Komiljon Sattarovich Suyarov🇺🇿

Description
"Do'st tanlashda aslo adashmang. Sizning kim bo'lishiz yoki qanday darajaga erishishingiz yonizdagi do'stizga aloqasi juda katta"

TDShU yoshlar yetakchisi
Yoshlar parlamenti aʼzosi



@komiljon_suyarov7
@khan_uzbekkhanov
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

1 week, 2 days ago

Yangi 2025-yil muborak boʻlsin!

1 week, 2 days ago
[​​](https://telegra.ph/file/8cc4da8808ef63c0d2d11.jpg)Erix Mariya Remarkning barcha asarlarini bir …

​​Erix Mariya Remarkning barcha asarlarini bir soʻz bilan taʼriflash kerak boʻlsa, doʻstlik deb nom bergan boʻlardim. Ha, Remark erkaklarning chin doʻstligini madh etadi. Biroq bu doʻstlik ulkan qahramonliklar, qurbonliklar, ogʻir damlardagi yelkadoshlik bilan emas, har kuni shunchaki koʻrishish, suhbat qurish, ichkilik ichish, pashsha qoʻrib oʻtirish, xullas birgalikda vaqt oʻtkazish bilan xarakterlanadi.

Doʻst ogʻir kunda bilinadi degan gap bor. Qoʻshilmayman. Kishining boshiga tashvish tushganda gohida gʻirt begona yoki unchalik yaqin boʻlmagan odam ham yordamga qoʻl choʻzishi mumkin. Baʼzan kimgadir yordam berish orqali egomizni qondiramiz, ba'zida esa shunchaki qalbimiz hali uygʻoq boʻlgani uchun ham ehtiyojmandga dastak beramiz.

Unda doʻst yaxshi kunda bilinadimi? Baxtdan toʻlib-toshganingda xursandchiligingga sherik boʻladigan odam topilmay qolsa yomon. Biroq yaxshi kunda ham doʻstni bilib boʻlmaydi. Oʻzbekning toʻyini koʻring. Tugʻilgan kunini koʻring. Muvaffaqiyatga erishgan, elga dasturxon yozgan kishining yonida yot-begonalar ham turib beraveradi.

Kishining yaxshi kuni ham, yomon kuni ham barmoq bilan sanoqli boʻladi. Yilning qolgan kunlari esa odatda tinch, bir xil, bir maromda kechadi. Hech qanday intrigasiz odatiy kunlarda siz uchun vaqt ajratadigan odam chin doʻstingizdir. U yoningizga kelishi uchun baxtdan yettinchi osmonda uchishingiz yoki boshingizga kulfat tushishi shart emas. U shunchaki siz bilan suhbat qurishni, birga vaqt oʻtkazishni xohlaydi. Aynan shunday insonlar yaxshi va yomon kuningizda ham yoningizda boʻladi. Yangi yil tilagi tilash kerak boʻlsa, avvalo chin doʻst nasib qilishini tilayman.

Darvoqe, Remarkni oʻqing.

@salimov_blogi

1 week, 3 days ago

Assalomu alaykum!
Kirib kelayotgan yangi yil barchamizga muborak boʻlsin!

Sogʻliq salomatlik, oilaviy baxt, omad hech qachon hech kimni tark etmasin ilohim!

1 week, 6 days ago

Одамлар аслида ўзи учун нима муҳим эканлигини ҳеч қачон англаб етмаган.
Одамлар ҳатто муҳаббат ва эҳтиёж орасини фарқлолмайди-ю, муҳаббат ҳақида бир-бирларига ёлғон гапиришади. Нақадар даҳшатли...

Агар мен оддий чўпон ёки кетмон чопадиган деҳқон, кўчада иш излаб юрадиган мардикор бўлганимда мен билан ҳеч ким гаплашмасди, мени ҳеч ким ҳурмат қилмасди ва мени ҳеч ким севмасди.
Мана мени нима қийнайди.
Мен ҳақиқий муносабатларга муҳтожман..

2 weeks, 2 days ago
2 weeks, 2 days ago
2 weeks, 4 days ago
2 weeks, 5 days ago
Komiljon Sattarovich Suyarov🇺🇿
2 weeks, 5 days ago

Мен қаттиқ ишонган  жойимдан ,меҳр қўйганларимдан бошини қуйи солиб қайтган инсонман. Бошқа нарсалар мени ўксита олармиди..

@FDostoyevskiy

3 months, 1 week ago
Sharqshunos ekanimdan faxrlanaman***❤️******🇺🇿***

Sharqshunos ekanimdan faxrlanaman❤️🇺🇿

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago