GKS - Allim

Description
All about Global Korea Scholarship (GKS, ex-KGSP grant). Koreyaning eng mashxur granti haqida hamma narsa!
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 day, 6 hours ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year ago

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

🇰🇷🇺🇿2024 GKS-G 2-bosqich g'oliblari(ET)2024-yilgi GKS-G Embassy track 2-bosqich g'oliblari ro'yxati e'lon qilindi.
O'zbekistondan 17 ta odam bu bosqichdan o'tganligi ko'rsatilgan.
Barchani tabriklayman!

2-bosqichdan o'tganlarni hujjatlari o'zlari tanlagan 3 ta universitetga yuborilgan. Bu universitetlarni hujjatlarni ko'rib chiqib 7-iyungacha sizni tanlashgani yoki tanlashmaganini email orqali habar berishligi kerak.

Ba'zida universitetlar nomzod bilan suhbat qilib qolishlari ham mumkin. Shunga hamma narsaga tayyor turing.

Agar 7-iyungacha siz tanlagan universitetdan habar kelmasa, ularga yozib ko'ring. Ular sizni tanladimi yo'qmi aniqlashtirib olish uchun.

Chunki 14-iyungacha siz NIIED tashkilotini qaysi o'qishni tanlaganiz haqida aniq ma'lumot berishiz kerak.

2024_GKS_G_Important_Notice faylini yaxshilab o'qib chiqing!

To'liq ma'lumot uchun havola:
https://www.studyinkorea.go.kr/ko/scholarship/Gks1NoticeDetail.do?nttId=4174

P.s. 2-bosqichdan o'tgan bo'lsangiz ham agar biron universitetni sizni nomzodizi qabul qilmasdan, hech kimdan javob kelmasa 3-bosqichdan o'ta olmasligingiz mumkin:( Lekin bunaqa holatga hali duch kelmaganman.@gksallim

www.studyinkorea.go.kr

한국유학종합시스템(스터디인코리아)

대한민국 정부가 운영하는 한국유학 공식 포털, 한국유학 및 대학(어학당)정보, 출입국 절차안내, 유학생 생활 및 취업정보, 유학상담

***🇰🇷******🇺🇿*****2024 GKS-G 2-bosqich g'oliblari(ET)**2024-yilgi GKS-G Embassy track 2-bosqich g'oliblari ro'yxati e'lon qilindi.
2 months, 3 weeks ago
GKS - Allim
5 months, 2 weeks ago
5 months, 2 weeks ago

🇺🇿🇰🇷2024 GKS-G granti hujjatlari

Grantga ariza topshirish uchun majburiy topshiriladigan hujjatlar:

1) Ariza (maxsus forma)
2) Avtobiografiya ( maxsus forma)
3) O’qish rejasi (maxsus forma)
4) Tavsiyanoma 1 ta (maxsus forma)
5) Grant qonun qoidalariga rozilik hujjati (maxsus forma)
6) Tibbiy ma’lumotnoma (maxsus forma*)
7) Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish roziligi(maxsus forma)
8) Ariza topshiruvchi tug’ilganlik haqida guvohnomasi(ota-ona pasport nusxasi ham)
9) Universitetni bitirganlik haqida diplom
10) Diplom baholari
11) Magistr diplomi va baholari (PhD ga topshiradiganlar uchu)
12) TOPIK sertifikati yoki Ingliz tilini bilish sertifikati(ixtiyoriy)
13) Qo'shimcha sertifikatlar (ixtiyoriy)
14) Ariza topshiruvchi qizil pasport nusxasi

Diplom(baholar bilan) va tug'ilganlik haqida guvohnomani notariusdan tasdiqlating. O'zbek tilidagi hujjatlarni Ingliz tiliga tarjima qiling va apostil qildirishingiz kerak.
Qolgan hujjatlar ixtiyoriy, lekin til bilish sertifikati bo'lsa yaxshi albatta!

Embassy track:
University track bilan bir xil tarzda hamma hujjatlar tayyorlanadi. Tayyor bo'lgan barcha hujjatlar Koreys tili markaziga topshiriladi. Original hujjatlar va barcha hujjatlarning 3 tadan nusxasi.

O'z pasportingizni nusxasini yuborsangiz bo'ldi. Tarjima va noatirusdan tasdiqlatish kerak emas.

University trackda ba'zi o'qishlar hujjatlarni email orqali yuborishni so'rashgan. Agar siz topshirayotgan o'qish ham hujjatlarni online yuborishni so'ragan bo'lsa birinchi hamma hujjatlarni email orqali yuboring. Undan so'ng xalqaro pochta orqali hujjatlarni originalini yuboring.

Muhim! Universitetni bitirmaganlar shu yili 31-iyuldan oldin universitetni bitiradi degan hujjatni o'qishlaridan olishlari kerak va bu bilan birga baholari(7 semestr) hujjatini ham yuborishlari kerak. Baholar hujjatida 7 semestr umumiy GPAsi

P.s. GKS grantida har bir o'qishni qo'shimcha talabi bo'lishi mumkin. Shuning uchun siz tanlagan universitet qo'llanmasini yaxshilab o'qib chiqishni tavsiya qilaman.
@gksallim

5 months, 2 weeks ago

🇺🇿🇰🇷2024 GKS-G haqida hammasi

Bu yilgi GKS-G granti uchun hujjat topshirish boshlandi. (Embassy track hali boshlanmadi albatta:)

Bu yil bo'lgan eng katta yangilik!
Universitetni yozda bitiradiganlar (ya'ni hozir 4-kursda o'qishni davom ettirayotganlar) ham GKS-G grantiga hujjat topshira oladigan bo'ldi!
Lekin muhim tomoni! Bunday nomzodlar grantni yutishsa, 2024-yil 31-iyulgacha Koreyaga diplom(ilovasi bilan)ni yuborishlari kerak bo'ladi.

Shu bilan birga bu yil R&D yo'nalishi uchun 300 ta o'rin berilibdi. Bu GKS-U dagi GKS-UIC bilan deyarli bir xil yo'nalish. Ya'ni University track orqali ko'rsatilgan 10 tacha universitetga sanoat yo'nalishlari bo'yicha magist va PhD ga hujjat topshirish mumkin. Mana shu GKS-G R&D yo'nalishi bo'ladi. Bu yo'nalishda 300 ta o'rin davlatlarga qarab topshirilmagan. Huddi bu yili GKS-UIC dan ko'plab O'zbekistonliklar grant yutganiga o'xshab GKS-G R&D yo'nalishi bo'yicha ham ko'plab grant yutilishi mumkin.

Yana bitta katta o'zgarish bu Global Network yo'nalishini ochilishi bo'ldi. Lekin bu yo'nalish haqida to'liq ma'lumot keyingi oy boshida chiqar ekan:) Endi ozgina sabr qilasizlar))

Bulardan boshqa unaqa katta o'zgarish yo'q. Hujjatlarni tayyorlashga shoshiling!

P.s. Bu yil o'qishni bitirmaganlar ham topshirsa odam ancha ko'p bo'ladiganga o'xshidi:)

@gksallim

6 months, 2 weeks ago
6 months, 2 weeks ago

*🇺🇿*🇰🇷2024-yilgi GKS bakalavr javobi**Bugun 2024-yilgi(bahorgi semestr) GKS bakalavr grantini oxirgi, 3-bosqich javoblari e'lon qilindi!

Bu yili naqd 34 ta O'zbekistonlik bu grant sohibi bo'ldi. GKS-U bakalavr uchun bu rekord!
GKS-UIC juda ham ko'plab O'zbekistonliklar grant sohibi bo'lishdi!

Embassy track - 2 ta o'rin
University, Associate track + GKS-UIC - 32 ta o'rin

Bu o'tgan yilgidan deyarli ikki barobar ko'p o'rin degani. Bundan juda ham hursandman. InshaAlloh keyingi yili bundan ham ko'p odam GKS bakalavr grantini yutadi deb umid qilaman.

Keyingi yili ham grant yutishda qo'ldan kelgancha yordam beraman.
#gks #2024

P.s. Allaqachon 2024-GKS-G magistratura va PhD ga hujjat topshirishga tayyorgarlikni boshlab yubordik:)@gksallim

6 months, 3 weeks ago

🇰🇷🇺🇿GKS granti & GKS stipendiyasi

GKS granti bu Koreyada o'qish uchun chet elliklarga beriladi. GKS-U(bakalavr) va GKS-G(magistratura, PhD va boshqa) dan iborat.
Bu grandni qo'lga kiritganlarga oylik stipendiya, tibbiy sug'urta puli, samalyot bilet puli va boshqa yordamlar beriladi.

GKS stipendiyasi bu Koreyada o'z hisobidan ta'lim olayotgan chet ellik talabalar uchun berilar edi. Yiliga ikki bor hujjat topshirilib, tanlab olinganlarga bir semestr davomida 500 ming stipendiya berilar edi. GKS stipendiyasida oylik 500 ming won stipendiyadan boshqa narsa berilmaydi.
Bugungi chiqqan e'lon aynan shu GKS stipendiya (oylik 500 ming won stipendiya) haqida. Bu yildan boshlab bu stipendiyani berish to'xtatildi.

GKS granti esa har doimgidek davom etadi. Fevralda GKS-G ga, sentyabrda esa GKS-U grantiga hujjat topshirish har doimgidek bo'ladi Hudoxohlasa.

P.s. GKS granti va GKS stipendiyasini chalkashtirganlar uchun maxsus post!

@allimtv

8 months, 1 week ago
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

📩 @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 day, 6 hours ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 3 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year ago