Ahror's notes

Description
Hammasi hayot haqida
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 weeks, 5 days ago

Bitta sirni ochaymi?

Musor kanallarda chiqadigan "bugun oqibat kuni", "bugun dadalar kuni", "bugun pul berish kuni" deb chiqadigan gaplar g'irt safsata va yolg'on. Ular shunchaki o'ziga obunachi haydash uchun shunaqa postlar chiqarishadi.

Afsuski, shunaqa zotipast adminlarni deb nechta oilada "meni tabriklamading" to'ploni, nechta oilada janjal...

2 weeks, 5 days ago

Nimadan norozisizlar?

2 weeks, 5 days ago

Nimadan norozisizlar?

3 weeks, 3 days ago

Bir paytlar seni yomon ko'rardim. Ketma-ket uch dafa suyukligimni oyog'idan chalganing uchun. Ketma-ket uch marta suyukligim seni deb qiyin ahvolda qolib, o'zini zo'rg'a o'nglab oladigan darajaga tushgani uchun. Keyinchalik ketma-ket to'rt bor suyukligim ko'z oldimda sendan yaxshiroqligini ko'rsatdi. Suyundim. "Battar bo'l" dedim. Hatto, bir palla suyukligim oldida to'rtinchi safar ham sharmanda bo'lganingga chiday olmasdan, isyon ko'targaningda, seni toshbo'ron qilganlar qatorida edim.

Bora-bora senga bo'lgan munosabatim tubdan o'zgardi. O'sha, o'z yaqinlaring tomonidan ola ko'z bilan qaralaverib, begonalar tomonidan e'tirof etilaverganingdan (toki bugungacha ham shunaqa eding) qalbingda paydo bo'lgan alam menga tanish bo'lgani sabab seni qalbimga jo aylay boshlagandirman? Bu tuyg'u qanaqaligini sendan boshqasi yaxshi bilmasligi aniq-ku, axir.

Bugun o'sha (sobiq) suyukligim qayerda, kim bilan, nima ish qilayotganini bilmayman ham. Yaqin yillarda lop etib oldimda paydo bo'lib qolmasligi ham aniq. Kelsa ham seni qalbimdan o'chira olmaydi. Bu aniq. Aytishadi-ku, o'tmish emas hozir muhim deb. Kelajak? Kelajak ham sen bilan, ishonaver.

Sen bugun nihoyat o'z uyingda "tug'ishgan"laring ichida eng zo'ri ekanligingni qog'ozda ham isbotlading. Seni zo'rligingni ichida bilib turishsa-da, uydan tashqarida hech bir "jigar"ing qila olmayotganlarni sen qila olayotganingni ko'rishsa-da, boshqa olg'ir "og'a-ini"laringda bor "qizil diplom" senda yo'qligi sabab zohiran seni tan olishmasdi. Endi tan olishadi. Ha, oldin ham eng zo'ri eding, biroq, "dokument chatoq" edi-da. Mana, endi bemalol ko'kragingni kerib yur. Yarashadi.

Final xushtagi yangraganida maydonga tushib ketgan muxlislarning, maqsadiga erishish yo'lida bir necha yil qoqilib-surilsa-da, bir zum og'ishmagan Ro'ziqulning, qaltis vaziyatda to'pni ko'kragida to'xtatganida chalqancha zarba berish-bermasligi to'g'risida soniyaning milliondan bir ulushida zarba berish tanlovini tanlagan va oltin golni urgan Akmalning, bir necha mavsumlar davomida muhim pallalarda mag'lub bo'laversa-da, har qanday ibtidoning intihosi borligiga ishonib, olg'a davom etavergan Oybekning, eng muhim o'yinni intizomsizligi sabab igna ustida o'tirgandek maydon tashqarisida kuzatgan Sherzodning, final xushtagidan oldingi to'pni o'yinga kiritib bo'lganidan Marafon jangida 42 km yugurib, "g'alaba" deya yerga yiqolgan askardek yerga yotib olgan Abduvohidning,  qolaversa, shoxsupada turishdagi eng katta hissa egalari G'olib, Igor, Marko, Zoran, Shuhrat, Jambuli, Javohir, Murod, Zafarmurod va boshqalar (esimga kelmadi) ning ayni paytda nima his qilayotganini bilaman. Tushunaman. His qilaman. Sababi ikki yil oldin Bunyodkor bilan o'yin oxirida Stanoyevich urolmagan penalti, Neftchi bilan o'yindagi alamli mag'lubiyatdan so'ng chempionlikni boy berganimiz oqibatida ko'zlarimizdan yosh emas, qon oqqandi. O'sha alamli kunlar haqqi-hurmati bugun chempion bo'lishing shart edi. Sen esa buni uddalading. Biz uddaladik.

Rahmat, Nasaf. Futbol o'ynab chempion bo'lganing uchun. Hammasi uchun. Seni yaxshi ko'raman. Chempionlik muborak. Nihoyat tan olindik. Endigi navbat menga

P.s. Sobiq "suyukligim" Sho'rtan jamoasi. G'uzorlikman

3 weeks, 3 days ago

Jalla, zo'r post yozuvdim, bitta harakat bilan o'chib ketti. Qayta yozolarmikanman? Juda zo'r chiqqandi 😭

3 weeks, 5 days ago
151-son avtobus. O'zimni Dubayda yurgandek his …

151-son avtobus. O'zimni Dubayda yurgandek his qildim bir muddat

3 weeks, 6 days ago

Yashashdan umidingiz qolmagan payt bo'lganmi? Menda bo'lgan. Ko'p bora. ... Yangi talaba edim. Kvartirada turaman, 1 ga 2 xona. Oyog'imni cho'za olmasdim - yuklarim bor. Uyni egasi tualetga kirishga ham, vannada cho'milishga ham qo'ymaydi - sababi xo'jayin…

3 weeks, 6 days ago

Yashashdan umidingiz qolmagan payt bo'lganmi? Menda bo'lgan. Ko'p bora.

... Yangi talaba edim. Kvartirada turaman, 1 ga 2 xona. Oyog'imni cho'za olmasdim - yuklarim bor. Uyni egasi tualetga kirishga ham, vannada cho'milishga ham qo'ymaydi - sababi xo'jayin taqvodor, uyda ayoli, qizi bor (unda qovoqqa odam qo'yasanmi uyingga degan fikr keladi hozir, o'sha vaqtda kelmagan). O'lar joyda emasdim, kuniga 50-60 ming topardim (shar sotib, bu alohida hikoya) - shunchaki arzonroq bo'lsin deb, shuningdek, kvartiraga faqat uxlashga borganim uchun shuni tanlaganman. Boshqa kvartira topay desam, 2 oylik to'lov qilingan. Boshida bilinmagan, 3 mahal ko'chadan yeyman, har 3 kunda bir qarindosh-sinfdosh-butilkadoshimning uyiga borib cho'milib kelaman (unga "issiq suv o'chibdi ekan rayonimizda" deyman, Toshkent ob-havosini yaxshi bilgan qarindoshim gapim yolg'onligini bilsa ham, indamaydi, ichimda nimadir borligini bilsa-da, so'ramaydi), har kuni universitet xojatxonasining unitazini ichidagi suvga (daxshat-a) soqolimni olaman, xullas, abgor hayot. Shu kuni bir qarindoshim suyunchi sifatida 200 dollar berib qoldi. Xursandman. Uy bozorga borib, normal kvartira olishga, birdan 2 oylik to'lovni qilib, xotirjam yashashga yetadi. Ortib qolganiga 1 oy yashash ham mumkin. Lekin ketim qichidi. Kvartira to'loviga 2 kun bor, shu 2 kun kuymasin, keyin boshqa joyga ko'chaman dedim-da, darhol Qatortoldagi Jizzah kafega jo'nadim. U yerda rosa yedim, ichdim, yana boshqa ishlar ham qildim (aytolmayman), xullas, 200 dollar yo'q. Yangi kvartira tugul, hozirgi kvartiraga berishga ham pul yo'q. Kayfda bilinmadi, ertasi kuni barra bosh (svejiy kalla, barra bosh bo'lsa kerakda) bilan o'ylab, juda yomon ahvolga tushib qolganimni sezdim.

Darsga bir amallab bordim, darsdan keyin "Versal" (inyazdagilar, Versal haliyam Versalmi nomi?)da 2-3 soat o'tirdim, keyin shar oladigan joyga bordim, sharni olib, Parus oldiga kelib sotdim. Odatda ishimni tugatgach, uy egasiga telefon qilardim, u uyga kelish vaqtini bilib, o'shanga qarab borardim. Uy egasi ham, boshqa viloyatda ekanini, bugun boshqa joyda tunashim lozimligini, ertaga ham kelishi noma'lumligini aytdi (ahir u taqvodorku, lekin uyiga kvartirant qo'ygan, men turmagan kunim uchun ham pul oladi, biroq uyda bo'lmasa, kvartirant boshqa joy topishga majbur). Nima qilishni bilmayman. Parusdan Novza mostigacha piyoda keldim. Mostdan o'zimni tashlamoqchi bo'ldim. Chunki juda charchagandim hayotdan. (Hozir fignya narsaga siqilganimni eslab, kulaman). Tepaga chiqdim. Lekin dux yetmadi. 10 daqiqa turgach, yana Qatortolga keldim, duch kelgan podyezdga kirdim-da, zina ustiga o'tirib, devorga suyanib uyquga ketdim. Tanishlar bisyor, lekin o'sha payt g'urur juda baland bo'lgan ekan. 2-3 kunda barcha muammolardan xalos bo'ldim, yaqinlar yordami bilan yaxshi joyga ko'chdim, ishni ham o'zgartirdim, yaxshi pul topa boshladim (eng qizig'i, ungacha ham yomon topmasdim, noshukrlik bo'lgan), xullas, o'sha kuni o'zimni o'ldirmaganim uchun xudoga shukr qildim. ...

... Bunisiga sababni aytolmayman hozircha. Keyin yozarman. Bunisi Shahidlar hiyoboni va Shahriston orasidagi pastidan temir yo'l o'tgan ko'prik. Juda kuchli ruhiy holatda bo'lganman. Ko'zimga hech nima ko'rinmagan. Ko'prikdan tashlashimga bir bahya qolgan. Dux ham paydo bo'lgan. Biroq yana yaqinim yetib kelib, meni bu holatdan olib chiqqan, o'zimga kelganman va o'zimni qo'lga olib, davom etganman. Keyinchalik eng yaxshi onlarni o'tkazayotganimda yana bir bor o'zimni o'ldirmaganimga xudoga shukr qilganman. ...

O'zingizni o'ldirishni hayolingizga ham keltirmang. Muammolar yechiladi, xafagarchiliklar unut bo'ladi. Siz esa noma'lumlik sari ketasiz. Balki rostdan do'zax mavjud bo'lib, rostdan unda azoblanarsiz. Balki qayta tirilish nazariyasi rost bo'lib, undan ham battar hayotga yo'liqarsiz. Balki shunchaki kukunga aylanib, yerga qorishib ketarsiz. Xullas hech qanaqa aniqlik yo'q tarafga ketishingizga hech nima arzimaydi. Yashash kerak. Yashashda aniqlik bor. Yashashda baxt bor.

4 weeks, 1 day ago

Saylov

Umrimda bir marotaba saylovga borganman. 2016-yil, dekabrda. Karimov saylangan 2015-dagiga yoshim yetmagan. Undan keyin o'tkazilgan saylovlar va referendumga bormadim. Nega? Bilmadim.

Xatto, davlatdan umidim o'ta katta bo'lgan 2019-yilgi parlament sayloviga ham bormaganman. Hozir negaligini eslolmayapman, to'g'risi. Bormaganim aniq. Lekin o'sha saylovoldi kampaniyasini rosa kuzatganman, ko'p narsadan umid qilganman, hatto, Nozim akani qo'lini tishlab olganlarida siqilganman ham. Lekin bormaganman. Birinchi va oxirgi (hozircha) ovoz berganim - amaldagi prezidentning ilk saylanishi.

Nega bormasligimni o'zim ham tushunmayman. Eng qizig'i, (albatta, oldindan rejalashtirmay turib), 2021-yilgi saylovda ham, 2023-yilgi referendum va saylovda ham, bugungi saylovda ham shahar tashqarisiga chiqib ketgan ekanman. (Erinmay saylov bo'lgan kunlar va olingan rasmlar sanasini solishtirdim. To'rttala holatda ham bir xil).

Menda, "oldindan hammasi hal qilingan, borganimdan foyda yo'q" degan tushuncha mavjudmas. Borish kerak albatta. (Domlaning aytganini qil, qilganini qilma). Qachonlardir kanalimda odam ko'payib, "saylov targ'iboti" uchun ajratilgan pullardan menga ham berishsa, saylovni rosa targ'ib qilishim, birinchilardan bo'lib borishim, kuyunib borishga chaqirishim, borganimni tasvirga tushirib, maqtanishim mumkindir. Kelasi saylovga borarman balki?

Shuni tahmin qilamankk, ertaga O'zlidep birinchi, Milliy tiklanish ikkinchi, Adolat uchinchi, Ekopartiya to'rtinchi, Xalq beshinchi o'rinni egallaydi. Hukumat tarkibi qanaqa shakllanishini ham tahmin qila olaman. (Ba'zi kanallar "hukumat iste'foga chiqarmish" deb baqirib, xursand bo'lib yuribdi, qonunni ochib qarasa, saylovdan keyin hukumat qanday shakllantirilishi yozib qo'yilganidan bexabar. Ha, mayli, xursand bo'lib turishsin).

Ha, bugun Soroklet gummasini yedim, birinchi marta Skverdan yeb , 3 kun oshqozonim og'rigani uchun, gumma yemay ketgandim. Biroq Sorokeltniki yoqdi. Gumma, bunday olib qaraganda, yomon taom emas ekan.

Dadam (rahmatli) "Seld pod shuboy" salatini qilib berardilar. Maza qilib yerdim. 15 yil deganda yana yedim bugun. Ajoyib. O'sha eski ta'mdaka emas, albatta, lekin yomonmas.

Eng qizig'i, "Mo'ynali kiyim ostidagi seld" deb tarjima qilishibdi. Galmartda. Qiziq nom.

Shunaqa gaplar. Saylovga boringlar lekin, bugun kech bo'ldi, keyingisiga (post yozilganida hali saylov bo'layotgandi, keyin uxlab qolibman, keyin esdan chiqibdi, xullas, hozir tugatib qo'yib, e'lon qilyapman).

1 month ago

Menku, qachondir qoqilib-surilib o'z yo'limni toparman, shedevr ijod namunalarini tushdan reallikka ko'chirarman. Senchi? Sen nima qilmoqchisan buyog'iga?

Hay, o'zingizda Nmagap? Yozinglar

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 2 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago