Ezo_live

Description
Эзотерический канал.
Расклады. Лунный гороскоп.
Личные расклады платные.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

10 months, 1 week ago

Menam ikki goʻdak orasida yotgancha tongni kutdim ?

Goʻyo tongda hamma uygʻonib, ular uxlab qoladiganday

10 months, 1 week ago

Muammolar ichida qolsak, tongni kutamiz

Xuddi unda najot borday

10 months, 1 week ago

Oʻz oldizga qandaydir murakkabroq vazifa qoʻyasiz. Chellenj ya’ni. Soʻng unga erishmaguncha urinaverasiz

Bir kun erishasiz ham. Ammo endi undanda kattaroq maqsad paydo boʻladi

Hayot shu zaylda davom etadi. Etaveradi…

Avvaliga buni toʻgʻri va tabiiy deb bilardim. Ammo… endi tushundimki… gap qalbdagi sakinatda, xotirjamlikda ekan.

Biz aslida ana shuni qidirib, tinimsiz harakat qilar, allanimalarga urinar ekanmiz…

10 months, 2 weeks ago

Har gal oʻzim uchun muhim ishni yakunlaganimda qandaydir ragʻbatlantirish qilaman

Misol uchun, jamgʻarmam falon summaga yetganida, falon imtihondan oʻtganimda, falon diplomni olganimda… va hk

Shu safar fevral oyida kurs qabuli uchun 30 nafardan 50 nafargacha oʻquvchi qamrab olish niyatidaman. Agar uddalasam… qanday oʻzimni quvontirsam ekan? ?

10 months, 2 weeks ago

Har kuni ish qilayotganimda, “uborka” payti, kir yuvayotganimda va hk, deyarli hamma jarayonda podkast eshitishga odatlanibman

Endi Alisher Isayev bn Murod Nazarovniku hamma gaplarini yodlab oldim. Endi xorijliklarni reja qilib turibman

Sizda ham shu odat bormi? Odatda, kimlarni eshitasiz?

10 months, 2 weeks ago

Ba’zan hamma narsadan hafsalangiz soviydi, sakinat istaysiz
Kutganingiz kelmaganida, oʻylaganingiz unday boʻlib chiqmaganida, xohlaganingiz oʻxshamaganida, rejangiz amalga oshmaganida va hk…

Hech narsa yoqmaydi. Koʻrinmas odamga aylanib qolib, hayotingizni huuu sokinlikda qolib ketgan yeridan davom ettirgingiz keladi.

Hamma narsa oʻz ahamiyatini yoʻqotadi. Bijir-bijirlar, jimir-jimirlar, ichingizdagi ishtiyoq, tashabbus, gʻoyalar, maqsadlar…

Oʻylaysiz-oʻylaysiz…

Keyin qarasangiz, soat 5 boʻladi.
— Ayajooon, assalomu alaykum, — deb jajji Malika bogʻchadan keladi.
— Asal qiziiiim, katta qizim, yaxshi keldingmi?
— Ha. Manga katta kitob opkelaman diyudizku, opkeldizmi? Keyin, Yangi hayotga oboraman, oʻynaysan, diyudiz. Qachon boramiz? Anu… anu… yozadigan daftar borku. Shuni varagʻi tugab qoldida. Ukajonimga oberasizkuuu, oʻsha payt… anuuu… mangayam oberiiing, xaymiiii?

Yoʻq. Nima deb edim? ? Hafsalam soviganmidi? Qaytvoldim! Hayot mana bunaqa qaqajonlar bilan yoqimliku! Bolalarimga yonib turadigan, hayotga chanqoq, birga oʻynab, kulib, chizib, yozib, oʻqib ketaveradigan energiyaga boy ona kerak!

10 months, 3 weeks ago

Ba’zan oʻylayman… Hozirgi kunlarni qachondir orzu qilgandim-a?!
Men hadyalarni yaxshi koʻraman. Ulashishni ham, qabul qilishni ham. Ammo berishni koʻproq. Chunki olayotganda qandaydir xijolatlik his qilaman. Berayotganda esa ana shu hisni uygʻotmaydigan qilib berishni sevaman.

Eslayman… “Mahalla”dagi oʻrtoqlarimiz bilan yigʻilsak ham hammamiz bir-birimizga sovgʻa olib borardik. Sammit, simpozium kabi tadbirlarda ham yoshlar oʻz viloyatlari nomidan hadyalar olvolishardi va ulashishardi.

Bir gal Mehrinoz Abbosova meni qoʻlimdagi sovgʻalar koʻpligini koʻrib “Ezoooo, siz sovgʻa uchun tugʻilganmisiz?” dedi. Ha, deb kuldim beixtiyor. Chunki bu jarayonni yaxshi koʻraman, bunday beminnat, shartsiz oldi-berdilar kishilar orasida mehr, iliqlik uygʻotadi deb oʻylayman.

Tugʻilgan kunimda kelganlarni oʻylab, yana va yana Allohga hamd aytdim. Gap hadyada emas, gap meni shu e’tibor, mehr, muhabbatga munosib bilib, yurak-qoʻrlari bilan nimadir ilinganlarida dedim.

Yaxshilarim, yana bir marta katta rahmat. Siz meni oʻz mehringiz bilan quvontirdingiz, Alloh sizlarni suyuntirsin ??

10 months, 3 weeks ago

Aytgancha, yana pochta kelibdi ?

10 months, 3 weeks ago

Aytgancha, yana pochta kelibdi ?

10 months, 3 weeks ago

Men progrev ssenariysini yozishim kerak A bu bolakay beshikdan qoʻlimni uzdirmayapti ?

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 5 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago