?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
? Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
? @Edu_murojaatBot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month, 3 weeks ago
‼️Kecha qulagan Ozarbayjon samolyoti Rossiya raketasi tomonidan urib tushirilgani tasdiqlandi?
Ozarboyjon hukumatidagi manbalar Azerbaijan Airlines samolyoti Rossiya raketasi bilan urib tushirilganini tasdiqladi — Euronews
"Aqtaudagi samolyot halokatiga Rossiyaning “yer-havo” tasnifidagi raketasi sabab bo‘lgan. Raketa samolyotni Grozniy aeroportiga qo‘ndirishga urinishlar chog‘ida uchirilgan. O‘sha paytda hududda dronlar hujumi kuzatilayotgan va havo hujumidan mudofaa tizimi ishlayotgan bo‘lgan. Havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi samolyot yaqinida portlab ketgan, uning parchalari esa samolyotga shikast yetkazgan", deb yozadi telekanal Ozarboyjon hukumatidagi manbalariga tayanib.
Manbalarning Euronews'ga ma’lum qilishicha, uchuvchilarning shoshilinch qo‘nish so‘roviga qaramay, shikastlangan samolyotga Rossiya aeroportlariga qo‘nishga ruxsat berilmagan, ularga Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonning Aktau shahri tomon uchish buyurilgan.
*?*** @JAMIYAT_UUZ
??? Xitoyda dronlar robotlar bilan birgalikda elektr simlarini muzdan tozalayapti
Dron robotni balandlikka ko‘taradi, robot esa maxsus asboblar yordamida muzlarni osongina tozalaydi.
*?*** @JAMIYAT_UUZ
Hukumat qarori (853-son) bilan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglament tasdiqlandi
⚡️ Unga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini shakllantirish va yuritish hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga biriktirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi belgilandi.
? Bunda talabgor yoki boshqarish organi so‘rovnoma berish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat etadi.
? So‘rovnoma YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin(huquqiyaxborot).
✔️ Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 50 foizi (187 ming 500 so‘m) miqdorida Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undiriladi.
? So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, belgilangan yigimni to‘lamaslik davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
? Elektron reyestrga kirish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
?talabgorning ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun mavjud ishchi-xizmatchilari hamda moddiy-texnik bazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pasportining tasdiqlangan nusxasi;
?tasdiqlangan shtatlar jadvali;
?tegishli malaka sertifikat.
Akrom RASHIDOV,
“Odil advokatlar”advokatlik firmasi advokati
*?*** @JAMIYAT_UUZ
✔️ Bunda, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ko‘p miqdordagi qiymatda buzish quyidagicha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi:
?fuqarolarga BHMning 70 baravari (26 mln 250 ming so‘m);
?mansabdor shaxslarga BHMning 80 baravari (30 mln so‘m).
? Shuningdek, tovarlar savdosi yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha (112 mln 500 ming so‘mdan 225 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi(https://t.me/huquqiyaxborot).
⚠️ Ammo, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilishining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Ulug‘bek BEKMURODOV,
“Odil advokatlar”advokatlik firmasi advokati
*?*** @JAMIYAT_UUZ
? 28.10.2024 yil kungi O‘RQ-985-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritilgan
➖ Unga ko‘ra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritilmasligi belgilangan(@advokat24uz).
✏️ Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritilmaydi degani nima degani ?
➖ Bu degani maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar manashu 48 soat ichida jarima solish to‘g‘risida qaror chiqaradigan organga yuborilmasa sodir etilgan huquqbuzarlik uchun jarima qo‘llanilmaydi degan gap.
Sherali ESHKUVVATOV,
“Odil advokatlar”advokatlik firmasi advokati
*?*** @JAMIYAT_UUZ
Bugungi kunda shaharu qishloqlarimizda ko‘p qavatli uylar, madaniy-maishiy inshootlar barpo etilyapti. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin: qurilish obyektining shaharsozlik va texnik meyorlarga mos kelishi yoki kelmasligi; qurilish inshooti va bajarilgan ishlarning aniq bir sinfi, turi, xili bo‘yicha tegishliligi; turar-joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino (bino qismlari) va inshootlarni meyoriy hujjjatlar asosida, hisob usuli bilan bozor narxini aniqlashda qanday huquqiy hujjatlarga tayaniladi? Yoki baholovchi tashkilotlar tomonidan ko‘chmas mulk obyektini baholash yuzasidan tuzilgan hisobotlarni mulkni baholashning yagona standartiga va O‘zbekiston Respublikasi meyoriy hujjatlariga mos kelish yoki kelmasligini; binolarning cho‘kishi, namlanishi, ishlarni noto‘g‘ri bajarilishi oqibatida bino va inshootlarning (konstruksiya yoki elementlarini) qulashi, suv toshishi, pardozlash ishlarining shikastlanishi hamda ish jarayonida baxtsiz xodisalarning sabablarini aniqlashda kim mas’uliyatni zimmasiga oladi?
Bu kabi masalalarni hal etish fuqarolik, jinoyat, ma’muriy va iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudlar hamda tayinlovchi organ xodimlar zimmasida bo‘lib, muayan ishlarni hal qilishda fan, san’at, texnika kabi qator sohalar bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lgan ekspertlarning xulosasiga tayaniladi. Xususan, sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi muhandis-texnikaviy ekspertizaning turlaridan biri hisoblanadi. Loyihalash, qurilish, bino va inshootlardan foydalanish, baholash bo‘yicha bilimlar mazkur tekshiruv ilmiy asoslarining poydevoridir.
Binolarni loyihalashtirish, qurilish va ekspluatatsiya bo‘yicha loyiha-smeta va ishlab chiqarish-texnikaviy hujjatlari, turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshoatlarning kadastr hujjatlari, muhandislik tarmoqlari hamda shu bino va qurilmalar sud qurilish-texnikaviy tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda, sud qurilish–texnikaviy ekspertizasi hal etadigan asosiy vazifalarga sirasiga yana quyidagilarni kiritish mumkin:
turar-joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolarning qurilish, shaharsozlik, texnikaviy ekspluatatsiya meyor va qoidalari talablariga javob berish yoki bermasligi;
qurilish obyektlari va bajarilgan ishlarning narxi;
qurilish obyektlari yoki konstruksiyalarini ekspluatatsion yoki funksional sifatlarini qisman yoki to‘liq yo‘qotish sabablari;
qurilgan yoki qayta qurilgan binoni, bajarilgan qurilish, ta’mirlash yoki qayta qurish ishlarini loyihaga to‘g‘ri kelish-kelmasligi;
ko‘chmas mulk obyektini qayta tuzish imkoniyatlarini (turar joylardan foydalanish va bo‘lish);
turar-joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino-inshootlarning meyoriy hujjjatlar asosida hisob usuli bilan bozor narxini aniqlash;
yer ta’mirlash-qurilish va qurilish ishlari smeta hujjatlarining asosli yoki asossizligini aniqlash;
maydonlarini, yerdan foydalanish huquqini qiymatini baholash;
Bu kabi masalalarni hal etish jarayonida dalillarga baho berish, protsessual qonun talablariga muvofiq, dalillar aloqadorligi va maqbulligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Muayan bir ishni ko‘rishda ekspertiza tayinlash va uni o‘tkazish, ekspertning xulosasiga huquqiy baho berish va uni dalillar majmui tariqasida ishga dahldorligini aniqlash sudyalardan hamda tayinlovchi organ xodimlardan mas’uliyatni talab qiladi.
G‘olib ABDUJALILOV,
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazining Samarqand viloyat bo‘limining qurilish bo‘limi yetkachi eksperti
*?*** @JAMIYAT_UUZ
‼️14 Dekabr - shanba kuni barcha tashkilotlar uchun ish kuni!
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar buni hisobiga 30 Dekabr - dushanba kuni dam olish kuni bo‘ladi
Yangi yil arafasida bang‘illoqlar mavsumi boshlandi
‼️Senat ogohlantiradi
Agar siz shunchaki bang‘iloqdan foydalansangiz ham yangi tahrirdagi ma’muriy kodeksga ko‘ra ?7 mln so‘m jarima to‘laysiz.
?Perotexnika vositalarini sotganlar esa jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Qonun bilan himoyalangan farzandlikka olishning sir saqlanishini ta’minlash (Oila kodeksi 153-moddasi) maqsadida sudlarning e’tibori mazkur toifadagi ishlar, shu jumladan farzandlikka olishni bekor qilish va haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlar ham, yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishiga va bu masala ishni sudda ko‘rishga tayinlash haqidagi ajrim bilan hal etilishi lozimligiga qaratiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ularga ma’lum bo‘lgan farzandlikka olish bilan bog‘liq ma’lumotlarni sir saqlashlari zarurligi, shuningdek farzandlikka olish sirini farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi oshkor qilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 125-moddasiga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilishlari lozim. Bu harakatlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va mazkur shaxslar tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi. Fuqarolik ishi yopiq sud majlisida ko‘rilishi to‘g‘risida sud majlisi bayonnomasida va hal qiluv qarorida ko‘rsatiladi.
Oila kodeksining 167-moddasiga muvofiq farzandlikka olingan bolaning tug‘ilishini qayd etish daftariga zarur o‘zgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning vujudga kelgan vaqti hisoblanishi sababli bolaning mulkiy huquqlarini (hadya, meros tariqasida yoki xususiylashtirish natijasida vujudga kelgan mulkiy huquqlar va h.k.) himoya qilish to‘g‘risidagi talablar farzandlikka olish haqidagi ariza bilan birgalikda ko‘rilishi mumkin emasligiga sudlarning e’tibori qaratiladi.
Baxtiyor FARMONOV,
fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining raisi
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 2 months ago
? Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
? @Edu_murojaatBot
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 month, 3 weeks ago