Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

Abituriyentga Xos

Description
Abituriyentlarga xos barcha yangiliklar bizning kanalda

Reklama uchun: t.me/m/71pwwlFEMzYy
@talim_admin
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 12 months ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 1 month ago

1 month, 3 weeks ago
***📈*** **Kontrakt narxi oshishi kutilmoqda!**

📈 Kontrakt narxi oshishi kutilmoqda!

🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shohruh Daliyevning aytishicha, bir talabani oʻqitish davlatga yiliga 12–15 million soʻmga tushmoqda.

“Talabalar uchun stipendiyalar miqdorini oshirish masalasini oʻylab koʻrishimiz kerak. Toʻlov–kontrakt miqdori ham pandemiya davridan beri oshirilmadi. Bir talabaga sarflanayotgan pul, u toʻlayotgan kontrakt miqdoridan ancha koʻp”.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos! *🧡***

1 month, 4 weeks ago
***📌*** **Minimal kirish ballari oshiriladi.**

📌 Minimal kirish ballari oshiriladi.

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilmoqda (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).

Bu haqida matbuot anjumanida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri xabar berdi.

Bu degani 74 balldan kam ball olgan abituriyent kvota to'lmasa ham o'qishga tavsiya etilmagan hisoblanadi.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos! *🧡***

1 month, 4 weeks ago

O'qituvchilarga 40 foiz ustama. Kimlarga beriladi?

▪️ 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos! *🧡***

**O'qituvchilarga 40 foiz ustama. Kimlarga beriladi?**
3 months, 3 weeks ago

Maktabda oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?

🥇 Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

🥈 Kumush medal uchun esa yillik baholar a’lo bo‘lishi yetarli.

Oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos! *🧡***

***❓*****Maktabda** **oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?**
3 months, 4 weeks ago
3 months, 4 weeks ago

UXLAMA, ​​ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.
Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

Abituriyentlarga ulashib qo'ying!

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos! *🧡***

5 months, 3 weeks ago

*☄️*Maktabga ilk ishga kirganda o'qituvchilarda qanday daraja bo'ladi?

Bakalavr darajasiga ega pedagog kadrlarga — mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimi;*➡️*Magistr darajasiga ega mutaxassislarga, shuningdek, oliy ma’lumot darajasi bo‘yicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);*🎗*Fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos! *🧡***

*****☄️*******Maktabga ilk ishga kirganda o'qituvchilarda qanday daraja bo'ladi?**
5 months, 3 weeks ago

☄️Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi

Vazirlar Mahkasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 65 balldan o'tgan abituriyent "A +, A" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda o‘sha fandan maksimal ballga ega bo'ladi.

📚Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo'lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

💻Test natijalari xalqaro metod – Rash modeli asosida hisoblanadi.

Sertifikat uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

📋Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos! *🧡***

5 months, 3 weeks ago
5 months, 4 weeks ago

*☄️*Dunyo boʻylab taʼlim haqida top faktlar

  1. Koʻp marotaba toshqin muammolariga duch kelinganligi tufayli Bangladeshda 100 dan kam boʻlmagan qayiq maktablari mavjud. Ularning har biri Internetga ulangan, kutubxonaga ega va quyosh energiyasidan quvvat oladi.

  2. Hindistonning Laknov shahridagi “City Montessori” maktabi oʻquvchilar soni boʻyicha dunyodagi eng yirik maktab boʻlib, u yerda 32 000 dan ortiq ilmu tolib tahsil oladi.

  3. Chilida oʻquvchilar uchun yozgi taʼtillar bizdagidan farqli oʻlaroq, dekabr oʻrtalaridan boshlanadi va mart oyining boshlarida tugaydi.

  4. Saxarada 11,07 million bola boshlangʻich taʼlimini tugatmasdan maktabni tark etadi. Janubiy va Gʻarbiy Osiyoda bu raqam 13,54 millionga etadi.

  5. Dunyodagi eng qadimgi maktab Angliyaning Kanterberi shahrida joylashgan. U 1597-yilda “Qirollik maktabi” nomi bilan tashkil etilgan. Maktab sifatli uskunalar va jihozlar bilan taʼminlangan, hozirda zamonaviy taʼlim beradigan oʻquv muassasalari safiga kiradi.

  6. Rivojlanayotgan, kam taʼminlangan mamlakatlarda har bir qoʻshimcha taʼlim yili oʻsha mamlakat fuqarosining kelajakdagi daromadini oʻrtacha 10%gacha oshirishi mumkin.

  7. Dunyoda eng koʻp uy vazifasini bajaradigan talabalar Xitoydagi talabalar hisoblanadi. Oʻsmirlar haftasiga oʻrtacha 14 soat davomida uy vazifasini qiladilar.

  8. Pokistonda bolalarga bepul taʼlim olish uchun qonuniy huquq berilmaydi. Faqat 5 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalar majburiy taʼlim olish huquqiga ega.

  9. Gollandiyada bolalar maktabni 4 yoshga toʻlgan kunidan boshlashadi. Bu jarayonda maktabdagi boshlangʻich sinf oʻquvchilari soni juda tez oʻzgaradi.

  10. Yaponiyadagi maktablarda bolalarning oʻzlari sinflarini tozalashadi va hatto, tushlikni ham oʻzlari bilan olib yurishadi. Yaponiya maktablarida farrosh yoki oshxona mavjud emas.

  11. Italiyaning Turin shahrida dunyodagi eng kichik maktab bor, u yerda bitta oʻquvchi taʼlim oladi.

  12. Eron qizlar va oʻgʻil bolalarga ular kollejga kirgunlariga qadar alohida taʼlim beriladigan mamlakat hisoblanadi. Mazkur davlat taʼlim tizimida maktab oʻquvchilari orasida qizlar uchun faqat ayol oʻqituvchilar, oʻgʻil bolalar uchun erkak oʻqituvchilar dars beradi.

  13. Braziliyada oila bilan ovqatlanish - madaniyatning muhim qismi, shuning uchun maktablar ertalab soat 07:00 da boshlanadi va tushgacha tugaydi, shunda bolalar ota-onalari bilan tushlik qilishlari mumkin boʻladi.

  14. Dam olish kuni yoki taʼtil boʻlishiga qaramay, rus bolalari maktabni har doim “Bilimlar kuni” yaʼni 1-sentyabrda boshlashadi.

  15. Jahon boʻylab eng keksa oʻqituvchi faoliyati Amerikada qayd etilgan. Uning ism-familiyasi Agnes Zhelesnik boʻlib, Yoshi 101 ga toʻlgan.

  16. Islandiya maktablarida oʻquvchilarga “trikotaj” deb nomlangan fan oʻqitiladi. Jahonda boshqa mamlakatdagi maktablarda bu yoʻnalishga asoslangan fanni uchratish deyarli qiyin.

‼️Ushbu maqola orqali dunyo davlatlaridagi taʼlim tizimiga doir eng qiziqarli faktlar eʼtiboringizga havol etildi: guvohi boʻldingizki, anʼana va urf-odatlar - turli, bilimning yetkazilish usullari - turfa.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos! *🧡***

*****☄️*******Dunyo boʻylab taʼlim haqida top faktlar**
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 day ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 12 months ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 1 month ago