Unlock a World of Free Content: Books, Music, Videos & More Await!

Dilmurod Tuymurodov

Description
Email: DITuymurodov@gmail.com

Son, dad, husband, citizen, Teacher, Nuclear Engineer
Advertising
We recommend to visit

𝐀𝐛𝐨𝐧𝐧é 𝐯𝐨𝐮𝐬 𝐦𝐚𝐬𝐬𝐢𝐯𝐞𝐦𝐞𝐧𝐭 𝐩𝐨𝐮𝐫 𝐚𝐯𝐨𝐢𝐫 𝐚𝐜𝐜è𝐬 𝐠𝐫𝐚𝐭𝐮𝐢𝐭𝐞𝐦𝐞𝐧𝐭 𝐚 𝐧𝐨𝐬 𝐨𝐟𝐟𝐫𝐞s

Last updated 9 months ago

1 week ago

O'tkinchilikni tan olish

"Bir necha kun yoki yildan keyin qabrda yotgan bo'lasiz. Siz ham oxir-oqibat o'lasiz va Allohga hisob berasiz".

P.S.: Demoqchimanki, hayot o'tkinchi va hammamiz o'lim bilan yuzlashamiz. Harakatlarimiz uchun javobgar ekanligimizni yodda tutib, mas'uliyat bilan yashash muhim.

---
Recognizing Impermanence

"In a matter of days or years, you will be laid to rest. You too will eventually die, and you are accountable to God."

P.S.: What I mean is that life is fleeting and we all face mortality. It's important to live responsibly, keeping in mind that we are accountable for our actions."

@dilmurod_tuymurodov

1 week, 2 days ago

Ukamga maslahat

Negativ yangiliklarning doimiy oqimi sizni chalg'itib, mahsuldorlikka va umumiy kayfiyatingizga ta'sir qilishi mumkin. Buni nazorat qilish bo'yicha ba'zi maslahatlar:

  1. Chegaralarni belgilang: Yangiliklar uchun aniq vaqt belgilash orqali o'zingizga yangiliklar taʼsirini cheklang. Bu sizga kuningizni salbiy kayfiyatdan saqlagan holda, voqealardan boxabar turishingizga yordam beradi. Ba'zan, salbiy yangiliklarni kechiktirib, yig'ib o'qish ham foyda berishi mumkin.

  2. Manbalar tarkibini belgilang: Muvozanatli axborot beruvchi manbalarni kuzatib boring. Salbiylar balansi uchun ijobiy yangiliklar beruvchi tarmoqlarini qidiring.

  3. Tanlab-tanlab o'qing: Hayotingiz, karyerangiz va qiziqishlaringiz bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yangiliklarga e'tibor qarating. Yangililar kayfiyatingizni buzishidan saqlaning va o'rniga, maqsadlaringizga hamohang ma'lumotlarni qidiring.

  4. Ong meditatsiyasini mashq qiling: Fikrlaringizni "tozalovchi" meditatsiya, chuqur nafas olish yoki tez yurish kabi mashqlarni bajaring.

  5. Diqqatni boshqa narsaga qaratish: Ijobiy kayfiyat uchun hobbilar, jismoniy mashqlar yoki boshqa qiziqarli mashg'ulotlar bilan shug'ullaning.

  6. Energiyani konstruktiv tarzda yo'naltirish: Ba'zi yangiliklar sizga kuchli emotsiya bersa, volontyorlik, xayriya yoki boshqa qo'llab-quvvatlash orqali qanday ijobiy ta'sir ko'rsatishingiz mumkinligini ko'rib chiqing.

  7. O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilishga ahamiyat bering: O‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishga vaqt ajratish, masalan, jismoniy mashqlar, yetarli uyqu yoki yaqinlaringiz bilan muloqot qilish, aqliy chidamlilikni yaxshilaydi.

Salbiy xabarlardan balansni ushlab, professional va shaxsiy o'sishga e'tibor qaratish orqali mahsuldorlik va pozitiv ruhni saqlashingiz mumkin. O'zgartirish hozir qo'lingizdan kelmaydigan narsalarni o'ylab siqilmang. O'zingiz va atrofingizni o'zgartiring.

Alibaba asoschisi Jack Ma: - "Men prezident qayg'urishi kerak bo'lgan narsalar haqida qayg'urmayman"#.

@dilmurod_tuymurodov

3 weeks, 2 days ago

Men shahardagi istalgan jamoat bog’larini xususiy tijorat uchun xususiy qo’llarga topshirilish g’oyasiga qo’shilmayman. Bu hech narsani o'zgartirmasligi va hech kimga qiziq bo'lmasligi mumkin, va oldin ham bu pozitsiyam aniq bo’lsa ham, hozir yana shuni eslatib o’tmoqchiman.

Albatta, xususiy tadbirkorlarda samimiy niyat bo’lishi mumkin, ular o’zlarining fikrlari, dunyoqarashlari, va rejalariga qarab bog’larga “qarab turishlari” mumkin. Bundan tashqari, shunday pretsedent ham bo’lsa ham, ya’ni shahar hokimiyati yaxshi qaray olmagan bog’ xususiy tadbirkorlar qo’liga o’tgach birdaniga yaxshilanib qolgan bo’lsa ham bu barcha bog’larni demak xususiylashtirish kerak ekan degan xulosaga olib kelmaydi. Ular qoida emas, balki istisno. Vaxolanki, shu ishni shahar qilsa ham bo'lardiku degan xulosa beradi. Qaysidir tadbirkorlarning himmatiga, va ular to’g’ri o’ylaydilar, aholiga kerak bo’lgan holatda bog’ni saqlaydilar degan kutilmalarga bog’liq bo’lishi kerak emas. Bu lotoreya emas, jamoat bog’lari bu ijtimoiy tovar va ularni davlat o’z qaramog’ida qoldirishi shart. Agar shahar bu ish bilan yaxshi shug’ullana olmayotgan bo’lsa demak muammo shaharda, va u ish bilan yaxshiroq shug’ullanish kerak. Bog’ga qaraydigan kadr yo’q, pul yo’q deyish mantiqqa to’g’ri kelmaydi, shahar aholisi soliqlarni aynan shuning uchun ham to’laydilar. Undan samarali foydalanmaslik esa bu boshqa masala, lekin bu yangi muammoni yaratishga yo’l bo’la olmaydi. Shahar boshqaruvchilari, ya’ni xizmatchilari qachondir almashadilar bu tabiiy jarayon, lekin aholi qoladi. Bog’ ham aholida qolish kerak. Ellik yilga tijorat uchun ijaraga berilmasdan.

Darvoqe, shahar jamoat bog’larini o'zini o'zi qoplash evaziga moliyalashtirilishiga tashlab qo’yish xato g’oya, ya’ni bog’ ma’muriyati shu bog’dan qanday qilib bo’lsa ham tijorat evaziga sug’orish, supurish uchun pul yig’ishni yuklashi xato.

Meni qiynayotgan masala shuki, hotiramiz juda tez unutiladigandek tuyilmoqda. Ha, hozir yilning eng zo’r oyi, lekin eslatib o’taman, Toshkent shahri dunyodagi havosi eng iflos shaharlardan biri bo’lib keladi. Bu qanday kasalliklar, aholi salomatligi bilan oid boshqa qanday muammolarni keltirib chiqarishini qaytarish shart emas. Aynan mana shu fakt bilan bir o’rinda shaharda daraxtlarni, yashil zonalarni ko’paytirishimiz kerak edi, mavjudlari sonini qisqartirish emas.

Nima uchun Manhattandagi 341 gektar yerni egallab yotgan Central Parkni ochiq auksionga qo’yib tadbirkorlik uchun sotilmaydi? Nima uchun Londondagi 142 gektar yerni egallagan Gayd Parkni ham tadbirkorlik bilan shug’ullanish uchun berilmaydi? Vaxolanki dunyodagi eng qimmat yer qarichlari aynan shu joylarda, jumladan Manhattanda. Ishonchim komil, shu 341 gektarni sotuvga qo’yishsa u yerda bino quraman, magazin quraman degan investorlar chiqadi va sotuvdan tushgan pulga byudjetni boyitsa bo’ladi. Lekin, bunday qilinmaydi. Avvalambor hokimiyat aholidan bunday so’rab ham o’tirmaydi, bog’ingizni kessak maylimi deb, chunki shu savolning o’zidan ular lavozimdan ayriladilar (aholiga hisobot berishadi va ular ovozi orqali kelib-ketadilar). Ikkinchidan, faqat pulda gaplashsak ham, Central Parkni ham, Gayd Parkni ham tabiatga maksimal ravishda ushlab turish aynan o’sha shaharlar byudjetiga tushumni oshirib turibdi, aholisini salomatligi, ekologiyasi uchun foydasini pulga chaqilsa ham hech qanday investor bera olmaydigan mablag’ chiqadi.

Davlat bunday masalalarda qat’iyatliroq bo’lishi kerak. Bir investor bozoringizda biz uchun raqobatni cheklab bering deb xat yozsa ham, boshqasi bog’ni bizga berib turing, tijorat qilib olaylik desa ham aholi, iste’molchi va xalq manfaatlari ustun qo’yilishi kerak. Masala shundaki, Bobur yoki Abdulla Qodiriy parklarini saqlab qolish faqat park atrofida yashaydigan odamlarning muammosi emas, va faqat ularning fikrlari yoki faolligiga qarab qolmasligi kerak. Davlat o'z ishini qilishi kerak - ya'ni ijtimoiy tovarlarni ta'minlashi kerak. Shahar bog'i deganda disneylend, akvapark yoki delfinariy emas, shahar ichida tabiatga maksimal yaqinlashtirilgan makon tushuniladi.

@uzbekonomics

2 months, 1 week ago

**«Тасаддуқ, ё Расулуллоҳ» туркумидан эълон қилинган барча маърузалар

1-қисм. Муқаддима2-қисм. Пешонадаги нур3-қисм. У зот(с.а.в.)нинг туғилишлари4-қисм. Танланган энага5-қисм. Омина онамизнинг вафотлари6-қисм. Оғир жудолик7-қисм. Буюк аломат8-қисм. Муҳаммад Амин (с.а.в.)9-қисм. Ҳадича онамизнинг тилаги10-қисм. Зайд ибн Хориса11-қисм. Ҳадича онамизнинг муҳаббати12-қисм. Илк ваҳий13-қисм. Интизорлик (ваҳийнинг тўхтаб қолиши)14-қисм. Абу Бакр Сиддиқ (р.а.)15-қисм. Жажжи Фотима (р.а.) жасорати16-қисм. Ҳамза (р.а.)17-қисм. Умар ибн Хаттоб18-қисм. Юксак мукофот19-қисм. Саҳифа воқеаси20-қисм. Тоифда қилинган дуо21-қисм. Жинларнинг иймон келтириши22-қисм. Исро ва меърож23-қисм. Сидратул мунтаҳо24-қисм. Буюк ваъда25-қисм. Али (р.а.)нинг жасорати26-қисм. Ғордаги шерик27-қисм. Суроқа ибн Молик (р.а.)28-қисм. Биринчи азон29-қисм. Қибланинг ўзгариши30-қисм. Бадр жангининг сабаби31-қисм. Фаришталар бир сафда32-қисм. Ҳазрати Алининг хонадонида порлаган қуёш33-қисм. Маънавият сепи34-қисм. Суфиён фитнаси35-қисм. Итоаткорлик муваффақият гаровидир36-қисм. Умму Аммора (р.а.)37-қисм. Бани мустаълиқ жанги38-қисм. Жувайрия (р.а.)39-қисм. Маржон воқеаси40-қисм. Ифк воқеаси41-қисм. Умму Салама онамиз42-қисм. Ҳудайбия сулҳи43-қисм. Буюк фатҳ44-қисм. Макканинг фатҳ этилиши45-қисм. Ўғиллари Иброҳим вафоти46-қисм. Ёлғончи Мусайлама47-қисм. Видолашув ҳажи48-қисм. Сўнгги буюк васият49-қисм. Вафотларидан 5 кун олдин50-қисм.** Вафотларидан 4 кун олдин51-қисм. Вафотларидан олдинги 3-2-кунлар t.me/xushnudbek/5317
52-қисм. Рафиқул аъло сари t.me/xushnudbek/5324

Муаллиф: Нуриддин ҳожи Холиқназаров

#TasadduqYoRasululloh

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uz

#TasadduqYoRasululloh Ассалому алайкум. Ҳурматли, каналимиз муштарийлари. Бугундан бошлаб, Худо хоҳласа, ҳар куни эрталаб ва кечки пайт Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в.) ҳаётлари ҳақида сўзлаб берувчи «Тасаддуқ, ё Расулуллоҳ» туркум маърузаларини муаллифнинг…

3 months, 1 week ago

Ишни билиш ва қилиш бошқа нарсалардир. 10 йиллик бизнесдаги тажрибамда жуда кўп профессионал ва билимли инсонларни кўрдим. Ҳозир ҳам атрофимизда билимли инсонлар жуда кўп. Лекин, билганларини реал натижага айлантирадиганлар афсуски жуда кам. Бизнес томондан қараса ҳам, шахсий ҳаёт томондан қараса ҳам “ҳал қилувчи ёки натижа берувчи ҳаракат” энг муҳими ҳисобланади.

Оддий мисолда тушунтириб бераман. Уйингизда жўмрак бузилиб, ундан сув оқиб ётибди. Сиз жўмракни қанақа тузатишни биласиз. Лекин, ҳеч тузатмайсиз. Ойлар давомида ундан томчилаб сув оқиб ётиши мумкин. Шунда билган билимдан натижа нолга тенг бўлади. Биз қанча кўп “ҳал қилувчи ёки натижа берувчи ҳаракат”ни амалга оширсак, имкониятдан шунча кўп фойдаланамиз, ҳаётда ҳам кўпроқ нарсага эришамиз. Шундоқ туриб, жўмракни биринчи куннинг ўзида тузатиб қўйган инсон билимидан тўғри фойдаланган инсон бўлади.

Бизнесда ҳам жуда кўп профессионалларни кўрдим. Улар турли соҳада фаолият юритишади. Муаммо томони, ҳаракат, фокус натижага қаратилмаган. Одатда яшаб қолиш учун минимал натижа қилинади холос. Психологик китоблар бу ҳудудни “комфорт зона” деб ҳам номлаб олишган.

Мана шу жуда ачинарли ҳолат. Натижада минглаб, балки юз минглаб ҳақиқий профессионаллар, билими ва малакаси билан ажойиб натижаларга эришиши мумкин бўлган инсонлар ҳаётини шунчаки фойдасиз нарсаларга сарфлаб ўтади. Кимларнингдир кунининг катта қисми шунчаки ижтимоий тармоқда ўтиб кетади. Ҳатто, суткада 16 соат вақтини интернетда масхарабозликка сарфлайдиган профессорларни кўрдим.

Хуллас, билиш ва қилиш бошқа нарсалар. Сизнинг қанчалик муваффақиятли бўлишингизни, фақат билим эмас, унга қўшилган “ҳал қилувчи ва натижа берувчи ҳаракат” ҳал қилади.

@allaevuzb

3 months, 2 weeks ago

Assalomu aleytkum hammaga! Bugundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti da yetakchi ilmiy xodim sifatida yangi ish boshladim. Alloh xayrli qilsin. Nasib bo`lsa rejalar juda katta:

  1. Hamkasblar bilan birga 3-kurs va undan yuqori(magistr phd)lar uchun jahon darajasidagi maxsus kurslar tashkil qilish(tez orada e'lon qilamiz).

  2. 1-2 kurs talabalari uchun regulyar haftalik olimpiadalar tashkil qilish.

  3. Riemann gipotezasi va hozirgacha bolgan natijalar boyicha maxsus seminar tashkil qilish.

  4. Fizika bo`yicha ham rejalarimiz bor uni ozgina vaqtdan keyin boshlaymiz.

va boshqalarini yol\-yolakay e'lon qilib boramiz. Yoshlar faol bo`lishga harakat qilinglar!

@karimraximov

4 months, 1 week ago

Экология вазирлиги Тошкент ҳавоси ифлосланишининг олдини олиш учун Аи-80 бензиндан фойдаланишни тақиқлашни таклиф қилибди. Дарахтларни кесишга мораторий эълон қилинса ҳам дарахтлари кесилаверадиган, янги қурилишларга мораторий эълон қилинса ҳам янги қурилишлар бўлаверадиган бузилган ўлкада Аи-80 бензиндан фойдаланишни тақиқлаш ҳам кутилган самарани бермаса керак. Охир-оқибат, бундай “тақиқ-тақиқ ўйини”дан келадиган асосий самара – Аи-80 бензинни Аи-95 нархида сотилиши бўлади. Шахсан мен давлатимиз АËҚШларимизда Аи-95 нархида Аи-80 сотилишининг олдини ололади, деб ўйлайман, бунга ишонмайман ҳам.

Аи-80 дан маъмурий йўл билан қутилиб бўлмаса керак. Боз устига, монопол автозаводимиз ҳали ҳам мотори Аи-80 га мўлжалланган машиналар ишлаб чиқаришни давом эттираётган бир вақтда. Ҳар қандай эскилик сарқитидан табиий йўл билан воз кечиш керак (ўзим гувоҳи бўлмагану, лекин Аи-76 дан ҳам табиий йўл билан – унга талаб камайиб, воз кечилган бўлса керак). Аи-80 билан боғлиқ ҳолатда эса бизга, хусусан, миллий автомобиль бозоримизга эркинлик керак – бозор бемантиқ шартларсиз тўлиқ очилиши, “растаможка” деган балои азим йўқотилиши керак.

Айни вақтда, бозоримиз ривожланган дунёнинг ҳайдалган эски машиналари билан тўлиб кетмаслиги учун баъзи мантиқли шартлар ҳам бўлиши мумкин, албатта – масалан, 2024 йил ҳолатида 2015 ё 2020 йилдан аввал ишлаб чиқарилган машиналар импортига тақиқ ё аждарҳо божлар, дегандек. Аммо кўрсатилган санада чиққанми, янгими, камида Аи-92 ё Аи-95 да юрадиган машинами, марҳамат, эмин-эркин олиб кирилаверсин. Нима муаммо? (божхонада назорат борасида муаммо бўлиши мумкин, деб ўйлайману, эҳтимол, муаммо чиқмаслигининг бир иложи топилар).

Менда, негадир, шундай ишонч борки, агар “растаможка” бекор қилинса, хориждан ҳам арзон, ҳам сифати ўзимизнинг миллий автоаждарҳо чиқараётган аравалардан яхшироқ автомобиллар кириб келади ва Аи-80 га талаб ўз-ўзидан камаяди. Талабгори йўқ нарсани сотиш ҳам тўхтайди, тақиқлашга зарурат ҳам қолмайди. Менимча.

4 months, 2 weeks ago

Huquqbuzarlikka javobgarlik va jarimalar mulk va daromadlarga proporsional bo'lmaguncha adolatga erishib bo'lmaydi.

@dilmurod_tuymurodov

4 months, 2 weeks ago

Фарқлар.

Туркия жануби шарқидаги икки 7.6 ва 7.8 магнитуда кучли зилзиларда Туркия ва Сурияда жами 59 мингга яқин инсон ҳалок бўлди (Туркиядан 50.5 минг киши, Суриядан 8.9 минг киши).

Япония ғарбидаги 7.6 магнитуда кучли зилзилада эса 24 киши халок бўлди. 50 киши жабрланди.

Япония ғарбидаги кучли зилзила талофатлари, унинг ер рельефини жидиий ўзгартириб юборишдаги вазият Туркиядагидан қолишмайди.

Аммо, бу икки бир кучга эга табиий офатларда аҳоли ўлими билан боғлиқ фарқлардан сезиш мумкинки, Туркия-Сурия хамда Япония мамлакатларида сейсмик хавф хатарлар, зилзиланинг хавф кўламини юмшатишга қаратилган чора-тадбирларни амалга ошириш ўртасида жуда катта фарқ мавжудлиги кўриниб турибди.

6 months, 1 week ago

Alisher Qodirov ta’lim-tarbiyadagi islohotlarda kiritilayotgan investitsiyalarning samaradorligi haqida vazirlik juda jiddiy bosh qotirishi kerakligini qo‘shimcha qildi. O‘qituvchilarni malakasini oshirish, ularga yuqori ish haqi berish bilan birgalikda ularning bugungi kundagi zamonaviy talablarda ishini to‘g‘ri baholash* tizimni yarata olish kerakligini qayd etdi.

“Buni inson faktorini aralashtirmasdan qilamiz, degan gapga vazir o‘rinbosari „qiyin masala“ deb aytdilar. Nima uchun? Butun bitta kamera orqali bitta o‘qituvchi faoliyatiga baho berish qiyin emas. O‘qituvchi 45 daqiqa davomida bolalarga nima berdi? To‘g‘ri ta’lim berdimi yoki noto‘g‘ri berdimi, samarali dars o‘tdimi yoki aksincha, deb baho berish qiyin emas”, — dedi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari.Ta'limga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning samaradorligi haqida qayg'urayotgan Alisher Qodirov "inson faktorini aralashtirmasdan", "bitta kamera orqali" o'qituvchi faoliyatiga baho berish deganda nimani nazarda tutgan, bilmadim, lekin o'qituvchi - robot yoki avtomobil emaski, uning faoliyatiga kamera baho bersa. O'qituvchilikni "5 soniyada internet orqali olib qo'ysa bo'ladigan ma'lumot"ni yetkazishdan iborat deb tushunush - pedagogikani, ta'limni o'ta primitiv* tushunishdir.

O'qituvchilik - murakkab jarayon va u ta'limiy maqsadlarni belgilash, darsni rejalashtirish, yangi bilimlarni yetkazish / ko'nikmalarni shakllantirish, sinfni boshqarish, o'quvchilar faoliyatini baholash, o'quvchiga feedback berish kabi ko'plab murakkab komponentlarni o'z ichiga oladi. Agar o'qituvchi faoliyatiga shunchaki kamera o'rnatib baho berish imkoni bo'lganda, olimlar bu bo'yicha tadqiqotlar (masalan, 1, 2) olib borishmas edi (darvoqe, sinfxonaga kamera o'rnatish etika nuqtayi nazaridan qay darajada to'g'ri - bu ham alohida masala. Masalan, men bo'lgan va ta'lim tizimini o'rgangan joylarda o'qituvchining darsiga hatto ta'lim vaziri ham undan ruxsat so'rab kirishi kerak). Umuman, ta'limga oid takliflar berish, qarorlar qabul qilish masalasini sohani o'rgangan, tushunadiganlarga qo'yib berish maqsadga muvofiq bo'lardi, menimcha.

Газета.uz

“Mablag‘larimiz o‘z natijasini ko‘rsatmayapti”. Alisher Qodirov — o‘qituvchilarga ajratilayotgan pullar haqida – O‘zbekiston yangiliklari…

O‘qituvchilarga ajratilayotgan budjet mablag‘lari o‘z samarasini ko‘rsatmayapti, deya ta’kidladi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov. 2024-yilgi davlat budjetida o‘qituvchilarning oylik maoshi uchun 35 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi…

*Alisher Qodirov ta’lim-tarbiyadagi islohotlarda kiritilayotgan investitsiyalarning samaradorligi haqida vazirlik juda jiddiy bosh qotirishi kerakligini qo‘shimcha qildi. O‘qituvchilarni malakasini oshirish, ularga …
We recommend to visit

𝐀𝐛𝐨𝐧𝐧é 𝐯𝐨𝐮𝐬 𝐦𝐚𝐬𝐬𝐢𝐯𝐞𝐦𝐞𝐧𝐭 𝐩𝐨𝐮𝐫 𝐚𝐯𝐨𝐢𝐫 𝐚𝐜𝐜è𝐬 𝐠𝐫𝐚𝐭𝐮𝐢𝐭𝐞𝐦𝐞𝐧𝐭 𝐚 𝐧𝐨𝐬 𝐨𝐟𝐟𝐫𝐞s

Last updated 9 months ago