? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
? @muvaffaqiyat ✅
7⃣ “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning yettinchi siri, bu — tirishqoqlikdir. Bu sifatsiz muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Hech qachon taslim bo‘lmang. Muvaffaqiyatga erishish uchun, ehtimol, ko‘p va og’ir sharoitda ishlashga to‘g’ri kelishi mumkinligiga tayyor bo‘ling. Bir necha ming millionerlar orasida tadqiqot o‘tkazilganda, ularga «Siz nima uchun va qanday qilib muvaffaqiyatli bo‘ldingiz?», degan savol berilgan. Ularning 85 foizi tamomila bir xil javob qaytargan: «Muvaffaqiyat hamisha mening hamrohim, negaki, men boshqalarga qaraganda ko‘proq va zo‘r berib ishlayman». Shuning uchun ishni boshqalarga qaraganda ertaroq boshlash, ko‘proq ishlash va ishdan kechroq ketishlarga tayyor turing. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” haftasiga 50—90 soat ishlaydi. Aksariyati 70—80 soat ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, haftasiga 40 soat ishlab, muvaffaqiyatli bo‘lgan kishilar mavjud emas. Haftasiga 40 soat ishlash — sizga tirik qolishni ta'minlaydi, xolos. 40 soatdan oshig’i – bu muvafaqqiyatingizga mablag’ sarflash demakdir. O‘z ustingizda, hech bo‘lmaganda, ishda ishlagandek — ko‘p, faol va astoydil ishlang va bu albatta o‘z samarasini beradi. ? @muvaffaqiyat ✅
6⃣ Oltinchi sir: tezkor va ishonchli degan obro‘ga erishing hamda shu orqali boshqalarga sizga ishonish mumkinligini namoyon eting. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” tez harakat qiladi va o‘z so‘zida turadi. Odamlar bu millionerlarga yanada ko‘proq tayana boshlaydi. Izchillik — muvaffaqiyat garovi. O‘ta aqlli bo‘lish yoki qandaydir noyob iste'dodga ega bo‘lish shartmas, shunchaki, oldinga qarab izchil harakat qilish kerak, xolos. Nimaiki va'da bergan bo‘lsangiz, barchasini hamisha vaqtida bajaring. Kishilar sizga doimo va har qanaqangi vaziyatlarda ishona boshlamagunlariga qadar, faoliyatingizda yuqori darajali sifatga rioya qilishda davom eting. ? @muvaffaqiyat ✅
5⃣ Beshinchi sir: ijodkorlikni rivojlantiring va innovatsiyalarni tatbiq eting. Maqsadlaringizga erishishning yangiroq, tezroq va samaraliroq yana qanday yo‘llari borligini aniqlang va bu yo‘lda izlaning. Qancha ko‘p narsani o‘rgansangiz va qancha ko‘p harakat qilsangiz, atrofingizda shuncha hayratomuz voqealar yuz beraveradi. ? @muvaffaqiyat ✅
4⃣ To‘rtinchi sir: doimiy izlanish hayotingiz bosh maqsadi bo‘lsin. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” o‘z sohalarida izlanishdan hech qachon to‘xtamaydi. O‘z ishingiz to‘g’risida har kuni yangilik o‘rganishga intiling, salohiyatingizning barcha kuchlarini ishga soling. Qancha ko‘p o‘rgansangiz, oldinga qarab shuncha tez ilgarilab boraverasiz. Bilim va ko‘nikmalar — XXI asrda muvaffaqiyatlarga erishish kalitidir. Qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda hech qanday to‘siq yo‘q. Demak, hayot davomida ilgariga qarab borishingizning tezligi hech nima bilan chegaralanmagan. ? @muvaffaqiyat ✅
3⃣ Uchinchi sir: o‘zingiz va hayotingiz uchun butun mas'uliyatni bo‘yningizga oling. O‘zingizga qancha ko‘p mas'uliyatni olsangiz, shu darajada sohangiz yetakchisiga aylana borasiz. O‘z muvaffaqiyatsizliklarida boshqalarni ayblashda to‘xtashning eng tez usuli — bu o‘ziga: «Bunga men javobgarman!», deyishdir. O‘zingizga qancha ko‘p mas'uliyat olsangiz, hayotingizni aynan o‘zingiz nazorat qilayotganingiz hissiga bo‘lgan ishonch shuncha kuchli bo‘ladi. O‘z hayoti ustida nazorat va baxt hissi o‘rtasida mutlaq bevosita aloqa mavjud. ? @muvaffaqiyat ✅
2⃣ Ikkinchi sir: boshqalardan farqli bo‘lish, ustun kelishni hayotingizning asosiy maqsadi etib belgilang. Bajaradigan barcha ishlaringiz yuksak darajada bo‘lishiga intiling va o‘zingizga yuqori talablarni belgilang. Bajaradigan ishlaringizda yuqori darajali professionalizmga erishmaguningizga qadar, hech qachon boy va baxtli bo‘la olmaysiz. O‘z oldingizga shunday maqsadni qo‘ying va shu yo‘nalishda harakatni boshlang. O‘z ishingiz va kasbingizda yanada a'lo bo‘lishingizga sabab bo‘luvchi har bir qadamingiz sizni yanada baxtli qiladi. Faoliyat yuritadigan sohangizda birinchi yigirmatalik, so‘ng o‘ntalik, keyin esa beshtalikka aynan siz bo‘lishingiz kerakligi haqida qaror qabul qiling. ? @muvaffaqiyat ✅
?“O‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning 7 siri ?
1⃣ “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar”ning birinchi siri — keng miqyosda fikrlang va ulkan narsalar haqida orzu qiling. O‘zingizga tinmasdan «Men qila olaman!», deya ta'kidlang. O‘zingizga qayta-qayta berishingiz bo‘lgan yagona savol esa «qanday qilib?», bo‘lsin. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” o‘z qiyofasini, kelgusida boy va omadli bo‘lishlarini aniq tasavvur qila oladi. qayotingizdagi mutlaqo barcha o‘zgarishlar o‘zingiz haqingizda shakllantirganingiz muayyan yangi emotsional aqliy obrazda vujudga keladi. Qolaversa, hech qachon muvaffaqiyatli kishilarni tanqid qilmang. Muvaffaqiyatli kishilarni tanqid qilib, o‘zingizdagi muvaffaqiyatning barcha imkoniyatlarini zaiflashtirasiz. Aksincha, muvaffaqiyatli kishilardan ilhom oling! Boshqalarning zafarlaridan qancha ko‘p xursand bo‘lsangiz, o‘zingiz muvaffaqiyatga shuncha tez erishasiz.
? @muvaffaqiyat ✅
? @muvaffaqiyat ✅
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid