Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Xaridor haqida (2/2)
Paynet – Oʻzbekistondagi eng yirik toʻlov operatorlaridan biri boʻlib, 18 yildan beri fintex sohasida faoliyat yuritadi. Paynet 2005 yili Botir Arifjonov tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik u kompaniyasini davlatga sotishga majbur boʻlgan.
2022 yil avgust oyida Davaktiv Uzpaynet'dagi 100% ulushni sotuvga qoʻygan. Ammo oʻtgan yilning aprel oyida tasodifan maʼlum boʻldiki, Uzpaynet'ning taʼsischisi allaqachon oʻzgargan. Davaktiv balansidagi 100% ulush New Industrial Technologies kompaniyasiga oʻtkazilgan, lekin bu eʼlon qilinmagan. Yaʼni, Paynet'ning oʻzi xususiylashtirilishi yashirincha amalga oshirilgan.
"New Industrial Technologies" MChJ 2019 yil aprel oyida roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, uning ustav kapitali 273,56 milliard soʻmni tashkil etadi. Aprel oyida kompaniya taʼsischilarining 60% ulushiga chet el fuqarosi Aleks Li ega ekani koʻrsatilgan, 40% ulush esa Mustafa Oʻrazboevich Abdurahmonovga tegishli boʻlgan. Mustafa Abdurahmonov shuningdek, Asia Alliance Bank'ning asosiy aksiyadori boʻlgan Asia Alliance Group kompaniyasining 77,6% ulushiga ega. Bugungi kunda kompaniyaning yagona egasi sifatida Mustafa Abdurahmonov qayd etilgan.
Nega bu muhim?
Humo xususiylashtirilishi shaffoflik va bitim shartlari boʻyicha jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda. Hujjatlarning ochiqligi, tanlov shartlari, baholash va mablagʻ manbalari haqidagi maʼlumotning yoʻqligi jarayonning adolatli boʻlganiga shubha uygʻotmoqda.
Bu mamlakat iqtisodi va investitsion muhit uchun uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xalqaro investorlarni jalb qilish uchun strategik aktivlarni shaffof sotish Oʻzbekiston uchun muhim. Shu bilan birga, byudjetni toʻldirish boʻyicha shaffof va samarali bitimlar alohida ahamiyatga ega.
Humo xususiylashtirilishi haqida (1/2)
Humo toʻlov tizimini xususiylashtirish boʻyicha bitim, ikki yil avval Uzcard bilan boʻlganidek, koʻplab savollarni keltirib chiqarmoqda.
Toʻlov shakli
Humo aktivini sotib olish boʻyicha gʻolib deb topilgan Paynet toʻlov kompaniyasi, sotib olish shartnomasi 25 dekabrda tuzilganini maʼlum qildi. Ammo Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bu haqda faqatgina 13 yanvarda eʼlon qildi, yaʼni uch hafta oʻtib.
Hozirga qadar boshqa talabgorlarning takliflari, toʻlov shartlari va aktivning dastlabki bahosi haqida hech qanday maʼlumot berilmagan.
Soʻnggi yillarda koʻplab xususiylashtirish bitimlarida toʻlovni "rassrochkaga" (bo'lib-bo'lib to'lash) usuli qoʻllanilmoqda. Ko'p hollarda bu usulda xaridor oʻz mablagʻlarini sarflamaydi, balki aktivni oʻzining kelgusi foydasidan hisob-kitob qilib sotib oladi.
Afsuski, koʻplab davlatning yirik aktivlari uchun haqiqiy mablagʻ sarflanmagan "investorlar" oʻrtasida taqsimlanmoqda.
Humo boʻyicha vaziyat bunday emas degan umiddaman, ammo shaffoflik va hisobdorlikning yoʻqligi, oldingi salbiy tajribalar hamda davlat va regulyatorga boʻlgan ishonchsizlik eng yomon ehtimollarni oʻylashga majbur qiladi. Agar bu haqiqatda bunday boʻlmasa, davlat har bir bitim boʻyicha qancha daromad olganini ochiq koʻrsatishi foydali boʻlardi.
Afsuski, koʻplab xususiylashtirish bitimlari boʻyicha Davlat aktivlari agentligiga yuborilgan soʻrovlar javobsiz qolmoqda.
Bitim qiymati 840,33 milliard soʻm yoki 65 million AQSh dollarini tashkil etadi. Bu summa Paynet kompaniyasining oʻz kapitalidan 3,2 barobar yuqori. Savol tugʻiladi: kompaniya bu mablagʻlarni qayerdan oldi? Balki bu bank krediti yoki muddatli toʻlov boʻlishi mumkin.
Narx
Humo bahosi ham savollarni keltirib chiqarmoqda. Uning toza foydasi oʻtgan toʻqqiz oyda 119,3 milliard soʻmni tashkil qilgan. Yil oxiriga borib bu koʻrsatkich taxminan 166 milliard soʻmga yetishi kutilmoqda. Bu shuni anglatadiki, kompaniya besh yillik foyda boʻyicha baholangan.
Humo foydasi yiliga 50% oʻsishini hisobga olganda, bugungi besh yillik baho kelgusi yilda 2,5–3 yillik foydaga tushishi mumkin.
Masalan, 2022 yilda davlat Uzcard'dagi 75% ulushni 210,1 milliard soʻmga ($18,9 mln) sotgan. Uzcard'ning 2023 yildagi foydasi 51,6 mln dollarini tashkil etdi, 2024 yilni 9 oyida esa – 660,4 mlrd so'm ($51 mln). Bu yerda shunchaki "vau" deb baqirgim keladi.
Humo foydasi Uzcard'nikidan 5,5 barobar kam. Ammo Humo davlatniki boʻlgan va koʻplab toʻlov va oʻtkazmalar xizmatlari bepul yoki juda past tariflarda amalga oshirilgan. Uning tariflari Uzcard'ga qaraganda bir necha barobar past.
Agar Humo komissiyasini besh barobar oshirsa ham, bu hali ham raqobatchiga nisbatan "past" boʻlib qoladi, ammo foyda sezilarli darajada oshadi.
Qoʻrqamanki, davlat strategik aktivni juda arzon narxda sotgan.
Raqobat uchun xavflar
Endi Humo ikki bank (ularning biri Asia Alliance Bank) bilan bogʻliq deb aytilayotgan kompaniya nazoratiga oʻtadi. Bu esa raqobatga salbiy taʼsir qilishi mumkin, chunki aloqador banklar raqobatchilarga nisbatan afzalliklarga ega boʻlishi mumkin, Paynet esa boshqa 40 ta toʻlov xizmatidan ustun boʻlish ehtimoli mavjud.
Hozirgi kunda fintex Oʻzbekistondagi eng raqobatbardosh va tez rivojlanayotgan bozorlaridan biridir. Paynet'ning affillanganligi xavotir uygʻotmoqda.
Humo bilan Qozogʻistonning eng yirik fintex-kompaniyasi Kaspi va Mastercard ham qiziqish bildirgan edi. Humo'ni xalqaro kompaniyaga sotish xorijiy investorlarga yaxshi signal boʻlar edi va davlat koʻproq "naqd" pul va investitsiyalar olgan boʻlardi.
17 dekabr kuni Farg‘onada propan gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojianing sababi 5 kubometrli konteynerda yuzaga kelgan yoriq orqali gazning sizib chiqishi bo‘lgan. Bu yoriq gazni konteynerga yuklash jarayonida paydo bo‘lgan.
Boshida mahalliy hokimiyat bir kishi halok bo‘lganini xabar qilgan edi, keyinchalik yana uch nafar jabrlanuvchining halok bo‘lganini e’lon qildi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda halok bo‘lganlar soni ancha ko‘p ekani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu ma’lumotlarda 18 dan 30 nafargacha odam halok bo‘lgani aytilmoqda.
Nukus voqealari, bolalarning ommaviy zaharlanishi, Boysundagi gaz sizishi va boshqa shu kabi fojialarni inobatga olganda, rasmiy ma’lumotlarga nisbatan shubhalar yuzaga keladi. Chunki hokimiyat bir necha bor halok bo‘lganlar sonini kamaytirishga, haqiqatni yashirishga va OAV/blogerlarni senzura qilishga uringan.
Agar sizda mazkur voqea haqida anonim ma’lumot taqdim etish imkoni bo‘lsa, uni @contactajournalist_bot orqali yo‘llashingiz mumkin.
Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman. Jabrlanganlarga tezroq sog‘ayish va kuch-quvvat tilayman.
Оktyabr oyining top 10ta posti:
Product management-ga ilk qadam qo’yganlar uchun kurs va kitoblar
Men rivojlanish uchun vaqtim va pulimni sarflaydigan online platformalar
50dan ortiq startuplar nima sabab mag’lubiyatga uchragani haqidagi kitob
Odamlar bilan muloqot (communication) ko’nikmasini rivojlantirish uchun menga foydali bo’lgan bilim
Startup g’oyaning hayotiyligini tekshirish uchun eng zo’r usul
Sun’iy intellekt (AI) bajarishi xavfi ostida bo’lgan kasblar
PS: Ushbu postni ulashing, kanal rivojiga hissa qo’shing!
Serovodorod (oltingugurt)ning sizib chiqishi qayta boshlandi
Surxondaryo viloyati Baysun tumanidagi "Mustaqillikning 25 yilligi" (M-25) gaz kon maydonida serovodorod sizib chiqishi qayta boshlandi. Mahalliy aholi to‘rt kishining vafot etganini tasdiqladi, ularning shaxsi aniqlanmoqda, kamida besh kishi jabrlangan deyishyapti.
Bu avariya 17 sentyabr kuni tushdan keyin sodir bo‘ldi, biroq davlat organlari tomonidan hozirgacha rasmiy izoh berilmadi. Mahalliy guruhlarda odamlardan hech narsa yozmaslik va aytmaslik, faqat duo qilish so‘ralmoqda. Muammoni yashirishga urinishlar yana kuzatilmoqda.
Eslatib o‘taman, birinchi marta oltingugurt 604-sonli quduqda 1 sentyabr kuni sizib chiqqan. O‘shanda bu hodisani “texnologik jarayon buzilgani” bilan tushuntirilgan edi.
2 sentyabr kuni prezident topshirig‘iga binoan bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov, favqulodda vaziyatlar vaziri, energetika vaziri, sog‘liqni saqlash vaziri, viloyat xokimi va "O‘zbekneftegaz" kompaniyasi rahbari voqea joyiga yetib kelgandi.
Shunda maxsus shtab tashkil etilgan edi. Mening tushunchamda, shtab har kuni vaziyat haqida ma’lumot berib turishi, avariyani bartaraf etish jarayonlari, evakuatsiya qanday o‘tkazilayotgani, odamlar qayerga joylashtirilayotgani, serovodorodning qanday xavfi borligi va qanday ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligi haqida ma’lumot berib turish kerak edi. Lekin 2 sentyabrdan so‘ng davlat organlari tomonidan hech qanday izoh yoki bayonot berilmadi. OAVning tegishli vazirliklarga yuborgan so‘rovlariga ham javob berilmagan.
Evakuatsiya qilinganlar va mahalliy aholi salomatligining yomonlashgani haqida shikoyat qildilar va ularning muammolariga hech kim qiziqmayotganini, rahbarlardan hech qanday rasmiy va ishonchli ma’lumot berilmayotganini bildirishdi. Ko‘pgina savollar javobsiz qoldi.
Biz avariyaning sabablarini aniqlashga harakat qildik, kompleks, kon va uning investorlari haqida ma’lumot berdik.
11 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili matbuot anjumanida jurnalist savoliga javob berib, Baysundagi kuyonni yopish ishlari yaqin kunlarda amalga oshirilishini aytdi. 15 sentyabr sizib chiqish to‘xtatilgan edi. Burgilash ishlarini olib boruvchi Eriell kompaniyasi «quduq germetiklandi va so‘ndirildi» deb ma’lum qildi. Bu jarayonga AQSH va Rossiyadan mutaxassislar jalb qilingan.
Hali ham quyidagi savollar javobsiz qolmoqda: avariyaning sababi nima, zarar miqdori qancha, kim uni qoplaydi (eng muhimi, davlat kompaniyasiga zararni yuklamaslik kerak), bu loyihaning umumiy qiymati va ishga tushirish muddatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi, yashash joylarini tark etgan mahalliy aholining xarajatlarini kim qoplaydi.
Birinchi marta jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida ma’lumot berilmagan. Qiziq, bu safar ish ochiladimi?
Loyiha bo‘yicha to‘liq tekshiruv, auditorlik nazorati zarur, shuningdek, u yerda qo‘llanilayotgan va qo‘llangan uskunalar sifati, xodimlar uchun texnika xavfsizligi tashkiloti, gaz xavfsizligi hududlari mavjudligi, ishchi va aholi uchun jamoaviy himoya vositalari, atrof muhitdagi gazlanishni nazorat qilish stansiyalari, gaz xavfsizligi postlari va boshqa choralar tekshirilishi kerak.
Yana bir savol: qachongacha katta loyihalarda buyurtmachi, qurilish pudratchisi, loyiha ishlab chiquvchisi, yetkazib beruvchi va burg‘ilash pudratchisi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar bo‘ladi? Bu manfaatlar to‘qnashuvi emasmi?
Ҳукумат Париждаги Олимпия ўйинларига тайёргарлик кўриш учун қанча маблағ сарфлаганини ўрганиб кўрдим. Очиқ маълумотларга кўра, уч йил давомида 600 миллиард сўмдан ортиқ маблағ ажратилган: 2022 йилда – 135 миллиард, 2023 йилда – 216 миллиард, 2024 йилда – 250 миллиард.
Ҳар бир йил учун ўртача доллар курсида бу тахминан $50,55 млн ташкил этади, бу Марказий банкнинг 15 августдаги курси бўйича бу $47,6 миллион.
Ўзбекистон Олимпиадада 13 та медал қўлга киритди – 8 та олтин, 2 та кумуш ва 3 та бронза.
Ғолиб ва совриндорлар олтин медал учун $200 минг, кумуш медал учун $100 минг ва бронза учун $50 минг билан тақдирланди. Мураббийларга 50 минг, 25 минг ва 12,5 минг доллар ажратилди.
Умуман олганда, спортчиларнинг мукофот жамғармаси $1,95 миллион ташкил этди. Агар битта мураббий ҳар бир спортчи учун мукофот олса, мукофот пули $487,5 минг ташкил қилади.
Олтин эгаларига 1,04 миллиард сўм ёки 82,33 минг долларга баҳоланган Tahoe автомобиллари ҳам топширилди. “Кумуш” учун BYD (395,3 миллион сўмдан), “бронза” учун – BYD (387,2 миллион сўмдан) мукофотланди.
Бу автомобилларнинг барчаси камида 10,27 миллиард сўм ёки 813,3 минг доллар туради.
Олимпиада чемпионлари ва совриндорларига ҳам икки қаватли коттежлар ва квартиралар берилди. Уларнинг нархи номаълум.
Шундай қилиб, битта медални қўлга киритиш учун давлат бюджетидан ўртача $3,89 миллион, пул мукофотлари ва автомобилларни ҳисобга олган ҳолда эса $4,14 миллион яқин маблағ ажратилди.
Қозоғистонда Олимпиада учун жами 980 миллион тенге (25,77 миллиард сўм)га яқин маблағ ажратилди, бу Ўзбекистондагидан 23,3 баробар кам. У ерда битта медал қарийб 291,6 минг доллар, мукофот пулини ҳисобга олган ҳолда эса $423,7 минг долларга тушди. Бу Ўзбекистондагидан деярли 10 баробар кам.
Буюк Британия терма жамоаси Олимпия циклига тайёргарлик учун 245,84 миллион фунт стерлинг сарфлади. Ҳар бир медал ўртача 3,78 миллион фунт стерлингга ($4,86 миллион) тушди, бу Ўзбекистондан бир оз кўпроқ.
Таққослаш учун: Қозоғистон ялпи ички маҳсулоти/иқтисодиёти (259,7 миллиард доллар) Ўзбекистон ялпи ички маҳсулотидан 2,8 баравар кўп ва аҳоли жон бошига ЯИМ - 5,2 баробар (2510 долларга нисбатан 13 088 доллар). Буюк Британия ЙИМси (2,27 триллион доллар) Ўзбекистондан (90,9 миллиард доллар) 25 баробар кўп.
Бу ерда ушбу мавзу бўйича батафсил материал
Бу рақамлар нимага керак?
Мен олимпиячиларнинг муваффақиятларини қораламоқчи эмасман, улар ҳақиқатга Олимпиадада муваффақиятли иштирок этди, шу 16 кун давомида мен уларнинг чиқишларини максимал ёритишга ҳаракат қилдим, уларни қўллаб-қувватладим.
Ҳукуматга кўпроқ бюджет маблағлари – солиқ тўловчилар маблағларидан оқилона фойдаланишга чақирмоқчиман, бу пуллар нимага ва қандай сарфланаётгани ҳақида ҳисобот бериши керак.
Биз нисбатан қашшоқ давлатмиз. Мамлакатдаги мактабларнинг 70 фоизида (ёки 87%) канализация йўқ, мактабларнинг 47 фоизи марказлаштирилган сув таъминотига уланмаган бўлса, 21 фоизида спорт зали йўқ, Тошкент шаҳрида 2019-йилдан буён онкологик беморлар учун катталар ҳосписи қурилишига пул йўқ ва ҳоказо. Бундай шароитда ҳукумат бундай харажатларни қилиши нотуғри деб ўйлайман (ИМХО).
Катта бюджет тақчиллиги (бу инфляцияни қўзғатади) ва ташқи қарз (бу ёмон эмас, лекин унинг харажатлари ва умуман давлат бюджети харажатлари ҳақида жуда кўп саволлар бор) ҳақида ҳам унутмайлик.
Биз пулдан оқилона фойдаланишимиз керак. Бизда спортчилар учун мукофот пуллари биздан ўнлаб марта бой бўлган дунёнинг ривожланган давлатларига қараганда кўпроқ.
Ишончим комилки, спортчилар Олимпиадада катта мукофот пуллари ва давлат томонидан рағбатлантирилмаса ҳам, худди шундай шижоат билан қатнашади. Чунки бу турнир ҳар қандай спортчи фаолиятидаги чўққи ҳисобланади.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 3 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her