Humoyun Boboyev

Description
Parijdagi hayot, siyosat va xalqaro munosabatlar, shaxsiy fikrlar va tarixda qolishi kerak boʻlgan lahzalar

Fransiyada ta’lim olmoqchi boʻlgan yoshlar, #Mendankeyingilarga yozilganlar bilan tanishib chiqib, keyin shaxsiyga yozishlari mumkin

@khumoyun_fr
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 4 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 8 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 8 months ago

3 months, 4 weeks ago

Mishel Barnye va uning hukumati 3 oylik boshqaruvdan keyin iste’fo berishga majbur boʻldi.

331 deputat uning hukumatiga ishonchsizlik bildirdi. Shu tariqa, Fransiyaning kelgusi yil byudjeti tasdiqlanmay qoldi. Makron ertaga fransuzlarga murojaat qiladi.

Fransiya Respublika an’analari boʻyicha hukumatga ishonchsizlik bildirilgan holda prezident ham iste’foga chiqishi kerak edi, biroq Makron hokimiyatda qolishini bildirdi.

Yangi saylovlar boʻlmaydi. Makron siyosiy tomonlar bilan kelishgan holda yangi bosh vazir tayinlaydi.

@khumoyun_paris

4 months, 1 week ago

7 kunda 7 ta muhim tavsiya#MendankeyingilargaBizning yoshlar orasida chet elga borish, o'qishga qiziqish juda katta. Bu postlar buning qanchalik to'g'ri yoki bunga turtki bo'layotgan sabablar haqida emas. Bu postlar O'zbekistonda yashab, endi chet elga o'qishga ketishga qaror qilgan yoshlarga atalgan. 7 kunda 7 ta eng muhim deb bilgan tavsiyalarimni e'lon qilaman.

Fransuz tilida 3 yil oliy ta'limni olib, bugun fransuzlar bilan ishlar ekanman quyidagilarni Fransiyaga kelishdan oldin bilishim kerak edi deb o'ylayman. Misollar tushuntirish oson bo'lishi uchun Fransiya/fransuz tili haqida bo'ladi, lekin istalgan xorijiy davlatga to'g'ri kelishi mumkin.

Yettinchisi

Chet eldagi birining Instagramidagi chiroyli rasmi - bu chiroyli bir soniyaninggina tasviri ekanligini to'g'ri tushinib oling. Faqat bir lahzaga qarab inson hayotiga baho berish nodonlik belgisi. Siz xavas qilayotgan inson shu pog'onaga kelishi uchun bosib o'tgan yo'l qanaqa bo'lganligiga ham qiziqib ko'ring, balkim, shunda bu insonga xavas qilmagan bo'larsiz. Esingizda bo'lsin, har kim o'z yo'lida yuradi. Har kimning o'z maqsadi bor. Hayotingizdagi eng muhim inson esa - SIZ. Ha, sizning o'zingiz. Siz hech kim uchun o'z orzu va qiziqishlaringizni qurbon qilishingiz kerak emas! Kimdir erishgan yutuq sizga chiroyli ko'rinib, o'z iste'dodingiz bor yo'ldan voz kechmang. Kuch va energiya fokusini oʻz hayotingizga qarating.

Birinchi post yakunini keltirsam, jasoratli boʻling, balkim sizga ma'qul bo'lmagan yo'nalish va universitetni bitirib, boshqa sohada ishlash uchun toʻrt yil kutish shart emasdir.

Aniq va lekin unutib qo'ymasligimiz uchun: Maqsadi oliyni qo'yib, Allohdan sabr va kuch so'rab harakat qilinsa, albatta, natijasi uzoq kuttirmaydi.

Shu bilan, mening hozirgi xulosalarim o'z yakuniga yetdi. Qalbingizdagi ishtiyoq, entuziazm, olov hech so'nmasin!

Chet elda yurgan yoki bo'lib qaytgan tanishlaringiz bo'lsa, ularga bu postni yuborib, ularning fikrini so'rab ko'ring. Agar shunday ekspertlar oramizda bo'lsa, sizning fikrlaringiz biz uchun juda qiziq va qadrli, izohlarda ular bilan bo'lishing.

@khumoyun_paris

4 months, 2 weeks ago

7 kunda 7 ta muhim tavsiya#Mendankeyingilarga
Bizning yoshlar orasida chet elga borish, o'qishga qiziqish juda katta. Bu postlar buning qanchalik to'g'ri yoki bunga turtki bo'layotgan sabablar haqida emas. Bu postlar O'zbekistonda yashab, endi chet elga o'qishga ketishga qaror qilgan yoshlarga atalgan. 7 kunda 7 ta eng muhim deb bilgan tavsiyalarimni e'lon qilaman.

Fransuz tilida 3 yil oliy ta'limni olib, bugun fransuzlar bilan ishlar ekanman quyidagilarni Fransiyaga kelishdan oldin bilishim kerak edi deb o'ylayman. Misollar tushuntirish oson bo'lishi uchun Fransiya/fransuz tili haqida bo'ladi, lekin istalgan xorijiy davlatga to'g'ri kelishi mumkin.

Oltinchisi
Ikki karra e'tiborli, ikki karra hisob-kitobli bo'ling. "Musofirlik, bu katta xolangizning uyiga kelish emas" degan edi bir blogger. Hamma shirin gapirganlar ham sizga do'st emas, hamma yaltiragan narsa oltin emas. Xushyor bo'ling, tanqidiy fikrlang. Rostan shunaqa bo'lishi mumkinmi degan savol doim miyangizda bo'lsin. Kimdir aytdi, Instagramda ko'rdim degan gaplarni rasmiy linklar orqali tekshirishga odatlaning. “Ishingizni bitirib beraman” degan “ishbilarmon”lardan uzoq boʻling, qonuniy toʻgʻri yoʻlni tanlang.

Dangasalik va bekorchilik stressga olib keladi. Davomiy stress esa depressiyaga. Shu sababli, oʻzingizni bekorchilikdan asrang.

Muammolar oldida vahima qilmang: vahima aqlni xiralashtiradi. O'z nazoratingiz ostida bo'lmagan narsalar uchun ortiqcha xavotir olmang.

Eng muhimlaridan biri, qulay va shinam, tinch va yorugʻ xonangiz boʻlsin.

Chet elda yurgan yoki bo'lib qaytgan tanishlaringiz bo'lsa, ularga bu postni yuborib, ularning fikrini so'rab ko'ring. Agar shunday ekspertlar oramizda bo'lsa, sizning fikrlaringiz biz uchun juda qiziq va qadrli, izohlarda ular bilan bo'lishing.

@khumoyun_paris

4 months, 2 weeks ago
4 months, 2 weeks ago

7 kunda 7 ta muhim tavsiya#Mendankeyingilarga
Bizning yoshlar orasida chet elga borish, o'qishga qiziqish juda katta. Bu postlar buning qanchalik to'g'ri yoki bunga turtki bo'layotgan sabablar haqida emas.Bu postlar O'zbekistonda yashab, endi chet elga o'qishga ketishga qaror qilgan yoshlarga atalgan. 7 kunda 7 ta eng muhim deb bilgan tavsiyalarimni e'lon qilaman.

Fransuz tilida 3 yil oliy ta'limni olib, bugun fransuzlar bilan ishlar ekanman quyidagilarni Fransiyaga kelishdan oldin bilishim kerak edi deb o'ylayman. Misollar tushuntirish oson bo'lishi uchun Fransiya/fransuz tili haqida bo'ladi, lekin istalgan xorijiy davlatga to'g'ri kelishi mumkin.

Toʻrtinchisi

Fransiyaga keldingizmi o'zingizni fransuzlardan kam deb o'ylamang, ulardan oʻzingizni pastda his qilmang. Qayerdadir bilimingiz yoki tajribangiz kamdek tuyulsa, o'z ustingizda ikki barabor ko'proq ishlang. Chet elga borishning ahamiyati ham shunda, siz o'z kamchiliklaringizni tez bilib olasiz. Parij - kosmopolit, bu yerda dunyoning barcha burchaklaridan kelgan yoshlar bilan kuch sinashishga to'g'ri keladi. Shu bilan, boshqalarni sizni kamsitishlariga, ayniqsa, siz xorijlik bo'lganingiz uchungina yomon munosabatda boʻlishlariga yoʻl qoʻymang. “Uzr, men fransuz emasman” deb, sizga yon bosishlarini ham kutmang. G'ururingizni saqlang va kamtarlikni ham unutmang.

Chet elda yurgan yoki bo'lib qaytgan tanishlaringiz bo'lsa, ularga bu postni yuborib, ularning fikrini so'rab ko'ring. Agar shunday ekspertlar oramizda bo'lsa, sizning fikrlaringiz biz uchun juda qiziq va qadrli, izohlarda ular bilan bo'lishing.

@khumoyun_paris

4 months, 2 weeks ago

7 kunda 7 ta muhim tavsiya#Mendankeyingilarga
Bizning yoshlar orasida chet elga borish, o'qishga qiziqish juda katta. Bu postlar buning qanchalik to'g'ri yoki bunga turtki bo'layotgan sabablar haqida emas.Bu postlar O'zbekistonda yashab, endi chet elga o'qishga ketishga qaror qilgan yoshlarga atalgan. 7 kunda 7 ta eng muhim deb bilgan tavsiyalarimni e'lon qilaman.

Fransuz tilida 3 yil oliy ta'limni olib, bugun fransuzlar bilan ishlar ekanman quyidagilarni Fransiyaga kelishdan oldin bilishim kerak edi deb o'ylayman. Misollar tushuntirish oson bo'lishi uchun Fransiya/fransuz tili haqida bo'ladi, lekin istalgan xorijiy davlatga to'g'ri kelishi mumkin.

Uchinchisi

Universitetda o'qishdan maqsad kelajakda egallaydigan kasbingizni o'rganish ekanligini bilib qo'ying. Kasb tanlashdan oldin, kasb haqida, qo'yiladigan talablar haqida chuqur va keng tomonlama ma'lumotlarga ega bo'ling. Soha vakillari, shu sohada o'qiyotgan talabalar bilan suhbatlashib ko'ring. Internetda bu haqida ma'lumotlar, intervyular ko'p. Iloji bo'lsa, ish joyida, ish muhitida o'zingizni sinab ko'ring. LinkedIn da shu sohani bitirgan insonlar hozir qayerlarda ishlayotganligiga qiziqib ko'ring. Siz o'qishga kirishingizdan oldin sohangizdagi yaxshi mutaxassisga qanday talablar qo'yilgan (til, IT dasturlar...), u qanday qobiliyatlar va sertifikatlarga ega bo'lishi kerakligini bilib oling. Kasbingiz uchun zarur bo'ladigan bu instrumentlarning barchasini o'qish davomida yig'ib oling.

Chet elda yurgan yoki bo'lib qaytgan tanishlaringiz bo'lsa, ularga bu postni yuborib, ularning fikrini so'rab ko'ring. Agar shunday ekspertlar oramizda bo'lsa, sizning fikrlaringiz biz uchun juda qiziq va qadrli, izohlarda ular bilan bo'lishing.

@khumoyun_paris

8 months ago

Hayajon! Vatanga borib-kelishga yaqin qoldi!

Tanlov mukofoti O'zbekistonga bir haftalik sayohat.

❤️

8 months, 3 weeks ago

Fransiyadagi parlament saylovlari haqida keyingi fikrlarni kun.uz da sinfdoshim, doʻstim Shoxruh Majidov bilan suhbatda boʻlishdim.

Mahalliy ekspertlardan bu safar oʻz fiklarini toʻgʻridan-toʻgʻri YouTube da qoldirishlarini soʻrab qolaman.

@khumoyun_paris

9 months ago

Bugunmi Oʻzbekistonda yoshlar kuni?

Oʻzbekiston tugʻilish va 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning aholining umumiy miqdoriga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan davlatlardan biri.

Umuman, butun jahonda siyosatchilar yoshlar miyasi uchun kurashadi. Chunki, ularni 16 yoshlarida oʻz siyosiy qarashlariga ishontirish uchun ketgan resurslar (moddiy, ma’naviy), 35 yoshli kishini oʻzlariga ishontirishdan koʻra bir necha karra oson.

Biroq, yoshlar bajarilmagan va’dalar, yolgʻonlar, aldovlar, jamiyat va tabiatga keltirilgan zararlarga boshqa yoshdagilarga qaraganda sezgir, bularni ogʻriq bilan qabul qiladi, xotirasida saqlaydi.

Shu sababli, davlat yoshlar oldidagi mas’uliyatini his qilishga majbur.

Shuni unutmaslik kerakki, Kelajak bizniki, biz yashab yurgan yurtimiz egasi. Bugungi amaldorlar bizdan oldin olamdan oʻtib ketishi aniq.

Kelajakka ta’siri bor har qanday qarorga Oʻzbekiston yoshlari ham sergak, xushyor boʻlishi kerak.
Bitta notoʻgʻri qaror qabul qilinib, jabrini 3 avlod koʻrmasligi uchun bugun harakat qilish kerak.

Amaldorlarning esa, 1 kungina aytilgan chiroyli minbarlardagi chiroyli va’dalari, statistikalar yoshlar uchun hurmat belgisi emas.

Doimiy ravishda yoshlar fikri inobatga olingan, berilgan va’dalar bajarilgan, tabiat va jamiyat manfaatlariga mos harakat qilingan har kun - Yoshlar kuni, yoshlar va kelajakka hurmat belgisi.
Xoʻsh, Yoshlar kunimi bugun Oʻzbekistonda?
Fikrlarni kommentlarda qoldiring.