Kitobxon bolajon Dilfuza Kamoljonova

Description
Ushbu kanal bolalarni shoir va yozuvchilar ijodi bilan tanishtiradi
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month, 3 weeks ago

ҚАЙТА ТУҒИЛАРМИ, АНВАР ОБИДЖОН?
РЎЗИМУРОД БОЛҚИЕВ

2 months ago
USTOZ TURSUNBOY ADASHBOYEV XOTIRASIGA

USTOZ TURSUNBOY ADASHBOYEV XOTIRASIGA
Adashboyev adashmagan
Ustozini tanlaganda.
Qudrat Hikmat hikmatlarin
Jon-u dildan tinglaganda.

Adashboyev adashmagan
Shogirdlarni saylaganda.
Suyub, suyub yuragiga
So‘z mehrini joylaganda.

"O‘ynab yozmang,
O‘ylab yozing" -
O‘gitlari yodimizda
Hali hanuz she‘r bitganda
Ustoz go‘yo yonimizda.
SODIQJON INOYATOV
t.me/Adabiyotchi_Bolajon

2 months ago

Dilfuza Kamoljonova she’ri, Jumadulla Nazarov musiqasi. JASUR ASKAR

  1. Harbiy kiyim yarashgan,
    Dadam Vatan posboni.
    Katta bo‘lsam ulardek
    Bo‘lay yurt mard o‘g‘loni.
  2. Chegarada sergaklar,
    Bahodir va mard ular.
    Yurt koriga tirgaklar,
    Yuraklari botirlar.
    Naqarot: Vatanni jondek asrar,
    O‘g‘lonlar asli mardlar.
    Katta bo‘lsam dadamdek
    Bo‘laman jasur askar.

  3. Qo‘lda Vatan bayrog‘i
    Yuragida ardog‘i.
    Tabarrukdir, azizdir
    Askarga yurt tuprog‘i.

  4. Bo‘yim o‘sib, cho‘zilib,
    Bilak kuchga to‘ladi.
    Mard askarlar xushyor-u
    Doim sergak bo‘ladi. Naqarot: Vatanni jondek asrar,
    O‘g‘lonlar asli mardlar.
    Katta bo‘lsam dadamdek
    Bo‘laman jasur askar.
4 months ago

Aziz o‘quvchilar kitob mutolaasiga qiziqasizmi? Sizga qaysi asar yoki asar qahramonlari yoqadi. Qaysi badiiy kitobni xush ko‘rib mutolaa qilasiz? Bu kitob nimasi bilan boshqa adabiyotlardan ajralib turadi. Shu haqda kichik matnni +998909823940 raqamlariga yuborishingizni so‘raymiz. Eng yaxshi matn egalari "G'uncha" jurnalining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.https://t.me/dilfuza_kamoljonova

4 months ago

"Milliy tarbiyamiz xazinasidan".
Prof. Muhammad Quronov

#milliy_tarbiya_oila https://t.me/dilfuza_kamoljonova

4 months, 1 week ago

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, agar o‘quvchilaringiz tez aytish, topishmoq, tabiat haqida she‘r, hikoyalar yozgan bo‘lsa, +998909823940 telagram raqamiga yuborishlarini so'raymiz. Saralarini "G'uncha " jurnalida yoritamiz. Ism, familiya va maktab manzili to'liq ko'rsatilishi zarur.

4 months, 1 week ago

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, "G‘uncha " jurnalida e‘lon qilingan tanlovda qatnashing!!! Iljodiy ishlaringizni +998909823940 telegram raqamiga yuborishingizni so'raymiz!

4 months, 2 weeks ago

Bugun o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!!!

4 months, 2 weeks ago

ONA TILIM
Ona tilim - bir bog'san!
Bog'da ochilgan gulsan.
Go'zal bog'dan zavq olib,
Sayragan sho'x bulbulsan.

Ona tilim, jon tilim,
O'zing sharaf-shon tilim.
Minbarlarda jaranglab,
Berdi qarang bong, tilim.

Ona tilim - allasan!
Sho'x tarona, yallasan.
Xalqimizga kuchdirsan,
Har bir ishda daldasan.

RO'ZIMUROD BOLQIYEV

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago