@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago
Bu qiziq : Eng kam tug‘ilish mavjud mamlakat – Germaniya.
Eng ko‘p tug‘ilish mavjud mamlakat – Keniya.
Eng ko‘p qariyali mamlakat – Shveytsariya.
Eng kam qariyali mamlakat – Quvayt.
Eng uzoq umr ko‘ruvchi xalq – yaponlar.
Eng past bo‘yli xalq – Afrikalik pigmeylar.
Eng oson til – Polinez.
Eng qiyin til – Xitoy.
Bu qiziq : Neft qazib olish tarixi
«Neft» so‘zi bizga ruslar orqali kirib kelgan bo‘lsa ham u forscha «Naft» so‘zidan olingan. Ruslarga arablar va turklar orqali o‘tib borgan. Neft sharq xalqlarida qadim zamonlardan beri ma'lum. Undan ilk marta Frot daryosi bo‘yida yashagan odamlar eramizdan avvalgi 4000-6000 yil avval foydalana boshlagan. Keyinchalik Qadimgi Misr, Yunoniston, frakiyaliklar, rimliklar neftni turli maqsadlarda ishlatgan. O‘sha paytlarda asosan yer yuzasiga yaqin bo‘lgan konlardan tabiiy holda oqib chiqib turgan neftdan foydalanilgan.
Neftni sanoat usulida qazib olish XVIII asrda paydo bo‘ladi. Neftni sanoat usulida qazib chiqaradigan birinchi skvajina 1846 yilda Boku yaqinida qurilgan. AQShda esa 1857 yilda qurilgan. Rasmiy ma'lumotlarda AQShda qurilgan skvajina dunyoda ilk qurilgan deb tan olinadi.Barrel. Bugun jahon bozorida sotilayotgan neft barrelda o‘lchanadi. «Barrel» so‘zi inglizcha «Barrel» — bochka so‘zidan olingan. 1 barrel neftning hajmi 158,988 litrni tashkil etadi. Barrel so‘zining xalqaro qisqartmasi bbl tarzida yoziladi. Bugun «Ingliz barreli», AQSh barreli», «Fransuz barreli» terminlari ishlatiladi va ularning hajmi turli o‘lchamga ega. Neft o‘lchashda ishlatiladigan barrel inglizlar o‘lchovidan olingan.
Bu qiziq: Islom dini haqida 10 qiziqarli malumotlar
1 — Albaniya Yevropadagi aholisining 90 foizi musulmon bo‘lgan yagona davlat.
2 — Oksford va Kembrij universitetining birinchi talabalari matematika, meditsina, kimyo, optika va astronomiya fanlarini musulmon olimlari yozgan darsliklardan o‘rgangan.
3 — Qur‘oni karimdagi eng uzun sura Baqara. Eng qisqa sura esa Kavsar surasidir.
4 — AQSHdagi birinchi masjidni 1893 yili mahalliy musulmon Muhammad Aleksandr Rassel Vebb qurdirgan. Ibodatgoh qurilgan joy hozir Manhetten shahrining markazi hisoblanadi.
5 — Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, Shimoliy Amerikaga birinchi musulmon 1539 yili kelgan. U hozirgi Arizona shtatini o‘rganishni niyat qilgan Friar Markos de Nizga yo‘lboshchilik qilgan.
6 — Kasablankadagi Hasan Ikkinchi masjidi dunyodagi eng baland azon minorasiga ega.
7 — Masjidi Nabaviyning eshiklarining og‘irligi besh tonnadan. Katta miqdordagi yog‘ochlar to‘planib quritish uchun kompyuterlashgan pechlarda quritish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natildi (ularni odatdagi pechlarda quritish jarayoni bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin edi). Yog‘ochlarni quritishga besh oy vaqt ketdi. Yaxshi qurigan yog‘ochlar Barselonaga (Ispaniya) yuborildi va eshikning asosiy qismi o‘sha yerda yasaldi. Nihoyat badiiy bezak berish uchun Fransiyaga olib borildi.
8 — Islom taqvimi oyning harakatiga asoslangan. U 365 kundan iborat grigoryan kalendaridan taxminan 10 kun qisqa. Shu boisdan Ramazon va Qurbon bayramlari har yili o‘n kun oldinga surilib keladi.
9 — “Muhammad” ismi dunyoda eng ko‘p tarqalgan ismdir.
10 — Islom eng tez tarqalayotgan din hisoblanadi. 2030 yilga kelib u birinchi raqamli dinga aylanadi.
Bu qiziq : 1.Chaqmoq urgan 10 odamning 9 nafari odatda tirik qoladi.
2. Eman daraxtida boshqa daraxtlarga qaraganda chaqmoq urishiga ko‘proq moyillik bo‘ladi.
3. Dunyodagi eng kuchli shamol Amerikaning Oklaxoma shtatida kuzatilgan. Shamolning tezligi soatiga 512 km ni tashkil etgan.
4. Chaqmoq erkaklarni ayollarga qaraganda 10 karra ko‘proq uradi.
5. Har yili momoqaldiroq yerga 10 mln tonna yaqin azot olib tushadi.
6. Olimlarning hisob kitoblariga ko‘ra har soatda dunyo bo‘yicha 760 marta momoqaldiroq kuzatiladi.
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 4 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 8 months ago
Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!
Murojaat uchun - @Ayollar_ads
Last updated 1 year, 8 months ago