ONA TILI || MILLIY SERTIFIKAT

Description
Ushbu kanalda test namunalari, qoʻllanmalar, videodarslar, kerakli maʼlumot va fikrlar berib boriladi.

Murojaat uchun: @Akhror_Muhammad
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 6 days ago

Rash modelga
  (Hazil shér)

Ajib model, Rash model,
Dilni qilma ğash, model.
Yaxshi chiqsin javoblar
Senga bólsin savoblar!!!

Sen ham borsan-a, Esse?
Vaqtimni olding ehhe...
Bólsin soflik, holislik
Kók qilmasin olislik

Yer qattiqlik qilmasin
Yurak joydan jilmasin
Ijodiylik va mazmun
Baholansa, biz mamnun.

Eng avvalo, xudodan
Keyin Odam Atodan
Payğambar, pirlar qóllab
Asrasinlar xatodan🤲🤲🤲🤲🤲

Qorbobodan A+,
A sovĝalar kutamiz.
B+ni bersang ham
Ustamaga ótamiz

Ajib model, Rash model,
Onamga óxshash, model.
Har bolangni suyuntir
Yutuq bilan kiyintir

Bolang sendan umidvor,
Ótsam degan umid bor.
50 foiz ustama
Sochilsinlar ustima

Aksi bólsa-chi agar
Naq 40da istima
Shunday ekan,Rash model,
Akash va ukash ,model

Kórsat "jindek "iltifot
Alqab ótay umrbod.
Hamma niyatga yetsin,
Qilma uni hech barbod!

Eh Rash model, Rash model
Shoshib bólma shash model.
Milliy bilan yanada
Zór bólsin yashash model!

Óxshamasa ustama,
Bizni qayta istama...
Yomon-da qulash, model...
Yuksaklik ulash model!!!

🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲🤲

Óqib 40 ta asar
Kózdan qolmadi asar...
Eh ĝazallar-ĝazallar,
Bu" makkora gózallar"
Adashtiruvchi baytlar
Bir-biridan ózarlar...
Qit'alar bilan tuyuq
Masala juda "quyuq"...
Grammatik boĝlanish
Misli jangga choĝlanish
Raviy yana qofiya
Charchablar ketar miya
Muqayyadmi, mutlaqmi
Rash modelmi, biz haqmi?
Qalashadi savollar
Adashadi xayollar...
Yuraklar taka-tuka
Nima bólarkin, uka?
Hamma hayron, hamma lol
A+dir ,ehtimol...
A va B+ ham bor
Karvon kóp,rizqing bisyor

Namangandan Naima Soliyeva ijodidan

2 weeks, 3 days ago

**Dekabr imtihoni haqida mulohazalar.

21-22-dekabr kunlari bolib otgan Milliy sertifikat imtihonlari haqida kopchilik turli fikrlar bildirmoqda. Ayrimlar savollarning, masalan, mumtoz matnlarning nisbatan murakkabligini takidlamoqda.
Biroq, bizningcha, songgi imtihon ancha yuqori saviyada tashkil etildi. Jumladan, bir necha kun oldin tarqalgan "X variantlar" soxta ekanligi-yu, uni sotib olganlar aldangani malum boldi. Demak, agentlikda maxfiylik borasida hammasi joyida hamda xavotirga orin yoq. Ikkinchidan, savollarning qiyinlik darajasi oldingilaridan tushsa, tushganki, kotarilmagan. Ayrim savollarning takror tushayotgani ham agentlik oldinroq elon qilganidek, Rash-modelining ishlash prinsipi bilan bogliq ekanligi yanada oydinlashdi.

Yana bir muhim insayd shuki, qaysidir manoda dekabr imtihoni savollari nisbatan noyabrnikidan salgina murakkabroq bolgan bolsa, bu, albatta, yaxshilikka. Chunki bahorgi imtihonda buning teskarisi bolishi, savollar nisbatan yanada osonlashishi mumkin, negaki Rash-modelining ishlash tizimiga muvofiq tizim malum savollar qiyinlashib, kopchilik undan pastroq natija korsatsa, osha savollarning darajasini me`yorlashtirish statistikasini beradi.

Bahorgi imtihonga esa hali yana deyarli 4 oy bor. Mukammal tayyorlanishingiz uchun bu yetarli muddat...

Samgin Qurbonov**

2 weeks, 4 days ago

MS imtihoniga munosabatim

O'qituvchilar va o'quvchilarni alohida smenaga ajratish kerak. Ularni aralash holda qilib, yana hammasiga to'y, kredit, ijtimoiy tarmoqdagi jinoyatlar, o'qitishdagi metodlar kabi esse mavzularini berish mutlaqo xato.
Imtihonga kirgan 10-sinf qiz to'yning nimasini yozadi? Yo maktab o'quvchisi TBC dan kredit olganmikan hali? Nimani yozadi? Metodlarni 9-sinf bola qanday farqlaydi?
Albatta, esse mavzusini tanlashda ko'p narsalarni inobatga olish kerak.
BBAning alam bilan test tuzgani va esse tanlagani ko'rinib turibdi. Albatta, bu bitta "ustoz"ning sotqinligi "sharofati" bilan bo'ldi.
Bundan tashqari 21.12.2024 kuni 2-smenaga tuzilgan test savollari o'quvchilarning bilimini sinashni emas, balki ularni chalg'itishni nazarda tutgan.
BBA hissiyotga berilmasdan test shakllantirishi shart. Ijtimoiy tarmoqlardagi ahmoqgarchilikning badalini o'quvchilar to'lamasin.

Akbar Otaboyev

2 weeks, 4 days ago

2-smena!!!
1. mutasaddi, muarrix muassasa

2. unlilar imlosi va - bilan yozish bilan xatolik
qadiriyat , reklama-rolik xato yozilgan

3.yarasha,muvofiq,monand

4.Oson soʻzi haqida XATO  fikr:
sinonimi ravshan, antonimi ogʻir

5.qorlik togʻ ( li
)
6.koʻy soʻzi kuy deb qoʻllangan

7.taqlid soʻzga sintaktik qoʻshimcha qoʻshilgan
Xato fikr: qahqahasi ( otga qoʻshilgan)

8.sof feʼllar xabar maylida

9.Tarkibida lugʻaviy va sintaktik qoʻshimcha mavjud ot qoʻllangan ( tanqidchilarning)

10.Kiritma ( bilsangiz kerak)

11.fiziologlarining biri oʻrtaga tashladi

12.Vergul 1,5 Kiritma munosabati

13."Otamdan qolgan dalalar"
Ta'limdan ortda qolayotganiga befarqlik
14." Tushda kechgan umrlar" haqidagi XATO HUKMni toping.
1,2,3

15."Molxona" haqida TOʻGʻRI FIKR. Boksyor.
16."Temir xotin" haqida
Mustabid tuzumning deb boshlanadi
17.O‘zbeklar hikoyasi.
Ilmiy matn.  Paxta.
Uslubiy xato 3-qismda edi.
Badiiy matn. Noyob mikrob
28.Ishtiqoq
29.Yorning ko‘zi oshiq ko‘nglini ovladi
30.Faqat sifatlash
31. Yorning og'zi qimmatbaho toshga(yoqut) o'xshatilgan
32.
33.Atov gap
34. Undalma
35.
Dedi: Nedur senga olamda pesha?
Dedi: Ishq ichra majnunliq hamesha.  To‘liqsiz gap
36. Past
37. Tinish
38. Li uslubiy xato qo‘shimcha
39.Ajratilgan undalma
40. a)
       b)
41.a) Husni ta'lil
      b) Azroil
42. a)
       b)
43. a) esa
       b) qiyoslash
44. a) tuyuq
       b) tajnis

2 weeks, 4 days ago

Bugun 2-smenaga tushgan esse mavzusi:

Anʼanaviy toʻylar xorijiy toʻylar kabi ixcham va zamonaviy tarzda oʻtkazilishiga qanday qaraysiz?

2 weeks, 4 days ago

*⚡️ 22-dekabr 1-smenada tushgan g`azal matni:

Dema ul chehrayi gulrang uza chashmi jodudur,
Xo‘tan gulzori ichra jilvagar sarmast ohudur.

Emas mushkin qoshi ko‘z uzrakim aylab havoyi sayd,
Hamul ohu uza parvoz ko‘rguzgan itolg‘udur.

Musaffo orazig‘a qatra xo‘ylarkim berur ziynat,
Tarovatbaxsh Eram gulzorida har yon suzuk suvdur.

Emastur obihayvon chashmasida ruhparvar mavj,
Labi shirini izhor aylagan jonbaxsh kulgudur.

Labidin har nafaskim nuktayi dilkash bo‘lur zohir,
Sochilg‘on huqqayi yoqutdin serob injudur.

Latofat sunbulidur zeb bergan husn bog‘iga,
Uzori uzra bukim jilvagar har sori gisudur.

Yetar har lahza mujgoni xayoli jon aro, vahkim,
Olardur jonsiton o‘qlar, bu ul o‘qlarg‘a qobudur.

Ne tong ul chehra fikri chiqmas ersa soda ko‘nglumdin
Ki, xo‘blar orazi aksi maqomi sof ko‘zgudur.

Visoli manzilig‘a hajr shomida nechuk yetkum –
Ki, yo‘ldur bas uzoq-u kecha ham asru qorong‘udur.

Karam aylab o‘zing yetkur harimi vasl aro, yo Rab –
Ki, sandin Ogahiyning iltimosi borho budur.*

3 months, 3 weeks ago
3 months, 3 weeks ago

SHE'RIY SAN'ATLAR

TAZOD - zidlanish

TALMEHbaytda tarixiy shaxs,
      voqealarni keltirib o'tish

TAJNIS- baytda shakldosh   so'zlardan foydalanish

TASHXIS- shaxslantirish

TANOSUB - uyadosh (ma'nosi
      yaqin) so'zlarni qo'llash

TAJOHUL ORIF - bilib bilmaslikka
      olish

TASHBEH - o'xshatish

TARSE' - ikki misraning har bir so'zi qofiyadosh bo'lishi

TASDIR - baytni boshlagan so'z baytning oxirida takrorlanishi

TASBE- birinchi misrani tugatgan
so'z ikkinchi misraning boshida kelishi

TAKRIR - so'zni takrorlash

TARDI AKS - teskari qilib takrorlash

TAZMIN - san'atkor yaratgan
         asarni boshqa shoir o'zgartirish kiritib yozishi

TAMSIL - misol keltirib yozish

HUSNI TA'LIL - fikrni chioyli
          dalillash

INTOQ - jonsiz narsalarning
          gapirishi

IRSOLI MASAL - xalq
           maqollaridan foydalanish

ISHTIQOQ - asosdosh so'zlardan
           foydalanish

ISTIORA - ikki narsa orasidagi
  o'xshashlikka asoslanadi. Tashbehdan farqi o'xshatish vositasi va sababi qo'llanmaydi.

IYHOM - bir so'zda ikki xil
           ma'noning berilishi

Mubolag'a - haddan ziyod
          bo'rttirish

LITOTA - mubolag'aning
           teskarisi

ALLETERATSIYA - bir xil
          tovushlar vositasida ohangdorlikni kuchaytirish

ANAFORA - misralar boshida bir
          so'zning aynan takrorlanishi

SA'J - gapdagi ayrim
            bo'laklarning qofiyalanishi

ILTIZOM - bir so'zni ketma- ket
            kelgan misralarda takrorlash

@Ona_tili_adabiyot_online

3 months, 3 weeks ago

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test varianti tafsilotlari@Ona_tili_adabiyot_online

8 months, 2 weeks ago

"Tong o'rniga qayg'ular otar kimni?" Ushbu jumlalar muallifi kim?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 6 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago