ORTIKZODA | Resmi Sayfa

Description
Katta yoʻldagi kichik yoʻlovchi!

Ijodiyot.

Har qanday sohaga subyektiv fikrlar!

A'zolik uchun minnatdorman!
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 week, 2 days ago

#bir_asar_haqda

— Yashamoq ne, yashamoq?
— yashamoq — sinovlardan oshamoq!

Yuy Xuaning "Yashamoq" asari haqida.

Hayot — bu ajoyib tilsimot, inson — ajib mavjudot! Umr — hayotdagi insoning yashashi uchun sinov! Ohirat — imtihondir! Inson hayoti davomida turli mashaqqatlarni yengib oʻtishga, hayotda oʻz oʻrnini topishga qattiq bel bogʻlaydi. Kimlardir bu vazifani kutilgani kabi ado etsa, kimlardir armon ila dunyodan oʻtadi... Sizlarga soʻzlab bermoqchi boʻlgan asarim ham aynan shu kabi falsafiy qarashlarga qaysidir maʼnoda yechim beradi. Bu asardan hamma oʻz fikr doirasi chegarasida hikmat oladi!

Muallif haqida.
Yuy Xua — xitoylik sobiq stomatolog, amaldagi mashhur yozuvchi. 1960-yilda tugʻilgan. Besh yil mobaynida stomatolog boʻlib faoliyat olib borgan, va bu kasbni butkul tashlab, oʻzini adabiyotga bag'ishlagan. "Yashamoq" asari muallifga katta muvaffaqiyat keltirgan. Ushbu asar dunyo boʻylab, yigirmadan ortiq tillarga tarjima qilingan. Buyuk Britaniya, AQSh, Italiya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlardagi nufuzli mukofotlarga loyiq koʻrilgan. AQSH'da "yashamoq" asari booklist'larda bir necha yil yuqori pogʻonalarni band qilib kelgan.

Syujet.
Asar oʻtkan asrning ikkinchi yarmidagi Xitoy mamlakati odamlarning hayoti haqida hikoya qiladi. Asar qahramoni Fugui oddiy dehqon obrazida namoyon boʻladi. Fugui maishatbozlik va qimor kabi illatlar tuzogʻiga oʻlja boʻlib, otasidan qolgan yerlarni va yashab turgan uyini boy beradi. Shu orqali Fugui birdaniga hammasidan: hamma janob deb hurmat qilishidan, oilasining nufuzidan, to'kin hayotdan ayriladi, hamda qashshoqlikning tub-tubiga sho'ng'iydi. Fugui oʻsha davrdagi Xitoy hukumati olib borgan adolatsiz siyosatning qurbonlarini oʻzi koʻzi bilan koʻradi va qaysidir maʼnoda oʻzi ham shu siyosat qurboniga aylanadi. U birin ketin yaqinlarini tuproqqa qoʻyadi!

Men qanday tushundim?
"Yashamoq" asarini oʻqir ekanman, voqealarning oddiy dehqon hayoti orqali tushuntirilishidan menga koʻproq Oʻtkir Hoshimovni eslatdi. Asardagi voqelikning oʻtkir sur'atda davom etishi esa shaklan Jovliyevning "Qoʻrqma"siga oʻxshab ketadi. Asarda inson va har bir fuqaroning hayotida siyosat naqadar ahamiyatli ekanligi tasvirlangan. Asar qahramoni Fugui oʻzining metin irodasi bilan yoʻlida turgan barcha toʻsiqlarni yengib oʻtadi. Fuguining juda koʻp hollarda koʻz yoshi bilan nafas olishi va yaqinlaridan birma-bir ajralishi oʻquvchini chuqur mulohazaga chorlaydi. Ochigʻi oʻzim ham "qachon Fugui hayotiga yorugʻ kunlar kelar ekan ? - deya rosa kutdim, taassufki, yorugʻlik koʻringandek surat koʻzga koʻringani ortida qaygʻu quvib kelaverdi. Asarni oʻqigan oʻquvchi oʻzida borki neʼmatlarga shukronalik hissini tuyishni boshlaydi. "Hayot — besh kunlik sinov" ekanligini tushunib yetadi ham. Asarning har bir qatorida, har bir sahifasida, har bir bobida olam-olam maʼno xazinasi yashiringan. Bu xazinani topish esa oʻquvchining qalb ko'ziga bogʻliq.

Xulosa. Asar oʻquvchini chuqur mulohazaga, har bir ne'matga shukronalik qilishga, yorugʻ kunlarga intilib yashashga oʻrgatadi. Bu yoʻlda metin iroda, sabr-qanoat qoʻlini tutgan insonlargina muddaosiga yetajak! Zero, asarda aytilganidek: "Bir falokatdan qutulgandan keyin ortidan albatta yaxshi kunlar keladi!"

Asarni tavsiya qilaman, kitobini sotib olganingizga esa maroqli mutolaa tilayman!

@Sherali_Ortiqzoda 🌓

1 week, 2 days ago
2 weeks, 1 day ago

Oliygoh, Ustozlar va talabalar...

Dunyo tarixiga nazar solsak, Ustoz, Muallim, Oʻqituvchi kabi soha vakillari har doim e'zozlangan va ardoqlangan. Nigohimizni uzoq yerlarga emas, yaqinroq boʻlgan oʻz yerlarimizga qaratsak-da, bu kabi "soha ustalari"ni nechog'lik ahamiyatli ekanligini tushunib yetamiz. Bunga, "Ustoz - otangdek ulugʻ" kabi xalqimiz tomonidan aytilgan maqollar ham yaqqol musol boʻla oladi. Shunday qilib, bu safargi maqolada ushbu kasb egalarining tarixini emas, hozirgi vaqtda qanday darajada ekanligi atrofida soʻz yuritamiz. Shu bahona sizlar bilan to hozirga qadar oliygohda oʻtkan yillarimdan misol keltiraman. Bularni qismlarga boʻlib chiqaman Xuddiki, ibn Xaldunning "Muqaddima" asari kabi. (Ustozning yoʻlini bersin). Demak boshladik.

Biror-bir maqola yozishda koʻpincha shaxsiy qarashlarimdan kelib chiqaman, ya'ni barchasi subyektiv fikrlar boʻladi. Bunda tabiiyki, Jurnalist Ustozim: "Jurnalist uchinchi shaxs pozitsiyasida boʻlishi kerak!" - deya koʻp takrorlaydi. Ammo - bu juda mushkul vazifa. Shu sabab, Ustozga aytamanki, bu safar ham meni maʼzur tutsin. Qarashlarim adekvat boʻlishiga harakat qilaman, lekin talaba boʻlganim uchun gohida ikkinchi shaxs vazifasida turishimga toʻgʻri keladi. Toʻgʻri tushunasiz.

Oliygohga 2022-yili qabul qilinganman. Shu vaqtlarda darsga koʻrgan ilk haftamdan boshlab, birinchi boʻlib bor eʼtiborimni qaratgan nuqtam albatta dars jarayonlari boʻlgan. Koʻpchilik singari men ham katta auditoriya, koʻngilga xush yoqar mavzular, oʻzimning tik turib barcha talabalarga va'z o'qishim va meni hamma eshitishini, oʻqituvchilar mening fikrimni inobatga olishini tasavvur qilganman. Keyinchalik el qatori - bu tushunchalar shunchaki Utopiya ekanligini tushunib yetganman.

Birinchi bosqich. Ilk bosqichda maktab fanlarining mantiqiy davomi: Amaliy matematika, Ingliz-tili, rus-tili kabi fanlar qoʻyilgandi. Menimcha hamma oliygohlarda shunaqa. Bu biroz oʻylantirgan edi meni. Sababi, men shaxsan kollej tizimida oʻqiganman. Bu fanlarni 9 yil maktabda, 3 yil kollejda oʻqiganman. Buni qarang, kollejda ham yonalishim iqtisodiyot edi. Natijada, uch yil kollejda mutaxassislik fani oʻtib, institutda bir yil maktab fanlari oʻtganman. Keyin soʻrab bilsam, men bilan oʻqishga topshirgan va qabul qilingan 2004-yillar avlodi 11 yil maktabda oʻqigan ekan. Ularga bir yil kamligi uchun institutda ham davom ettirishgan ekan bu fanlarni. Men esa olti yillik tanaffusdan soʻng oʻqishga kirganim uchun kabi gʻalati holatlarga duch kelgan ekanman. Ochigʻi birinchi semester vaqtida oliygoh atmosferasini his qila olmaganman. Kunlarim zerikarli, rangsiz va odatdagidan ham g'alatiroq oʻtardi. Sabr qilishga va hammasi iziga tushib ketishiga ishonishga harakat qilganman.
Fikrlashga urgʻu beradigan fanlarni rosa kutganman. Psixologiya, falsafa, jamiyatshunoslik (sotsiologiya) kabi sohalarni oʻrganishga, aytish mumkinki, Ustoz bilan oʻrganishga ishtiyoqim baland edi...

Davomi bor...

@Sherali_Ortiqzoda 🌓

2 months, 3 weeks ago

#ijodiyot

JUFTI HALOLIM

Bas, tugadi xoyu havaslar,
Armonli baxt, ishqim - zavolim.
Yoʻlim toʻsmang ey ishqparastlar,
Yaqin qoldi, kelar halolim.

Oʻzgalarga qiyo boqmasdan,
Oʻzga dilga olov yoqmasdan.
Yotyor tomon qanot qoqmasman,
Yaqin qoldi, kelar halolim.

Oniylikka kuchin etmay sarf,
Dunyo dardin dildan qilib daf.
Jannat uchun birlashmoq istab,
Yaqin qoldi, kelar halolim.

Seni izlab aylandi yillar,
Senga yetmay bitmas majolim.
Bizni endi bir qilar yoʻllar,
Yaqin qoldi kelar halolim.

Yaqin qoldi, kelgin halolim,
Va abadiy boʻlgin ayolim!

@Sherali_Ortiqzoda

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago

Andijon shahrida qor yogʻmoqda!

Birinchi qor muborak boʻlsin!

❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

@Sherali_Ortiqzoda

3 months ago

"Mutolaa hikoyasi"

1908-yili Samarqandda Mahmudxoʻja Behbudiy kutubxona ochadi. Afsuski oʻsha vaqtdagi Soved hukumati va ba'zi konservativ aholi bunga jiddiy qarshilik koʻrsatadi. Kutubxonani "kufrxona" deb ataydilar, natijada kutubxona yopiladi. Shunda ham taslim boʻlmagan Behbudiy kutubxonani oʻz uyiga koʻchiradi va kutubxonani bir necha gazeta va jurnallar orqali "Mutolaaxona" deb nomlaydi.

Oradan bir asrdan ziyodroq vaqt oʻtadi. Bu vaqtda internet degan vosita butun dunyoni egallagan edi. Shu sabab Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan elektron va audio kitoblarni jamlagan ilova yaratiladi. Ilova nomi oʻsha Behbudiy kutubxonasining nomi bilan "Mutolaa" deb nomlanadi.

Ilovaga bir yildan ziyodroq vaqt mobaynida 3000 dan ortiq elektron va audio kitoblar joylanadi. Bu vaqtda ilovada bir vaqtning oʻzida kitoblar salkam 3 million marta oʻqilayotgan edi.

@Sherali_Ortiqzoda

3 months, 1 week ago

Mutolaa marafoni: Rasul Kusherbayev bilan suhbat. Biz ongli yaratilganimiz uchun ham kitob oʻqishimiz kerak! ❄️ Insonlarning bilim va koʻnikmasi iqtidoridan kelib chiqib baholanadi. Inson bilimi qadrlanadigan joyda ishlasa, u ham ilm olib yuksaladi.…

3 months, 1 week ago

Mutolaa marafoni: Rasul Kusherbayev bilan suhbat.

Biz ongli yaratilganimiz uchun ham kitob oʻqishimiz kerak!*❄️ Insonlarning bilim va koʻnikmasi iqtidoridan kelib chiqib baholanadi.* Inson bilimi qadrlanadigan joyda ishlasa, u ham ilm olib yuksaladi. Agar u yerda jamoadoshlar va jamoa rahbari oʻqimasa rivojlanmasa, siz ham rivojlanmaysiz, oʻsmaysiz.❄️ Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun oʻzimizga "Men bilmayman", "Men nohaqman" kabi gaplarni aytib turishi kerak. Kitoblarni filtrlash uchun tavsiyalar: Ustozlardan tavsiyalar olib oʻqish kerak. Oʻz sohangiz boʻyicha kitoblar oʻqishingiz kerak. Butun dunyo klassikalari, durdona adabiyotlarni oʻqish kerak.❄️ Parlamentda ishlash uchun insonda avvalo jurʼat boʻlishi kerak. Agar sizda shijoat va jurʼat boʻlsa, kitob oʻqish faqat foyda!❄️ Inson oʻz kasbini maʼsuliyatini his qilishi kerak. Sizdan yordam soʻrayotgan insonlar bekordan bekorga sizning yoningizga kelmagan. Siz undan qaysidir pogʻonada yuqoridasizki yordam soʻrayapti. Manmanlik qilmaslik kerak. Hozirgi kunda diplom oldim, endi ish topa olmayotganlar, ish topa olmayotganiga diplom aybdor emas. Diplomi boʻlsa ishi boʻladi degan qarash SSRdan qolib ketgan. Ish topa olmayapsizmi sizda nimadir kamchilik bor. Tavsiya: kasb-hunar oʻrganish.❄️ Rasul Kusherbayevdan shakllantirish kerak boʻlgan eng muhim odatlar tavsiyasi: Koʻngling toʻgʻri deb bilgan ishni qilish kerak. Qiloyatgan va aytayotgan ish bir xil boʻlishi kerak. Odamlar nima deydi deb oʻz yoʻlini yoʻqotib qoʻymaslik kerak. Notoʻgʻri boʻlsa ham oʻzingni mustaqil fikring boʻlsin. Davlatni qandayligini biz hal qilamiz, davlatni biz quramiz - jamiyat. Mana shu siyosat. Agar ongsiz ravishda mening jamiyatda hech qanday oʻrnim yoʻq desangiz adashasiz, har bir jamiyatning bir boʻlagi va har bir insonning oʻz fikri boʻlishi kerak. Agar siz shunday oʻylasangiz siz yashamayapsiz!❄️ Mansabga erishdi degani aqlli degani emas.

@Sevara_Isomiddinovna

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago