GineMed🩺

Description
Mirzahmadovna Irodaning shaxsiy telegram kanaliga xush kelibsiz !

Ushbu kanalda Ginekologiya bo‘yicha ma'lumotlar berib boriladi !

Online konsultatsiya 👉 @Gynecologist_Iroda

Kursga yozilish 👉 @GineMed_admin
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

2 months, 2 weeks ago

📹 Laparoscopic Myomectomy

https://t.me/Dukturkhonim

2 months, 3 weeks ago
**Yuqorida tashlangan bachadon sikliga oid ajoyib …

Yuqorida tashlangan bachadon sikliga oid ajoyib post yangi tashkil etilgan loyihaga tegishli

"Endocrinology with DJ" deb nomlangan bu loyiha telegramdagi yopiq kanalda bo'lib o'tadi

Loyiha admini faoliyati haqida ushbu "KANAL" da endokrinologiya sohasida Uzbekistondagi eng kuchli professor Zamira Yusufovna va boshqa endokrinologlarning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin

Oktabr oyi uchun qabul boshlandi, qiziquvchilar @GineMed_admin ga murojaat qiling

Boshqa ma'lumotlarni quyidagi kanalda kuzatib borishingiz mumkin: @toshkent_tibbiyot

2 months, 3 weeks ago
Bachadon sikli va uning fazalari (Bu …

Bachadon sikli va uning fazalari (Bu post Endocrinology with DJ kanali tomonidan tayyorlangan) Biz bilgan menstruatsiya (hayz ko'rish) jarayoni aslida menstrual sikl (hayz sikl) emas balki bachadon siklining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bachadon sikli hayz…

2 months, 3 weeks ago
**Bachadon sikli va uning fazalari**

Bachadon sikli va uning fazalari

(Bu post Endocrinology with DJ kanali tomonidan tayyorlangan)

Biz bilgan menstruatsiya (hayz ko'rish) jarayoni aslida menstrual sikl (hayz sikl) emas balki bachadon siklining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bachadon sikli hayz siklidagi gormonal o'zgarishlar tufayli bachadon endometriysida bo'ladigan o'zgarishlar bo'lib, 3ta fazadan iborat:

1) Menstruatsiya (deskvamatsiya) fazasi - vaginal qon ketish boshlanishidan to tugagungacha bo'lgan davr, odatda 3-5 kun (7 kungacha) davom etadi. Menstrual siklning luteal fazasi oxirida sariq tana degeneratsiyasi tufayli qonda progesteron (tasiri ko'proq) va estrogen darajasi keskin kamayadi, natijasida bachadonni qon bilan taminlovchi spiral arteriyalar devorida joylashgan endotelial hujayralarda SOG-2 (siklooksigenaza-2) fermenti aktivlanadi hamda PgE2 miqdorini oshiradi, bu modda spiral arteriya devoridagi silliq mushaklarni qisqartirib tomir spazmiga olib keladi, oqibatda endometriy qavati gipoksik nekrozga uchraydi. Ishemiya menstruatsiyadan 4-24 soat oldin boshlanadi, spiral arteriyalar kengayib qon oqimi tiklanganda yoriqlardan oqib chiqqan qon nekrozlangan endometriy yuza va o'rta qavati (funksional zona) bilan birgalikda miometriy qisqarishi tufayli bachadondan uzilib tashqariga chiqariladi (prostaglandin E2 miometriy qavati silliq mushaklarini ham qisqaruvchanligini kuchaytiradi). Ushbu davr oxirida endometriy qalinligi yupqalashib 0.5 mm bo'lib qoladi. Endometriy regeneratsiyasi (re-epitelizatsiya) bachadon siklining 4-kunidan 7-kunigacha endometriy bazal qavati (funksional zonadan ichkari joylashgan qatlam) hisobiga amalga oshadi, endometriy qalinligi 2 mm gacha tiklanadi va tekis holatga keladi

2) Proliferativ faza - hayz siklining 7-kunidan ovulyatsiyagacha davom etadi, follikulyar fazada follikulalar hajmi kattargani sari ulardan estradiol sintezi ortib boraveradi, estradiol tasirida endometriyning bazal qavati hujayralari proliferatsiya bo'lib ko'chib tushgan endometriy funksional zonasi tiklanishini taminlaydi. Natijada bachadon endometriysi 0.5mm dan 5mm gacha qalinlashadi. Bundan tashqari bachadon bo'yni mintaqasidagi endometrial bezlar ipsimon shilliq modda ishlab chiqaradi, bu iplar spermani vaginadan bachadonga o'tkazilishida muhum ahamiyatga ega

3) Sekretor faza - ovulyatsiyadan (odatda 14-kundan) boshlab keyingi menstruatsiyagacha davom etadi. Ushbu faza yorilgan Graff follikulasi (dominant follikula) o'rnida hosil bo'lgan sariq tanadan ajralgan progesteron tasirida yuzaga keladi. Progesteron tasirida endometriyning haddan ziyod o'sishi tormozlanadi (estrogen retseptorlarini kamaytiradi va estradiolni noaktiv estronga aylanishini kuchaytiradi) va asosiy e'tibor bachadon endometriysini implantatsiya jarayoniga tayyorlashga qaratiladi. Progesteron bachadon stromal hujayralarini dezidual hujayralar deb nomlangan maxsus hujayralarga differensiatsiya qiladi va bu jarayon dezidualizatsiya deb ataladi. Bu maxsus hujayralar glikogen, lipid va oqsillar kabi ozuqaviy moddalarga boy bo'lib rivojlanayotgan embrion uchun oziq manbai vazifasini bajaradi. Bundan tashqari dezidual hujayralar integrin deb nomlangan adgezion oqsillar ishlab chiqarilishini oshirish orqali endometriy shilliq qavati yopishqoqligini oshiradi va bu jarayon implantatsiya vaqtida embrion (blastotsit) ning bachadonga birikishini taminlaydi. (embrionning birikish maydoni retseptivlik oynasi deb nomalandi, implantatsiya odatda ovulyatsiyadan 6 kun o'tib amalga oshadi)

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 5 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago