Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Filologiya fanlari nomzodi, psixolingvist Iroda Azimovaning oʻzi xususida qoniqmaslik borasidagi fikrlariga qoʻshimcha mulohazalar.
Oxirgi paytlar bir tendensiyaning guvohi boʻlyapman. "Biz buyukmiz, falon narsani (ilmiy kashfiyotni, madaniy merosni) aslida bizlar yaratganmiz, oʻzi butun dunyo tamaddunining asosida bizlar turamiz, lekin bizni koʻra olmaydiganlar buni tan olishmaydi, inkor qilishadi" degan iddaolar. Bunday iddaolar - aksar hollarda hech qanday valid (ishonchli) ilmiy asosga boʻlmagan iddaolar - nafaqat hali ilm dunyosiga endi kirib kelayotganlar yoki ilm-fanning qonuniyatlaridan yiroq boʻlganlar, balki koʻzga koʻringan olimlar, fan doktorlari tomonidan aytilmoqda, ilmiy ishlarga, darsliklarga kiritilmoqda. Bunday soxta "buyuklik" (bu haqida oldin ham yozgandim) bizga nima beradi, ochigʻi, tushunmayman. Fikrimcha, bu qandaydir "noqislik kompleksi"ni (комплекс неполноценности) xaspoʻshlashga urinish boʻlsa kerak.
Bu ketishda "Amerika - "Amir aka"dan olingan, ota-bobolarimiz Amerikani kashf qilgan" singari latifalarni ham ilmiy fakt deb eʼlon qilib yubormasak boʻldi.
Agar axborot sohasining kuni "xabar berish" bilan "targʻib qilish"ning farqiga bormaydiganlarga qolgan boʻlsa, hamma OAVlar, telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarni yopib, ogʻizga talqon solib yurish kerakmi?
Kontekst: Kecha Taxtiqoracha dovonida (Shahrisabz "perevali") baxtsiz hodisa sodir boʻlgan - avtomobilni tosh bosib, ichidagi yoʻlovchilar halok boʻlgan. AOKA bu haqida xabar berganlarni qonunchilik bilan qoʻrqityapti.
Aniqlik kiritib ketaylik: "Targʻib qilish" degani - "biron bir narsaga / ishga undash, chaqirish, daʼvat qilish" degani. (Har qalay, koʻp tomli "Oʻzbek tilining izohli lugʻati"da shunday deyilgan). Masalan, "biron-bir ishni qil / qilish kerak / qilish yaxshi" deyilsa, bu targʻib qilish boʻlishi mumkin. Lekin boʻlgan voqea haqida xabar berish (bu xabar berish qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar) qanday qilib "targʻib qilish" kategoriyasiga oʻtishi mumkin?
Shu AOKAdagilarga oldin oʻz tashkiloti haqidagi nizomni yaxshilab oʻqitib olib, keyin oʻzbek tili kurslariga yuborish kerakmi deyman (balki teskarisi - oldin oʻzbek tilini oʻqitib, keyin oʻz tashkilotining nima uchun ochilganini eslatish samara berar). Lekin undan ham muhimi - qonunchilikdagi har xil "rezinka" (xohlagan tarafga choʻzsa boʻladigan) normalarni bartaraf qilish kerak.
"Maxsus operatsiya" davom etmoqda
Jurnalist Ilyos Safarov yuqoridagi postlarda (1, 2) darsliklarga ijara tizimining yoʻq qilinishi va qayta joriy qilinishi orasida kechgan hamda "Finlyandiya standartlari asosida", "fin tajribasi asosida", keyinchalik "4K" deyilgan va affillangan nashriyot yaratgan darsliklar bilan bogʻliq voqealar xronologiyasini ancha batafsil tasvirlagan.
Umuman, fikri ojizimcha, "fin darsliklari" voqealari, yangi Oʻzbekiston tarixidagi eng ustomonlik bilan amalga oshirilgan "maxsus operatsiya"lardan biri sifatida tarixda qolsa kerak. Chunki aslida Finlyandiyaga ham, uning taʼlim standartlariga ham aloqasi boʻlmagan, yaratilishi Navoiy-30da boshlangan va turli kvartiralar-u ofislarda davom ettirilgan darsliklarni "mana shular finlarning standardi asosida, shularni joriy qilsak hammasi zoʻr boʻladi" degan iddao bilan chiqish, nainki iddao bilan chiqish, balki eng katta minbarlardan tortib vazirlikning matbuot xizmatigacha bu iddaoni takrorlashi, hatto parlament hujjatlarigacha-da kirishi - va butun boshli davlatni, tizimni oldindan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, davlat rahbarining hujjati bilan tasdiqlangan va bir maromda joriy qilinayotgan tizimdan voz kechishiga olib kelish - bularning hammasi "xamirdan qil sugʻurganday" bajarilganiga qoyil qolmay iloj yoʻq.
Va Ilyos Safarov toʻgʻri eʼtibor qaratdi - bularning hammasi davlatning ojizligini, aniq bir strategiyasi yoʻqligini, bor boʻlsa ham pul va qudratga ega istagan shaxs hamma narsani oʻzi istagan oʻzaniga burib yuborishi mumkinligini koʻrsatdi. Va "mustaqil" deya oʻzini koʻrsatadigan medialar va ijtimoiy tarmoqlarda katta auditoriyalarga ega kanallarning "jilovi" bir qoʻlda toʻplanishi davlat uchun nechogʻli xatarli ekanini koʻrsatdi.
Eng achinarlisi - "maxsus amaliyot" davom etmoqda. Faqat boshqa nom bilan va balki, boshqa rejissyorlar boshchiligida. Lekin, masalan, oʻsha nashriyot ishtirokida. "Dasturlarni takomillashtirish" va "Singapur tajribasi" degan iddaolar bilan.
Biz oʻz xatolarimizdan saboq chiqara olmaydiganlardanmiz.
Shu o‘rinda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tayyorlagan byudjetnomadagi yana ba’zi raqamlarga qarasak. Unga ko‘ra, 2024-yilda bir o‘quvchi uchun bitta darslik va ish daftarlarining o‘rtacha narxi 450−500 ming so‘mni (shundan mashq daftarlari — 100−150 ming so‘mni) tashkil etgan. Bugunga kelib bir to‘plam uchun 80 ming so‘m (tannarxning 16-18 foizi) miqdorida to‘lovni qayta tiklash taklif etilmoqda. Ushbu to‘lovlar hisobiga shakllangan 376,6 mlrd so‘m mablag‘ har yili o‘quvchilarni mashq daftarlari bilan ta’minlash xarajatlarining bir qismini qoplashga yo‘naltirilishi ta’kidlangan.
Endi shu raqamlarga qarab o‘n mingdan ortiq maktabda o‘qiyotgan 580 mingdan ortiq o‘quvchi uchun chiqariladigan darsliklar va bunga xalq puli – davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘ hamda undan nashriyot ko‘radigan foyda miqdorini tasavvur qilavering. Eng qo‘pol hisob-kitobning o‘ziyoq o‘shanda sohada kutilmagan muallif qanday paydo bo‘lib qolganini tushuntirayotgandek. Ijara to‘lovi yo‘qotiladi, ammo evaziga byudjet ajratmasi oshiriladi…
Fin tajribasiga asoslab ishlangan oxirgi darsliklar haqida hozir yozmayman, unga bahoni mutaxasislar allaqachon berib bo‘ldi va bu darsliklar bugun takror qayta ishlanish jarayonida. O‘qituvchi, o‘quvchi, ta’lim tizimi uni qabul qilmadi shekilli-da.
Xulosa
Sal cho‘zvordim, aytmoqchimanki, bizning hukumat ishlarida hech narsa uzoqni, hech qursa ikki yilni ko‘zlab, strategiya bilan qilinmaydigandek. Buni boshqa o‘nlab misollar qatorida yuzlab mutaxassislarning yillab tayyorlagan darsliklari bir kishining manfaati, aralashuvi va media kuchi bilan paydo qilgan buzuq muhit orqali to‘xtatib qo‘yilganida yana bir bor ko‘rdik. Mana endi o‘sha odam tizimdan chetlatilganda na bepul ijara, na ta’limda fin tizimi va na avvalgi darsliklar qolmoqda. Xo‘sh, qani sifatli darslik, qani ta’limda fin tizimi, qani bepul ijara? Nahotki, shunchalik ojiz, rejasiz bizning hukumat?!
Men hali avtohalokatlar sabab qilinib, haydovchilik guvohnomasini olish tizimi monopollashtirilgani, buning uchun OAV va blogerlardan qanday foydalanilgani, bozorga halol tadbirkorlik orqali kirmoqchi bo‘lganlar yo‘li qanday usullarda to‘silgani masalasiga kirmayapman.
P/S: Aytib qo‘yay, post buyurtma asosida va bo‘lib ham shu kunlarda darslikchiga qarshi davom etayotgan ommaviy hujumlar doirasida yozilayotgani yo‘q. Men bunday kir ishlarga aralashmayman. Men shuningdek, butun boshli mamlakat poytaxtida insonga qilingan suiqasdni qoralayman hamda tergov jamoatchilika ochiq bo‘lishi, uning tashkilotchisi kim bo‘lishidan qat’i nazar jazolanishi tarafdoriman. Shunchaki, bu o‘yinlardan jabr chekadigan o‘quvchi-yu, zahmatkash o‘qituvchilarga achinaman. Shu xayollarimni bildirib qo‘ymoqchi edim. Xayrli tun.
Bugun tunda Toshkent viloyatida spektakl namoyish qilinibdimi? "Surish" serialining navbatdagi epizodi?
"Agar statistikamiz xususiy va davlat maktablari, umumta’lim va ixtisoslashgan maktablardagi o‘qituvchilarning maoshlari o‘rtachasini ham taqdim etganida ta’limning ichidagi tengsizliklar darajasini ham ko‘rgan bo‘lardik. Biz muvozanatli jamiyat yaratmayapmiz".
Qiziq maʼlumot.
Ma’lumot uchun, iyul oyida xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan Savdo-sanoat palatasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbarlarining ochiq muloqotida tadbirkor, IDU xalqaro raqamli universitet asoschisi Ibrohim Hurramov taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi taklifi bilan chiqqan edi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago