Abduvohidov's blog

Description
Fikrlar. Qarashlar. Mulohazalar. Bari shaxsiy.

@My_blog7bot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

4 weeks, 1 day ago

O'qiganing sari yolg'izlashib boraverasan.

4 weeks, 1 day ago

Oʻzing haqingda qaygʻur, o'zingga g'amxo'rlik qil,

Issiqroq kiyin.

Sifatli, sogʻlom mahsulotlar isteʼmol qil.

Tanang faqat oʻzingga kerak.

Sara fikrlarni, sara kitoblarni oʻqi.

Sifatlilar orasida boʻl. Qoʻylar orasida tezlik ololmaysan.

Yolgʻiz qolishni oʻrgan.

Har kuni tanang, aqling, ruhiyating ustida ishla.

Talabalikdayoq oʻz yoʻlingni topishga harakat qil.

Oʻzingni boshqalar bilan solishtirishni,

Vaqtni behuda sovurishni bas qil.

Soxta do'stlarni farqla, soxta munosabatlarni yakunla.

Odamlarga yalinishni bas qilib, Robbingga yalinib koʻr.

Telefonsiz yashashni mashq qilib koʻr.

Bilmagan narsangni so'rashdan uyalma.

Sohang boʻyicha har kuni 10 daqiqa oʻqi. Kuchli 10 foiz ichida boʻlishing uchun yetadi.

10 daqiqa mutolaa qilib koʻr, kengroq fikrlayotganingni seza boshlaysan.

10 daqiqa tafakkur qilib koʻr, koʻp narsalar joyiga tusha boshlaydi.

1 month ago

Ungacha chidayver, bovurim,
Simobday yutilsa havolar.
Ungacha yagʻrindan yagʻirin
Tulporlar olarda davolab.

Ungacha, kuyuklim, suyukling
Ayozda koʻz yoshi muzlasa,
Chidayver, chidaysan bu yukning
Ipini bahorlar uzmasa.

Ungacha qushlarning ortidan
Daraxtlar uchadi ollanib.
Qaqshagan daryolar yurtida
Ogʻochday qolarsan zorlanib.

Otang ham chidagan, siqilma,
Egatga esh bilib boshini.
Ostonang boshiga tigʻ ilma,
Oʻgʻriga yedirgin oshingni.

Baxtiday yorilib tovoni
Orzusi kuluk bu onalar
Ungacha chidatib dunyoni
Tugʻadi sendayin bolalar.

Chidayver gʻurbatda mehnatdan
Non topgan hech kimsa oʻlmas-a?
Bu chidoq qon surar, albatta,
Bolang ham chidaydi oʻlmasa.

Chidovga oʻrgatgin barchani
Gʻoyibdan kelguvchi kungacha.
Chidayver, ming yillik archaning
Umri ham tugaydi ungacha.

Qismating quyadi quloqqa:
“Hislat bu, emasdur illating!”
Chidash-la borursan uzoqqa,
Ungacha bormaydi millating...

Ungacha chidayver, bovurim.

Najmiddin Ermatov

1 month ago

Abituriyentlarga

Hozir qaysi universitetni yoki ta'lim shaklini tanlash haqida emas, tayyorgarlik jarayoniga oid ayrim tavsiyalarni bermoqchiman.

Raz o'qishga kirmoqchimisan unda eshit:

  1. Avvalo o'zingdan tarmoqlarni chekla. Senga hozir telegramdan boshqasi umuman kerakmas. Instani tag-tugi bilan o'chirvor.

  2. Kursda berilgan vazifani tayyorlab boʻlib, shu mavzular boʻyicha test yech. Kursda beriladigan test yetmaydi, kitob do'kondan boshqa test kitob sotib ol.

  3. Besh soatdan kam dars qilma. Ishon agar fokus bilan 5 soat dars qilolsang bir oyda boshqalar sendagi o'zgarishni aytishadi.

  4. Audio darsliklardan foydalan. Lyuboy fanni audio darsligini topsa boʻladi, ishonmasang tgdan chiqmay yozib ko'r.

  5. Uyquni kamaytir, ayniqsa hozir qish, tun uzoq. 20 ta 20 ta mavzuni yamlavorsa bo'ladi bir kechada.

  6. Ulpatla bilan ko'cha daydishni yig'ishtir, to'y-po'ylarda ham bir yil ko'rinmay yursang hech nima qilmaydi.

  7. Kallamga kirmayapti, esdan chiqib ketyapti, qiyinakan demasdan 10 martalab o'qi. Qayta-qayta o'qiyver. Jinnilarcha o'qi. Shu xolos muvaffaqiyat retsepti. (6-sinf tarixini 20 martadan koʻp takrorlaganimni eslayman, hozir biror ma'lumot aytsang ko'zimni yumib kitobni taxminan qaysi betini qaysi qismida joylashganini aytib berishim mumkin)

Qo'shimchasiga mana buni eshitvorsang, batafsil to'xtalganman bu mavzuga.

P.s. eski qaydlardan

@abduvohidovsblog

1 month ago

Savdogarlar ustozi. Ahadquli Xolmuhammad oʻgʻli

Boshida aytay, kitob faqat savdo haqida yoki faqat savdogarlar uchun emas, nomiga chalg'imang.

Ushbu kitobni bir sababga koʻra yaqinda uchinchi bor oʻqidim. Qayta o'qishga o'zini arzitadigan kitob.

Kitobda Abdulloh ibn Muborak (r.a) ning yoshliklaridan tortib vafotlariga qadar boʻlgan davrlari yaqin doʻst Abdussalom tomonidan hikoya qilinadi.

Kitob musulmonlarni boy boʻlishga undaydi. Boylar jannatga qiynalib kiradi deydigan, faqat faqirlikni targʻib qiladigan imomlarga (ularni oʻzi shunday hayot kechirishiga ishonmayman) qarshi keskin fikrlarni roʻpara qoʻyadi.

Agar boylik sening qalbingdamas cho'ntagingda boʻlsa, u orqali saxiyliklar qilsang, yo'qsillarni davolatsang, talabalarni o'qitsang, ilm ahliga peshvolik qilsang, puling sabab atrofingdagilarga yengilliklar yaratib bersang boylik sen uchun haqiqiy omaddir deyiladi kitobda.

Shuningdek, haromdan oʻzni tiyish, riboga aralashmaslik, birovni haqiga koʻz olaytirmaslik, odamlarni nochorligidan foydalanmaslik, saxovat, odobning ilmdan qimmatliligi, doimo ilm talabida bo'lishning fazilati, xalqqa yengillik yaratish, odamlarga zulm qilmaslikka yorqin voqealar bilan urgʻu beriladi.

Yuqoridagilarning aksi boʻlgan illatlar odatiy hol boʻlgan, dindorlashayotgan lekin axloqiylashmayotgan jamiyatimiz uchun nihoyatda kerakli jihatlar yoritilinadi.

Abdulloh ibn Muborak xazratlari talabalar bilan uchrashuvlarda ilmni yaxshi o'zlashtirish, kunni barakali qilish, kasb-kori qilish borasida oʻzlarining koʻplab maslahatlarini beradi. Shu jihatlari uchun ham ilm yoʻlidagi har bir kishi oʻqishi kerak.

Umuman omma uchun, ayniqsa oʻzini savdoda, biznesda sinab koʻrmoqchi boʻlganlar uchun ham tengsiz qoʻllanma deya olaman.

Kitob uchun muallifga minnatdorchilik sifatida ikkita qismini ham sotib olib oʻqish kerak.

@abduvohidovsblog

1 month, 1 week ago

Uyalinglar! Ayollar bilan
Bahslashmanglar, qilmanglar poyga.
Lekin barcha gʻalabalarni
Tashlanglar ularning poyiga.
Ayollarga ketmon bermangiz,
Ayollarga bermang belkurak.
Ayollarga koʻngil beringlar,
Ayollarga beringlar yurak.
Mahkum qilmang temir-tersakka
Hech Mohiroʻy, hech Tursunoyin.
Ayollari erkakshoda xalq
Xotinchalish boʻladi doim.

Matnazar Abdulhakim

4 months ago

Umr taqvimiga jim nazar soldim,
Oyogʻim ostiga xazon toʻkildi.
Qanday qilib... yo Rab, tushunmay qoldim,
Bahor tugamasdan kuz kirib keldi?!

Xayrulla Hamidov

4 months ago

Sizni tushuna oladigan  odamni  topish — ulkan baxt. Sizni tushunmoqchi boʻlayotganlarni topish esa undanda ulkan baxt. Chunki, ular sizni koʻp oʻylaydilar va  kunboʻyi oʻylab yuradilar...

Shuhrat  ORIF

4 months ago

Ba’zi odamlarni chetdan ko‘rib ixlos qo‘yasiz, sababini o‘zingiz ham anglamagan holda hurmat qilasiz. Keyin esa... Yo‘q, chetdan hurmat qilib yuraverganingiz ma’qul.

Mohichehra A'zam

4 months, 1 week ago

Kitob o'qimaydigan chiroyli qizdan koʻra kitob oʻqiydigan chiroyli qiz yaxshi.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 2 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago