?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
? Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
? @Edu_murojaatBot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month, 3 weeks ago
Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov talabalarga kimyoviy reaksiya ko‘rsatibdi.
Oliy ta’lim vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov jamoat transportida, ayniqsa, metroda koʻp yurishi haqida tez-tez eshitardik.
Bugun esa bunga shaxsan guvoh boʻldik. Vazir amaldor boʻlmagan har bir fuqaro singari metroda qaytayotgandi.
Metrodan chiqib ham piyoda manziliga yurib bordi. Rasmga olish sal noqulay boʻldi. Lekin tan bermay iloj yoʻq.
Shunaqa holatlarni tasodifan, shaxsan koʻrgach hurmat oshaveradi. Kamtarlik va oddiylik oʻz isbotini topaveradi.
Darvoqe, ayrim manbalarga ko‘ra, vazir ko‘pincha mustaqil harakatlanadi. Ya’ni turli tadbirlarga bormoqchi bo‘lsa, bir gala odam bilan emas, bir o‘zi ham ketaverarishi haqida ma’lumotlar bor.
P.S.: Bu postdan maqsad kimnidir maqtash yoki ulugʻlash emas. Shunchaki vazirning kamtarligini koʻp marta eshitganmiz, bugun bunga guvoh boʻlib, oʻsha gaplar qanchalik rost ekanini bildirib qoʻyishni lozim topdik.
Davlatlar qayerdan yoki kimdan qarz oladi?
Odatda davlat rivojlanishi va o‘z davlati iqtisodiyotini rivojlantirish yoki barqarorligini saqlab qolish uchun qayerdandir qarz olishi kerak bo‘ladi. Ammo bu qarzni mamlakatga kim yoki qaysi tashkilot beradi? Pinkod.uz buni ochib beribdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning hozirgi davlat qarzi $37 mlrdni tashkil qilmoqda. “Fuqarolar uchun budjeti” hisobotida esa bu miqdor 2025-yilda $45,1 mlrdga ko‘payishi, ya’ni YAIMning 36,7 foiziga yetishi prognoz qilinmoqda.
Batafsil: https://pinkod.uz/ff9326
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinadi – Prezident
Bir xillashtirish avjiga chiqmoqda. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari talabalarga bosim qilgani aytilmoqda.
https://t.me/kunuzofficial/151298
Telegram
Kun.uz | Расмий канал
“Қўлингдан битта жакет сотволиш келмайдими, уятсизлар...” — ТДПУда форма киймаган талабалар босимга учради Тошкент давлат педагогика университетида талабалар ягона форма кийишга мажбурланиши давом этяпти. Kun.uz'га юборилган аудиога кўра, декан ўринбосари…
Yugurdakning yugurdagini yugurdagi bo‘lardi...
Biz universitetda o‘qib yurgan davrimizda OTMlarda tyutor degan shtat yo‘q edi. Tadbirlarga talabalarni olib borish kerak bo‘lsa, bu ishlar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlarining zimmasida edi.
Bu “zamdekan”larning esa qo‘pol qilib aytganda, yugurdaklari bo‘lardi. Yugurdaklarning esa talabalar orasida o‘z yugurdaklari bo‘lardi. Hammasi bir-birini ishga solardi. Bular salla desa, kallani olib kelardi, chunki ochko ishlashi kerak-da, ochko ishlamasa kelasi yili shu yugurdaklarning yotoqxonadan joy olishi savol ostida qolardi.
Bugun ko‘ryapmizki, aftidan, bu ishlarni ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar qilmoqda. Balki ularning faoliyati to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi kerakdir? Umuman, talabaga erkin shaxs sifatida muomala qilish, uni qanaqadir tadbirlarga majburlab olib borish xato ekanini qat’iy uqtirish kerakdir?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarda 15 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi – Raqobat qo‘mitasi
Jumladan, quyidagi holatlar o‘rganib chiqilgan:
⁃ Oliy ta’lim muassasalari tomonidan 16 ta holatda o‘tkazilgan tanlovlarda jami 14 mlrd so‘mlik;
⁃ Kasb-hunar maktablarida 3 ta holatda o‘tkazilgan tanlovlarda jami 685 mln so‘mlik;
⁃ Akademik litseylarda o‘tkazilgan 2 ta tanlovda 359,8 mln so‘mlik.
Ushbu o‘rganishlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20, 46 moddalari talablari buzilganligi aniqlandi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan begilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilib, tegishlicha choralar ko‘rildi.
Oxirgi kunlarda Telegram oʻzidan oʻzi barcha qurilmalardan chiqib ketib qolmoqda. Bu holat koʻpchilik oʻzbekistonliklarda kuzatilgan. Ba’zi manbalarda buni vzlom qilish urinish bilan bogʻliq holat, deya izohlangan. Ammo mavjud vaziyat tahlil qilinganda, bu shunchaki Telegramdagi nosozlik boʻlishi ham mumkin.
Ba’zi tavsiyalar. Hozir kim koʻp, firibgarlar koʻp. Ehtiyot choralarini koʻrish, ikki tomonlama himoyadan foydalanish va Telegram ochilgan sim-karta doimo ishlab turishi maqsadga muvofiq.
Navoiylik qiz muddatidan oldin kirish imtihonlaridan maksimal ball yig‘di
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Sheyxon qishlog‘idan bo‘lgan Munavvara Cho‘liyeva 6 ta fandan milliy sertifikat olib, kirish imtihonlari uchun maksimal 189 ball yig‘di. Endi u imtihon topshirmaydi.
Munavvara Cho‘liyeva Qiziltepa tumanidagi 17-umumta’lim maktabining 11-sinfini 2023/2024 o‘quv yilida bitirgan. U 10-sinfligida ingliz tilidan til sertifikati va bilogiya fanidan milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan. 11-sinfda esa kimyo, o‘zbek tili va adabiyot, tarix va matematika fanlaridan milliy sertifikat oldi. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan va bu fanlardan maksimal ball beradigan sertifikatga ega. Bunga qo‘shimcha ravishda majburiy fanlardan ham milliy sertifikatni oldi. Bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan (189 ball) maksimal ballga ega bo‘lganini bildiradi. Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.O. fuqaro Sh.Yu.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi oliygohlarda o‘qiganlik haqida soxta hujjat tayyorlab, uning o‘qishini Namangan viloyatidagi nodavlat oliy ta’lim muassasiga ko‘chirib berish evaziga 4 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar P.X. va X.A. oldindan o‘zaro oldindan til biriktirib, fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, uni 4 000 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Jizzax davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishlari aytib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanishgan.
Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro A.U. fuqaro G.U.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi institutda o‘qiyotganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab berish orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 14 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
@masofatalim
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
? Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
? @Edu_murojaatBot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month, 3 weeks ago