? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid
Bu postni faxr bilan yozyapman.
Oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi boʻyicha Buxoro viloyati joriy oʻquv yilida birinchi oʻrinni egalladi.
Buxoro viloyatida tumanlar ichida Oliy taʼlim muassasalariga kirishda Gʻijduvon tumani birinchi oʻrinni egalladi.
Gʻijduvon tumanidagi oʻquv markazlari ichida Oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi boʻyicha Salimov akademiyasi birinchi oʻrinni egalladi.
Qaysi oʻquv markazida oʻqigansiz deb mandan koʻpchilik soʻraydi. 2011-2014-yillarda Salimov akademiyasida tayyorlanib TDYUga talabasi boʻlganman. Oilada eng kichik farzand boʻlganim uchun yeganim oldimda, yemaganim ortimda boʻlgan. Oilaning eng erkasi, eng qaysari boʻlganman. Sony oʻynash uchun ertalab daraxtdan sakrab uydan qochib, kechqurun kirib keladigan manday dangasa kenjatoyni qattiq tartib-intizom, taʼlim va tarbiya bilan epaqaga keltirishgan. Ustozlarimga ming rahmat.
Salimov akademiyasi har yili 97 foizdan yuqori koʻrsatkichni qayd etadi. Oxirgi ikki yilda xususiy maktab bitiruvchilarining ? foiz barchasi talaba boʻlgan.
Oʻzbekiston taʼlim tizimida
Buxoro viloyati birinchi oʻrinda
Gʻijduvon tumani birinchi oʻrinda
Salimov akademiyasi 1-oʻrinda
Ustozlarimizdan Alloh rozi boʻlsin ?
Alvido Buxoro kitobini oʻqib tugatdim. Bundan oldingi Yonayotgan Buxoro kitobidan ham ogʻirroq alam-iztirob bilan bu kitobni yopdim. Afsus, XIII asr islom olamining birlashib, dunyoga hukm suradigan asr boʻlmadi. Xorazmshohlar, Arab xalifaligi, Saljuqiylar. Bu uch islom davlati afsuski moʻgʻullarning, irqchi ayirmachilarning, ichki fitananing qurboni boʻldi. Uchalasi ham moʻgʻullar qilichi ostida qurbon boʻldi. Makkor moʻgʻulning oxiri yoʻq hiyla-nayranglari, turkman-qipchoq urugʻlarining birlasha olmaganligi, qipchoqlarning xoinlik qilishi, Jaloliddin Manguberdiga oʻgay boʻlgan uch ukaning: Oʻzloqshoh, Oqshoh, Gʻiyosiddinbekning xoinlik qilishi ming afsuslar boʻlsinki Jaloliddin Manguberdining qismatiga ayanchli yakun yasadi.
Bu kitobdan juda koʻp xulosa oldim. Jaloliddin Manguberdidek buyuk sultonningning va Temur Malikdek mard va sodiq qoʻmondonning hayotini barchamiz oʻrganishimiz shart. Afsuski, XIII asrda islom olami yutqazdi. Dushman gʻolib boʻldi.
Muborak shahar Buxoro yoqib yuborildi. Buxoro madrasa-masjidlarida moʻgʻullar sharob ichib koʻngil-xushlik qilishdi. Yosh bolalar va qariyalar qilichdan oʻtkazildi. Ayollar moʻgʻul askarlariga taqsimlab berildi. Buxoroning olim-u fozillari qul qilindi. Muqaddas kitoblar yoqib yuborildi. Samarqandda ota oʻz oʻgʻlini tiriklayin koʻmdi, ogʻil oʻz otasini tiriklayin koʻmdi. Shuncha qirgʻinga qaramasdan, shuncha xoʻrlikka qaramasdan birlashish oʻrniga xoinlik davom etaverdi.
Oʻz onasidan, oʻgʻli Qutbiddindan, ayoli Malikadan, oʻz Vatanidan ayrilgan Jaloliddin qayta oyoqqa tura oldi. Hind yurtida qaytadan qoʻshin tuzdi. Islom olamiga umid uchqunini berdi. Lekin bu safar bu uchqunni moʻgʻullar emas, islom davlatlarining oʻzi yoʻq qildi. Bunday xatoni Saljuqiylar sultoni Alouddin Qayqubot va Arab xalifasi Nosir amalga oshirdi. Afsuski bu ikki islom davlatini birin-ketin moʻgʻullar qilichdan oʻtkazdi. Taqdir Saljuqiylarni ham Arab xalifaligini ham kechirmadi.
Juda achchiq voqealar borki, bularni unutolmayman. Birinchisi, Buxoro masjidida otasining koʻz oʻngida bir qizning Chingizxon tomonidan vaxshiylarcha oʻldirilishi. Ikkinchisi, Jaloliddin Manguberdining oʻgʻli yosh shahzoda Qudbiddinning Chingizxon tomonidan tanasidan yuragining sugʻirib olinib, Chingizxon doim oʻzi bilan olib yuradigan Arslonga yem qilinishi. Uchinchisi, sultonlarga ham haqiqatni aytishdan choʻchimaydigan mard va jasur Temur Malikning qahramonlarcha shahid boʻlishi. Toʻrtinchisi, Jaloliddin Manguberdi qismatining ayanchli yakun topishi ...
Afsus va achchiq iztiroblar bilan yana bir kitob tugadi ...
Faryod koʻtarildi.
- Sulton Alouddin Muhammad oʻldimi?
Sariq Lagod oʻziga oʻzi savol berdi:
- Undan nima qoldi?
Javob nihoyatda ayanchli edi:
- Istilo qilingan, vayron boʻlgan Vatan ...
Alvido Buxoro kitobidan olindi
Usmon oʻgʻillaridan Sulton Boyazidning naqadar buyuk hukmdor boʻlganiga uning qisqa vaqtda erishgan gʻalabalaridan bilish mumkin. Otasi Murod Xudovandigorning alohida taʼlim-tarbiyasi yosh Boyazidning jasur, ilmli, harbiy salohiyatli shaxs sifatida shakllanishiga olib keldi. Yildirim (Chaqmoq) laqabini shiddatli janglarda erishgan buyuk gʻalabalar sababidan olgan Sulton Boyazidning eng katta omadsizligi - bu Turon zaminini birlashtirgan, shimoldan gʻarbga qarab qilich yalangʻochlagan hukmdor Koʻragoniy Sohibqiron Amir Temur davrida hukmronlik qilganidir.
? bosishga arziydi
Boʻlajak prokurorlar uchun ?
? Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqib yurgan paytlarim kursdoshlarim qatori mani ham prokurorlik kasbi va prokuratura organi koʻp bora qiziqtirgan.
?? Talabalik vaqtlarimda TDYUda 5 ta yoʻnalish boʻlardi. Aynan prokurorlik faoliyatiga oid yoʻnalish afsuski yoʻq edi. Yaqinda bir yangilikka koʻzim tushdi, va nihoyat deb quvondim ochigʻi.
? Ushbu videoda mani quvontirgan yangilik haqida qisqacha aytib oʻtdim.
8-iyul, 2023-yil. Oʻqish boshlandi
Meni yigʻlatgan kitob. Oʻqib tugatdim. Bir qizning hayotida yuz bergan voqealar sizni ibrat olishga, xulosa chiqarishga undaydi. Ruhingiz qaysidir maʼnoda tozalanishini istasangiz bu kitobni albatta oʻqing. Tavsiya.
Yana bir kitobni oʻqib tugatish arafasidaman. Nomi "Qalbingni sohibiga taslim et!" Kitobdagi ushbu jumla tafakkur qilishga undaydi.
Yaratuvchining bu dunyo uchun qancha sa'y-harakat qilganini tushunishga urining. Masalan, koʻzingiz, tilingiz, aqlingiz va boshqa aʼzolaringiz beminnat xizmat qilishi evaziga Yaratuvchi sizdan nima istayotganini tushunishga urinib koʻring.
Bu kitob, shunchaki kitob javonimdan emas, qalbimdan joy oldi. Siz ham oʻqing.
Menga nimadir boʻlyapti. 7 soat ichida yana bir kitobni oʻqib tugatdim. Anchadan beri niyat qilib yurgan kitobim va nihoyat oʻqilgan kitoblarim roʻyxatidan joy oldi.
Sulton Abdulhamidxon. Oxirlashib borgani sari tugab qolishidan xavotir olgan kitobim. Yashirin tarixning achchiq haqiqatlarini bilib taʼsirlanishingiz aniq. Tavsiya.
Bu kitobni ham, albatta, oʻqing!
Kamdan-kam kitoblarni bir kunda oʻqib tugataman. Sababi oddiy! Kitob gʻoyasi va qalami sizni tezroq tugatishga undaydi.
Shunday kitoblardan birini juda tez fursatda oʻqib tugatdim. Xulosam: yaxshiyamki shu kitobni oʻqibman.
Siz ham, albatta, oʻqing. Tavsiya...
? Assalomu Aleykum, bu kanalda PUBG Akkaunt, Klan, TikTok, Youtube, Tg Kanal OLIB va SOTISH mumkin, malumot ?
⚜️ REKLAMA 15.000 so’m: @TonyYT
ADMINSIZ SAVDOGA EXTYOT BO’LING ✅
? Elon va Garant: @TonyYT
? Glavniy kanalimiz: @TonYOUTUBER
Asosiy Kanalga Kirish Uchun Ushbu Ssilkani Bosing ???
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
https://t.me/+VyNOscixlOZhNmQy
??? Barcha Akkauntlarni Sotib Olish Uchun Ushbu Kanalga Kiring ‼️
©️ SENATOR PUBGM
Eng So'ngi Xit Muzikalarni bizning kanalda tinglang!⚡️
? Birinchi bizda keyin boshqalarda. Hech qanday pechatsiz orginal taronalar joylab boramiz.
? Reklama: @Xojisaid