advertising :- @life1Feel
Fan Channel Janicee Janicee 🔥 Janice Rivera 💦🍓
Last updated 4 days, 5 hours ago
Community for English Learning, IELTS & PTE Preparation.
✍️ Practice English daily here
📕Grammar lessons
📃Vocabulary
📽Useful Lesson
All are in our channel📌📌📌
Buy Ads: https://telega.io/c/learn_en_grammar
Last updated 5 days, 1 hour ago
💻 أهلاً بكم في قناة تعلم البرمجة! 👩💻👨💻 هنا ستجد كل ما تحتاجه لتصبح مبرمجًا محترفًا، سواء كنت مبتدئًا أو لديك بعض الخبرة. نقدم دروسًا عملية ومبسطة في لغات البرمجة المختلفة مثل Python، JavaScript 🌐، C++ 💡، وغيرها الكثير. ستتعلم أيضًا تطوير تطبيق
Last updated 1 month ago
*shoshib yozdim postni, balki uyga borib nimadirlarni qo’sharman, yoki imloviy xatolarni to’g’irlarman.
Dushanba, 16-sentabr, 22:41, “Hot Debrief” yig’ilishidan.
Kuni bilan ishlab, kelasi kunlardagi xizmat ko’rsatishni yaxshilash uchun fikrlarni yozib qo’ydim.
“Refliksiya” boshlandi, va man fikr bildirdim. Jamoadagi eng yoshi kichkina boshqaruvchi bo’lganim uchun butun hona mani “ignor” qildi. Va ohirida man kamchiligini aytgan bo’lim hodimi bu mani ishim emas, qanday qaysi bo’lim buni hal qiladi mani ishim yo’q, Refliksiya tugaganidan keyin topib gaplashib oling dedi.
Shunda man barcha diqqatimni top menejerga qaratdim. U ham “yes, ok” deb yana fikring bormi deb so’radi. Aslida bor edi, lekin yo’q deb indamadim.
Aslida Refliksiya jamoaviy yig’ilish bo’lib, buyerda jamoa bir davrada jamoaviy muhokama qilib, fikr almashadi, bo’lgan vaziyatlarni gapirib berib gaplashadi.
Qisqasi nima demoqchiman: “Ibratdagi ustozlarim hech qachon bunday hunuk holatga yo’l qo’ymasdilar”
Alohida gaplashib olish kerak bo’lsa, nima kerak yig’ilish soat 10da?
Aytgancha, fikr va takliflarimni majlisdam keyin egalariga shaxsan yetkazdim. Hozir ishlayotgan tashkilotim manga otamdan qolmagan, xafa bo’lib, o’zimni o’ylab rivojlanishi mumkun bo’lgan joyida indamay tursam.
Birinchi sud, birinchi g’alaba.
Tabriklashingiz mumkun.
Endi birinchi reys bilan Toshkentga qaytaman
Kasal bola faqat ota-onasiga kerak.
1-aprel, 2023-yil. Aynan shu kuni turizm sohasiga ilk qadam qo’ydim. 65 kishi bilan Samarqand shahriga uyushtirgan sayohatimdan so’ng, Mazza Tourning g’oyasi keldi.
“Farzandlik bo’ldim! Ham ota, ham onalikni bo’ynimga oldim”
Farzandim mana shu kungacha yashab kelibdiki, mening rivojlanishim uchun katta tajriba maydonchasini qurib berdi. Boshida oddiygina universitetning sayohatchilar klubi bo’lib ochilgan Mazza Tour, bugun MChJga aylangan.
Farzandim bilan ko’p yaxshi kunlarni ko’rdim. Bormagan joylarimga aynan shu farzandim tufayli bordim.
Issiq jonda istima bo’ladi. Fevral-mart oylarida negadir bizni oilada muammolar boshlandi. “Kasal bo’lib qoldik”. Bunga sabab mening buzilgan kun tartibim, noto’g’ri qilingan bir necha 10tadan ziyod qarorlar oqibatida, yil ohiriga taqalib qolgan imtihonlarim farzandimga oldingidak mehr berolmasligimga sabab bo’ldi.
Mayli o’tib ketadi deb, shu joyda manga qimmatga tushgan yana bir qaror qildim. Hali 1 yoshga to’lmagan bolakayni, “ona sutidan” ayirish va “nyankaga” berishni rejasini ishlashni boshladim.
“Ahmoq, o’zi ona suti bilan arang yashab turgan bolakayni, nima qilasan sun’iy sut berib boqadigan “nyankaga” berib” deyishga aqlim yetmadi.
Hullas kunlar, oylar o’tdi…
Bugun 3-sentabr. Hozir farzandim kasalxonada. Davolanayabdi. To’liq tuzalib ketishi uchun bir muncha “jarima pulini” to’lashim ham kerak.
Nasib, man ishonaman. Qilayotgan har bir ishim, bekorga emas. Hali hammasi yaxshi bo’ladi. Bolam oyoqga turib ketganida, hamma uni ko’rib ko’zi quvnab, “Ates malades” deb qo’yadi manga.
Manga ishonchsizlik qilayotganlar, boshqa ish qilarsan balki deyotganlar, ILTIMOS O’YLAB KO’RING: SIZ FARZANDINGIZ KASAL BO’lGANDA UNI TASHLAB KETARMIDINGIZ?”
(manku bolamni davolab olaman, lekin…..)
Qisqacha video oldim, hajmi sal kattaroq bo’ldi, uzr.
? Nima uchun man 3 xafta yoqolib qoldim va @mazzatour endi ishlamaydimi degan savollarga javob?
Keyinroq degandim, keyinroq endi qiyomatga qoldi.
24 yoki 25-dekabr, 2023-yil. Rossiyaning Samara shahrida o’quv treninggida darsda edim. Telefonim birdaniga jiringlab, hayolimni chalg’itdi va olib qaraganimda telegram orqali singlim telefon qilayotganini ko’rdim.
Mani juda hurmat qiladigan, manga havas qiladigan va muntazam maslahat so’raydigan singlim qo’ng’iroq qilayotgan ekan. Kishi bilmas qo’ng’iroqqa javob berdim:
Singlim: Assalomu aleykum akajon.
Man: Va aleykum assalom. Qalaysan?
Singlim: Yaxshi rahmat. Aka, onam (ammam) siz bilan gaplashmoqchila, ketganizdan beri so’raydilar. Gaplari bor ekan.
Man: Singlim seminardaman, chiqib KEYINROQ telefon qilaman, videovizov qilib gaplashamiz
Singlim: Hop bo’ladi.
Man: Mayli charchama, salom ayt.
Va shuyerda suhbatimiz tugadi. Seminardan chiqganimdan keyin bu vadam esimdan chiqib ketib telefon qilmadim. 30-dekabr kuni O’zbekistonga qaytib uchib keldim. Qaytib telefon qilaman degan vadam umuman esimda yo’q.
Dadam, Onam, Ukam aeroportda mani kutib olishdi. Ular bilan Rossiyadan olib kelgan sovg’achalarimni bo’lishdim. Va Dadam qaysidir nuqtada ammangni ozroq mazzasi yo’q deb ketdilar, va man bu gapga e’tibor bermadim. Chunki ammam muntazam kasalhonaga yotib, davolanar edilar. Sababi “saxir” kasalligi.
Toshkentdan Navoiyga 30-dekabr kuni qaytdik. Dam olishga yotdik. Ertalab uyqudan uyg’onsam uyda Dadam va Onam yo’qlar. Gap 31-dekabr haqida ketayabdi. Uydagi 79 yoshli buvimdan qayerdalar ular deb so’raganimda ammangnikiga ketganlar deb javob berdilar. Hop deb kelishlarini kutdim. Kelganlarida kayfiyatlari juda ham yomon edi. Dadam ammang ozroq kasal, shunga ko’rib keldik, mayli san o’ylama, Xudo xohlasa davolanayabdilar, yaxshi bo’lib ketadilar dedilar.
Shu tariqa 31-dekabr va 1yanvar kunlari oradan o’tdi. Vanihoyat Dadam bor gapni aytdilar. Yur o’g’lim, ammangni ko’rib kelamiz dedilar. Borganimda esa, ammamni bu ahvolda ko’raman deb umuman o’ylamagan edim. O’shanda o’zimni qanchalik bemehr ekanligimni bildim. Ko’zimdan bir tomchi ham yosh chiqmadi, lekin ichimda okeanlar oqdi, daryolar to’lib toshdi. (Qanday ahvolda ekanliklarini tariflamayman). Balki erkak kishi yig’lamaydi degan gaplarning natijasidir bu.
O’shanda mol-u davlat, pul va boshqa narsalar sog’liq oldida qanchalar arzimas narsa ekanligini tushundim. G’ayrat akam va Dadam birgalikda hech narsa qilmay o’tirgandan ko’ra harakat qilib ko’ramiz deb ammamni yana bir bor shahar markaziy shifoxonasiga olib ketdilar. Va shu nuqtada ammamning ahvollari yaxshilanayotganini aytishdi. Lekin 3-yanvar kuni, kech soat 16:00larda shifoxonadan javob berib, buyeriga tayyor turishni aytishdi.
Ammamni o’zlarining hovlilariga olib bordik. Soat 22:40larda Dadam uyga qaytishimizni aytdilar, va man Onam va Dadamni olib ammamlarnikidan uyga qaytdim. Dadam juda charchagan edilar, kelgandan uxlab qoldilar, onam esa oshxonada buvim bilan ozroq gaplashishga kirgandilar. Man ham ishlarimni tugatib endi xonamga kirganimni bilaman, akam telefon qilib: “uka bandalik, ammam ketdilar, amakimga o’zing astagina ayt” dedilar.
O’shanda manda bir dona savol, biiir dona savol tug’ildi: “nima uchun manga aytdilar birinchi, a man hozir qanday Dadamga opangiz, ammam o’tib qolibdilar” deb aytaman deb o’yladim. Ahir uyda ammamni onalari, 79 yoshli buvim borlar, ularga qanday aytamiz” deb o’yladim. O’zimni qo’lga olib, Dadamni uyg’otdim, chuqur nafas olib: “Dada bandalik, sabr bersin, ammam o’tib qoldilar” deb aytdim. Sukunat, sovuqlik va 2 erkakning ko’zidan oqgan yoshlar bor edi honada. Ketdik o’g’lim, asta moshinani olib chiq, buving bilmasinlar dedilar va Onam ham bizga qo’shildilar.
Ammamni jonsiz tanalarini ko’rganimda, butun yoshligim ko’z oldidan o’tdi. Mani erkalatganlari, uyimizga kelganlari, man uchun g’alati bo’lgan kessak yeganlari, nazar degan saqich chaynab yurishlari, va har doim ortiqcha vaznlari sababli akalari va ukalari ular bilan hazillashganlari 1 sonida ko’zim oldidan o’tdi.
Rahmatli ammam 55 yoshlarida, 3-yanvar, o’z onalarining tug’ilgan kunlari kuni soat 23:40larda omonatlarini topshirdilar.
Barchangizni kantangizdagi pulingiz Hayitliklar tushgani uchun
5614 6816 2054 9620 so’m bo’lib ketsin….
На самом верху “Nest One“
advertising :- @life1Feel
Fan Channel Janicee Janicee 🔥 Janice Rivera 💦🍓
Last updated 4 days, 5 hours ago
Community for English Learning, IELTS & PTE Preparation.
✍️ Practice English daily here
📕Grammar lessons
📃Vocabulary
📽Useful Lesson
All are in our channel📌📌📌
Buy Ads: https://telega.io/c/learn_en_grammar
Last updated 5 days, 1 hour ago
💻 أهلاً بكم في قناة تعلم البرمجة! 👩💻👨💻 هنا ستجد كل ما تحتاجه لتصبح مبرمجًا محترفًا، سواء كنت مبتدئًا أو لديك بعض الخبرة. نقدم دروسًا عملية ومبسطة في لغات البرمجة المختلفة مثل Python، JavaScript 🌐، C++ 💡، وغيرها الكثير. ستتعلم أيضًا تطوير تطبيق
Last updated 1 month ago