таълим муассасалари бўлган вазирлик ва идоралар томонидан белгиланади ҳамда Давлат тест марказининг расмий веб-сайтида эълон қилинади;
➖ ўтиш балидан паст балл тўплаган талабалар бакалавриатга қабул қилишдаги тартибга мувофиқ табақалаштирилган тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилинади;
➖ тест синовлари ва касбий (ижодий) имтиҳонлар натижалари Давлат тест маркази ҳамда тегишли олий таълим муассасасининг расмий веб-сайтларида эълон қилинади.
✅ Шунга кўра сиздаги ҳолатда агар келаси йил тест синовларидан ўтсангизгина, ўқишни кўчира оласиз.
Sirtqi ta'lim necha yil bo'lishi kerak?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi” nizomida oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi, maxsus sirtqi va kechki taʼlim shakllarida oʻqitish tartibi belgilangan. Ushbu nizom hozir ham amalda.
Nizomning yettinchi bandiga koʻra, sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻqish muddati:
sirtqi shaklda — kamida 5 yil;
maxsus sirtqi shaklda — kamida 3 yil;
ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim negizidagi sirtqi shaklda — kamida 3 yil. (Oʻqish oʻquv rejalaridagi fanlar farqidan qatʼi nazar, bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-kursidan boshlanadi).
Endi KIUT universiteti qanday qilib barcha bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida sirtqi shaklini 4 yil, maktabgacha ta'limda esa 3 yil o'qitayotganiga izoh berishi kerak. Qaysi qonun hujjatlari asosida bir yil kam ta'lim berayotgani barchaga qiziq albatta.
Jumladan, talabalar tomonidan "bizga berilgan diplom o'tmaydimi?" degan savollarga javob bersak;
Universitetda qaysi qonunga ko'ra bunday ta'lim shakli tashkil etilgani asoslab berilsa va bu huquqiy asosga ega bo'lsa muammo yo'q
Xususan, KIUT matbuot xizmatini munosabat berishda hissiyotlarga berilmasligi hamda ma'lumotlar almashinuvida hamkorlikka chorlab qolamiz
❗️Qonunchilikda o‘qituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar
🔹Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.
🔹Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.
🔹Maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.
🔹O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi.
🔹Olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.
🔹O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
🔹“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.
🔹Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
🔹Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
🔹Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.
Bizning kanal👇
@hususiy_unversitetlar
Bu körib turgan testlaringiz nechinchi sinflar uchun deb öyladingiz?
ötgan hafta uyga Jizzaxga borganimda singlim kitobini kötarib kelib aka shu testlarga yordam bervoring dedi, körmasdan turib öyladim testlarni bemalol yocholaman deb, testlarni kórdim va miyyamda ğalayon kótarildi, bunga 2 ta sabab bor edi.
1. Bu testlarni men yecholmasdim.
2. Qanday qilib 2-sinf óquvchisiga bunaqa testlar berilgani, axir men oliy taʼlimda óqiyotgan talaba yecholmaydigan testlarni 2-sinf óquvchilariga berilganligi.
Tóğri bu testlarni tarixni óqiganlar yecholishi mumkin, lekin tan olib yozing bu testlarni tarixni óqimaganlar yecholadimi?
Men óylashim bóyicha albatta subyektiv fikrim bu testlar 2-sinf óquvchilari bilimini oshirish uchun hech qanday yordam bermaydi, bu topshiriqlarni karra jadvalini yodlayotgan boladan, trigonometrik amallarni sórashday gap.
Hullas taʼriflashga til ojiz😶
Bizning kanal👇
@hususiy_unversitetlar
❗️Ayrim oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi
🔰Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:
🔘 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:
➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);
➖xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
🔘belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:
➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);
➖xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
🔘 jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:
➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);
➖xalqaro hamda respublika (final) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
🔘 xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin) sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
🔘 oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifasini (bosh oʻqituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).
bizning kanal👇
@hususiy_unversitetlar
❓ Imtiyozli ta’lim krediti kimlarga ajratiladi?
✅ O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga ajratiladi.
Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
❓Imtiyozli ta’lim krediti qancha muddatga ajratiladi?
✅ Rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. Agar talaba 1-kurs bo‘lsa 11 yil 7 oy muddatgacha kredit to‘lovlarini to‘lashi mumkin.
❓Imtiyozli ta’lim krediti qancha miqdorda ajratiladi?
✅ Talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontraktda ko‘rsatilgan miqdorda
❓Imtiyozli ta’lim kredit foiz stavkasi qanday?
✅ Ta’lim krediti tijorat banklari tomonidan kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasida (14 foiz) ajratiladi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi. Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-avgustdagi 457-sonli qaroriga asosan xotin-qizlar uchun foizsiz (0 foiz stavkada) ajratiladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.
Bizning kanal👇
@hususiy_unversitetlar
❗️ Magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi
Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Bu tartib Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy va moliya vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasi uchun ham amal qiladi.
❗️Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.
⛔️ Tatbiq etilmaydi:
— 15-sentyabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
— qo‘shma taʼlim uchun.
📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.
Umumlashtirilgan talabgorlar ro‘yxati 5 ish kunida to‘lov-kontraktlarni qoplab berish uchun OTMning idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
🗓 To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktyabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi.
bizning kanal👇
@hususiy_unversitetlar
actual savolga yurist tomonidan javob...
.
bizning kanal👇
@hususiy_unversitetlar
Bugun yurtimizda eng aziz, eng ulug‘ bayram, qutlug’ tantana
Vatanimiz mustaqilligi kuni, hurriyat bayrami, qutlug‘ ayyom bilan siz azizlarni, siz orqali barcha oila-aʼzolaringizni chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.
Bizning kanal 👇
@hususiy_unversitetlar
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 1 day ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago