Unlock a World of Free Content: Books, Music, Videos & More Await!

Abbosbek Akramov's channel

Description
Если не сейчас, то когда? Кто, если не я?

If not now, then when? If not me, then who?

Мои каналы / My channels:
@motivation4yourlife
@abbosbekakramov
@mazzatour
Advertising
We recommend to visit

Community for English Learning, IELTS & PTE Preparation.

✍️ Practice English daily here

📕Grammar lessons
📃Vocabulary
📽Useful Lesson

All are in our channel📌📌📌

Buy Ads: https://telega.io/c/learn_en_grammar

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Last updated 2 weeks, 6 days ago

𝖶𝖾𝗅𝖼𝗈𝗆𝗐 ♡.
𝖫𝖾𝖺𝖽𝖾𝗋 : @k_12p
𝖮𝗋𝗀𝖺𝗇𝗂𝗓𝖾𝗋 : @n0ix2
𝖬𝖠𝖭𝖦𝖤𝖱 :@MNGN0i

Last updated 6 months, 1 week ago

4 Wochen, 1 Tag her

O’sha kuni buvimga bu xabarni aytgandan keyin, qizlarini ohirgi marta ko’rishlari uchun olib bordik. Bu qanday holat ekanligini hech kim bilmasin. Ona qizining jonsiz tanasi oldida, san emas mani jonimni olsaydi deb yig’layotgani bu juda qo’rqinchli holat.

O’shanda man doim o’qiydigan duoga o’zgartirish kiritdim: “Xudoyim, Ota Onalarimizni umrlarini uzoq qil,…..”, endi esa duoyim “Allohim, Ota Onalarimizni umrlarini uzoq qil, lekin bizni jonimizni ulardan oldin olmagin,…..”

Rahmatli ammam juda ham ajoyib ayol edilar. Biron marotaba ulardan kimdir yomonlik ko’rgannini eshitmaganman. Orqalaridan 2ta farzandni qoldirladilar. G’ayrat akam va Sevinch singlim. Bu xabarni yozilishiga ham aynan shu singlim sababchi bo’ldi.

Bugun singlim manga telefon qilib, ona tilidan sertifikat olganini, endi DTMda ona tili imtihonidan 100/100 olishini aytib suyunchi oldi. Va hayolimga kelgan birinchi narsa: “Ammam hayot bo’lganlarida juda ham xursand bo’lardilar”.

Va mani endi butun umr qiynaydigan narsa: o’sha Keyinroq degan suhbatim, endi qiyomatga qoldi.

***Ohirigacha o’qib kelgan bo’lsangiz, o’tganlar haqqiga duo qilib qo’ying.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un

Umarova (Amonova) Sanam Akramovna***16.06.1969-03.01.2024

4 Wochen, 1 Tag her

Keyinroq degandim, keyinroq endi qiyomatga qoldi.

24 yoki 25-dekabr, 2023-yil. Rossiyaning Samara shahrida o’quv treninggida darsda edim. Telefonim birdaniga jiringlab, hayolimni chalg’itdi va olib qaraganimda telegram orqali singlim telefon qilayotganini ko’rdim.

Mani juda hurmat qiladigan, manga havas qiladigan va muntazam maslahat so’raydigan singlim qo’ng’iroq qilayotgan ekan. Kishi bilmas qo’ng’iroqqa javob berdim:
Singlim: Assalomu aleykum akajon.
Man: Va aleykum assalom. Qalaysan?
Singlim: Yaxshi rahmat. Aka, onam (ammam) siz bilan gaplashmoqchila, ketganizdan beri so’raydilar. Gaplari bor ekan.
Man: Singlim seminardaman, chiqib KEYINROQ telefon qilaman, videovizov qilib gaplashamiz
Singlim: Hop bo’ladi.
Man: Mayli charchama, salom ayt.

Va shuyerda suhbatimiz tugadi. Seminardan chiqganimdan keyin bu vadam esimdan chiqib ketib telefon qilmadim. 30-dekabr kuni O’zbekistonga qaytib uchib keldim. Qaytib telefon qilaman degan vadam umuman esimda yo’q.

Dadam, Onam, Ukam aeroportda mani kutib olishdi. Ular bilan Rossiyadan olib kelgan sovg’achalarimni bo’lishdim. Va Dadam qaysidir nuqtada ammangni ozroq mazzasi yo’q deb ketdilar, va man bu gapga e’tibor bermadim. Chunki ammam muntazam kasalhonaga yotib, davolanar edilar. Sababi “saxir” kasalligi.

Toshkentdan Navoiyga 30-dekabr kuni qaytdik. Dam olishga yotdik. Ertalab uyqudan uyg’onsam uyda Dadam va Onam yo’qlar. Gap 31-dekabr haqida ketayabdi. Uydagi 79 yoshli buvimdan qayerdalar ular deb so’raganimda ammangnikiga ketganlar deb javob berdilar. Hop deb kelishlarini kutdim. Kelganlarida kayfiyatlari juda ham yomon edi. Dadam ammang ozroq kasal, shunga ko’rib keldik, mayli san o’ylama, Xudo xohlasa davolanayabdilar, yaxshi bo’lib ketadilar dedilar.

Shu tariqa 31-dekabr va 1yanvar kunlari oradan o’tdi. Vanihoyat Dadam bor gapni aytdilar. Yur o’g’lim, ammangni ko’rib kelamiz dedilar. Borganimda esa, ammamni bu ahvolda ko’raman deb umuman o’ylamagan edim. O’shanda o’zimni qanchalik bemehr ekanligimni bildim. Ko’zimdan bir tomchi ham yosh chiqmadi, lekin ichimda okeanlar oqdi, daryolar to’lib toshdi. (Qanday ahvolda ekanliklarini tariflamayman). Balki erkak kishi yig’lamaydi degan gaplarning natijasidir bu.

O’shanda mol-u davlat, pul va boshqa narsalar sog’liq oldida qanchalar arzimas narsa ekanligini tushundim. G’ayrat akam va Dadam birgalikda hech narsa qilmay o’tirgandan ko’ra harakat qilib ko’ramiz deb ammamni yana bir bor shahar markaziy shifoxonasiga olib ketdilar. Va shu nuqtada ammamning ahvollari yaxshilanayotganini aytishdi. Lekin 3-yanvar kuni, kech soat 16:00larda shifoxonadan javob berib, buyeriga tayyor turishni aytishdi.

Ammamni o’zlarining hovlilariga olib bordik. Soat 22:40larda Dadam uyga qaytishimizni aytdilar, va man Onam va Dadamni olib ammamlarnikidan uyga qaytdim. Dadam juda charchagan edilar, kelgandan uxlab qoldilar, onam esa oshxonada buvim bilan ozroq gaplashishga kirgandilar. Man ham ishlarimni tugatib endi xonamga kirganimni bilaman, akam telefon qilib: “uka bandalik, ammam ketdilar, amakimga o’zing astagina ayt” dedilar.

O’shanda manda bir dona savol, biiir dona savol tug’ildi: “nima uchun manga aytdilar birinchi, a man hozir qanday Dadamga opangiz, ammam o’tib qolibdilar” deb aytaman deb o’yladim. Ahir uyda ammamni onalari, 79 yoshli buvim borlar, ularga qanday aytamiz” deb o’yladim. O’zimni qo’lga olib, Dadamni uyg’otdim, chuqur nafas olib: “Dada bandalik, sabr bersin, ammam o’tib qoldilar” deb aytdim. Sukunat, sovuqlik va 2 erkakning ko’zidan oqgan yoshlar bor edi honada. Ketdik o’g’lim, asta moshinani olib chiq, buving bilmasinlar dedilar va Onam ham bizga qo’shildilar.

Ammamni jonsiz tanalarini ko’rganimda, butun yoshligim ko’z oldidan o’tdi. Mani erkalatganlari, uyimizga kelganlari, man uchun g’alati bo’lgan kessak yeganlari, nazar degan saqich chaynab yurishlari, va har doim ortiqcha vaznlari sababli akalari va ukalari ular bilan hazillashganlari 1 sonida ko’zim oldidan o’tdi.

Rahmatli ammam 55 yoshlarida, 3-yanvar, o’z onalarining tug’ilgan kunlari kuni soat 23:40larda omonatlarini topshirdilar.

1 Monat her

Barchangizni kantangizdagi pulingiz Hayitliklar tushgani uchun
5614 6816 2054 9620 so’m bo’lib ketsin….

3 Monate her

На самом верху “Nest One“

3 Monate her
3 Monate, 2 Wochen her
5 Monate her

❗️**Sizga savol bor.

Mani qayerdan taniysiz va eng muhimi kasbim nima?

Eslatma: kommentariya kasbimni har xil yozishadi, iltimos siz ularga e’tibor bermasdan, o’zingiz bilganingizni yozing.**

5 Monate her

Hech kim bizga oson bo’ladi deb aytmaganku to’g’rimi?

5 Monate her

❄️ Qishki kanikul yaqin, viloyatga qaytishdan oldin sizga ajoyib taklif bor!

Bu gal 100/100 talabalar uchun ishlab beramiz. Chimyon va Kiyik fermasiga sayohat qilishga sizni taklif qilaman.

Davrada doimgidak: Mazzatour. Siz bir berilgan taklif va uni narxini ko’ring. Sayohat qilmaslikning o’zi gunoh buncha yetgillikdan keyin…

Batafsil: https://t.me/mazzatour/349

6 Monate, 2 Wochen her
We recommend to visit

Community for English Learning, IELTS & PTE Preparation.

✍️ Practice English daily here

📕Grammar lessons
📃Vocabulary
📽Useful Lesson

All are in our channel📌📌📌

Buy Ads: https://telega.io/c/learn_en_grammar

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Last updated 2 weeks, 6 days ago

𝖶𝖾𝗅𝖼𝗈𝗆𝗐 ♡.
𝖫𝖾𝖺𝖽𝖾𝗋 : @k_12p
𝖮𝗋𝗀𝖺𝗇𝗂𝗓𝖾𝗋 : @n0ix2
𝖬𝖠𝖭𝖦𝖤𝖱 :@MNGN0i

Last updated 6 months, 1 week ago