?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 год, 2 месяца назад
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 месяц, 3 недели назад
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 месяц назад
Bolakay 20 rupiydan niqob sotyapti. Bir mijozga yuzlanib:
— «Amaki, niqob oling», dedi.
Mijoz esa uni masxaralab dedi:
— «Niqob olishga pulim yo‘q».
— «Bepul olavering», dedi bolakay.
— «Onangni jahli chiqmaydimi?»
— «Onam, «Hozir yomon kasallik tarqalgan, puli bo‘lmagan odamlarga niqobni tekinga ber», deganlar», dedi bolakay.
U — ona. U — axloq madrasasi. U — yaxshilik qilish inqirozga yuz tutgan zamonda yaxshilik ulashish fursatini boy bermaslikni o‘rgatadigan buyuk madrasa.
Onalar jamiyatning yarmidir. Qolgan yarmi esa ulardan tug‘ilganlar...
?Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!*?
?| ?Telegram | ?Facebook | ?Youtube| ?***Instagram|
BOR, O‘QIB KEL, BOLAM...
Uni qadamingga tashlama boylab,
Qo‘yvor nabirangni, otajonim, Sharq...
Abdulla Oripov.
(Me’mor o‘g‘lim Asliddinga...)
Davr zo‘r, manglaying bir qarich-da,
Tuguning qilgin-u sarishta,
Istanbul, Berlin yo Parijda
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
Ne kerak chaynalish, o‘ylanish,
Hozirdan qoziqqa boylanish,
E, qochib ketmaydi uylanish,
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
Kontrakt?
Bir yo‘li topilar,
Sal ko‘proq terlanar, chopilar,
Yoriq bosh do‘ppi-la yopilar,
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
Amallab turamiz, hovlida-
Mol-hol bor, tomorqa... mayli-da,
Jo‘na-chi, otangning davrida
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
Dema hech: "ortimda tog‘im yo‘q",
Shaxdim bor, dalam yo‘q, bog‘im yo‘q,
Oyga chiqqanning ham shoxi yo‘q,
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
Ilmi zo‘r milyonni yiqsin-da,
O‘zbekdan yana zo‘r chiqsin-da,
Bizga ham salgina yuqsin-da,
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
U yoqda bo‘lma hech muztar sen,
Najotni ilmdan axtar sen,
Bizdan obketganing qaytar sen,
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
Dunyo ko‘r,
Dunyo - to‘y, osh emas,
Fikrsiz kalla bu - bosh emas,
Fikri bor hech kimga bosh egmas,
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
Bobolar o‘gitin yod qilib,
Jadidlar ruhini shod qilib,
Johil-u gumrohni mot qilib,
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
Ko‘zing och,
Uyg‘oq bo‘l,
Sergak bo‘l,
Kim bo‘lsang -
Hammaga kerak bo‘l,
Otangga, Vatanga tirgak bo‘l,
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
Kun kelar - o‘chirib-chizarsan,
Huv paxsa uylarni buzarsan,
Dunyoga go‘zal tarh tuzarsan,
Bor, o‘qib kel, bolam,
O‘qib kel!
Dunyoni uqib kel,
Uqib kel!
©️ Nuriddin Egamov
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
✔️Foizi: ???yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga);
??qizlar uchun - foizsiz (0%);
✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).*✔️Kimlarga beriladi:*✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga
✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga
✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.
*✔️Quyidagilarga berilmaydi:*
❌ super-kontrakt uchun;
❌ sirtqi;
❌ kechki;
❌ masofaviy;
❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy
✅ oliy;
✅ o‘rta maxsus;
✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari
✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.
❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.
❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas).✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.
✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.
✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza;
b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.
✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi.
✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli.
*✔️Arizani qachon va qanday berish kerak:* ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin:
1) https://talim-krediti.mf.uz sayti;
2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677).
Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin.
Ta'lim krediti
Ta'lim krediti Axborot tizimi
Тo‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan har bir talabaga bilim olish uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini yanada rag‘batlantirish va yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
❗️ОТМга кирган хотин-қизлар диққатига!
Қонунчиликка кўра, давлат ОТМлари магистратура босқичига контракт асосида қабул қилинган ва таълим олаётган хотин-қизларнинг тўлов-контрактнинг тўлиқ суммаси бюджетдан қоплаб берилади.
Бунинг учун хотин-қизлар ректор номига 15 сентябргача ариза бериши керак.
Ушбу муддатдан кейин тақдим этилган аризалар кўриб чиқилмайди.Telegram | Instagram | Facebook
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 год, 2 месяца назад
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 месяц, 3 недели назад
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 месяц назад