She'riyART

Description
She'riyat va san'at asarlari
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 Woche her
1 Woche her
Qishdan o’tib olsak…

Qishdan o’tib olsak…
Lolalar yurtiga qarab ketarmiz.
Qishdan o’tib olsak…
Dunyodan
Gul-u rayhon bo’lib o’tarmiz.
Sanuvbar bahorga yetolsak agar
Yaramizga qo’nar bolari.
Yetti a’zomizdan muattar
Bo’y chiqib yotamiz ko’karib.
Nashtarli kunlarning azobin
Nasib etsa agar unutarmiz.
Gul-u rayhon bo’lib birga
Visol og’ushida yotarmiz.
Qishdan o’tib olsak…

© Abduvali Qutbiddin

P.S. Suratda chex rassomi Vaclav Brozikning ,,Tong'' (1890) nomli kartinasi

@sheriyart

1 Woche, 1 Tag her

Mudhish bir sharpani ilg‘adi nogoh,
Razm solsa qashqir. Qilardi ta’qib,
Esladi yirtqichning qo‘rqishin o‘tdan,
Iziga bir daftar tashladi yoqib.

Qashqir to‘xtab qoldi. So‘ng — yana, yana,
Muallima omon topgan bu olov
Yirtqichga berardi ilojsiz sabr.
Yo‘lovchi — yoqardi, qashqir — to‘xtardi,
Tin olardi ikkov har daftarda bir.

Yo‘l uzoq, tun qaro, qashqir esa och,
Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat.
Uyga yaqin qolgan vaqtda tugadi
Muallimda daftar, qashqirda — toqat.

Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda,
Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi.
Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi
Hammadan ham yomon yig‘ladi.

No‘noq nazmim uchun afv et, xalqim,
Na olim, na fozil, na so‘z piriman.
O‘z vaqtida daftar topshira olmay
Qolgan bolalarning biriman.

Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi
Yozgan she’rlarimni oshiqlar.
Men yaxshi bilaman, qo‘shiqlarim jo‘n,
Bilaman, bular bir oddiy mashqlar.

Lekin… ketmakdasan kelajak sari
Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan.
O‘zimcha asragim keladi seni
Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan.

Men mashq bajaraman, yozaman har kun
Daraklar, so‘roqlar, xitoblarimni.
…Sen yo‘l bo‘yi yoqib tashlab ketaver
Qashqirlar qo‘rqquvchi kitoblarimni…

© Matnazar Abdulhakim

P.S. Suratda rus rassomi Konstantin Trutovskiyning ,,Qishloq o'qituvchisi" (1883) nomli kartinasi

📎Shunday ta'sirli va ajoyib she'rni biz bilan ulashgani uchun kanalimiz a'zosi Munavvarga minnatdorlik bildiramiz.

@sheriyart

1 Woche, 1 Tag her
Darsdan so'ng

Darsdan so'ng

Kimnidir koyidi chekkani uchun.
Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham.
Mashq daftarlarini yig‘di-da, so‘ngra
Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam.

«Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi?
Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr.
Bu safar ham ikki qo‘ymay turaman,
Ertaga qolganlar topshirsinlar. Xayr».

Qish kuni — bir tutam. Qoraygandi qosh.
Ikkilandi. O‘tmak kerak, axir, qirdan.
Eri ham kelmadi olib ketishga
«Ko‘ngli sovidimi…» — vahm etdi birdan.

Hamkasb dugonasi qistovga tutib,
«Tunab keting, — dedi . — Kech bo‘lib qoldi»
Ko‘nmadi. Qo‘ltiqlab mashq daftarlarni
Uyga yolg‘iz o‘zi yayov yo‘l oldi.

Ovul tugab, endi qirga chiqqanda
Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh.
Yo‘ldan qaytmoqchi ham bo‘ldi bir o‘yi.
«O‘g‘lim xastalanib qoldimikan yo…»

Yuragini battar vahima bosdi,
Qamradi tundan ham battar bir qo‘rquv.
O‘nqirmi, cho‘nqirmi, o‘rmi, qir demay
Yana ketaverdi, ketaverdi u.

Davomi keyingi postda👇

@sheriyart

1 Woche, 1 Tag her
*Bugun 20-fevral shoir Matnazar Abdulhakimning (1948-2010) …

Bugun 20-fevral shoir Matnazar Abdulhakimning (1948-2010) tug'ilgan kuni.
Ketganingdan soʻng ham yashayotirman,
Qattiq boʻlar ekan odamning joni.
Hamon oqayotir Jayxun toʻlgʻanib,
Hamon tip-tiniqdir Urganch osmoni.

Hamon gʻazallar bor, qoʻshiq bor hamon,
Shovullab turibdi sen tark etgan bogʻ.
Gullar ochilmoqda, hamon, yo piray,
Bulbul sayrayotir, astagʻfirulloh.

Baribir ishongim kelmaydi sira.
Sen haqda surganim bari xayol — xom.
Yoki — tirikligim yolgʻondir mening,
Yoki sening meni sevganing — yolgʻon.

©️ Matnazar Abdulhakim

P.S. Suratda norvegiyalik rassom Edvard Munkning ,,Ajralish'' nomli kartinasi.

@sheriyart

1 Woche, 2 Tage her

Nedir baxt???

1 Woche, 2 Tage her
Qorlar yog‘di.

Qorlar yog‘di.
Qizdirdi oftob.
“Nedir baxt?” deb so‘radim.
Biroq –o‘zi bilan o‘zi ovora
Baxtiyorlar bermadi javob.
Qorlar bosdi.
Kuydirdi oftob.
“Nedir baxt?” deb so‘radim.
Biroq –o‘zi bilan o‘zi ovora
Baxtsizlar ham bermadi javob.

© Rauf Parfi

P.S. Suratda nemis rassomi Friedrich Kaulbachning ,,Syurpriz'' (1888) nomli kartinasi
@sheriyart

1 Woche, 3 Tage her
Sen ketding, keng dunyo zumda toraydi,

Sen ketding, keng dunyo zumda toraydi,
Uning kemtigini toʻldirar sogʻinch.
O, qancha kunduzning qoshi qoraydi,
Qancha kechalarning oqardi sochi.

Sen ketding, men esa oq yuragimni
Koʻzingdek qop-qora tunlarga yordim.
Kechalar bagʻriga yodimni qalab,
Yulduzdan choʻgʻ sepib yoqib yubordim.

Sen ketding, dunyoda qolmadi hech kim,
Na quvonch qolmadi, na gʻam qolmadi.
Ayriliq – doʻzaxda qoldim bir oʻzim,
Xudoyim, doʻzaxda odam qolmadi.

Sen esa jannatda odamlar bilan,
Ehtimol, baxtlisan mendan ayrilib.
Men esa ketmasman doʻzaxni tashlab,
Yoʻq, yolgʻiz qolmasin hatto ayriliq.

© Nasrullo ERGASH          

P.S. Suratda amerikalik rassom Edvard Hopperning  ,,Tungi bedorlar'' (1942) nomli kartinasi.

@sheriyart

1 Woche, 4 Tage her
Nahot endi sevgi — otashin,

Nahot endi sevgi — otashin, 
Yondirolmas hech bir kishini. 
Yetti alpga shart qo'yib Barchin, 
Kutmay qo'ydi Alpomishini. 

Suv qidirib ketdi Farhodlar, 
Lek oqmadi daryolar to'lib. 
Alpomishdek ketib o'g'lonlar, 
Qaytolmadi Alpomish bo'lib. 

Ichimizda ko'p edi Shiroq, 
Umid qildik, to'sar g'ovlarni. 
Biz kutgandek bo'lmadi biroq, 
Boshlab keldi ular yovlarni. 

Kimdir hamon tushmadi otdan, 
Egarlarga mingashdi kibor. 
Endi chiqing, o'zingiz chohdan, 
Qutqargani kelmas Boychibor. 

Tor ko'ngilga sig'mayin qoldi, 
Majnunlarning muhabbatlari. 
Otabeklar Kumushlariga 
Yozmay qo'ydi sevgi xatlari. 

Xotiramda bari — ularning, 
Eslayversam qiynaydi yodi. 
Buncha go'zal — insoniyatning 
Kitoblarda qolgan hayoti. 

© Bobur Elmurod

P.S. Suratda nemis rassomi Uolter Firlning ,,Ertak'' (1900) nomli kartinasi

@sheriyart

1 Woche, 5 Tage her
Men xudo emasman,

Men xudo emasman,
Menga baribir,
Shart emas qarshimda bermog'ing javob.
O'zim vasl jannatin tilanib axir,
Ishq degan do'zaxda chekyapman azob.

Balki ko'p dillarga bergandirsan zeb,
Avvalgi gunohlar o'zing bilgan sir.
Ishontir yaxshisi farishtaman deb,
Men xudo emasman,
Menga baribir.

1974 yil

© Anvar Obidjon

P.S. Suratda fransuz rassomi Karolus Duranning ,,Uxlayotgan odam'' (1861) nomli kartinasi

@sheriyart

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago