Mehriddin

Description
Bu kanalda siz Andijonlik yosh ijodkorlardan biri Mehriddin ijodi bilan tanishasiz.

•Shu yerda ekanligingizdan mamnunman.
Suhbat uchun: @MehriddinSm?
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 month, 1 week ago

#ilindim❤️

https://youtu.be/2n27wTSaqiA?si=um4_6R2o-w4IVasj

@Sobirjonov_Mehriddin

YouTube

Sheʼr sehri. Xosiyat Rustamova | Шеър сеҳри. Хосият Рустамова

Хосият Рустамова 1971 йил 19 мартда Наманган вилояти, Чуст туманидаги Олмос қишлоғида туғилган. ТошДУнинг журналистика факультетини тамомлаган (1993). «Осмондаги уй» (1997), «Нажот» (2003), «Ридо» (2004), «Девор» (2006) каби шеърий тўпламлари нашр этилган.…

1 month, 1 week ago
Yaqinlashib kelayotgan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlov …

Yaqinlashib kelayotgan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlov kursi tashkilladik!

Ancha vaqtdan buyon ona tili va adabiyot fanini oʻqiysiz, lekin milliy sertifikatdan yetarli natijani qoʻlga kiritolmayapsiz yoki endi oʻzingizni sinab koʻrmoqchimisiz?! Unda bu kurs SIZ uchun!

✴️ KURS REJASI:
Darslar haftada 4 kun bo'lib o'tadi.
Hafta oxirida maksimal yaqin darajadagi sifatli savollar kitobi ishlanib, tahlil qilinadi.
Oʻqish savodxonligi boʻlimi ( badiiy matn, ilmiy matn, gʻazal tahlili) taktikalari oʻrgatiladi va tahlil qilinadi.
Kunora esse yozilib, xato va kamchiliklari boʻyicha maslahatlar beriladi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar yuzasidan muhokamalar olib boriladi.
Tushishi mumkin bo'lgan grammatik mavzular boʻyicha tahlillar olib boriladi.Eng muhimi, kursimizda milliy sertifikatning har bir boʻlimi va oʻquvchilar bilan alohida-alohida shugʻullaniladi!

?KURS NARXI: 150 000

Guruhga avval 10 ta odam qabul qilinadi!
Guruhga qoʻshilish uchun va qoʻshimcha maʼlumotlar uchun: @Muslimaxon_Tohirjonova

1 month, 2 weeks ago
[#yangisidan](?q=%23yangisidan)

#yangisidan

Koʻch koʻronin yigʻishtirar yoz,
Kelayotir vadaboz kuzak.
Yoz ortidan "yigʻlab" bechora—
Yaproqlarin sochadi terak.

Tilla sepin yoyayotir kuz.
Horgʻinlik hukmdor nahordan .
Bu xalq endi baxt beradi deb,
Kuzakdanmas,
umidvor bahordan...

©Mehriddin

@Sobirjonov_Mehriddin

1 month, 3 weeks ago

Hayrli tong??

Risligʻoy Hotamova
"Shukrona"
?Feruzabonu

@Risligoy_Hotamova

1 month, 3 weeks ago

Bu safargi mushoiramizda kimlarni mehmon sifatida chaqiraylik?

4 months, 3 weeks ago

Bu—qadim dunyoning odamlari bilan nima ishim bor!

Ikki eshik orasi

4 months, 3 weeks ago

Ba'zida dunyoga sig'maganimda,
Boshimdan tuproqlar sochaman.
Ichimda g'alayon qilaman
Yegʻlayman.
Ertasi yana hayotga qaytaman.

Tun bo'lib o'taman dunyodan.
Mung bo'lib o'taman dunyodan.
Labim tishlab, dardim aytolmay,
Gung boʻlib oʻtaman dunyoda.

Ichimda uvullar orzular
Bo'rilar galasi misoli—
Yuragim qonini talashib
Balki meni o'ldirmoqchidir
va yo men ularning qotili.

Og'zimni tikaman
So'z aytmaslik uchun .
Orzularimni o'zim paymon qilaman.
Ichimdagi "orzu"degan gulustonlarni
Jiiiiim vayron qilaman.

Angladim.
Men qotilman.
O'zim va orzularim qotili

Mehriddin

@Sobirjonov_Mehriddin

5 months, 1 week ago

**КЕТИБ БОРАР...

Қатор-қатор, қатор-қатор, қатор-қатор,
Саф-саф бўлиб, саф-саф бўлиб, саф-саф бўлиб,
Афгор-афгор, афгор-афгор, афгор-афгор,
Йўқ-йўқ бўлиб, даф-даф бўлиб, ҳайф-ҳайф бўлиб –
Одамизод бу дунёдан ўтиб борар.

Навбат билан тизилганлар, тизилганлар,
Эзганлару эзмаганлар, эзилганлар;
“Худо” деган; тангрини бир сезмаганлар –
Одамизод бу дунёдан ўтиб борар.

Югургилаб, бир-бир босиб, ўйнаб-ўйнаб,
Бу дунёнинг ёлғонидан сўйлаб-сўйлаб,
Гоҳ қорнини, гоҳ қадрини ўйлаб-ўйлаб –
Одамизод бу дунёдан ўтиб борар.

Давлатманду хору зорлар, бечоралар,
Дили буту, дили йўғу, дилпоралар,
Ҳукмфармо пошшоҳлару фуқаролар –
Одамизод бу дунёдан ўтиб борар...

Бу қаро ер ютмоқликдан толмагайдир,
Ўлим асло ўз касбидан тонмагайдир,
Во дариғо! Бир кас мангу қолмагайдир –
Одамизод бу дунёдан ўтиб борар.

Қарайман-у, юрагимда тугар бардош,
Қандай қилиб сизни асрай, қон-қариндош?
Кўзимда ёш, кўнглимда ёш, сўзимда ёш –
Одамизод бу дунёдан ўтиб борар.

Лаънат айтиб, лаънат айтиб, лаънат айтиб,
Раҳмат айтиб, раҳмат айтиб, раҳмат айтиб,
Сукут айтиб, нола айтиб – ғоят айтиб –
Одамизод бу дунёдан ўтиб борар.

Қатор-қатор, қатор-қатор, қатор-қатор,
Афгор-афгор, афгор-афгор, афгор-афгор,
Кўз ёш каби тизилишиб, тизилишиб,
Ингичка ип – бул Ҳаётдан узилишиб... –
Одамизод, одамизод ўтиб борар.

Биродарим, “баландман” деб этма ғурбат,
Мен – дил бўлдим; сен, ҳеч қурса, бўлгин суҳбат,
Мен ҳам турбат, сен ҳам турбат – келса навбат –
Одамизод, одамизод ўтиб борар.

Усмон АЗИМ***?***@Sobirjonov_Mehriddin

6 months, 2 weeks ago
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 6 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago