Dilmurod Tuymurodov

Description
Son, Dad, Husband, Citizen, Doctoral student
We recommend to visit

Last updated 1 year, 5 months ago

3 weeks, 1 day ago

Tadqiqot olib borishda fokus uning qo‘llanilishiga qaratilgan bo'lishi, tadqiqot natijalari foydalanuvchilari va iste'molchilari bilan aloqani uzmaslik juda muhim. Har doim ularning ehtiyojlaridan boxabar holda ishlang va e’tiboringiz shu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo‘lsin. Faqat o‘zingiz uchungina qiziq bo'lgan, innovatsion yoki chiroyli ko‘rinadigan natijalar yaratish samarali yondashuv emas. Tadqiqotning haqiqiy qiymati, undan ko‘zlangan maqsadli auditoriya uchun amaliy, dolzarb va foydali yechimlar yaratishda namoyon bo‘ladi.

Dr.-Ing. Yuefeng Qiu

@dilmurod_tuymurodov

3 weeks, 1 day ago

While conducting your research, it is crucial to stay, focused on applications, connected with the users and customers of your research outcomes. Always remain aware of their real needs and ensure your focus aligns with addressing those needs. Producing outcomes that are innovative, fancy but serve only your interests is not an effective approach. The true value of research lies in creating solutions that are practical, relevant, and beneficial to the intended audience.

Dr. -Ing. Yuefeng Qiu

@dilmurod_tuymurodov

1 month ago

Barchangizga kirib kelgan 2025-yil muborak bo'lsin! Yangi yil sizga va oila a'zolaringizga xayrli, barakali, omadli kelsin!
____
Happy new year to all of you! May the new year bring blessings, prosperity and happiness to you and your loved ones!

3 months, 2 weeks ago

Whay Attendance monitoring is necessary?

Attendance monitoring in universities is widely regarded as essential for improving student outcomes, but its implementation and necessity can vary depending on institutional goals and the context. Here are several perspectives and best practices adopted by leading universities globally:

1. Academic Success and Retention: Research consistently shows a positive correlation between class attendance and academic performance. Students who regularly attend classes are more likely to understand the material and succeed in exams. Monitoring attendance also helps identify students at risk of falling behind early, enabling timely interventions to prevent dropout rates, which can be significant in institutions without such measures. 1, 2.

2. Legal and Financial Compliance: For universities that have international students or those offering financial aid, attendance monitoring is often a legal requirement. Many institutions, especially in countries like the UK, are required to track attendance to ensure compliance with visa regulations and funding bodies. This is especially relevant for courses involving practical components, where student presence is crucial for safety reasons. 1, 2.

3. Innovative Tools and Technologies: Universities are increasingly using advanced technologies to streamline attendance tracking. Solutions like RFID, biometric recognition (face ID), and mobile-based systems are being implemented to make the process efficient and less disruptive to learning. For instance, QR code scanning is a popular low-cost method, though it can be susceptible to misuse. Advanced software integrated with learning management systems (LMS) also allows for tracking both physical attendance and engagement with online learning resources. 1, 2, 3.

4. Data Analytics for Student Support: By combining attendance data with other student performance metrics, universities can use data analytics to predict which students might be struggling academically. This allows for a proactive approach in providing support and resources, helping to boost overall student retention and success. 1.

5. Flexible Attendance Policies: Some universities, such as the University of West London, combine attendance monitoring with broader engagement strategies. This approach includes tracking participation in both in-person and online activities, ensuring flexibility for students who may be unable to attend in person due to authorized reasons. 1.

In conclusion, while attendance monitoring may seem unnecessary to some, it is a critical tool in ensuring student success, legal compliance, and institutional efficiency. The key is to implement systems that are efficient, non-disruptive, and tailored to the specific needs of the institution and its students.

@dilmurod_tuymurodov

3 months, 2 weeks ago

Davomat nimaga kerak o'zi?

Universitetlarda davomatni kuzatish talabalarning o‘zlashtirish darajasini yaxshilash uchun zarur deb hisoblanadi, ammo uning qo‘llanilishi va zarurligi turli universitetlarning kontekstiga qarab o‘zgarishi mumkin. Quyida yetakchi universitetlar tomonidan qo‘llanilayotgan bir necha yondashuvlar va eng yaxshi tajribalar keltirilgan:

1. Akademik muvaffaqiyat va talabani saqlab qolish: Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, darslarga muntazam qatnashish va akademik muvaffaqiyat o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjud. Muntazam darsga kelgan talabalar dars materialini yaxshiroq tushunadilar va imtihonlarda yaxshi natija ko'rsatadilar. Davomatni kuzatish orqali talabalarning ortda qolishi erta aniqlanib, ular bilan o‘z vaqtida ishlash mumkin bo'ladi va o'qishni tashlash yoki kursdan kursga qolishning oldi olinadi. 1, 2.

2. Huquqiy va moliyaviy muvofiqlik: Xalqaro talabalar yoki moliyaviy yordam oladigan talabalar uchun davomatni kuzatish ko‘pincha qonuniy talabdir. Buyuk Britaniyadagi universitetlar, masalan, vizaga bog‘liq qoidalarga rioya qilish uchun davomatni kuzatishga majbur. Bu, ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlar uchun talabalar ishtiroki muhim bo‘lgan fanlar uchun dolzarbdir. 1, 2.

3. Innovatsion texnologiyalar va vositalar: Universitetlar zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, davomatni kuzatishni soddalashtirishmoqda. Masalan, RFID, biometrik tanib olish (yuzni aniqlash), mobil ilovalar orqali nazorat tizimlari joriy qilinmoqda. QR-kod yordamida skanerlash kam xarajatli usul bo‘lib, bu talabalar va o‘qituvchilar uchun qulaylik yaratadi (ammo noto‘g‘ri foydalanishga moyil bo‘lishi mumkin). 1, 2, 3.

4. Talabalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lumotlar tahlili: Davomat ma’lumotlarini boshqa talaba ko‘rsatkichlari bilan birlashtirish orqali universitetlar o'zlashtirishda qiynalayotgan talabalarni erta aniqlash va ularga yordam berish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu yondashuv talabaning muvaffaqiyati va universitetning talabani saqlab qolish darajasini oshirishga yordam beradi. 1.

5. Moslashuvchan davomat siyosati: Ba’zi universitetlar, masalan, West London universiteti, davomat monitoringini kengroq jalb qilish strategiyalari bilan uyg‘unlashtirgan. Ular nafaqat darsga kelishni, balki onlayn faollikni ham kuzatib, talabalar uchun moslashuvchan imkoniyatlarni yaratadi. 1.

Xulosa qilib aytganda, davomat monitoringi ayrimlarga ortiqcha tuyulishi mumkin, ammo bu talaba muvaffaqiyati, qonuniy talablar va universitet samaradorligini ta’minlashda muhim vositadir. Eng yaxshi yondashuv — samarali, darsga xalaqit bermaydigan va universitet ehtiyojlariga mos tizimni joriy etishdir.

@dilmurod_tuymurodov

3 months, 2 weeks ago

There has been a discussion about whether or not to allow students who are late to class. My view, from both a legal and ethical perspective, is as follows:

Students should be allowed to attend class regardless of when they arrive. Attending class is a student's right. It is their choice whether or not to make use of this right. Therefore, whether to let them in should not be up for discussion, and time should not be wasted debating reasons for their tardiness.

Regarding the issue of distractions caused by latecomers, if the student enters quietly and takes a seat without interacting, it should not cause any significant disruption. A professor or teacher can easily manage this situation. It’s better to ask for attendance information from latecomers during the break, rather than during the lecture.

As for attendance, I support the idea of digitizing it (via face-id or card readers). In the current situation, I believe the attendance should be taken within five minutes, and the class should continue. I see taking attendance as a waste of time.

@dilmurod_tuymurodov

7 months ago

Huquqbuzarliklarga javobgarlik va jarimalar mulklar va daromadlarga proporsional bo'lmaguncha adolatga erishib bo'lmaydi. Ungacha javobgarlik va jarimalarning tiyib turuvchi funksiyasi ishlamaydi. Masalan, $400 daromadli odam xavfsizlik kamariga birinchi…

7 months ago

Huquqbuzarliklarga javobgarlik va jarimalar mulklar va daromadlarga proporsional bo'lmaguncha adolatga erishib bo'lmaydi. Ungacha javobgarlik va jarimalarning tiyib turuvchi funksiyasi ishlamaydi.

Masalan, $400 daromadli odam xavfsizlik kamariga birinchi marta $50 to'lasin. $4000 dollar daromadli odam $2000 dollar. Daromadini yashirgan bo'lsa, avtomobil narxiga qarab hisoblash kerak (har doim mumkin bo'lgan qimmati tanlanishi kerak). Kamar uchun Lacettidagilar $100 to'lasa, Tahoedagilar $10 000 dollar to'lasin. Yevropada millionerlar yuz minglab dollar to'laydi bir xil huquqbuzarlikka.

Jazo muqarrar emasligi ham eng katta muammolardan biri. Yuz milion so'm jarima bo'lgach, mahalladan "kam ta'minlangan" degan ma'lumotnoma bilan jarimadan qutulib qolish bo'lmasligi kerak. Kameralar ko'payishi, nazoratsiz joy qolmasligi, hamma piyodalar o'tish joylariga svetofor o'rnatilishi kerak. Maktab, bog'cha, ijtimoiy gavjum joylar va piyodalar o'tish joyidagi tezlik oshirish masalasi o'ta og'ir va muqarrar jazolanishi kerak.

Jarimalar miqdori bilan faxrlanish, katta tezlikda haydab ijtimoiy tarmoqda maqtanish, qoida buzishning turli yo'llari ommaviy ravishda avtoblogerlar tomonidan targ'ib qilinishlari - alohida statusda jazolanishi kerak.

Aks holda, ko'chalarimiz ayrim tanlanganlardan tashqari hamma - 37 mln odamlar uchun jang maydoni bo'lib qolaveradi. Bir yoki ikkita daydi o'qqa o'xshagan daydi avtoterrorist kelib o'ldirib ketaveradi. Bolalarimiz o'lishda davom etadi.

Bu yerda faqat o'lim ko'zga yaqqol ko'rinadi, undan bir necha barobar ko'p odamlar bir umrlik nogiron bo'lib qoladi.

@dilmurod_tuymurodov

8 months, 3 weeks ago

O'tkinchilikni tan olish

"Bir necha kun yoki yildan keyin qabrda yotgan bo'lasiz. Siz ham oxir-oqibat o'lasiz va Allohga hisob berasiz".

P.S.: Demoqchimanki, hayot o'tkinchi va hammamiz o'lim bilan yuzlashamiz. Harakatlarimiz uchun javobgar ekanligimizni yodda tutib, mas'uliyat bilan yashash muhim.

---
Recognizing Impermanence

"In a matter of days or years, you will be laid to rest. You too will eventually die, and you are accountable to God."

P.S.: What I mean is that life is fleeting and we all face mortality. It's important to live responsibly, keeping in mind that we are accountable for our actions."

@dilmurod_tuymurodov

We recommend to visit

Last updated 1 year, 5 months ago