Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Anna Klevskaya, nemis malikasi Genrix VIII rafiqalari ichida eng hunugi hisoblanadi.
Qirol uni hayotda ko’rgach, Golbeynning portreti fotoshop ekanligini tushungach, unga uylanishdan bosh tortgan, xo’sh, haqiqatdan ham Anna shu darajada hunuk edimi?
Genrix VIII o’zining ba’g’oyat sevimli uchinchi xotini, Anna Seymurning, uning uzoq kutilgan vorisini dunyoga keltirib olamdan ko’z yumganidan qattiq qayg’urardi. Yana bir bor uylanish fikri uni qo’rqitardi. Ammo, aytganimizdek, siyosiy masalalar tanlash huquqiga o’rin qoldirmaydi. Sulolani yagona voris erkak Eduard va Genrix o’zi noqonuniy tug’ilgan deb hisoblagan, ikki qizi davom ettirib turgan edi. Shuning bilan birga Angliya urush yoqasida turar, Rim Katolik Cherkovi yordami bilan kuchaygan Ispan Imperatori va Fransuz Qirollari “haqiqiy imondan uzoqlashib adashgan” Albion tomon ko’z tikishgan edi.
Tomas Kromvel Angliya Qirolichasi nufuziga mos nomzod qidirishga kirishadi. Uzun nomzodlar ro’yxatidan 3 tasida to’xtashgan edi.
Ularning biri Qirolning obro’sini ro’kach qilib taklifni rad etdi. Angliya, so’zsiz go’zal mamlakat, agar bir emas ikki boshim bo’lganida, rozi bo’lardim (u albatta Anna Boleynga shama qilayotgandi). Ikkinchi boshimni raqiblar egallab bo’lishgan.
Qisqa ro’yxatdagi kelin bozorida Anna qolgandi. Uning akasi, nufuzli Vilgelm Klevskiy Katolik Rimning dushmani bo’lib, Genrixga harbiy ittifoqni va’da qilgandi.
Malikaga saroy rassomi, portretist Golbeynni biriktirib qo’yishdi. Qirol portretdan mamnun qolib kelinni olib kelishlarini buyurgandi. Golbeyn o’zining martabasi va boshini havf ostiga qo’yib fotoshopga qo’l urarmidi? Annaning uzun burnini yashirib boshqa rakursdan chizgan bo’lishi mumkin. Annaning boshqa portretlari ham mavjud, lekin ularda uning yuz tuzilishi bu darajada sayqallanmagan. Bir portretga nazar soling-a, ahir buni hunuk deyish mumkinmi? Har xolda Boleyndan go’zalligi aniq.
Qirol askar kiyimini kiyib olib, o’z do’stlari bilan malikani poytaxt yo’lida kutib olishga qaror qiladi. U bunday ishlarni o’zining birinchi rafiqasi Yekaterina Aragonskaya bilan qilib turar, chunki Yekaterina bunday rol o’yinlariga ishtiyoq bilan qo’shilgan.
Bu yerda esa yosh xorijlik qiz, u xatto bo’lajak kuyovning tashqi ko’rinishi tasavvuriga ham ega emas. Birdan oldida otliq askarlar to’dasi paydo bo’lib, ularning orasidagi eng semizi kelib qizning lablaridan bo’sa oldi.. Anna qo’rqinchli hayratini yashira olmadi. Qirol g’azab bilan ketgan, va Kromvelga “ I like her not!” deb e’lon qilgan.
Rivoyatlarga ko’ra Qirol nozik, qaddi past qizlarni yoqtirgan. Uning Hamma avvalgi xotinlarining bo’ylari past edi. Anna esa uning ko’ziga bahaybat nemis ayoli bo’lib ko’rindi. Xatto aytishlaricha, u go’yo Annani otga qiyoslagan. To’g’risi bunday fikr kechroq, XVII asrning tarixchilari tomonidan berilgan. Nikohdan voz kechish uchun juda kech edi, Angliya bu ittifoqqa muhtoj bo’lgani sabab, Qirol uylandi.
Nikoh kechasidan so’ng Qirol Anna semiz, va undan nohush bo’y tarqalishi va u bokira chiqmaganini e’lon qildi. U paytlar da nikoh kechasi ommaviy hisoblanib, yaqin qarindoshlar uchun “yapon bayrog’i” osib qo’yilardi. Muallifning fikriga ko’ra Qirol aslida o’z erkaklik burchini bajara olmagan, va tegishli tabibga murojaat qilish o’rniga Kromvel tomonidan tiqishtirilgan buzuq mol deya Anna haqida mish-mishlar tarqatgan. Ustiga ustak saroyda Qirolichaning yangi kanizagi, 17 yoshlik Katerina Govard paydo bo’ladi, va Qirol unga oshiq bo’lib qoladi.
Annaning saroy Qirolichasiligiga sanoqli kunlar qolgandi.
Yuridik kamchilik topildi. Annaning go’daklik chog’ida boshqa shahzoda bilan tuzilgan nikoh shartnomasi bo’lgan va ubekor qilinmagan. Shu tufayli Annaning Genrix bilan bo’lgan nikohi qonuniy kuchga ega emas. Qirolicha Richmondga junatildi. U Parlament qaroriga tezda rozi bo’ldi. Shuning uchun Genrix unga Richmonddagi saroyini, va Angliyadagi bir qator mulklarini, yillik mablag’, qayta turmush qurish huquqi, hamda opasining lavozimini taqdim qildi. Bu lavozimda Anna qirolning xotini va qizlaridan bo’lak, boshqa ingliz ayollaridan ustunroq nufuzga ega bo’la olgan.
Ba’zi odamlarni sevish og’ir qismat, degan edi Pasternak. Go’yoki bu so’zlar Genrix VIII haqida aytilgandek. Olti xotin, olti xil taqdir. Lekin aytishlaricha, to o’limining oxirigacha yagona suyuklisi Jeyn Seymur bo’lgan. Mazkur xudbin va zolim monarx haqida gapirilganda suyukli tushunchasi ham o’ziga xosdir. Agar Jeynning bor yo’g’i uch yil qirolicha bo’lganligini, tug’ruqdan keyin olamdan ko’z yumganini, va qirolning joniga tegib ulgurmaganini inobatga olsak, balki to’g’ridir. Aytmoqchi, eng asosiysini unutayozibman, Jeyn qirolga u 27 yil kutgan o’g’il vorisni taqdim qildi. Genrix uning qabri yonidan joy olishni istagan yagona ayoli, balki haqiqatan ham u eng suyukli ayoli edi.
Ammo Jeyn Seymur o’zi kim bo’lgan? Undan keyin qolgan xatlardan bu inson xarakteri haqida nimalarni aytishimiz mumkin?
Ba’zi bir tadqiqotchilar Jeynni sovuqqon fitnachi qilib ko’rsatishgan. Qirolicha Agnes Striklendning viktorianlar davri biografi Jeynning hulqini hayosiz deb hisoblaydi, va uning ta’kidlashicha, Jeynning Genrix VIII mulozamatu iltifotlariga rozilik berishi uning xonimi boshiga dahshatli balolarning yog’ilishiga sabachi bo’lgan: “Muqaddas Kitobda xizmatkor ayol o’z xonimining joyini egallashi sharmandagarchilik deb qoralanadi… kamtarin Jeyn Seymur hatti-harakatlari haqida gap borganida, har bir haqiqatparvar va adolatparvar insonlarni jirkanch qo’rquv va nafrat hissi egallab olishi darkor. U o’z xonimining erining avanslarini olgan… Anna Boleynning o’lim azoblarini befarqlarcha tomosha qilgan… U oxir oqibat qirolichani ehsafotga olib kelgan qator mudhish ayblovlarni ko’rgan”.
Ammo biz ham 10 yilcha avval
Annaning o’zi ham Yekaterina Aragonskayaning o’rnini egallash maqsadida o’xshash rejalar tuza boshlaganidan xabardormiz.
Elison Uierning fikricha Annani qulatishda Jeyn ishtirogining yagona isboti bu Genrixning oldida so’zlarda o’z xonimini yomonotliq qilishga rozi bo’lganidadir. Lekin bunday xatti-harakatni o’z raqibasini yo’q qilish maqsadida yo’l qo’yib berilgan suiqasd bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Axir biz tungi kakkuning ovozi har qandayinikidan ustun kelishini bilmaymizmi? Erkakning kerakli vaqtda qulog’iga quyilgan so’zlar kuchidan xabardor emasmizmi? Deylik, bu agar har kuni qilinsachi?
Muallif o’z romanida Jeynni nikohdan oldin homilador qilib ko’rsatgani men uchun kutilmagan yangilik bo’ldi. U quyidagi dalillarga tayangan:
Nima uchun Anna bilan ajrashish bir necha oylarga kechiktirilgan, ammo keyin birdaniga shoshilinch vaziyat paydo bo’lgan? Oddiy xalqdan chiqqan ayolga uylanishning nima keragi bor edi? Bunday shoshilinch nikohning sababi nima? Axir Fransiya va yoki Imperiya bo’ylab kelin qidirish haqidagi hech qanday gaplar ham bo’lmaganku. Nimaga endi ajrashish emas, o’lim jazosi? Agar Jeynning homiladorligi ko’zga tashlanadigan bo’lib qolgan bo’lsa , u holda Annaning o’limi ikki baravar darkor bo’lgan. Genrix qaror qilishi uchun u bir narsani, Jeyn Seymurning ona bo’la olishini bilishi zarur edi.
O’zini o’g’il voris bilan ta’minlash qirolning vasvasasiga aylangandi.
Ularning to’satdan boshlangan nikohi bor yo’g’i o’n kun davom etdi: to’y bilan bog’liq tayyorgarliklar bo’lmadi, jamoatga e’lon qilinmadi, va boshqa tegishli udumlarga Genrix amal ham qilmadi. Shu sababli-Jeynning to’ydan keyingi o’tkazgan sokin oylari, Genrixning ota bo’la olmasligi haqidagi taxminlari (avgust oylarida), va shu sabab, turmush qurishdan boshlab to Eduardga bo’lgan homiladorlikkacha bo’lgan uzun davr. Jeynning homilador bo’lib qolishi Anna Boleynning muqarrar va shoshilinch chetlashtirilishiga bahona bo’la olardi.
Keyin esa bola tushib qoldi.
Bu holat yana takrorlandi.
Boshqa bir kitobda o’qishimcha, bola tushib qolish aybi ko’pincha erkakning urug’ sifatida yotarkan, balki Genrixning qoni rezus manfiy bo’lgandir, shu tufayli uning avvalgi ikki xotini ham har biitasi beshtadan bola yo’qotgan!
Shunga qaramay, u avvalgi xotinlari qila olmagan ishni uddaladi, u vorisni dunyoga keltirdi. O’z hayoti evaziga..
Tug’ruq davri uch kechayu uch kunduz cho’zildi. Ammo bolakayga Angliyani boshqarish nasib qilmagan, u 15 yoshida vafot etgan.
1536 йил, 19 май куни Анна Болейн Лондон Тауэрдиги ўз уйидан олиб кетилиб, хиёнатда айбланиб қатл қилинди. Ундан Англия Қиролича мақоми олиб қўйилиб, Генрих билан бўлган никохи бекор қилинди, у Пембрук Маркизаси сифатида, 1532 йилда Қирол Генрих тақдим этган унвон билан оламдан кўз юмди.
У боши танасидан жудо қилинган илк қиролича эди.
Tarixchi Bintoff Anna Boleyn qulashi tarixini yozar ekan, shunday degan edi, Bordjialar zahar qo’llagan joyda Tyudorlar huquqni ishlatishar edi.
Xa, haqiqatan ham Tomas Kromvel tomonidan to’qib chiqarilgan Boleyn ishi uni eshafotga olib kelgandi.
Yanada inglizlar 1536 yillarda qonunlarga murojaat qilganliklari maqtovga sazovordir. Garchi bu qonunlar formal, tizzada yozilgan va Parlamentga tashilgan qo’lyozmalar bo’lgan bo’lsa ham.
O’sha paytning o’zida 7 xotini bo’lgan Ivan Grozniy ko’ngilbo’shlik qilib o’tirmagan. 16 yoshlik zodagon xotini Marfa sabablari e’lon qilinmay monastirga yuborilgan edi.
Lekin Yekaterina Aragonskayani Genrix monastirga ketqaza olmagan, u uzoq yillar Papadan ajrashish ruxsatini kutgan.
Marfadan keyin Ivan Grozniyda Anna Dolgorukaya bo’lgan. U 14 yashar qizni birinchi nikoh kechasidan keyinoq ko’lda cho’ktirib yuborgan, sababini u bokira chiqmagan deb aytgan.
1574 yilda keyingi xotini Anna Vasilyevnani rohibalikka sochlarini qirqib tashlaydi.
Keyingi xotini Vasilisaning ham sochlari qirqib tashlangan.
Sudmi? Yo’q, eshitmaganmiz. Yana qanaqangi qalbaki ish? Bizga hech qanday ish ochishni keragi yo’q, o’zimiz aniqlashtiramiz.
Keling endi o’zimizga nazar solsak. 1842 yil. Bu xatto 15 yoki 16 asrlar ham emas. Qo’qon xonligi. Sudsiz va tergovsiz mashhur shoira, jamoat arbobi, hukmdor rafiqasi, taxt vorisining volidasi Nodira Begim qatl qilindi. Ammo bundan avval o’z onasining ko’zlari oldida uning ikki farzandi o’ldirilgan edi.
Bunaqasi Bordjialarning tushiga ham kirgan emas.
▪️ «Anna Boleyn»
▫️Alison Weir
Davomi …
Uolzi bir paytlar aytganidek: “ Agar Toj qoralovchi bo’lganida edi, adolat Hobil Qobilni o’ldirgan deya hukm chiqargan bo’lardi”.
Yana, men tergov hujjatlarida Annaning ledi Rochfordga Genrixning “jinsiy zaifligi” haqidagi shikoyatini qayd qilishning nima keragi bor edi deb o’ylab qoldim.
Gap mana bu yerda ekan. Ma’lum bo’lishicha, avvallari agar erkak jinsiy zaif bo’lib qolsa, bunga sabab sehr-jodu deb bilishgan. Jinsiy a’zo ishdan chiqdi va tegishli tabibga ko’rinish kerak deb o’ylashmagan. Yo’q, buning sababi, u o’qitilgan, issiq-sovuq qilingan deb ishonishgan. Ya’ni, bu yo’l bilan Boleynni sehrgarlikda ham ayblash mumkin bo’lgan.
Davomi undanda zavqliroq. Texnik jihatdan, aniqrog’i, yuridik jihatdan Annani xiyonatda ayblab bo’lmasdi. Sababi, u Genrixning xotini emasdi. Bunisiga nima deysiz?!!
Uning nikohi Kenterberiy arxiepiskopi Kranmer tomonidan bekor qilingandi! Bunga asos qilib Genrixning Annaning opasi - Mariya Boleyn bilan bo’lgan munosabatlari ko’rsatilgandi. Diniy qonunlarga binoan esa bunday nikoh bor bo’lishi mumkin emasdi, mazkur aloqa va qarindoshlik rishtalaridan hammaning habari bo’lgan. Ularning qizi Yelizaveta nikohsiz tug’ilgan farzand deb e’lon qilindi.
Lekin agar nikoh bo’lmasa, xiyonat ham bo’lmaydiku?! Ammo sud hakamlari, ularning orasida esa Jorj va Anna Boleynlarning o’z otasi ham bo’lgan, bunday deb hisoblamasdi.
1536 yil, 19 may kuni Anna Boleyn London Tauerdagi o’z uyidan olib ketilib, xiyonatda ayblanib qatl qilindi. Undan Angliya Qirolichasi maqomi olib qo’yilib, Genrix bilan bo’lgan nikohi bekor qilindi, u Pembruk Markizasi sifatida, 1532 yilda Qirol Genrix taqdim etgan unvon bilan olamdan ko’z yumdi.
U boshi tanasidan judo qilingan ilk qirolicha edi.
Undan oldin ham ingliz qirolichalari erlariga xiyonat qilishgan, misol uchun, Angauleme Qirolichasi Izabella, uning eri xotinining jazmanlarini uning yotog’i tepasida osib qo’yishni buyurgan, yoki bo’lmasa, Fransuzlar Izabellasi, u gomoseksualist eri, Eduard II bilan nikohda bo’la turib ochiqchasiga o’z jazmani Rodjer Mortimer bilan yashab yurgan. Bu ayollarning hech biri biron bir jazo olmagan.
12 asrda Eleonora Akvitanskaya jiddiyroq jinoyat sodir qilgandi, u o’z o’g’illarini Genrix II ni taxtdan ag’darishga undagan, va 16 yillik uy qamog’i bilan qutulib ketgandi. Jahongir Vilgelmning rafiqasi Matilda Flandrskayachi, o’z eriga qarshi o’g’lini qo’llab - quvvatlagan, va unga hech nima bo’lgani yo’q. Sehrgarlikda ayblangan (keyinchalik aniqlanishicha, yanglish) Genrix IV ning bevasi Janna Navarskaya qamoqda uch yil o’tirgan. 1441 yilda Glouster Gersoginyasi Eleonora Goubxam o’z jiyani Genrix IV ning o’limini istab sehr- jodu qilayotganida ushlangan, u o’lim jazosidan qutulib qolib, o’rniga umrbod qamoq jazosini olgan.
Annagacha hech bir Angliya ayoli Annaga qo’yilgan jinoyatlar uchun jazo olishmagan.
Bunday holat Fransiyada ham bo’lmagan, masalan 1314 yilda uch fransuz malikasi, ularning orasida taxt vorisining xotini ham bo’lgan, xiyonatda ayblanishgan. Jazmanlar qatl etilgan, ularning o’zlari esa erlaridan ajratib olinib qamoqqa tashlangan edilar.
Annadan so’ng ayollarni qatl qilish ancha oson bo’lib qoladi.
Yana bir dahshatli haqiqat, Anna, butun umr protestantlik tarafdori bo’lishiga qaramay, katolik sifatida olamdan o’tdi. “ In these, her dying hours, she showed herself a devout Catholic with pious devotion to the Eucharist, despite her reformist views”.
Qirol Seymurga qatldan 7 kun o’tiboq uylanib oldi.
Bu taqriz emas, ammo muallifga tasanno aytishdan boshqa menga hech nima kerakmas.
P.S. Mening hammasidan ham xayolimdan ketmayotgani, bu - odamning boshi chopib tashlanganidan keyin u yana 3 soniyadan to 25 soniyagacha yashashga qodir ekanligidir!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago