Jahongir Zokhidov - Blog

Description
Shunchaki fikrlarimni charxlash uchun yozaman

Murojaat uchun:t.me/JahongirZokhidov
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 weeks, 6 days ago
3 weeks ago

Odamlarning prinsiplari amallarida ko'rinadi

Doim "gapimga javob" deb yuradigan tanishim bor edi. Birgalikda bir ish qildik va shu reja amalga oshsa, menga qanchadir miqdorda pul berishini va'da qildi.

Reja amalga oshdi, lekin uning noto'g'ri hisob-kitobi tufayli va'da qilingan pulni menga bersa o'ziga minus bo'lishi ma'lum bo'ldi.

Men: "Reja amalga oshdi, endi aytgan summangni bermaysanmi?" dedim.

U: "Hozir u summani bersam, menga minus bo'lib qolyapti", dedi.

Men: "Menga bunaqa demagan eding, reja bo'yicha bo'ldi, va'dangni bajarmaysanmi?"

U: "To'g'ri, va'da berganman, lekin menga minus bo'lib qolyapti-da!"

Men: "Demak, sen uchun minus bo'lib qolmaslik bergan va'dangdan muhimroq, shundaymi?"

U: "Hozir shunaqa."

Gapiga javob deb yurgan bola, va'dasini bajarmadi. Uning prinsipi o'zi anglamagan holatidagi harakatda namoyon bo'ldi. U uchun aytgan gapiga amal qilmaslik, agar u minusga kirsa, mumkin ekan.

Mening xulosam shu bo'ldiki, bu tanishimning endi birorta gapiga ishonmayman, vaziyatga qarab aytgan va'dasiga amal qilmasligi mumkin. Kelajakda ham shu insonning farzandi bilan farzandim do'st bo'lishini istamayman. Insonlarning asl xarakteri xulqida ko'rinadi, gapirayotgan gapi esa shunchaki aqlli ko'rinish uchun bo'lishi mumkin, balki gapi bilan harakati mos kelmayotganligini o'zi ham anglamas.

@JahongirZoxidov

3 weeks, 1 day ago

Hayo haqida

G'arbda hayo nuqson alomatidir, sharqda hayo iymon alomatidir.

Hayo — bu insonning ichki tozaligi, or-nomusi va odobining yorqin ifodasidir. U nafaqat tashqi ko‘rinishdagi odob, balki qalbdagi poklik va yomonliklardan saqlanish hissidir. Hayo odamni gunoh ishlardan, nojo‘ya so‘zlardan va harakatlardan tiyilishga undovchi iymonning bir qismi hisoblanadi.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qilganlar:
“Hayo — iymondandir.” (Buxoriy va Muslim)

Bu hadisga ko‘ra, hayo — mo‘minning bezagi bo‘lib, iymon bilan chambarchas bog‘liq. Hayo bor joyda poklik, or-nomus va odob bo‘ladi.

"Hayo libosi — eng yaxshi libosdir.” (A’rof surasi, 26-oyat)

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yana bunday deganlar:
“Hayo yaxshilikdan boshqa narsaga olib kelmaydi.” (Buxoriy va Muslim)

Hayo — zaiflik emas, balki insoniy fazilatlarning eng yuksak cho‘qqisidir. Hayo qalbda joylashgan bo‘lib, u so‘zda, libosda, ko‘z qarashda va hayot tarzi orqali namoyon bo‘ladi.

Siz hayoni qanday ta'riflagan bo'lar edingiz?

@JahongirZoxidov

3 months, 1 week ago

Pul baxt olib kelmaydi, baxt pul olib keladi.

Pulning baxt bilan bog'liqligi har doim muhokama mavzusi bo‘lib kelgan. Ko‘pchilik "Pul bilan baxtni sotib olish mumkin" degan fikrda, ammo, aslida, bu haqiqatdan uzoq. Pul bizga qulaylik va imkoniyatlar yaratib bersa-da, chinakam baxtni topish uchun bu yetarli bo'lmaydi. Boshqa tomondan esa , baxtli bo‘lish insonni moliyaviy muvaffaqiyatga yetaklashi mumkin. Ushbu g‘oyani biroz chuqurroq o‘rganib chiqamiz.

Pulning chegarasi: qulaylik, ammo baxt emas.

Pul bizga ko‘plab narsalarni bera oladi: uy, mashina, yaxshi ovqat, ta’lim va dam olish. Ammo bu narsalar faqat jismoniy va vaqtinchalik qulayliklarni ta’minlaydi. Masalan, yangi uy sotib olganingizda yoki chet elga sayohatga chiqqaningizda, o‘zingizni baxtiyor his qilishingiz mumkin, ammo bu hissiyot tezda yo‘qoladi. Bu holat "hech qachon yetarli emaslik" tuyg‘usini yaratadi.

Pul baxt olib kelmasligining sababi shundaki, haqiqiy baxt tashqi narsalarga emas, ichki hissiyotlarga, munosabatlarga va maqsadlarga bog‘liqdir.

Baxt – muvaffaqiyatning siri.
Baxtli insonlar odatda o‘zlariga nisbatan ishonchli, ijodiy va ko‘proq motivatsiyaga ega bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, baxtli bo‘lgan odamlar yaxshi ishlashadi, ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishadi va, natijada, ko‘proq daromad topishadi.

Misol uchun, o‘z ishidan mamnun bo‘lgan odam nafaqat ishni yaxshi bajaradi, balki atrofidagilarga ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, u ko‘tarilish yoki mukofot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, baxt moliyaviy muvaffaqiyatga olib kelishi mumkin, ammo bu jarayon ichki qoniqishdan boshlanadi.

Pul va baxt o‘rtasidagi muvozanat
Pulni to‘g‘ri boshqarish ham baxtga ta’sir qilishi mumkin. Misol uchun:

• Imkoniyatlar yaratish - pul sizga maqsadlaringizga erishish uchun imkoniyat yaratadi. Masalan, o‘zingizni rivojlantirish yoki yaqinlaringizga yordam berish.

• Yaxshilik qilish - pulni boshqalarga yordam berish uchun ishlatish, saxovat va minnatdorchilik hissini oshiradi. Bu esa baxtni kuchaytiradi.

• Tajribalar sotib olish - buyumlardan ko‘ra, unutilmas tajribalarni sotib olish odamlarni ko‘proq qoniqtiradi. Masalan, sayohatlar yoki yaqinlaringiz bilan vaqt o‘tkazish.

Xulosa.
Pul – vosita, lekin maqsad emas. Chinakam baxtni topish uchun ichki tinchlik, yaxshi munosabatlar va o‘z maqsadlaringizga erishish muhimroqdir. Baxtli bo‘lish esa sizni pulga va muvaffaqiyatga yaqinlashtirishi mumkin. Unutmang, baxtni tanlash sizning qo‘lingizda!

Sizningcha, baxt va pul o‘rtasidagi bog‘liqlik qanday? Fikrlaringizni kommentda yozib qoldiring!

https://t.me/JahongirZoxidov

3 months, 1 week ago

Navbatdan tashqari post

Bugun bir navbatdan tashqari post yozishga qaror qildim. Chunki alohida e'tirof etishga arziydigan insonning bugun tug'ilgan kunlari bo'lganliklari sababidan. Aslida bunday e'tirofga, xurmatga loyiq insonlar atrofimda juda ham ko'p va meni ham Jony Academyning ham shu darajaga yetib kelishida ularning ko'p mehnatlari singan

Shunday insonlardan biri Nodira Musayeva (Azizova) bugungi ummat bo'lgan kuningiz bilan chin yurakdan tabirklayman

Nodiradagi ishtiyoq va energiya uncha muncha erkaklarda ko'rmadim. So'zlarining dona-dona va o'tkirligi, ohangining ta'sirchanligi o'quvchilarining ustoziga nisbatan muhabbatining oshishiga sabab bo'lgan. Haqiqiy ustozda bor hislatlar sizda borligi sizning mehnatlaringizni barakasini bermoqda.

Men sizga dars bermagan bo'lsamda ustoz deb murojaat qilishingiz ilmga va ustozga bo'lgan hurmatingizdan dalolat bo'lib o'zingizni ham aziz qilib qo'ydi. Siz kamtarlik va o'zbek qizining g'ururi va oriyatini chegarasini topib olgansiz va shaxsan sizni Tomarisga o'xshataman. Xattoki o'qigani tanlagan kitobingizda ham shuni sezganman.

Siz aslida bundan hamma katta ishlarni qilishga salohiyatingiz yetadi. Xudo hohlasa hali bu boshlanishi sizdan judayam faxrlanib yurish doim bizga nasib qilsin.

Sizga uzoq umr emas barakali umr tilayman. Hayotingiz mazmunli o'tadigan umr tilayman.

Ko'p pul emas barakali pullar topishni va hayrli-savob ishlarga sarflanadigan pullar topishingizni tilayman

Shogirdlaringiz orqasidan keti uzilmaydigan savoblar olishingizni tilayman.

Ko'p farzand emas solih farzandlar tilayman. Ikki dunyoyingizda ham sizga rahmat keltiradigan farzandlar tilayman.

Muammosiz hayot emas, muammolarni hal etishda sabr-bardosh va uni yechishda ilm tilayman. Chunki muammosiz hayot mavjud emas.

Eng asosiysi baxt tilayman, har bir o'tkizayotgan oningiz uchun shukur qillishingizni tilayman. Turmush o'rtog'ingiz bilan baxtli bo'linglar

@Musayeva_ns Sizga hurmatim juda yuqori??
Sizni jamoamda ko'rishdan doim faxrlanaman☺️☺️

3 months, 1 week ago

Baxtsizlik.

Kechagi mavzuning mantiqiy davomi o'laroq bugun baxtsizlik qayerdan kelib chiqishi haqida gaplashamiz.

Sizda ham bo'ladimi - bir ishni qilasiz, lekin xayol boshqa joyda. Kitob o'qiysiz, ammo nimagadir shoshasiz, bir ishni qilishga emas, tugatishga qiziqib qolgansiz.

Masalan, siz ingliz tili o'rganyapsiz, deylik. Bu tilga oid kontentlar shu qadar ko'pki, hammasiga ulguraman, deb shoshib, yuzaki o'tib ketasiz. Bir ishni puxta emas, tezroq tugatvolish ilinjida nomiga bajarib qo'ya qolasiz. Aynan hozirgi momentda emas, "boshqa paytda yashaysiz" - xayolingiz tarqoq, doim nimagadir shoshasiz, hozir qilayotgan ishingizdan zavqlanish o'rniga xayolingizni keyingi qiladigan ishlaringiz bant qilgan. Baxtsizlik hissini aynan mana shu omillar keltirib chiqaradi.

Shu joyda, shu lahzani his qilish, vaziyatni to'liq yashab o'tish, hozirdan zavqlanish esa sizga baxt hissini beradi.

Shuning uchun har bir kitobni undan to'liq foyda olmaguncha, o'qiyverish, bir ish qilayotganda bor fokusni o'sha ishga qaratib, xayoldan boshqa ishlarni chiqarib tashlashga harakat qilish lozim.

Chunki bir vaqtning o'zida ko'p narsani o'ylash baxtsizlikdir.

https://t.me/JahongirZoxidov

3 months, 1 week ago

Atrof 1 oyni o'ylasa, sen 1 yilni o'yla.

Filial ochdik, ancha pul ketdi. Birinchi oyda 5.700.000 qarz bilan chiqdik. Ko'pchilik gapirdi: "Kerakmidi senga shu?! Minusda yurgan ishni nima qilasan?! Barchasini yig'ishtir".

Ikkinchi oy esa 500.000 so'm minusda chiqdik. Yana o'sha gap: "Ikki oyda ham minusdasan! Nima qilasan, kerakmas! Bunaqada nimaga erishasan?! To'xtat ishingni!"

Uchinchi oyda 300.000 so'm foyda bilan chiqdik: "Shuyam ishmi?! Davlat ishiga kirsang, 1 yarim million oylik berishadi, nima qilasan bunaqa ishni?!"

To'rtinchi oy 3.700.000 so'm foydada chiqdik: "O'zi sen uzoqni ko'zlaydigan bolasan-da, men bilgandim seni shu darajaga yetishishingni"...

*Qancha uzoq muddatli rejalar qilib ularni amalga oshira olsangiz, katta narsalarga erisha olasiz. "Uzum" hali ham minusda, lekin ularning 5-10 yillik rejalari bor va shu reja bo'yicha ketishyapti.

Kofe faqat choy ichadigan davlatga kirish uchun 20 yillik reja qilgan va shuncha vaqtda doimiy kofe ichadigan avlodni shakllantirgan.* Shunday ekan, uzoqni ko'ra bilish sizga doimo foyda olib kelishini yodda tutishingiz lozim.

https://t.me/JahongirZoxidov

3 months, 2 weeks ago

Inson mukammal emas yoxud "shoe-button complex"

Bir o'quvchim menga har xil mavzularda savollar berdi. Ba'zilaridan ozroq ilmim borligi uchun javob berdim, ba'zilaridan xabarim yo'qligi uchun bilmayman dedim.

Shunda u: "Ustoz siz qanday bilmasligingiz mumkin", deb hayratda qoldi...

Siz ko'rib turgan inson o'z sohasida kuchlidir, lekin boshqa sohalarda ilmi yo'q bo'lish ehtimoli katta. Balki, dinini to'kis olib bormas, balki, oilasini...

Mediada ko'p ko'ramiz, ma'lum sohada tanilib olgan inson iqtisodiyotdan, siyosatdan va boshqa sohalarda ham o'zini ekspertlardek tutib, fikr bildiradi. Shuning uchun siz biror narsani o'rganmoqchi bo'lsangiz, uni o'sha sohaning haqiqiy ekspertidan o'rganing.

Barcha sohalarda to'liq ilmi bor inson 1400 yillar ilgari o'tib ketgan. Biz mukammal emasmiz.

Bir sohani yaxshi bilsa, uni hamma narsani biladigan dahoga chiqarib tashlamaylik, iltmos. Bu narsa insonda kibrni kuchaytiradi.

https://t.me/JahongirZoxidov

3 months, 2 weeks ago

Tasodif emas - hikmat

Hayotimizda hech narsa behikmat bo'lmaydi. Chunki bularning barchasi Yaratganning fazli bilan bo'ladi.
Hayotingizda qanaqa voqea bo'lishidan qat'iy nazar, kimdir hayotingizni tark etadimi, kimdir xiyonat qiladimi, orqangizdan ish qilishadimi, aldanasizmi - hamma-hammasida hikmat bor.

Muammo shuki, biz bu hikmatni qidirmaymiz. Agar biz har bir voqeadan hikmat izlasak, uni topamiz va hech narsadan siqilmay qo'yamiz.

Biz bilan bo'lishi kerak bo'lgan insonlar baribir biz bilan qoladi, ming qiyinchilik bo'lsa ham. Ajralishi kerak bo'lganlar ming harakat qilganingiz bilan ajraladi, qolish qanchalik oson bo'lsa ham.
Shunday ekan, hayotingizda qanday hodisa sodir bo'lishidan qat'iy nazar, doimo hikmat qidiring va uni topasiz hamda Yaratganga shukr qilasiz.

https://t.me/JahongirZoxidov

3 months, 3 weeks ago

Insonning fikrlashi qanday kelib chiqadi va ehtiyot bo'lishimiz kerak bo'lgan holatlar

Insonning fikrlashi qanday paydo bo'ladi, dunyoqarashi qanday shakllanadi degan savol doim meni qiziqtirar edi. Oxirgi paytlar bunga to'liqroq javobni topgandayman.

Sizning oilangiz, madaniyatingiz, do'stlaringiz, ishingiz sizda muhit hosil qilib, sizning nerv tizimingizga ta'sir o'tkazib asosiy dunyoqarash shakllanishida fundament hosil qilar ekan.

Har bir ko'rgan filmingiz, musiqa, hattoki, ijtimoiy tarmoqlarda ko'rgan har bir video, vayn - hamma hammasi sizning fikrlash tarzingizga sekin-astalik bilan o'zgartirib kelar ekan.

Kim bilan, nima mavzuda gaplashganingiz, har bir suhbatlar sizni fikrlashingizni o'zgarishiga sabab bo'lar ekan.

Bu kabi ko'pdan-ko'p elementlar sizni kimligingizni shakllantiradi va kim bo'lishingizga ta'sir qiladi.

Shu sababdan, kim bilan suhbat qilishingiz, nima ko'rishingizga qattiq e'tibor bering va filtr qo'ying.
Atrofingizni maqsadingiz tomon yetaklaydigan insonlar bilan to'ldiring. Maqsadingizdan chalg'itadiganlaridan voz keching yoki uzoqlashing.

https://t.me/JahongirZoxidov

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 3 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago