Uzmir.uz || Rasmiy kanal

Description
Uzmir.uz saytining rasmiy telegram kanali
Bizda 24/7 🌐
📡Ommabop yangiliklar
📲 Rasmiy xabarlar
📈 Qiziqarli ma’lumotlar
📑Tahliliy maqolalar

Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100072956349542&mib
Instagram: instagram.com/uzmir_uz_rasmiy
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 5 days ago

YPX xodimini sayr qildirgan haydovchi

Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇

Telegram I Facebook | instagram | Youtube

1 month, 2 weeks ago
2024-yilda AQSHning tabiiy ofatlardan ko'rgan zarari …

2024-yilda AQSHning tabiiy ofatlardan ko'rgan zarari 182 milliard dollarni tashkil etdi.

Aniqlik kiritilishicha, 2024-yilda AQSHda kamida 1 milliard dollar zarar keltirgan 27 ta ob-havo va iqlim bilan bog‘liq ofat sodir bo‘lgan. Bu ofatlar jami 568 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.2024-yilda tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun sarflangan xarajatlar taxminan 182,7 milliard dollarni tashkil etdi.Hisobotga ko‘ra, 2024-yil tabiiy ofatlar rekord darajada zarar keltirgan yillar ichida 4-o‘rinni egalladi.

2017-yilda tabiiy ofatlar 395,9 milliard dollar, 2005-yilda 268,5 milliard dollar va 2022-yilda 183,6 milliard dollar zarar keltirgan.Joriy yilning 7-yanvar kuni Los-Anjelesda boshlangan o‘rmon yong‘inlari 4-sutkadan beri o‘chirilgani yo‘q. Yong‘in oqibatida 10 ming gektardan ortiq maydondagi mingdan ortiq bino kulga aylandi. 1 milliondan ortiq odam elektrsiz qoldi.

Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇

Telegram I Facebook | instagram | Youtube

1 month, 2 weeks ago
Davlat bog‘chalarida “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy …

Davlat bog‘chalarida “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga o‘tkaziladi. Shuningdek, “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi hamda oziq-ovqat xarajatlarining hisobi “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritiladi.Qolaversa, ushbu qarorda davlat bog‘chalarida tarbiyalanuvchilarni “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantirish ham ko‘zda tutilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi.Shuningdek, davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇

Telegram I Facebook | instagram | Youtube

2 months, 2 weeks ago
Raqibini tishlab olgan o‘zbekistonlik bokschining oltin …

Raqibini tishlab olgan o‘zbekistonlik bokschining oltin medali olib qo‘yildi.

71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Ispaniyadagi Boxam turniri g‘olibi Havasbek Asadullayev va jahon chempionatining uch karra bronza medali sovrindori qozog‘istonlik Ablayxon Jusupov finalda to‘qnash keldi. O‘zbekistonlik jangchi jang vaqtida raqibining yelkasini tishlab oldi.“Qoidalarga ko‘ra raqibni tishlash deb tasniflangan ushbu qoidabuzarlik jang davomida hakam tomonidan o‘tkazib yuborilgan, ammo keyinroq aniqlangan.

Reglamentga ko‘ra, agar bokschi biror-bir sababga ko‘ra diskvalifikatsiya qilinsa, Ablayxon Jusupov avtomatik tarzda diskvalifikatsiya sabab jang g‘olibi deb e’lon qilinadi”, deyiladi xabarda.Turnir yakuniga ko‘ra O‘zbekiston 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (4−6−1) va Tojikiston (1−1—3).

Uzmir.uz rasmiy sahifalari?

Telegram I Facebook | instagram | Youtube

2 months, 2 weeks ago
Xitoy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi …

Xitoy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi 20 yilga qamaldi.

Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Syannin o‘rta xalq sudi bugun, 13-dekabr kuni Xitoy milliy futbol terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Li Teni korrupsiyada ayblab, 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Sud hujjatiga ko‘ra, Li Te bir qancha jinoyatlarda, jumladan, pora olish, pora berish, tashkilotlarga pora berish, davlat xizmatida bo‘lmagan shaxslar bilan bog‘liq korrupsiya jinoyatlarida aybdor deb topilgan.Qayd etilishicha, u 2019-yilda futbol bo‘yicha Xitoy milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga saylanish uchun ma’lum shaxslardan yordam so‘ragan. 2020-yilda esa ularga 1 million yuan (137 ming dollar) atrofida mablag‘ bergan.

Uzmir.uz rasmiy sahifalari?

Telegram I Facebook | instagram | Youtube

2 months, 2 weeks ago
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mln …

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mln dan oshdi.

Shundan:
•ayollar soni — 18,6 mln kishi;
•erkaklar soni — 18,9 mln kishi.

22-aprel kuni O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 million kishiga yetgandi.2024-yilning yanvar–oktabr oylarida mamlakatda jami 783 089 nafar tug‘ilishlar qayd etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2022-yil dekabrda 36 milliondan oshgan edi.

2024-yilning fevraliga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga ortgan bo‘lib, ularning 56,3 foizi mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar hisoblanadi.1-yanvar holatiga ko‘ra doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 250 266 nafarga ko‘p.

Uzmir.uz rasmiy sahifalari?

Telegram I Facebook | instagram | Youtube

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago