Jahongir Nematov | Blog

Description
Bas, qayoqqa ketmoqdasiz?!
So, where are you going?
Куда же вы идете?
(81:26)
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 4 days ago

Sun'iy Yo'ldoshlar

Bir muddatga paydo bo'lib, hojatini chiqargandan so'ng g'oyib bo'ladigan kimsalar.

Agar:
- yo'q bo'lib ketgan odam ahvolingiz bilan obdon qiziqsa
- siz tanimagan kishi sizni maqtashni boshlasa
- ismingiz oxiriga "jon" degan qo'shimchalar qo'shilsa
- tanishingiz besabab "beminnat" yaxshilik qilgisi kelib qolsa
- suhbatdoshingiz suhbat davomida noodatiy "mo'min qobil" режим ini yoqib olsa

ehtiyot bo'ling. U odam - sun'iy yo'ldosh.

Unga "yo'q" deyish kerak. Agar hech ilojisi bo'lmasa, so'ragan narsasini 10-15% qilib uzoqlashish kerak.

P.S.
Iloji boricha unaqa manipulyatorlar bilan masofa saqlash kerak.

@jahongirnematov_blog

3 weeks ago

Foydasiz shartnoma

Agar qadriyatlarni chetga surib qaralsa, nikoh - foydasiz "shartnoma".

- Mulkingni yarmini xavf ostida qoldirasan. Lekin evaziga biror nima olishing kafolatlanmagan.

- Qo'pol qilib aytsa, boshqa "ehtiyojlarni" ko'chada qondirsa ham bo'ladi.

Oilalarimizdagi birlik, poklik, go'zallik, muqaddaslik, baraka, hotirjamlik va boshqa jamiki yaxshiliklarning asosi - qadriyatlardir.

Yevropani ko'rdim...

"Otashin muhabbat"ning tafti susayganda, sabr bilan yondashish o'rniga ular boshqa "olov" qidirishadi.

Nimaga?

Qadriyat yo'q. Nikoh deganda hayoliga "shartnoma" keladi. Bunaqa риск ni ularga keragi yo'q ._.

Qadriyatlarimizni, chin insoniy fazilatlarimizni asraylik. Qolgani bir gap bo'lar... )))

@jahongirnematov_blog

1 month ago

Investitsiya

O'qishni bitirguncha qilinadigan eng yaxshi investitsiyalar:

- Til o'rganish: ingliz yoki rus tilini bilishingiz mehnat bozoridagi "narx"ingizni oshiradi. Keyinchalik kasbiy rivojlanish va ko'tarilishga ham kuchli ta'sir qiladi.

- Kompyuterda ishlashni o'rganish. Kompyuter faqat kontr o'ynash uchun mo'ljallanmagan. Hech bo'lmasa Word yoki Excel bilan ishlashni bilish kerak.

- Kitob o'qish: o'n bet ma'lumot o'qigandan ensasi qotib, uyqusi keladigan hodim bo'lmaslik kerak. O'qish ko'nikmasisiz kasbiy rivojlanish tursin, shaxsiy rivojlanib ham bo'lmaydi.

- Tayinli aloqalar: кучинский birodarlar bilan uzoqqa borib bo'lmaydi. Yaxshi tanishlar sizga keyinchalik kuchli jamoa tuzishga, yoki yanada kuchliroq aloqalar o'rnatishga yordam beradi.

- Soha bo'yicha tajriba: 0 dan boshlayotgan kadrlarning tez ish topish ehtimoli 0 ga yaqin bo'ladi. Soha bo'yicha juda kam tajriba bo'lishi 0 dan ko'ra yaxshiroq.

- Mustaqil o'rganish ko'nikmasi: aslida univer talabada kuchli mustaqil o'rganish ko'nikmasini shakllantirishi kerak edi. Lekin ko'p OTM lar bu narsani qila olmayapti.

Natijada, Google yoki YouTubedan bittaga o'rganish o'rniga, boshqa odamlarni bezovta qilib, vaqtini oladigan "mutaxassis"lar chiqishyapti.

O'zimda bo'lgan holat:
- Mana buni qanday qilsa bo'ladi?
- Googledan qarasang bo'lmaydimi?
- Unga vaqt sarflagim kelmadi
- #!@$% ))))

P.S.
Hozirgi davrda ish topish juda qiyin. O'zim va atrofimdagi tanishlarim 5-6 oy ichida zo'rg'a ish topganmiz.

@jahongirnematov_blog

2 months, 3 weeks ago

Ayblash oson...

Xatoni, mag'lubiyatni, boshqaning kuchliroq ekanini tan olish nafs uchun juda og'ir holatlardan biri.

Shuning uchun ko'p odamlar boshqa tomonni nohaqlikda ayblay boshlashadi:

- Maktabimizda eng kuchli o'qituvchilar yig'ilgandi. Rahbarimiz o'ta qattiq, saralash va raqobat og'ir edi. Lekin ko'pchilik bizlarni "javoblarni sotib olishgan" ga chiqardi...

- Onam grantga o'qishga kirganlar. Tinimsiz mehnat qilganlar. Momom ba'zi juda qimmat test to'plamlarini "Matbuot do'koni" dan iltimos qilib, ijaraga olganlar. Ko'pchilik, "otasi pora bilan kirgizgan" deyishgan...

- Cyberkent tanlovida jamoalarimiz #1, #2 va #4 ni olishdi. Bizga dars bergan ustozlarimiz bilan "kiberpoligon" da shiddatli jang olib bordik. Ko'pchilik bizlarni birgalashib ishlaganda aybladi...

Birovni shunchaki nohaqlikda ayblash oson-a?

Ularga tushuntirganni foydasi yo'q...

Zo'rdan-zo'r chiqadi! Hammayam adashadi, yutqazadi. Asosiysi, shunday holatda biz o'zimizni to'g'ri tutishimiz kerak.

P.S.
Hamma hato qiladi, hamma adashadi )

@jahongirnematov_blog

2 months, 3 weeks ago

Qiziq-a...

Tarixda bo'lgan bosqinchilik va urushlarni qoralaymiz.

Lekin istalgan strategiya o'yinni ochganda (Civilization, Cossacs, Total War) birinchi hayolga keladigan savol:
- "Qayerni bosib olsam bo'ladi?" ))

@jahongirnematov_blog

3 months, 3 weeks ago

Kino / Teatr

O'tgan hafta tog'am teatrga olib kirdilar. Rostdanam kinodan ko'ra jonliroq ekan. Aktyolarning ijrosi ham tahsinga sazovor...

Lekin pyesa tugashi bilan yana bir bor amin bo'ldim, aktyor boshqa rol boshqa...

Kinoda jiddiy bo'lib, hayotda yengiltak bo'lishi; kinoda daho bo'lib hayotda befarosat bo'lishi; taqvodor rolini o'ynab amalda mutlaqo aksi bo'lishi mumkin.

Aslida aqlli va jiddiy odamlar - ssenarist va rejisyordir. Yozuvchi hamma qahramon va voqealarni kashf qiladi. Rejisyor kashfiyotni ko'rsatib beradi.

Boshqacha qilib aytganda: "Po'latni Po'lat qilgan aktyor emas, ssenaristdir". Aktyor uni mahorat bilan ijro etib bergan xolos.

@jahongirnematov_blog

5 months, 3 weeks ago

So’z erkinligi deb jar soladigan, lekin kanalida negativ reaksiyani o’chirib qo’yadigan odamlarga hayron qolaman…

@jahongirnematov_blog

6 months, 1 week ago

Muddat...

OTM ning yana bir muhim vazifasi bor - sizga muddat beradi.

Nimaga?

22-25 yosh oralig'i. Ko'pchilikda mana shu muddat uch muhim narsani hal qiladi:
- lokatsiya
- kasb
- umr yo'ldosh

Univer sizga: "Mana senga 4 yillik muddat. Qiladigan uchta tanlovingni o'ylab olish uchun imkoniyat", deydi.

Shuning uchun:
- qadriyatlarni aniqlashga
- nimani xohlayotganizni tushunishga
- sifatli kadr bo'lib yetishishga
harakat qilish kerak.

Chunki, "magistr va PhD qilaman" deb mas'uliyatdan uzoq qochib bo'lmaydi.

Joylashgan lokatsiyadan chiqish ancha qiyin bo'ladi.

Sevishib yurishdan, dangasalik va bekorchilikdan, yomon do'stlardan yiroq yuring!

- men bilgan "otashin sevgi qissa"larini birortasi ijobiy tugamagan
- oliy ma'lumotli тупой lar ham anchagina
- avval kitobdan boshini ko'tarmay yurib, hozir sigaret chekib, ichib yurganlarni ham bilaman.

@jahongirnematov_blog

7 months ago

2002 lar bitirdi...

Yangi ta'lim sistemasining ilk qaldirg'ochlari!

"Diplomli odamlar" vs "Oliy ma'lumotlilar"

Ko'ramiz nima bo'larkin )

O'zi bizlarni davrimizga qiziq hodisalar to'g'ri keldi:
- sinflarni soha bo'yicha bo'lib, oxirgi yili sinfdoshlarni bo'lib tashashdi
- 3 ta majburiy fanni qo'shib, oxiri 2 ta fandan test topshirdik
- Karantin bo'lib, maktabni xayrlashmay bitirdik
- Univerni eng asosiy birinchi kursini onlayn o'qidik
- PUBG, CS:GO kirib keldi. Kimdir ilm yo'lidan, kimdir o'yin yo'lidan ketdi
- IT ga o'tish yoki sohada qolish kabi dilemmaga uchradik

Biz oddiy avlod emasmiz. Bizni yana sinovlar kutmoqda...

Biz oddiy avlod emasmiz. Bu sinovlardan o'tganlarga tuhfalar bor...

@jahongirnematov_blog

8 months, 1 week ago

Kuzatuv

Yaqin do'stim kecha post yozdi. Boshi va oxirida muhabbat qissasi, o'rtada postning asl ma'nosi yozilgandi.

Commentlar portladi! Hamma sevgi qissasidan ta'sirlangan.

Ungacha do'stim:
- takabburlikdan yiroq bo'lish; o'lim haqida
- dunyo matohlari o'tkinchiligi haqida
- hayotidagi ta'sirli qiyinchiliklari haqida
- o'lim biz bilan yonma-yon turishi haqida
- hotirjamlik oddiylikda ekanligi haqida
zo'r postlar yozgan.

Ulardagi commentlar ancha kam, aksariyatida 3-4 so'zlik jumlalar yoki emoji ishlatilgan.

Azizlar! Hayot sevdim, o'ldim-kuydimdan iborat emas.

Kengroq qaraylik!
Tiniqroq fikrlaylik!
Ma'lumotni asl mohiyatini, daqiq nuqtalarini topishga intilaylik!

P.S.
Tanqid postga ham, muallifga ham, qissaga ham emas. Auditoriyaga qaratilgan...

@jahongirnematov_blog

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago