Unlock a World of Free Content: Books, Music, Videos & More Await!

Kutubxona™

Description
Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz!

🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz

📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot

📈 Reklama | @Marketolog1

📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona
Advertising
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 2 days ago

4 weeks, 1 day ago

​​YANA **KЕL, EY RAMAZON!

Bilmam, ko‘ngillardan ketdimi g‘ubor,
Sening poyoningda ming nadomat bor.
Oylarning sultoni mohi Ramazaon,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Ketding bu, da’volar chiqmadi tetik,
Bizni g‘olib etdi yuz minglab hadik.
Afsusda turibmiz har doimgidek,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Ro‘zalar tilgamas, dilgadir ta’sir,
Taroveh ko‘ngilga bo‘lganda og‘ir.
Shamoldan tez kelib ketding-ku axir,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Qalbni toat uchun yana ochmadik,
O‘n bir oy sanqigan dardni yengmadik.
Onadan tug‘ilgan kabi chiqmadik,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Qachon bu telba dil Haqni ham anglar?!
Mog‘or bosgan ichdan ketarmi changlar?!
Ortingdan "Al-firoq" sadosi yangrar,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Faqat Robb ta’olodon so‘rabon najot,
Bizni manzil sari yo‘llar chin qanot.
O‘n bir oy ichida topmasak vafot,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Men ham saodatga yetarman bir kun,
Qalbimda yemirilar Ilohiy tugun,
Shaytonni zanjirband etmaklik uchun,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Mo‘minlar ayyomin hisoblab bo‘lgach,
Farz debon, Makkaga qilgusilar haj.
Shundan so‘ng boshlanar jami kulfat, ranj,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!

Ramazon, biz seni yaxshi ko‘ramiz,
Yana o‘kinch bilan xorg‘in yuramiz.
Alloh nasib qilsa, kutib turamiz,
Yana kel, biz seni kutarmiz nochor!**

©️Xayrulla Hamidov📖📚@Elektron_Kutubxona

4 weeks, 1 day ago

​​**Alvido, ey mohi rahmat, shahri g‘ufron, alvido!
Aylading azmi safar, bo‘lduk parishon, alvido!
Afv qil nuqsonimiz, ey yaxshi mehmon, alvido!
Boisi savmu solotu xatmi Qur’on, alvido!
Alvido, ey rahmati Haq, mohi tobon, alvido!

Bir necha kun xoni ehsoningga hojatmand eduk,
Ham salot-u xatmi Qur’oning bilan xursand eduk,
Band edi iblislar, mehring-la shakkarxand eduk,
San oto ma’nidakim, bizlar sanga farzand eduk,
Tifl yanglig‘ aylading bizlarni giryon, alvido!

Hurmatingdin kechavu kunduz duo erdi qabul,
Hamdi Alloh, bizga bo‘ldung xosi merosi Rasul,
Kelganingga shod etib, ketgoninga qilding malul,
Gar ato azmi safar qilsa, qolur yig‘lab o‘g‘ul,
Tez kel, bizlarni qilgin shod-u xandon, alvido!

Shomdin ilgori amr aylar malaklarga G‘afur:
«Bir qarang bandamg‘a, ta’om oldida, obi tahur,
Biym etib Mandin, yemaykim, intizori shom erur,
Ham ta’omu obin ustiga to‘kunglar pok nur,
Afv qildim qancha qilgan ersa isyon», alvido!

Bir ajab mohsan – hama mohlar aro qurbing azim,
Kim sani e’zoz qilsa, Hashrda bexavf-u biym,
Hurmatingdin jannat ichra bo‘ldi hurlar ko‘hlikkim,
Sohibi iftor erur Mahsharda ozodi jahim,
Qaysi moh san kabi sohib xayr-u ehson, alvido?!

Hurmatingdin g‘arqi nur erdi bu jism-u jonimiz,
Ravshan erdi xatmi Qur’oning bilan iymonimiz,
Xasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz,
Alvido, ey rahmati Haq, ko‘p erur nuqsonimiz,
Jurmi isyonimni qil – Haq so‘rsa – pinhon, alvido!

Lag‘v qilib erdim, ketib qilsang mani oshufta hol,
Garchi badman, yaxshi arz et so‘rsa gar Vojib Ta’ol,
Umrga yo‘q e’timodim to keluncha yangi sol,
Xizmating erdi manga ayni rizoyi Zuljalol,
Ey mohi farxundayi nuri shabiston, alvido!

Kim saning boringda behad erdi ehson-u savob,
Emdi xush ket, to keluncha bo‘ldi ahvolim xarob,
Kim sani e’zoz etar, jannat egasi – behisob,
Xatm qildim arzimi, vallohu a’lam bis-savob,
Mashrabingdin rozi bo‘l, ey yaxshi mehmon, alvido!**

©️Boborahim Mashrab

@Elektron_Kutubxona

4 weeks, 1 day ago

Ketyapsanmi ramazon..

📖👤📓@Elektron_Kutubxona

1 month ago

Madaniyatning qanchalik balandligi ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi.

©️Maksim Gorkiy

Telegram | Instagram | Audiokitob

[​](https://hooks.pro/media/2024/03/20/bot826197106/file-Zfrh8AUVZw.jpg)**Madaniyatning qanchalik balandligi ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi.**
1 month ago

🤩 «Cambridge LC» va «Najot Ta’lim» markazlari umumiy qiymati 3,5 mlrd so'mli grant e'lon qiladi!

Har yili Ramazondan Ramazongacha davom etadigan "Kelajak yoshlari" loyihasida bu yil 130 nafar yigit-qizga grant ajratish reja qilingan.

📌 Grant g'oliblari ingliz tili hamda dasturlash yoki grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim olishadi.
Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 5-aprel soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

🔗 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

⚡️ Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Grant uchun ro'yxatdan o'ting va xabarni haqdor insonlarga yetkazib qo'ying.

1 month ago

**Allohning dargohidan panoh istab kelgan hech bir banda bo‘sh qo‘l bilan ortga qaytmaydi.

©️Bilol Jivalek (Dard etma, Sabr et) kitobidan**

Telegram | Instagram | Audiokitob

[​](https://hooks.pro/media/2024/03/20/bot826197106/file-Zfrbww0y2p.jpg)**Allohning dargohidan panoh istab kelgan hech bir banda bo‘sh qo‘l bilan ortga qaytmaydi.
3 months ago

*Sabr – bu Alloh taoloning eshigiga suyanib, intizor kutmoqlikdir.
Qo‘rqmang! Kim Uning eshigiga borsa, quruq qaytmaydi
.

©️Bilol Jivalek
(Dard etma, sabr et)
kitobidan*Telegram | Instagram | Audiokitob

3 months ago

Ruhi ruhiga do'st bo'lgan insonlar arzimagan sabablar tufayli ajrashmaydilar

©️Ramazon Demir (Yelkangga ishq qo‘nsa) kitobidanTelegram | Instagram | Audiokitob

3 months, 1 week ago

Kitob o‘qiydiganlarning turlari:

Asalari kitobxon
- Qattiq intizomli kitobxon. Mutolaa vaqtini qatʼiy belgilab oladi. Oʻqiganlari yuzasidan tartibli va tushunarli xulosalar qayd etadi. Doimo keyingi oʻqiydigan kitobining nomini biladi.

Pingvin kitobxon
- Mavsumiy kitobxon boʻlib, asosan qish faslida mutolaani koʻpaytiradi. Oʻqish uchun unga alohida sharoit-muhit zarur: issiq ichimlik bilan koʻrpa-adyolga oʻranib, karavotida soatlab oʻqishi mumkin.

Yalqov kitobxon
- Kitobni bir oʻtirishda oʻqib tugatishi amri mahol. Bitta kitobga oylab vaqt sarflaydi va yana bir necha oy keyingi kitobni tanlaydi.

Boyoʻgʻli kitobxon
- Dono kitobxon boʻlib, kuchli tahlil qobiliyatiga ega va kitobni diqqat bilan oʻqiydi. Unda tanqidiy fikrlar har doim mavjud. Kitob tanlashda juda talabchan.

Qurt kitobxon
- Ochkoʻz kitobxon boʻlib, qoʻliga tushgan kitobki, oʻqiyveradi. Kitob sotib olishdan sira toʻxtamaydi. Kitoblari bilan vaqt oʻtkazish uchun dunyodagi hamma narsadan voz kecha oladi.

Siz qanday kitobxonsiz?
Izohga yozib qoldiring.

@Elektron_Kutubxona - Kitobxonlar olami!

5 months ago

Xotiralar - ular tufayli biz qariymiz.
Yoshlikning siri - unuta olishdadir.

©️Erix Mariya Remark

Telegram | Instagram | Audiokitob

[​](https://telegra.ph/file/ce9e889cc6640ffdf4d0d.jpg)**Xotiralar - ular tufayli biz qariymiz.
We recommend to visit

🇺🇿 O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

🛑 Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 6 months ago

🔔 Reklama: t.me/EduRek/19


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 weeks, 2 days ago