Tafakkur maydoni. (Ozod nazar)

Description
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli, obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Siyosatga, adabiyotga, jamiyatga qiziquvchilar uchun bu kanal!!!!

Takliflar bo'lsa
@MECreativ
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses

1 month ago
1 month, 1 week ago
**Jadidlar ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi rolini qanday …

Jadidlar ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi rolini qanday baholagan?
Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi. Jadid ajdodlarimiz oila masalasi haqida so‘z yuritar ekan, xotin-qizlarni jamiyatning teng va haqiqiy a’zosiga aylantirishning birdan-bir yo‘li ularning ma’naviy va ma’rifiy ravnaq etishidadir deb hisoblaganlar.

Batafsil: https://uza.uz/posts/681610

*📱Mobil ilova 👉*** iOS | AndroidO`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

1 month, 2 weeks ago

🌐 Dunyodagi eng qisqa 11 ta hikoyani bilasizmi? Ularning hajmi kichik, mazmuni esa juda katta yechimga ega! Marhamat ular bilan tanishib chiqing, ma'nosini tushinishga harakat qiling.

🔹1-hikoya: Hayrat
U xotinining qotiliga sut ichirardi.

🔹2-hikoya: Robiya
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

🔹3-hikoya: Eng qisqa hikoya
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

🔹4-hikoya: Qasd va xalos
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

🔹5-hikoya: E’lon
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar.

🔹6-hikoya: Tarjimai hol
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

🔹7-hikoya: Umid
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”

🔹8-hikoya: Gunohkor
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.

🔹9-hikoya: Optimist
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…

🔹10-hikoya: 6 so’zli hikoya
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan...

🔹11-hikoya: Qo’rquv
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay.

✍️ Qisqagina so'z, lekin badaningizni bir seskantiradigan ma'noga ega shunday emasmi? Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang. Sizda ham shunday hikoyalar bo'lsa, kommentariyada yozib qoldiring. Eng yaxshilarini ertaga kanalimizga joylaymiz.

@bir_kunda_20_sahifa ll sahifamizga obuna boʻling 📚

3 months, 4 weeks ago
**O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi …

O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari xalqaro doiralarda nufuzini oshirish orqali o‘z mavqeyini yaxshilamoqda.

6-noyabr kuni Oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi (QS Quacquarelli Symonds) Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingining o‘n oltinchi yillik nashri – QS Asia University Rankings 2025’ni e’lon qildi. 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari yangi reytingiga O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi kiritilgan.

Shulardan 11 ta OTM o‘z o‘rnini yaxshilagan, 2 ta OTM o‘z o‘rnini saqlab qolgan, 9 ta OTM birinchi marta reytingga kiritilgan va 1 ta OTM o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Yangi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z mavqeini eng ishonchli tarzda yaxshilagan Osiyo davlatlaridan biriga aylandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi (QS Asia University Rankings 2025) mintaqaning 25 ta mamlakat va hududidan 985 ta oliy ta’lim muassasasini qamrab olgan bo‘lib, ulardan 127 tasi ilk bor Osiyo reytingiga kiritilgan.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

3 months, 4 weeks ago

O‘qituvchi – mehnati ko‘p, imkoniyati kam kasbmi?

Bugungi kunda oddiy uyga ega bo‘lish ko‘pchilik o‘qituvchilar uchun orzuday bo‘lib qolmoqda. Ikkita xona va o‘rtacha sharoitdagi uylarning narxi 250-300 million so‘mni tashkil etsa, ko‘pchilik o‘qituvchilar oyiga 3-4 million so‘m atrofida maosh olishadi. Oddiy hisob-kitob bilan qarasak, o‘qituvchi o‘rtacha uyga ega bo‘lish uchun kamida 6,5 yil davomida bir so‘m ham boshqa xarajatlarga sarflamay mablag‘ yig‘ishi kerak bo‘ladi. Ammo, bu real hayotdan uzoq, axir ularning ham bolalari, sog‘lig‘i va boshqa ehtiyojlari bor!

Xo‘sh, shunday vaziyatda nima qilish kerak? Birinchi navbatda, o‘qituvchilarga uy-joy olishda jiddiy imtiyozlar kerak. Qator davlatlarda o‘qituvchilar uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar yoki soliq yengilliklari orqali uy olish imkoniyatlari yaratib berilgan. Bizda ham o‘qituvchilar uchun uy olishni osonlashtirish uchun kam foizli kreditlar yoki uzoq muddatli to‘lovlar tizimini yo‘lga qo‘yish zarur.

O‘qituvchi jamiyatni shakllantiradigan eng muhim kasblardan biri. Agar ularning turmush sharoitlarini yaxshilasak, bu ta’lim sifatiga ham, o‘qituvchilikni tanlaydigan yoshlarga ham ijobiy ta’sir qiladi. Qachongacha o‘qituvchilarni maoshidan orttirib uy olish orzusiga “ko‘mib” qo‘yamiz? Bu masalada davlatning qo‘llab-quvvatlashi faqat o‘qituvchilar uchun emas, balki butun jamiyat uchun ham foydali bo‘ladi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
? Yurisprudensiya

3 months, 4 weeks ago

Senat ham “qizil” bo’ldi. Kongress ham shunga qarab ketyapti, menimcha. Bu juda katta narsa.

Ya’ni, prezident ham, Senat ham, Kongress ham respublikachilarga ketadigan bo’lsa.

Trampda cheksiz hokimiyat bo’ladi degani. Buning oqibatlari yaxshi emas, albatta.

4 months ago

*? Chiqindidan qarzi borlar elektrdan uzilishi haqidagi xabarlar asosga ega emas. Aslida gap nimada?*

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 31-oktyabr soat 23:50 dan 5-noyabr soat 23:50 gacha profilaktika ishlari olib borilishi sababli chiqindi uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirish imkoni bo‘lmasligi, natijada elektr energiyasi ham o‘chirilishi haqida xabarlar tarqalgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chiqindidan qarzi borligi uchun elektrdan o‘chirish tartibi mavjud emas.

Ammo Prezident farmoniga asosan sal boshqacharoq tartib joriy etiladi. Ya’ni kimningdir chiqindidan qarzi bo‘lsa, elektr uchun to‘lov amalga oshira olmaydi. Toki chiqindidagi qarzini to‘lamaguncha, elektr hisob raqamingiz uchun pul tashlay olmaysiz.

Lekin bu chiqindidan qarzi borligi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri "sveti" o‘chiriladi, degani emas. Masalan, sizning elektr hisob raqamingizda 500 ming so‘m pul oldindan to‘lov mavjud, deb tasavvur qilaylik. Va siz chiqindidan ham qarzdor bo‘lib qoldingiz. Lekin bu qarzni to‘lamayapsiz. Shunda siz elektr hisobingizga pul tashlay olmaysiz. Lekin "svetingiz" o‘chirilmaydi, chunki hisobingizda 500 ming so‘m pul bor. O‘sha pul tugamagungacha hech kim sizning "svetingizni" o‘chirmaydi.

Qachonki hisobingizda pul tugab qolsa va siz chiqindidagi qarzingizni to‘lamasangiz, tabiiyki, shundagina "svetingiz" ham o‘chadi. Chunki yuqorida aytganimdek, elektr hisobiga pul tashlay olmaysiz.

Chiqindidan qarzingiz yopilishi bilan, elektrga ham pul tashlashingiz mumkin bo‘ladi. Bor gap shu.

❗️Mazkur tartib 2024-yilning 1-noyabridan butun respublika bo‘ylab chiqindidan 3 oylik qarzi bor shaxslarga nisbatan joriy etiladi. 2025-yil 1-yanvardan esa chiqindidan 1 oylik qarzdorlarga qo‘llanadi.

? @xushnudbek ?

4 months ago
***??******??******??******??******??******??******??***

??????????????

?Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni roʼyxatga olish toʼgʼrisidagi qaror ilovasi e'lon qilindi.

Oilamiz uchun katta quvonchli xabar. 3 ta chaqiriq deputat bo'lgan Rahmatli onam Djamilya Niyazovaning ishini davom ettirish katta baxt va mas'uliyat.

?Bugun bu haqida Markaziy saylov komissiyasidan rasman xabar oldim. Unda: "Siz...Qonunchilik palatasi deputati etib saylandingiz" deb yozilgan.

Saylov yakunidan so'ng bu kutilgan natijaligini bilsam ham yig'ladim. Onam rahmatlini esladim, bo'lganlarida qanchalik xursand bo'lardi deb o'yladim. Lekin bilaman Ular hozir ham xursand.

Saylov yakunlanganidan boshlab yuzlab odamlardan samimiy tabriklar kelmoqda ?

Kaminaga ishongan, qo'llab-quvvatlagan barcha barchaga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Boringziga shukr! Ko'pchilikning ezgu tilagi, duosining natijasi bu aslida ❤️

Ishonchni oqlash, jonajon vatanimizga xizmat qilish nasib etsin ?**

@joldasova_shaxnoza

4 months, 1 week ago
4 months, 1 week ago

Талабларга биноан...

Автобусда оёғимни
босиб олган қизга

Ҳеч ҳижолат чекманг азизам,
Кечирим ҳам сўраманг мендан.
Оёқларим ростдан ҳам узун,
Ўзи калта қўлларим, чиндан.

Пошнангизнинг нимаси оғир,
Босаверинг, сиз истаганча.
Сизку оёқ босибсиз, ахир,
Юзим янчиб кетганлар қанча?!

?Фахриддин Ҳайит

“Илинж” тўпламидан.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated hace 2 meses

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated hace 3 meses, 3 semanas

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated hace 1 año, 8 meses