Dive into the Ultimate Free Library: Your One-Stop Hub for Entertainment!

Masofatalim™

Description
Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.

Reklama uchun: @masofatalimbot
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 2 days ago

2 weeks, 6 days ago

O‘qishga kiritib qo‘yish va diplomni nostrifikatsiya qilish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.J. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uni Qoraqalpoq davlat universitetining texnika fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan shu kabi tezkor tadbirda fuqaro N.S. fuqaro U.R.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki o‘zini “Ta’limni nazorat qilish inspeksiyasi” xodimi deb tanishtirib, 2 500 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning xorijiy davlat institutini tugatganligi to‘g‘risidagi diplomini nostrifikatsiya qilib berishni aytib, shundan 1 900 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

@masofatalim

3 weeks ago

Oliy ta’lim muassasalaridagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari:

- Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti buyurtmachiligida 12-mart kuni 100 nafar talabaga ingliz tilini o‘rgatish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 150 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunchilik talablariga zid ravishda affillangan shaxslar g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi maʼlum bo‘ldi.

- Urganch davlat universiteti buyurtmachiligida 6-mart kuni suzish fanida foydalanish uchun suzish havzasi xizmatini ko‘rsatish yuzasidan o‘tkazilgan 260,6 mln so‘mlik davlat xaridida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

@masofatalim

3 weeks, 1 day ago

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti quriladi

Loyihaga ko‘ra, bu oliygohda matematika va tabiiy fanlar, informatika, muhandislik fakultetlari bo‘ladi, 4 ming talaba ta’lim oladi. Universitet qoshida iste’dodli bolalar uchun ixtisoslashgan maktab ham bo‘ladi. Shu tariqa, bu yerda o‘qish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, ta’lim klasteri yaratiladi.

@masofatalim

3 weeks, 6 days ago

AQShning Humphrey Fellowship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

Unda o‘zbekistonliklar ham ilmiy unvonsiz magistratura darajasi uchun ishtirok etishlari mumkin. Qabul qilinganlar o‘qish to‘lovlaridan ozod etilib, barcha xarajatlar qoplab beriladi. Arizalarni 7-iyungacha jo‘natish kerak.

Stipendiyalar davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlayotgan, boshqaruv qobiliyatiga ega, faol jamoatchi mutaxassislarga tanlov asosida ajratiladi.

Dastur muddati 10 oyni tashkil etadi, uning davomida ishtirokchilar kasbiy rivojlanish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilinadi. Bularga AQSh professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari bilan maslahatlar va hamkorliklar, seminarlar, tadqiqot loyihalari hamda foydali strategiyalarni ishlab chiqish jarayonlari kiradi.

Kerakli ta’lim sohalari qatorida Iqtisodiy rivojlanish, moliya va bank ishi, aloqa va jurnalistika, qonun va inson huquqlari, qishloq xo‘jaligi, tabiiy resurslar kabilar bor.

Tanlovda ishtirok etish uchun ingliz tilidagi rasmiy transkriptlar, ikkita tavsiyanomani onlayn jo‘natish kerak. Bunda ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmaydi. Biroq mavjud bo‘lsa, uni ham ilova qilish mumkin.

Manba

@masofatalim

4 weeks, 1 day ago

Ramazon hayiti muborak boʻlsin!

4 weeks, 1 day ago

Kanada maktablari ijtimoiy tarmoqlarni sudga berdi

Kanadaning to‘rtta katta maktab kengashi ommabop ijtimoiy tarmoqlar ustidan sudga shikoyat qildi. Da’vogarlarning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlar bolalarning fikrlashi va xatti-harakatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va ular 4 milliard Kanada dollari miqdorida tovon puli talab qilmoqda.

Maktab kengashi rahbarlarining fikricha, o‘quvchilar ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishi tufayli o‘qishda muammolarga duch kelmoqda. Shu sababli, maktablar o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga ko‘proq sarmoya kiritishga majbur bo‘lmoqda.

Toronto okrugi maktab kengashining ta’lim bo‘yicha direktori Kollin Rassell-Rolinz so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilar diqqatni jamlash, ijtimoiylashish, ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelyapti, tajovuzkor xatti-harakatlar va mojarolarga ko‘proq moyil bo‘lyapti.

Muammoga qarshi kurashish uchun Kanadaning to‘rtta hududidagi maktab kengashlari Meta Platforms (Facebook va Instagram egasi), ByteDance (TikTok egasi) va Snap (Snapchat egasi) kompaniyalarini sudga bergan. Da’vogarlar ta’lim tizimiga yetkazilgan zararni 4 milliard Kanada dollariga (2,9 milliard AQSh dollari) baholagan.

@masofatalim

2 months, 3 weeks ago
**Batirbek Kaipbergenov** Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim …

Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.

B.Kaipbergenov shu kunga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali direktori lavozimida ishlab kelgan.

@masofatalim

2 months, 3 weeks ago
**Prezident qaroriga asosan AloqaBank tomonidan aholi …

Prezident qaroriga asosan AloqaBank tomonidan aholi uchun yangi turdagi mikroqarz joriy qilindi

Bunda ijtimoiy soliq to‘layotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishlari uchun quyidagi mikroqarzlardan foydalanishlari mumkin.

Mikroqarz shartlari:
12 oygacha muddatga, 5 mln so‘mdan oshmagan miqdorda, yillik 26% stavka bilan. Mikroqarz ta’minotiga kreditning qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi qabul qilinadi.

12 oygacha muddatga, 17 mln so‘mdan oshmagan miqdorda, yillik 27% stavka bilan. Mikroqarz ta’minotiga uchinchi shaxs kafilligi qabul qilinadi.

Manba

2 months, 4 weeks ago

​​Alisher Navoiy haykali yonida (poyida deyish sal xato bo‘lsa kerak) talabalarga konsert qilib berilgani keng muhokama qilinyapti. Videoga e’tibor berilsa, haykalning tagida emas, unga yaqin joyda boʻlganini ko‘rish mumkin. Holatni tanqid qilayotganlarning mantig‘i biroz tushunarsiz.

Masalan, talabalar shaharchasida tez-tez talabalar uchun mana shunday konsertlar uyushtiriladi, yonida Beruniy haykali bor. Skverda yoki Mustaqillik maydoniga yaqin joyda ham ko‘p shou va konsertlar bo‘ladi, yonida Amir Temur haykali bor. Bundan tashqari, quda tomonga o‘tib ketgan Magic City’ni olaylik, bu yerda qancha-qancha ishlar bo‘ladi, shundoq biqinida buyuk adiblar haykallari bor.

Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yonidagi konsert ham (kimlargadir bu diskotekadir) Navoiy haykalining tagida bo‘lganda boshqa gap edi, ammo unday emas-ku. Talabalar, yoshlar bir yayrasa yayrabdi, tegishli idoralardan buning uchun ruxsat ham olingan bo‘lsa, tadbir haykalning tagida emas, unga yaqin joyda o‘tgan bo‘lsa, buning nimasi yomon?

@masofatalim

3 months ago

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkaziladi

Mana shu juda yaxshi yangilik bo‘ldi. Jamg‘arma rahbariyatini ham to‘liq yangilansa, nur ustiga alo nur bo‘lardi. 2021-yilda bu jamg‘armaning o‘yinlari, gapi-gapiga to‘g‘ri kelmasligiga shaxsan guvoh bo‘lganmiz. Jamg‘arma PAga o‘tkazilarkan, rahbariyati ham yangilanishini kutib qolamiz.

@masofatalim

Telegram

Masofatalim™

“El-yurt umidi” jamg‘armasi haqida Yillik kontrakti 20 000$ - 25 000$ atrofidagi xorijiy oliy ta'lim muassasasiga o'qishga kirib, jamg'armaga borsang, «Iye, ukam, TOP-300 talikka kirmagan ekan-ku, TOP-1000 talikda ekan, biz faqat TOP-300 talik ichidagi OTMlarga…

We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 2 days ago