Kodekslar va Qonunlar[ mehnat, fuqarolik, jinoyat, ma'muriy huquq] huquqiy kitoblar

Description
Kanalimizda xorijiy va milliy qonunchiligimiz haqida va boshqa huquqiy muhim eng yangi manbalarga ega bo'lasiz. Huquqiy bilimlaringizni biz bilan oshiring? @SattorovFL. Huquqiy savollaringiz boʻlsa bizga murojaat qiling? @kumakuz1bot
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months ago

#Savol Ko’p bolali oila deb qanday oilaga aytiladi?

#Javob
Asos:. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 41-moddasiga muvofiq, to‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.

@SattorovFL

2 months ago

5 нафар вазир ишдан бўшаш ҳақида ариза ёзди
Айни пайтда вазир лавозимида фаолият юритаётган 5 нафар вазир агар депутатликка сайланса лавозимидан воз кечиши ҳақида ариза ёзган.  

Булар:
Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова;
Маданият вазири Озодбек Назарбеков;
Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов;
Рақамли технологиялар вазири Шерзод Шерматов;
Адлия вазири Акбар Тошқулов.

@SattorovFL

2 months ago
2 months, 1 week ago

Эшак гўштини истеъмол қилинадиган гўшт тоифасига киритиш назарда тутилмаган

Қонунчилик палатаси Спикери ўринбосари Одилжон Тожиевнинг маълум қилишича эшак гўшти билан боғлиқ қонун лойиҳасида эшак гўштини истеъмол учун ишлатиладиган гўшт тоифасига киритиш назарда тутилмаган.

Бу қонун “гўшт истеъмоли” ҳақида эмас, балки ҳайвонларни идентификация қилиш, рўйхатга олиш, кузатиш муносабатларини тартибга солади.

Матбуот хабарномасидаги таҳририй хато туфайли тушунмовчилик келиб чиққанлиги айтилмоқда.

@SattorovFL

2 months, 1 week ago

Xodimning majburiyatlari haqida Mehnat kodeksida quyidagicha belgilangan

Xodim:

mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etishi;

mehnat shartnomasi bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarishi;

ichki mehnat tartibiga rioya etishi;

mehnat intizomiga rioya etishi;

belgilangan mehnat normalarini bajarishi;

mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etishi;

ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi;

ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va doirada qoplashi;

insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida bo‘lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilishi;

boshqa xodimlarning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmasligi shart.

Xodimning zimmasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

@SattorovFL

2 months, 1 week ago

O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi quyidagilardan iborat:

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;

– Harbiy sudlar;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari;

– Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;

– Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasining, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma'muriy sudlari.

– Tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari:

– Tuman, shahar ma'muriy sudlari.

@SattorovFL

5 months ago

#Soʻragandingiz

Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash

Ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash, agar homila sun’iy tushirilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

@SattorovFL

5 months ago

#Soʻragandingiz

Jinoiy ravishda homila tushirish (abort)

Shifokor akusher yoki ginekolog tomonidan davolash muassasalaridan tashqari joylarda yoki tibbiy nuqtai nazardan mumkin bo‘lmagan holda sun’iy ravishda homila tushirish —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solish yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Sun’iy ravishda homila tushirishga huquqi bo‘lmagan shaxsning bunday ishni amalga oshirishi —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ehtiyotsizlik orqasida:

a) jabrlanuvchining o‘lishiga;
b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Jk114
@SattorovFL

5 months ago

#jinoyat_kodeksi

55-modda. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar

⏺️Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:

a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish.

Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.

@SattorovFL

7 months, 1 week ago

#Soʻragan_edingiz

Yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlarning roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari

@SattorovFL

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago