Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
G'OR HAQIDA AFSONA
G‘orga o‘xshash yerosti makonida asirlar yashaydi. Ular hatto boshlarini ortga burolmaydigan tarzda zanjirlangan. Ular g‘ordan chiqish yo‘lini ko‘rmaydilar, chunki bu yo‘l katta toshdevor bilan to‘sib qo‘yilgan. Ular faqatgina ro‘parasidagi tavsirni kuzatishlari mumkin. Bu tasvir esa tashqaridagi qizg‘in hayot, charaqlab turgan quyosh yoki qayerdadir yaqin atrofda yonib turgan olov natijasida paydo bo‘luvchi soyalardir. Devorning ikkinchi tarafida ozod insonlar turli buyumlar, haykallarni olib o‘tishadi. Asirlar bu predmetlarning o‘zini ko‘rishmaydi, faqatgina soyasini kuzatishadi, o‘rganishadi, ularga nom berishadi. Soyalarni kuzatish - asirlar uchun dunyoni bilishning yagona yo‘li.
Soyalar tashqarida sodir bo‘layotgan voqealarning faqatgina aksi ekanligini asirlar bilishmaydi. Shuning uchun ular kunlarini ko‘rganlarini muhokama qilish bilan o‘tkazadilar va hatto tasavvurlaridagi haqiqatdan qanchalik uzoq ekanligini sezmaydilar.
Agar asirlardan biri g‘orni tark etish imkoniyatiga ega bo‘lsa, tashqarida soyalar emas, odamlar va narsalar borligini ko‘rardi. Va agar sobiq asir ko‘rganlarini g‘orda qolganlarga aytsa, ular ishonmaydilar, uni masxara qilishar va hatto o‘ldirishga tayyor bo‘lishadi.
Ushbu G'or haqidagi afsona yunon faylasufi Platon (Aflotun) tomonidan «Davlat» asaridagi dialoglardan birida o‘zining g‘oyalar haqidagi ta’limotini tushuntirish uchun qo‘llanilgan. Platonizm va umuman obyektiv idealizm asosi hisoblanadi. Platonga ko‘ra, g‘or insonlar yashaydigan sezgiga asoslangan dunyoni gavdalantiradi. Platon g'ori iborasi esa tashqi dunyoni o‘rganishdagi cheklanish hisoblanadi.
GRIGORIY RASPUTIN
Rasputin Rossiya imperiyasi so'nggi yillaridagi eng bahsli shaxs hisoblanadi. Uning aslida kim bo'lgani haqida turli qarashlar mavjud. 1869-yilda Tobolskda tug'ilgan Grigoriyning kasbi dehqon hisoblanadi. Kichkinaligida ko'p kasal bo'lgach, uni monastirga olib borib "o'qitishadi". Shundan so'ng u tuzalib qoladi. 1893-yildan boshlab muqaddas qadamjolarga yo'l oladi, oldin Gretsiyaning Afon tog'iga, Quddusga, Kiyevga, Qozonga borib diniy rahnamolar bilan aloqlar o'rnatadi. 1903-yil Piterga ko'chib kelib, Yepiskop sergiy bilan aloqalarni mustahkamlaydi. Ilk marta 1905-yilda Nikolay II bilan ko'rishadi va imperator buni "Познакомились с человеком Божиим — Григорием из Тобольской губ." deya kundaligiga yozib qoldirgan. Ma'lumotlarga qaraganda, Rasputin valeaht shahzoda Alekseyni gemofiliyadan halos bo'lishiga yordam bergan va shu bilan Oliy zot oilasining do'stiga aylangan. Shu davrlarda u Rasputin familiyalilar ko'pligini bahona qilib, o'zini Rasputin-Noviy deb e'lon qiladi. Tadqiqotchilar fikriga ko'ra, Rasputin sabab cherkov davlat ishlarida yanada kattaroq mavqega ega bo'la boshlagan. dushmanlari uni bir necha bor xlist (Хлыст) deya ayblovlar qo'yib tergov qilishgan. Imperaor Nikolay II bilan bir nechta yozishmalari ma'lum. O'zi chiqazgan ikkita kitobda u "Men tirik ekanman, sulola ham tirik bo'ladi" deya bashorat qilgan. 1914-yilda Rossiya urushga kirmasligi kerakligini qat'iy ta'kidlar ekan, bundan dehqonlar, oddiy xalq katta qiyinchilik ko'rishini aytgan.
1910-yilda matbuotda antirasputin tashviqoti avj olib, uni jodugarlikda, ko'pxotinlikda, aqli yetmagan davlat ishlariga burnini tiqishda ayblashadi. 1913-14-yillarda hatto uning knyagina Aleksandra Fyodrovna (imperator xotini) bilan aloqlari haqida ig'vo tarqaydi. Natijada Rasputindan nafratlanuvchilar ko'payib qoladi.
1914-ylda Pokrovskiy qishlog'ida Xioniya Guseva tomonidan Rasputinning qorniga pichoq bilan zarba beriladi. Bu suiqasd haqida AQSh va Britaniya gazetalari ham yozadi. Rossiya matbuotida esa Rasputin sog'ligi hatto Franz Ferdinand o'limidanda qiziqroq mavzu sanalgan.
1916-yilning dekabr oyida Yusupovlar uyiga mehmonga borgan Rasputin qaytib kelmaydi. Ertasi uni qidirish boshlanadi. Avval u Yusupvlar uyiga ketgani, shu oradagi qorovul esa Yusupovlar uyi tomonidan kechasi o'q ovozlari eshitganini, Feliks Yusupov tomidan esa podval ko'rsatilganda u yerda qon izi borligi va shuningdek Neva daryosi ustidagi ko'prikda ham qon izlari aniqlandi. Natijada Rasputinning jasadi Neva daryosidagi muz ostidan topib olib chiqildi. Uning qotili sifatida esa Feliks Yusupov ko'rsatiladi.
O'limidan keyin knyaginya Aleksandra aybdorlarni topib jazolashni talab qilib chiqdi. Lekin tez orada bo'lgan fevral revolyutsiyasi undan keyingi oktabr revolyutsiyasi hammasini javobsiz qoldirgan. Feliks Yusupov mamlakatdan qochib ketib, 1967-yilda Parijda vafot etgan.
Rasputinning qizi Matryona oldin Fransiya, keyin AQShga ko'chib ketgan. Xotini Praskovya, o'gli Dima va Varvaralar esa 1930-yillarda NKVD tomonidan qamoqqa olinib, keyin yo'q qilib yuborilgan. SSSR da rasputinni imperiya tarafdori sifatida, propaganda nishoniga aylantirishgan edi.
Endi Boneyning Rasputin qo'shig'ini eshiting))
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 3 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago