MAQSADLI INTIZOM

Description
▪️60+ challenglar asoschisi
▪️Life | Shaxsiy rivojlanish | Intizom | Shaxsiy samaradorlik
▪️Shaxsiy rivojlanish bilan 1 940 kundan beri shug‘ullanaman

🎙Xullas shaxsiy rivojlanish va intizom haqida ODDIY so‘zlar bilan gaplashamiz!
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

2 weeks, 5 days ago

Bugun o‘zingizga investitsiya qiling: 5 oddiy odat

  1. Kitob o‘qing (kamida 15 daqiqa):
    Bilim — o‘zgarishning boshlanishi. Bugun siz o‘qigan bir sahifa ertaga katta muvaffaqiyatga yetaklashi mumkin.
  2. Ertangi kuningizni rejalashtiring:
    Kichik reja — katta tartib. Har kuni 10 daqiqa vaqt ajratib, ertangi maqsadlaringizni yozib chiqing. Bu sizga diqqatni jamlashga yordam beradi.
  3. Tanangizga e’tibor bering:
    10-15 daqiqalik jismoniy mashqlar nafaqat sog‘liqni mustahkamlaydi, balki kayfiyatingizni ham ko‘taradi.
  4. Yangi narsani o‘rganing:
    Bugun biror yangi mahoratni o‘rganishga harakat qiling. Bu kichik bir bilim yoki foydali maslahat bo‘lsa ham, sizni rivojlantiradi.
  5. Kunlik mulohaza qiling:
    Kuningizni qisqacha tahlil qiling: nimani yaxshi qildingiz va nimani yaxshilash kerak? Bu odat o‘z-o‘zini rivojlantirishda juda samarali.

Bugungi kichik odatlar kelajagingiz uchun katta sarmoyadir. O‘zingizni rivojlantirishni aynan bugundan boshlang!

@maqsadliuz

2 weeks, 6 days ago

Yoshlikda o‘qing, chunki vaqtni to‘xtatib turib bo‘lmaydi

  1. Yoshlik — bilim olish va o‘zingizni rivojlantirish uchun eng qimmatli davrdir.
  2. Har bir o‘qilgan kitob, o‘rganilgan mahorat — kelajagingizga qilingan sarmoyadir.
  3. Vaqt hech kimni kutmaydi. Bugun o‘qishga sarflangan bir soat ertaga hayotingizni o‘zgartirishi mumkin.
  4. Yoshligingizda olgan bilimlaringiz hayotingizning har bir bosqichida qo‘l keladi.
  5. Yoshlikdagi vaqtni boy berish — kelajakdagi imkoniyatlarni yo‘qotishdir.

Bugun biror yangi narsani o‘rganish uchun nima qilyapsiz?

@maqsadliuz

3 weeks ago

O‘zgarish qachon boshlanadi?

  1. O‘zgarish hech qachon ertaga boshlanmaydi — u bugun boshlanadi.
  2. To‘g‘ri vaqtni kutmang, to‘g‘ri vaqt bu aynan hozir!
  3. Hayotingizni o‘zgartirish uchun birinchi navbatda o‘z fikrlash tarzini o‘zgartirish kerak.
  4. Katta natijalar kichik qadamlar bilan boshlanadi.
  5. Orzularingizni ro‘yobga chiqarishni boshlash uchun ideal sharoitlar kerak emas, mavjud imkoniyatlardan foydalaning.
  6. Sizning bugungi tanlovingiz — ertangi muvaffaqiyatingizning poydevori.
  7. Har bir kun yangi imkoniyat, yangi boshlanishdir.

Bugun o‘zgarish uchun birinchi qadamni tashlaysizmi?

@maqsadliuz

3 weeks, 4 days ago

Sarhisobni uch qismga bo‘lib amalga oshiraman. Sababi, barcha yo‘nalishlarni bir kunda tahlil qilish samarasiz va charchatadigan bo‘lishi mumkin. Shu sababdan quyidagi tartibda harakat qilamiz va yakunda xulosalarim bilan bo‘lishaman: 1. Sog‘liq va sportga…

3 weeks, 4 days ago

Dangasalikni yengib, budjet tuzishni boshlang!

Budjet tuzish zerikarli tuyulishi mumkin, lekin bu - moliyaviy erkinlik sari birinchi qadam. Quyidagi maslahatlarni sinab ko‘ring:

  1. Maqsadingizni aniqlang
    Hayotda nima uchun pul jamg‘armoqchisiz? Uy? Mashina? Sayohat? - Shu haqda o‘ylang.

  2. Osonidan boshlang
    Har kuni faqat 5 daqiqa ajratib, xarajatlarni yozib boring. Bu odatga aylanadi.

  3. Texnologiyadan foydalaning
    Mobil ilovalar yoki oddiy Google Sheets sizga yordamchi boʻla oladi.

  4. O‘zingizni mukofotlang
    Budjetni boshqarib, tejab qolingan pulning bir qismidan oʻzingizni mukofotlang.

Unutmang, kichik qadamlar bilan katta moliyaviy muvaffaqiyatga erishish mumkin!

@maqsadliuz | #dangasalik

3 weeks, 5 days ago

Set Gonining 5ta manfaatli iqtiboslari

  1. "Ajoyib g'oyalar kam emas, ularni amalga oshirish uchun iroda yetishmaydi."

  2. "Yuqadigan g'oyalar yuqumsiz g'oyalarga qaraganda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqoriroq."

  3. "Agar siz taklif qilayotgan narsa ajoyib bo'lmasa, u e'tibordan chetda qoladi."

  4. "Ajoyib marketing — bu mahsulot yoki xizmatingizga odamlar e'tiborini tortadigan yangilik qo'shish san'atidir."

  5. "Bozor allaqachon izlayotgan mahsulot, xizmat va texnologiyalarni ishlab chiqish kerak."

@maqsadliuz | #iqtibos

1 month ago

Katta ishlar kichik narsalardan boshlanadi!

Ko'p qavatli binolar ham bitta-bittalab g'isht qo'yishdan boshlanadi;

Bir necha tomli kitoblar harflar va so'zlar asosida yoziladi;

Marafon qatnashchilari kilometrlab masofani qadamlar orqali bosib o'tadi;

Bizdagi yaxshi va yomon natijalar har kuni qilgan yoki qilolmagan ishlarimiz yig'indisidir;

Hozirgi moliyaviy holatimiz har kunlik sarf-xarajatlarimiz natijasidir.

Yodda tuting, natijalar bizni tanlamaydi, biz har kunlik harakat va xarajatlarimiz orqali natijalarni o'zimiz tanlaymiz. Hammasi Xudodan dersiz, to'g'ri, lekin sabablar o'z qo'limizda!

@maqsadliuz | #moliya

1 month ago
1 month ago

Mablag' to'plashga xalaqit beradigan xatolar

  1. Boshlashdan qo'rqish.
    Odatiy turmush darajasini yo'qotishdan qo'rqish - bu keng tarqalgan hissiyot. Asosiysi, havotirlanmay birinchi qadamni qo'yish kerak.

  2. Buzilishlar.
    Impulsli sotib olish hammada uchraydigan holat. Lekin buni asta-sekin yo'qotsa bo'ladi.

  3. Haddan tashqari cheklovlar.
    O'zingizni juda ko'p cheklab yubormang. Agar biror narsa sizga quvonch keltirsa, o'zingizga buni qilishga ruxsat bering. Daromadingizni tejash va oshirishning muqobil usullarini izlang, shunda "istaklar" uchun sarf-xarajatlar unchalik katta ko'rinmaydi.

  4. Moliyaviy savodsizlik.
    Xatarlar, firibgarlik va piramida sxemalari jamg'armalarning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. O'zingizni tahdidlardan himoya qilish uchun investitsiya va firibgarlik asoslarini o'rganing.

@maqsadliuz | #moliya

1 month, 1 week ago

Kecha sizni kuldirgan narsa bugun sizni oʼldirishi mumkin...

@maqsadliuz

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 1 day ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago