Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
Biznikilar “necha yoshda erkak kishida mashina bo’lishi” yoki “mahrga Gelik yoki 3 xonali uy so’rash kerakligini” hal qilayotgan mahalda Xitoyni sun’iy intellekt kompaniyasi- DeepSeek’i bilan Amerikaning sun’iy intellekti odamlarni fikri ustidan dominantlik uchun kurash qilmoqda.
Yangiliklarni o’qiyapsizmi, DeepSeek’ka 36 yoshlik Liang Wenfeng asos solgan, DeepSeek’ni falsafasi esa ChatGPtdan ancha aqilli va qadriyati baland.
DeepSeek- sekundiga dunyoni o’rganyapti, tahlil qilmoqda. BBC undan Xitoyning 1989-yildagi katta Tianamnen voqeasi haqida so’raganida u javob bermagan. Undan tashqari DeepSeek xatolarini tan olmoqda.
Tramp esa “uyg’oninglar, bu raqobatda biz yutishimiz kerak” degan signallar ham bergan.
Oramizda ustozlar bormi? Nimadan dars berasizlar va sizlarni asosiy qiynaydigan muammo nimada?)
Dinimizda shaxsiy chegaralar o‘rnatish va o‘z qadr-qimmatini saqlash masalasida ko‘plab ko‘rsatmalar mavjud. Islomda insonga o‘zini hurmat qilish, chegaralarini saqlash, boshqalarning haq-huquqlariga e’tibor berish, hamda ularning shaxsiy hududiga aralashmaslik ko‘p bor ta’kidlanadi. Mana ba’zi ko‘rsatmalar:
Qur’onda Alloh insonni hurmatli va qadrlanadigan qilib yaratgani aytilgan: _"Biz albatta, Odam bolalarini aziz qildik."_ (Isro, 70). Bu oyatda inson o‘z qadrini bilishi, o‘zini hurmat qilishi kerakligi eslatiladi.
- O‘z shaxsiyatini hurmat qilgan inson boshqalarga nisbatan ham xuddi shunday hurmat bilan yondashadi va ularni ham o‘z qadrini bilishga undaydi.
Boshqalarning huquqlarini hurmat qilish - Islom boshqalarning haqqini hurmat qilishga katta e’tibor beradi. Rasululloh (s.a.v.) _"Musulmon musulmonga birodardir. Unga zulm qilmaydi va zulmga topshirmaydi"_ deganlar. Bu hadisi sharifda har kimning o‘z shaxsiy chegaralari borligi va boshqalarga zarar yetkazmaslik kerakligi ko‘rsatilgan.
- Shaxsiy chegaralar boshqalarning hayotiga aralashmaslik va ularning huquqlarini hurmat qilish orqali himoyalanadi. Dinimizda har bir insonning o‘z hududi va shaxsiyati hurmatga sazovorligi ta’kidlangan.
O‘z haq-huquqlarini himoya qilish - Payg‘ambarimiz (s.a.v.) _"Kuchli mo‘min Alloh nazdida zaif mo‘mindan yaxshiroq va azizroqdir"_ deb aytganlar. Bu hadisdagi kuchlilik faqat jismoniy kuchni emas, balki o‘z qadrini saqlash, huquq va manfaatlarini himoya qilishni ham anglatadi. Shaxsiy chegaralar o‘rnatish esa o‘z haq-huquqlarini himoya qilishning muhim bir qismi hisoblanadi.
Muloqotda hurmat va odob saqlash - Odamlar bilan muloqotda, dinimizda odob va hurmat me’yorlariga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Rasululloh (s.a.v.) _"Sizlarning yaxshilaringiz boshqalarga eng yaxshi muomalada bo‘lganlaringizdir"_ deb aytganlar. Bu, shaxsiy chegaralarga rioya qilish orqali yaxshi munosabatlarni saqlashni ham o‘z ichiga oladi. Har kimning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish va ularning chegaralarini hurmat qilish dinimizning go‘zal xulq-atvori hisoblanadi.
- Rasululloh (s.a.v.) dedilar: “Musulmon – boshqa musulmonlar uning qo‘lidan va tilidan zarar ko‘rmagan kishidir.”* (Buxoriy va Muslim rivoyati).
- Rasululloh (s.a.v.) Vido xutbasida shunday deganlar: “Albatta, sizlarning qonlaringiz, mollaringiz va obro‘laringiz (bir-birlaringizga nisbatan) bugungi kuningiz, oy va joyingiz kabi muqaddas va daxlsizdir.” (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Qalb og‘rig‘idan ehtiyot bo‘lish:
- Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: “Kimda kim birodarini og‘ir so‘z bilan ranjitsa, Alloh u kimsaning qalbini qayg‘u va afsus bilan to‘ldiradi.” (Abu Dovud rivoyati).
Shunday qilib, Islom shaxsiy chegaralar o‘rnatishning inson o‘ziga va jamiyatga foyda keltirishi, insoniy hurmat va odobni saqlash borasida keng ko‘rsatmalarga ega. Chegaralar saqlangan va hurmat qilinadigan jamiyatda insonlar o‘zini xavfsiz his qiladi va ularning qadr-qimmati himoya qilinadi.@Havro_sahifasi
Shaxsiy chegarasini o’rnatgan insonlarni nega ko’pchilik xushlamaydi?
O’zi siz shaxsiy chegarangizni o’rnatishda eng ko’p e’tibor beradigan jihatingiz qaysi?
Va eng ko’p omma tarafidan buziladigan chegarangiz qaysi?
Husayn Buxoriy tomonlaridan 5 ta kitob sharh qilinmoqda.⤵️⏺️«Risalatul-Mustarshidiyn» («Toʻgʻri yoʻl soʻraganlarga risola»)*⏺️«Iyqozul himam» («Himmatlarni uygʻotish»)*⏺️«Shifo»(Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haqlarini tanitish)⏺️«Tibyan fi adabi hamalatil Qurʼan»(«Qurʼon koʻtaruvchilar odoblarining bayoni»)⏺️** «Arba'in Navaviyya» @husaynbuxoriybot ga startni bosilsa, chiqadi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her