? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Bugun shunchaki kun emas.
Bayroqning yuqorida hilpirab turishi tinchlik va erk degani...
Bayroq oddiy ramz emas. U juda kuchli turtki beradi. Tarix o'qigan bo'lsang sen ham bilarsan...
Barchamiz duoga muhtojmiz.
#Xulosa
Katta kitoblarni o'qishni maslahat bermayman, agar kitob o'qishni endi boshlagan bo'lsang.
Muqovasiga qarab olishni ham tavsiya bermayman. Muqovaga emas ustozlaringni maslahatiga qarab ol. U seni holatingni yaxshiroq biladi.
Ko'p kitoblarni o'qish seni dono qilib qo'ymaydi. O'qiganlaringga amal qilishingda hamma gap. Bu bilan seni o'qishdan qaytarmoqchi emasman. Faqat kitob o'qiganing og'zingdan emas tarbiyangda ko'rinsin...
Ko'zingni nurini kitob o'qishga sarflamasang internetdagi buzuq videolar yoki pubg uchun sarflaysan....
Elektron kitoblarga kelsak me'yorida himoya ko‘zoynagini taqib o‘qi.
O'qishga umuman vaqting bo‘lmasa youtubeda audiokitoblar bor yuklab olib eshit. Giganaytlar bor. Bo‘lmasa wi-fi. Qidirsang imkon qidirmasang bahona...
Seni kitob o'qish bo'yicha qanday gaping bor izohlarda yozib qoldir
#Xulosa
Telegramdagi tanishlarim profilidagi rasmlarni ko'rishni unchalik yoqtirmayman. Ammo bugun bazilarini ko‘rdim.
Kimdir o‘qishga kiribdi...
Kimdir farzandli bo‘libdi...
Yana kimdir mashina olgan, unashtrilgan, Bir ukamiz 50 ta kitob o'qishni maqsad qilib ayni vaqtda o'qiyotgan kitoblarini rasmini qo'yibdi. Yaxshi targ'ibot deb o‘yladim....
Kimdir ielts sertifikat olibdi. Ya'ni kimnidir sevgani tashlab ketibdi shekilli....
Hayot ikki yoqlama onlayn va offlayn formatga o'tibdi.
Men ham ulardan qolishmay deb shu postni yozdim...
Oqibatni ham unutib qo‘yibmiz shekilli. Shuncha ishlar bo‘lib o‘tib ketibdi. Biz esa bexabarmiz.
Qalbaki ayfon
Qimmat gadjetlarning (smartfonlarning) arzon qalbaki nusxasi ham bo‘ladi. Uzoqdan ko‘rgan yoki shunchaki uni ushlab ko‘rgan odam buni bilmaydi ham. Xalq tili bilan aytganda birga bir nusxa. Ammo bunaqa telefon sotib olgan odam shu pulga loyiq smartfon olganida yaxshi bo‘lishini baribir tushunib yetadi. Tashqi ko‘rinish emas u bajaradigan vazifa muhim.
Odamlar ham birga bir nusxa bo‘ladi. Kiyinishi, mingan mashinasi, uyi va ish joyini ko‘rib katta baho berasan. Lekin ishing tushsa, yordam so'rasang, bir joyda o‘tirib muomala qilishga to‘g‘ri kelsa... ko‘rasan yoki o'zi ko‘rsatadi.
Odamlarni kiyimi, mansabi, uyiga qarab baho berma! Nokia 1202 telefon ham juda ko'p ishlarni bajargan. Asosiysi ishonchli. Ha aytgancha juda ko‘p abituriyentlar uning sharofati bilan talaba bo‘lishgan. Avvalari faqat?
(Qing'ir yo'llarni hamisha qoralaganman, bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi)
Ustozingni kiyimi, uyiga qarab baho berma. Uning senga berishi mumkin bo'lgan ilmiga diqqatingni qarat. Ustozingga bepisandlik qilishing undan olishing mumkin bo'lgan ilmdan seni to'sib qo'ymasin.
Zaryadchik olib yur
Agar telefoning quvvati uzoq vaqt ishlashga imkon bermasa albatta biror yerga borsang zaryadlash qurilmasini olib yurasan. U yerda bo‘lishi mumkin deb o‘ylash doim ham to‘g‘ri emas. Chunki hammada ham type-c bo‘lmasligi mumkin yoki aksincha.
Bo‘lsa ishlatasan, ishingni bitirasan. Bo‘lmasa nima ham qilarding. Telefoningni quvvatlash boshqalarga bog‘liq bo‘lib qolmasin.
Buni menga nima aloqasi bor deydiganlarga!
Motivatsiyani boshqalardan olib harakat qilsang ular bo‘lmaganda motivatsiyang ham tushib ketadi. Motivatsiya bu zaryadchik emas. Uni o‘zing bilan olib yurolmaysan. Boshqalar beradigan motivatsiya senga mos kelmasligi mumkin. Axir zaryadchik ham mos kelmaydi-ku.
Zaryadchikni o‘zing bilan olib yur! Motivatsiya emas intizom bo‘lishi kerak. Aynan intizom senga kuch beradi. Oz bo‘lishi mumkin. Biroq u senga kerak vaqtda bergan quvvat ertalab seni uyg‘otadigan budilnik uchun 4-5% zaryadni beradi.
Yuqoriga chiqqaning sari qiyinlashadi
1000 ta inson ichida top 100 talikka kirish uchun mehnat qilasan va bu natijaga juda qiynalmasdan erishishing mumkin. 900 ta o'zing kabilarni ortda qoldirib ketding... Qoyile deysan o'zingga.
Qolgan 90 tani ham ozgina harakat bilan ortda qoldiraman degan fikr keladi. Biroq ozgina harakat bilan nari borsa 5-6 tasini quvib o'tasan. Vaziyat sen o'ylagandan ko'ra murakkab ekanligini tushunasan.
Boshida oz harakat ko'proq natija. Endi esa aksincha ko'p harakat oz natija. Til o'rganishga kelganda ham shunaqa bo'ladi. Ozgina terlasang A1. Yana mehnat qilasan A2.
B1 darajada hammasi murakkablashadi. Tezlikni oshirasan kamiga yuk og'ir. Ko'p benzin sarflab oz masofa yurasan. B2 ham o'z o'rnida yanada murakkab. C1 ni 100 tadan 4-5 tasi oladi. Yuqoriga chiqqaning sari qiyin. Ammo raqobat kam...
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid