Pedagoglar

Description
Pedagoglar uchun maxsus kanal!
Taʼlimga oid eng soʻngi kerakli ma'lumotlar va yangiliklar

Reklama 👉 @reklamaedu
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

4 months, 3 weeks ago

⚡️ 2024-yil 1-sentyabrdan ayrim maktab xodimlariga 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi

Bu haqda joriy yil 22-iyunda imzolangan “Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida nazarda tutilmoqda.

2024-yil 1-sentyabrgacha:

ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun maqbullashtirilgan o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. Bunda, O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratiladi;

ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi; har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari tashkil qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida:

▪️o‘quv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida maxsus ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi;

▪️qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-seleksionerlar jalb qilinadi;

▪️ta’lim jarayoni o‘quvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha sinflarda amalga oshiriladi;

▪️o‘quvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.

2024-2025 o‘quv yilidan har yili mahalliy va xorijiy sport ustalari, trener hamda mashhur sportchilar ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi.

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchi-sportchilari O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablari tizimida boks va gimnastika bo‘yicha trenerlar maktabi tashkil qilinadi.

2024-yil 1-sentyabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling?****
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl

4 months, 3 weeks ago
5 months ago

⚡️Metod kunlar qayta joriy qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida malaka oshirishning «Kasbiy rivojlanish soati», tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridaesa, shuningdek, «Kasbiy rivojlanish kuni» kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Quyidagi hafta kunlari oʻqituvchilarga «Kasbiy rivojlanish kunlari» sifatida belgilanishi mumkin:

? Dushanba — Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) fani;

? Seshanba — Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, Oʻzbek tili/rus tili);

? Chorshanba — Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Schienche);

? Payshanba — Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya);

? Juma — Xorijiy tillar;

? Shanba — Amaliy fanlar va boshlangʻich taʼlim (tasviriy sanʼat, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, boshlangʻich taʼlim).

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling?****
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl

7 months ago

⚡️MAKTABDAOʻQUVCHI TELEFON ISHLATSA NIMA QILISH KERAK?Amaldagi tartiga ko’ra o’quvchi dars jarayonida yoki maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.

Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling?****
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl

7 months ago

#imtihon_javoblari
**9-sinf O'zbekiston tairix fanidan mustaqil shugʻullanish uchun imtihon javoblari (2024)

Eslatma:** mazkur javoblar oʻquvchilarning vaqtini tejashga va imtihonlarga esa koʻproq tayyorlanish uchun yordam beradi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling?****
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl

7 months ago

#imtihon_javoblari
**11-sinf Geografiya fanidan mustaqil shugʻullanish uchun imtihon javoblari (2024)

Eslatma:** mazkur javoblar oʻquvchilarning vaqtini tejashga va imtihonlarga esa koʻproq tayyorlanish uchun yordam beradi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling?****
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl

9 months, 1 week ago

*❗️11-sinf bitiruvchi oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun muhim maʼlumot. 2024-yildan abituriyentlar qabuli oʻzgaradi*

Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, soʻngra toʻplagan balliga qarab yoʻnalishlarni tanlashi mumkin boʻladi. Bu tartib haqida “Endi hamma oʻqishga kirib ketarkan-da”, deb oʻylaganlar ham bor. Aslida, yangi tartib qanday ishlaydi? Hamma oʻqishga kiradimi yoki faqat bilimlilarmi?

Yangi tizim qanday ishlaydi?Hozirgi tizim boʻyicha abituriyentlar dastlab 1 oy muddat davomida OTMlarga kirish uchun roʻyxatdan oʻtishadi. Bunda ular 5 ta taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shakllarini tanlaydi. Lekin abituriyent qancha ball toʻplashini oldindan bilmaydi. Masalan, bir abituriyent oʻzi haqida notoʻgʻri prognoz qilib, tanlagan yoʻnalishlariga qaraganda kamroq ball toʻplashi, boshqasi esa topshirgan yoʻnalishlariga qaraganda ancha yuqori ball toʻplashi mumkin. Shuning uchun toʻplagan ballari aniq boʻlgach abituriyentlarda “Men tanlagan yoʻnalishlarimni oʻzgartirsam boʻladimi?” degan savol ham paydo boʻlardi. Lekin buning iloji yoʻq edi.
Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, roʻyxatdan oʻtish 2 bosqichdan iborat boʻladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga oʻzining shaxsiy maʼlumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yoʻnalishlarni tanlamaydi. Dastlabki maʼlumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli boʻladi xolos. Soʻng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qoʻlida oʻz toʻplagan balli boʻladi va u prognoz qila oladi.

Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball toʻplagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga oʻtish balli 150 dan kam boʻlmasligini biladi. Tibbiyot yoʻnalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan toʻla prognoz qilib boʻlmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi oʻtish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yoʻqotmaslik uchun biologiya yoʻnalishini tanlashi mumkin.

Yoki teskari holat ham boʻlishi mumkin. Oʻzim abituriyent boʻlgan vaqtda bir kursdoshim poytaxtdagi OTMga grantga kira olmayman deb viloyatdagi OTMga hujjat topshirgan. Lekin u juda yuqori ball toʻplagandi va balli bemalol Toshkentdagi OTMlarga grantga yetardi.

Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin yoʻnalish tanlasa, bu kabi abituriyentlar toʻgʻri tanlov qila olishi mumkin. Tizimning maqsadi shunday.

“Endi hamma oʻqishga kirib ketadimi?”Bunaqa narsa yoʻq. OTMlarga qabulda kvota bor, oʻrinlar cheklangan. Har qanaqa tizim ishlaganda ham qabul uchun 200 ming oʻrin boʻlsa (mln abituriyentga nisbatan), bu hamma ham birday talaba boʻlmasligini anglatadi.

Bilimlilar koʻproq saralanadiAvval test, soʻng yoʻnalish tanlash imkoni boʻlsa, bilimli abituriyentlar koʻproq tanlab olinadi. Hozirgi holatda 140-150 ball toʻplab oʻqishga kira olmagan abituriyentlar bor. Aksincha, 100 balldan ham past toʻplab grantga oʻqishga kirganlar ham koʻp.

Agar abituriyentlar oʻzi toʻplagan ballni yoʻnalish tanlashdan oldin bilsa, u oʻz imkoniyatlarini hisobga olib tanlov qiladi. Va ballarda ham balans paydo boʻladi. Yaʼni hamma bilimi yetgan joyga boradi.

5 ta yoʻnalish tanlash imkoni cheklanmaydimi?Yoʻq, hozirgi rejaga koʻra, 5 ta yoʻnalish tanlash, tanlov ustuvorligini, taʼlim shakllarini tanlash imkoniyatlari saqlangan, olib tashlanmagan. Agar hukumat qarori qabul qilinishida biror oʻzgarish boʻlmasa, abituriyentlarda shu paytgacha bor boʻlgan imkoniyatlar olib tashlanmaydi. Faqat yangi tizimga muvaffaqiyatli oʻtib olish masalasi koʻrilyapti.

Abituriyentlar nimalarni hisobga olishi kerak?Yuqorida aytilganidek, hujjat topshirish 2 ta bosqichda boʻladi va abituriyentlar oʻz imkoniyatlarini hisobga olib, toʻplagan ballariga qarab prognoz qila olishlari kerak. Asosiysi, qaysi fanlardan imtihon topshirishlarini bilishlari va shunga qarab tayyorgarlik koʻrishlari kerak.

9 months, 1 week ago

*⚡️Pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha kutilgan reglament tasdiqlandi.*

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling?****
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl

9 months, 1 week ago

#RASMAN

*⚡️Ustama belgilashda hisobga olinadigan fan olimpiadalari, tadbirlar va sinfdan tashqari ishlar ro‘yxati tasdiqlandi.*

MMTV 2024-yil 14-fevral 03-01/14-623-sonli xat

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling?****
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl

11 months, 1 week ago

⚡️ Bugun diagnostika testida ishtirok etmagan quyidagi fan o'qituvchilari uchun test jarayonlari bo'lib o'tadi

O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti)
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
Ingliz tili
Nemis tili
Fransuz tili
Davlat (o‘zbek) tili
Davlat (qoraqalpoq) tili
Kimyo
Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda)
Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari
Biologiya
Geografiya

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling?****
https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago