Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Жуда қизиқ кузатиш. Бугун Сан-Францискода яшовчи бир укамиз билан тушлик қилаётганда, у Ўзбекистонда Юридик институтида ўқигани ва прокуратурада терговгача суриштирув бўлимида ишлаганини айтди. Унинг қизиқиши эса технологиялар ва стартаплар бўлиб келган.
"Нега ундай қилгансан?" десам, "Университетга кираётганда атрофимдагилар орасида юридик факультетга ёки иқтисодиёт факультетига кириш мода эди," деди. Прокуратурада ишлаб, у ердаги муҳитни кўриб, қабул қила олмаган.
Икки ой аввал АҚШда бошқа бир бизнесмен ака билан танишдим, улар ҳам прокуратурада ишлаган эканлар. Улар ҳам кўп адолатсизликларни кўриб, кетишга қарор қилганлар.
Бизнинг Express24 да биринчи ходимларимиздан бири ҳам прокуратурада ишлаган эди. Кейин бизда тез ўсди ва ҳозирда жуда катта компанияда продакт-менежер бўлиб ишлаяпти.
Прокуратурада ишлаганларда бир яхши жиҳат ривожланар экан — саволлар бериш ва жавобларни диққат билан эшитиш. Customer Development ва сотув соҳасида бу кўникмалар жуда зарур.
Қизиқ, хозир ёшлар орасида қайси соҳада ишлаш обрули ҳисобланади?
Xalq ijodi
Zo'r qo'shiqqa samimiy klip bo'lipti. Umuman olganda qizi bor har bir otani fikrlari va tuyg'ulari haqida desak ham bo'ladi. Qiziq kuzatuvim bor, hech otalar og'li haqidayam shunaqa qo'shiq aytganmikan?)
Shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi?
Bilasizlarmi O'zbekistonda sizni shaxsiy ma'lumotlaringiz bir pulga qimmat, ya'ni hamma istasa, be'malol topa oladi. Masalan, firma ochsangiz, banklar, buxgalterlar o'zini xizmatini taklif qilib tinmay bezovta qilishadi, farzandli bo'lsangiz, tadbir o'tkazish xizmatlari tinmay sizga telefon qilishadi va hokazo holatlarda, albatta, sizni topib o'z xizmatini tiqishtiraveradi.
Bundan ham og'irlari bor. Masalan, chetga chiqib keldingiz va yaqin orada telefon xarid qilasiz, uni esa IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazish kerak. Tabiiyki o'z pasportingizga o'tkazmoqchi bo'lasiz, lekin syurpriz bor: sizni nomingizdan o'tkazib bo'lishgan. Chunki aeroportni o'zida sizni pasport ma'lumotlaringiz pullangan edi. Xullas, shaxsiy raqamingiz, pasport ma'lumotlaringiz, manzilingiz bilan qiziqqan odam yoki biznes uni be'malol topa oladi, kerak bo'lsa, foydalanib ham bo'ladi o'rningizga.
Mobil operatorlar sizni turli pullik obunalarga tiqib qo'yishi, tinmay har qanday universitet yoki infoqallobdan sms kelishi esa alohida mavzu.
Janubiy Koreya Parlamenti a'zolari amaldagi Prezidentni lavozimidan bo'shatishibdi, impichment e'lon qilishgan xullas.
Buni sababi esa Prezident taklif qilgan budjet loyihasidan boshlangan edi. Parlament deputatlariga Prezident taklif qilgan summa ko'p ko'ringan va uni rad qilishgan, keyin esa Prezident siyosiy partiyalarni taqiqlab, mamlakatda harbiy holat e'lon qilgan edi. Aynan shu ish sababli natijada ishdan ham ketyapti, katta ehtimol bilan jinoiy javobgarlikka ham tortiladi.
Adliya vazirligi kontent faqat qonuniy jihatdan baholanishi mumkinligi, "ma'naviy ekspertiza"ga ehtiyoj yo'qligini bildirgan holda bayonot beripti. Ozodbek Nazarbekovni senzura o'yini boshlanmasdan yakuniga yetdi shu bilan.
1993-yilda Apple kompaniyasi O’zbekistonga rasman kirib kelgan ekan, keyin nimadirlar bo’lgan va shundan beri qaytib kelmadi haligacha. (#)
Qo'llanma: Green Card to'ldiramiz)
Negadir ko'pchilik ko'chada chiqadigan turli Green card to'ldirib beradiganlar orqali ariza to'ldirishadi. Natijada esa ularga "green card" chiqib qolganda o'sha to'ldirib bergan bratlar tasdiqlash kodini berishmaydi va bu uchun qo'shimcha pul so'rashadi. Shuni oldini olish uchun har bir kishi arizani o'zi yoki ishonchli tanishi bilan to'ldirgani yaxshiroq.
Ariza qaysi saytda to'ldiriladi:
rasmiy sayt - https://dvprogram.state.gov/
Qanday to'ldirish bo'yicha batafsil video qo'llanmalar:
1) https://www.youtube.com/watch?v=U6rxaNjhN90
2) https://www.youtube.com/watch?v=TT9fHkfoSfs&t=2s
3) https://youtu.be/ah8FXXmhLas?si=Cy0rgfho8U1E4XjM
Qachondan boshlab qaysi sanagacha ariza to'ldirish kerak:
2-oktabrdan boshlab to 5-noyabrgacha ariza to'ldirsa bo'ladi, lekin kechiktirib yubormagan ma'qul, chunki saytda uzilishlar bo'lishi mumkin.
Qancha kishiga vizalar ajratiladi:
Turli millat vakillariga 2026-yil uchun 55 mingtagacha vizalar (DV) ajratiladi. Lekin shuni bilish kerakki, "green card" chiqishi ertaga AQSh'ga ketish uchun viza berilishini kafolatlamaydi.
To'lovi bormi:
Dasturda ro‘yxatdan o‘tish uchun hech qanday to‘lov talab qilinmaydi. Lekin suhbatga saralanganlar rasmiy viza arizasini topshirishdan oldin to‘lov qilishlari kerak bo‘ladi, konsullik xodimi ularning vizaga mos kelishini aniqlaydi.
Ariza to‘ldirishda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish kerak:
pasport bo‘yicha ism-familiya;
nomzod jinsi — erkak yoki ayol;
Tug‘ilgan sana — kun, oy, yil;
tug‘ilgan shahar;
tug‘ilgan mamlakat;
nomzod fotosurati (o‘zining, turmush o‘rtog‘i va arizaga kiritilgan barcha farzandlarning so‘nggi olti oy ichida olingan fotosuratlari);
pochta manzili;
hozirgi yashayotgan mamlakati;
telefon raqami;
E-pochta;
yuqori ta’lim darajasi;
hozirgi oilaviy holati;
farzandlar soni.
Qanday rasmni ilova qilish kerak:
Rasm oxirgi 6 oy ichida tushilgan bo'lishi kerak, unda soyalar bo'lmasligi, fotoshop qilinmasligi lozim. Shuningdek mana bu havola orqali batafsil ma'lumot olasiz: https://travel.state.gov/content/travel/en/us-visas/visa-information-resources/photos/photo-examples.html
Javoblarni 2026-yil 3-maydan boshlab tekshirib ko'rish mumkin bo'ladi.
@xoshimovuz
O’qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo’lsin!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago