Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

IJODKOR BOLALAR

Description
Advertising
We recommend to visit

فيس بوك 👇🏻
https://www.facebook.com/hussain7jabbar/
انستگرام👇🏻
www.instagram.com/hussain7jabar
يوتيوب👇🏻
www.youtube.com/channel/UCPYFmB7gd975SOEh7jCQrQA

Last updated 1 month, 1 week ago

🌟Official VideoStar 🌟
#videostarkurd

Last updated 1 month, 3 weeks ago

🇺🇸4 american universities Full tuition scholarship
🇰🇷Stony Brook University full-scholarship
🇦🇺Full tuition scholarship

Computer Science💻
Abrorbek‼️

1. 🇺🇿
2.🇺🇸
3.🇬🇧
4.🇨🇦
5.🇦🇺
6.🇰🇷

Reklama bo’yicha👉 @reklamanobleman

@kaccocii

Last updated 2 days, 11 hours ago

3 weeks, 2 days ago

26-aprel — O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kuni 70 yilligi *🔹 Muhammad Yusuf — quyidagi asarlar muallifi:
“Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko‘nglimda bir yor” (1991), “Bevafo ko‘p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Osmonimga olib ketaman” (1998).*

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!👇🏻👇🏻👇🏻
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti

3 weeks, 2 days ago
**26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad …

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.
*🔹 Muhammad Yusuf - shoir, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Muhammad Yusuf adabiyotga yetmushinchi yillar oxirida kirib kelgan. Muhammad Yusuf 1954 - yil Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog‘ida dehqonlar oilasida tug‘ilgan.

🔹1971 - yil o‘rta maktabni tugatib, u Respublika rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kiradi, o‘qishni bitirib, O‘zbekiston kitobxonlar jamiyatiga muharrir bo‘lib ishga kiradi. So‘ngra, Muhammad Yusuf “Toshkent oqshomi” gazetasi muxbiri, G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at tahririyati musahhihi, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharrir o‘rinbosari, “Tafakkur” jurnali bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi.

Ayni kunlarda butun Respublikamiz bo'ylab ulug' shoirning 70 yilligi keng miqyosda nishonlanmoqda*

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!👇🏻👇🏻👇🏻
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti

1 month, 1 week ago

#Bizning_ijodkor_bolalar

🦋Kapalaklar

Shahzoda Allayarova Ilnar qizi, Samarqand viloyati Narpay tumani MMTBga qarashli 55-umumiy o'rta ta'lim maktabining 4-"B" sinf o'quvchisi.

➡️https://t.me/RespublikaIjodkorBolalari

2 months, 3 weeks ago

📚Respublika Bolalar Kutubxonasi qoshida ochilgan Ijodkor Bolalar klubi "Kitobxon Yoshlar" sahifasi
📌Ushbu hafta Gabriel Garsia Markesning "Yolgʻizlikning Yuz Yili" asarini muhokama qilamiz
📸Video rolik davomida siz asar bilan tanishib chiqishingiz mumkin
https://t.me/RespublikaIjodkorBolalari

2 months, 4 weeks ago
**O'tkir Hoshimovning** **"Dunyoning ishlari" asari ingliz …

O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari ingliz tiliga tarjima qilindi

Tarjimonning yozishicha, kitob joriy yilning 31-mart sanasidan boshlab chop etiladi. Tarjima asarni Nyu-York metrosida reklama qilish rejalashtirilgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/21550
Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube |X

2 months, 4 weeks ago

21-fevral – Xalqaro ona tili kuni

O‘z ona tilingizni ardoqlang. Millatni boshqalardan ajratib turadigan vosita bu - uning tilidir.

1999-yilda YUNESKO 21-fevralni Xalqaro ona tili kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Bu kun bejiz tanlanmagan. 1952- yil 21-fevralda Sharqiy Pokistonda (1971-yildan Bangladesh) bengal tilini davlat tili sifatida tan olish talabi bilan namoyishga chiqqan talabalar halok bo‘lgan.

https://t.me/RespublikaIjodkorBolalari

3 months ago

#Bizning_ijodkor_bolalar

Hikoya

7 yoshli bolakayning katta orzulari.
(hikoyaning davomi)

Yoshligi chekka bir qishloqda o'tgan. Keyinchalik bobosi va buvisi o'tganidan keyin, maktabga dadasining ish joyiga yaqin bo'lishi uchun markazdan ko'p qavatli uylarning birini ijaraga olib ko'chib kelishgan ekan. Bolakayning qishloqdagi uylari baland hashamatli bo'lmasada o'z hovli uyini juda yaxshi ko'rar edi. Hovli uylarida pastdek- pastdek 4- xona bor edi. Xonalarning biri bobosiniki, ikkinchisi buvisiniki, uchinchisi o'zlarini yotoqxonasi edi. Oshxona esa ayvonda tashqarida edi. Yana bitta katta xona bor edi. U xonaning poli ham yo'q edi, tep- tekis qilib sement bilan suvab qo'yilgan edi. Bolakay bir kuni dadasidan so'radi dada nega bu katta xonaning poli yo'q deb, shunda dadasi o'g'lim bir paytlar juda qiynalganmiz o'shanda qishda ham pul topish uchun shu xonada sement bilan armaturni aralashtirib uzumlar uchun ustun yasab sotganman. Shunaqa qiyinchiliklarni ham boshdan o'tkazganmiz o'g'lim, bu kunlar ham o'tib ketdi, shuning uchun sizni yaxshi o'qing deymanda o'g'lim, yaxshi o'qisangiz bizga o'xshab bozorda ko'kat sotib o'tirmaysiz, stol - stullarda galstukni taqib o'tirasiz degan ekan. O'sha 4- ta xonaning tokchalari bor edi.
Xar bir tokcha ichida, rus tili, ingliz tili, lotin tili va karra jadvallari yopishtirilgan edi.Ular xar bir xonaga kirganida o'sha alifbolarga karra jadvallarga ko'zlari tushar edi extimol, shuning uchun ham besh olti yoshida 3- tilni alifbosini yod olib, kitob o'qishni boshlagandir balki har kuni uyga yotgani kirganida ota-onasi bolakay va ukasi bilan, shu alifbolar karra jadvallariga qarab turli xil savol javoblar qilishar edi. Bolakay va ukasi shundanmi juda tez fursatda kitob o'qishni boshlashgan. Bu o'yinlardan keyin dadasi har kuni ertak aytib berar edi, ertaklar tugab qolsa ichidan ham to'qib aytib berar edi. Dadasi uxlab qolsa onasi ertak aytib berar edi. Keyin bolalar endi uxlash vaqti bo'ldi uxlaymiz desa, bolakayning ukasi unamas edi. Ona alla aytib bersangiz keyin uxlaymiz der edi. Bolakayning qishloqdagi beg'ubor yoshligi shunday esda qolarli bo'lgan. Bolakay shunday oilasi borligidan faxrlanadi.

Republika bolalar kutubxonasi
“Ijodkor bolalar” to’garagi a’zosi

Hikoya mualifi:
“Ijodkor bolalar” guruhi a'zosi Yosh ijodkor:
Hasanov Muhammadyusuf

3 months ago

#Bizning_ijodkor_bolalar **Hikoya

Television**

Bizni uyda bugun bayram.
Nega deysizmi?
Negaki bizga dadam yangi televizor olib berdilar. Bu gap bazi birovlarga kulguli eshitilar, televizor olish xam gap bo'libdimi deb. Kimga qanaqa eshitilar bilmadimu?
Bizlar uchun bu juda katta sovg'adir. Oilamizda biz yaxshi o'qishimiz uchun ota - onam xam televizor ko'rishmaydi. Qachonlardir ko'rgan bo'lishlari kerak chunki hovli uyimizda bitta katta baxaybat televizor chang bosib yotar edi, nomi ham esimda yo'q. Biz onam ukam bilan birgalikda qarindoshlarimiznikiga borganimizda mazza qilib televizor ko'rar edik. Uyga qaytganimizda esa xar galgiday ukam ota - onamni savollarga ko'mib tashlar edi. Dada nega bizni televizorimiz yo'q nega biz ko'chada soatli o'ynaymiz nima uchun bizni ulardan kam yoki ortiq joyimiz bormi? Nega javob bering dada der edi. Dadam esa indamas edi tabiatdan dadam shunaqa og'ir karvon xar bir gapini o'ylab gapiradigan inson edi. Shunda onam sekin gap boshlar edilar. O'g'lim biz xam sizlarni yaxshi o'qishlaringiz uchun o'sha televizordan voz kechganmiz buni tushinish kerak der edilar. Ukam ancha yoshda endigina 10 yoshga to'ldi, shuning uchun xam ko'p narsalarni tushunmas edi. Yana bir kun xolamlarnikiga mexmonga bordik ukam erinmay xamma uylariga kirib chiqibdi, uyga qaytdik yana o'sha mavzuda gap boshladi ukam dada xolamlarni xamma xonalarida bitadan katta televizor devorda osig'liq turibdi. Hech kim televizor ko'rmaysan demas ekan, juda qiziq nega bizda bunaqa xayronman ana o'rtog'im Anvarni qarangda ertadan kechgacha ko'chada o'ynasa xam uyidagilar indamaydi Biz ko'chaga chiqsak bir pasda onam chaqirib oladilar bekoram tug'ulgan ekanman shu oilada Anvar o'rtog'im oilasida tugilganimda zo'r bo'lad edi dedi. Ota onam bir birlariga qaradida indamadi. Xozir qish fasli emasmi hammamiz bir bir kasal bo'ldik men xam tuzalib maktabga chiqdim ukam esa xali tuzalmadi keyingi xaftada maktabga boradi shuning uchunmi dadam bilan onam maslaxatlashib ukam uchun so'ngi rusimdagi devorga osadigan televizor olib keldilar. Dadam bozorda ko'kat sotadilar onam esa uy bekasi ikkalasini xam yoshi 50 dan oshgan. Shunday bo'lsada dadamlar ishlaydilar bizni yaxshi o'qishimiz uchun xamma sharoitni yaratib berishgan shunday ekan, bizlar nega yaxshi o'qimaylik. Bizlar albatta yaxshi o'qiymiz ota onalarimizni barcha ezgu niyatlariga yetkazish uchun xam albatta yaxshi o'qiymiz. Bu hikoyani yozishimdan maqsad shuki oilada xamma sharoit bo'la turib to'xlikki sho'xlik qilib o'qimayotganlar uchun bir dars bo'lsin deb yozdim etiborlaringiz uchun raxmat

3 months ago

#Bizning_ijodkor_bolalar Hikoya
Ruxshonaning tug'ulgan kuni. Bugun Ruxshonani tug'ulgan kuni bo'ldi. Men akam Muhammadyusuf bilan sovg'a olish uchun do'konga bordik. Biz do'kondan yumshoq o'yinchoq oldik. Tog'amlarnikiga borgan edik eshikni Ruxshonaning o'zi ochdi. U bilan birgalikda mushugi ham yugurib chiqdi. Men sovg'amni berib bo'lib qo'limga mushugini oldim. Aftidan mushugi ham meni rosa sog'ingan. Ruxshonaning  mushugi bahorda bolalaydi. Menga ham bolasidan bermoqchi. Men ham xuddi Ruxshonaday mushugchamga g'amho'rlik qilmoqchiman. Men o'zi hikoya yozmoqchi emas edim. Ha deb akam Muhammadyusufni maqtayverishganiga men ham o'zimni ko'rsatib qo'ymoqchi bo'ldim. Meni  ham qo'limdan hikoya yozish keladi demoqchi bo'ldim. Menga ham kamentariya yozilar! Meni  yoshim 11 - da. Ijodkor Muhammadyusufni ukasi  Muhammadbobur  bo'laman.

Respublika bolalar kutubxonasi
“Ijodkor bolalar” to’garagi a’zosi

Hasanov Muhammadbobur Farg'ona viloyati Oltiariq
tumani  1- umumta'lim maktabining  4-"A" sinf o'quvchisi

3 months, 1 week ago
**Alisher Navoiyning 583 yilligi**

Alisher Navoiyning 583 yilligi
9-fevral soat 18:30 da Respublika bolalar kutubxonasining majlislar zalida navoiyshunoslarning nima bilan shug‘ullanishini Alisher Navoiy ijodining tadqiqotchisi Akrom Malikning ma’ruzasida bilib olamiz. Uspenskiy nomidagi musiqa maktabi o‘quvchilari ijrosida Navoiy g‘azallariga maqomlarni tinglaymiz.

Buyuk o‘zbek shoiri, faylasuf, olim, so‘fiy va davlat arbobi Nizomiddin G‘iyosiddin o‘g‘li Mir Alisher umri davomida chig‘atoy va fors tillarida 30 ga yaqin she’riy to‘plamlar yozgan. Shuningdek, Navoiy ilmiy risolalar muallifi ham bo‘lib, uning “Muhokamat ul-lug‘atayn” risolasi turkiy til masalalariga,“Mezon ul-avzon” esa aruzshunoslik ilmiga atalgan. Biroq, Navoiy “Hayrat ul-Abror”, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sab’ai Sayyor” va “Saddi Iskandariy”dan iborat “Xamsa” besh dostoni bilan chinakam dovrug‘ qozongan.

Muloqot tili: o‘zbek tilida rus tiliga sinxron tarjima bilan
Yosh chegarasi: 12+

Joylar soni cheklangan. Iltimos, acdflibrary.uz’da roʻyxatdan oʻting.

We recommend to visit

فيس بوك 👇🏻
https://www.facebook.com/hussain7jabbar/
انستگرام👇🏻
www.instagram.com/hussain7jabar
يوتيوب👇🏻
www.youtube.com/channel/UCPYFmB7gd975SOEh7jCQrQA

Last updated 1 month, 1 week ago

🌟Official VideoStar 🌟
#videostarkurd

Last updated 1 month, 3 weeks ago

🇺🇸4 american universities Full tuition scholarship
🇰🇷Stony Brook University full-scholarship
🇦🇺Full tuition scholarship

Computer Science💻
Abrorbek‼️

1. 🇺🇿
2.🇺🇸
3.🇬🇧
4.🇨🇦
5.🇦🇺
6.🇰🇷

Reklama bo’yicha👉 @reklamanobleman

@kaccocii

Last updated 2 days, 11 hours ago