N.E.G.A

Description
Salom do'stlar! Bu kanalda faqat quruq faktlar emas,ilm-fan va oddiy kundalik hayotimiz haqida haqiqiy, ishonish mumkin bo'lgan to'liq ma'lumotlar yetkaziladi.

Aytgancha, @SavolNEGAbot ga o'ziningizni qiziqtirgan savollarni bering!
Advertising
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 2 days ago

2 months, 3 weeks ago

Mushugi borlar ko‘rishini tavsiya qilaman.🐈 https://www.instagram.com/reel/DAibuDxIVf3/?utm_source=ig_web_copy_link

2 months, 3 weeks ago

Mushugi borlar ko‘rishini tavsiya qilaman.🐈

https://www.instagram.com/reel/DAibuDxIVf3/?utm_source=ig_web_copy_link

3 months, 1 week ago

Foydali narsa yoqimli tuyuladi Mushuklar shirin ta‘mni umuman sezmas ekanlar. Haqiqatan ham, yirtqichlar asosan faqat yog‘ va oqsillardan iborat go‘sht bilan oziqlanadi. Biz bilgan shirin ta‘mni esa asosan uglevodlar, ya‘ni shakar, mevalar, don mahsulotlari…

3 years, 6 months ago

Odamning boʻyi faqat genlarga bogʻliqmi?

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, odam boʻyining taxminan 80% ini genlar belgilab berar ekan. Qolgani esa gormonlar, jins, ovqatlanish ratsioni, moddiy sharoiti, atrof muhit, tibbiyot sifati kabi oʻnlab faktorlar zimmasida ekan. Boshqacha aytganda genlar oʻzini toʻliqligicha namayon qilishi uchun siz yaxshi sharoitlarda yashashingiz kerak, aks holda „qaddi baland“ genlar bilan ham boʻyingiz past boʻlib qolishi mumkin.
Statistikaga nazar solsak, odatda davlatlarning rivojlangalik darajasi qancha katta boʻlsa, aholisining oʻrtacha boʻyi shuncha balandroq boʻladi. Ha, tan olish qanchalik qiyin boʻlmasin, bu yerda ham barchasi yana moddiy sharoitga taqalmoqda.

Misol uchun, ilgari yevropalik sayyohlarning belidan kelgan koreyaliklar boʻyi, oʻtgan yuz yil ichida oʻrtacha 15-20 sm ga oʻsgan. Bu ularning ovqat ratsionida oʻsimlik (guruch) kamayib, hayvon mahsulotlari yaʼni goʻsht isteʼmoli koʻpaygani bilan tushuntiriladi. Yaʼni Koreya rivojlangani sari, aksariyat aholining goʻsht va shu kabi yuqori quvvatli yeguliklarni sotib olishga qurbi yeta boshladi. Qizigʻi, Koreya ikkiga boʻlinganidan keyin, 70 yil ichida, kamroq rivojlangan Shimoliy Koreya aholisi boʻyi, janubliklardan 3-8 sm ortda qolib ketgan. (Kim oilasi diktaturasiga alangali salomlar!)

Pastdagi videoda, yaqin 100 yil ichida turli davlatlar aholisining oʻrtacha boʻyi qanday oʻzgarganini yaqqol koʻrish mumkin. Umuman olganda, bir asr ichida yashash sharoitlari yaxshilashib, oziq-ovqat arzonlashgani sababli, odamlar oʻrtacha boʻyida keskin oʻsish kuzatildi.

Ha, bir qarashda tashqi sharoitlarga bogʻliq boʻlgan bu 20% yoki ±3-4 sm koʻp narsani hal qilmaydigandek tuyuladi. Ammo, avloddan-avlodga oʻtganda bu 3-4 sm lar „yigʻilib“ sezilarli oʻzgarishlarni hosil qilishi mumkin.

@nega_unday

3 years, 6 months ago

Henrietta Lacks'ning umrboqiy hujayralari1951-yilda, Henrietta Lacks shifokor koʻrigidan oʻtganida, uning bachadonidagi oʻsimtadan naʼmuna olinib, laboratoriya tahlili oʻtkaziladi. Odatda odam hujayralarini (hatto ular saraton hujayralari boʻlsa ham) organizmdan tashqarida oʻstirib, koʻpaytirish juda qiyin ish. Hujayralar uzogʻi 40-60-marta boʻlinib keyin nobud boʻladi. Bu ayoldan olingan naʼmuna esa nisbatan noqulay sharoitlarda ham juda tez va cheksiz bo'linishi bilan olimlarni eʼtiborini toʻrtadi. Hujayralar tez orada biologlar jamiyatida mashhurlikga erishib, turli tadqiqotlar boshlab yuboriladi. Naʼmunaga esa HeLa — „umrboqiy“ hujayra chizigʻi deb nom beriladi („HeLa“ bu ayol ismining bosh harflari). Mana 70-yildirki hujayralar hali ham boʻlinishda davom etib kelmoqda. HeLa hujayra chizigʻi (avlodi) biologiyaning genetika, virusologiya, onkologiya, immunologiya kabi yoʻnalishlarida tub burilish yasadi. Xususan, inson xromosomalari soni 46 ta ekanligini aniqlashda, gen tahrirlash sohasi rivojlanishi, odam papilloma virusi va poliomelit kabi jiddiy kasalliklarga qarshi vaksina ishlab chiqishda muhim rol oʻynagan va o'ynab kelmoqda. Hozirda, dunyoning qaysi laboratoriyasida bo'lmasin, inson hujayralari ustidagi deyarli barcha tadqiqotlarda qachonlardir Henrietta Lacksdan ajratib olingan oʻsha hujayralar ishlatiladi. Bu allaqachon standartga aylanib ulgurgan.

Qizigʻi, Henriettaning hujayralari ustida yuzlab olimlar oʻz tadqiqotlarini oʻtkazayotganini ayolning oʻzi ham, uning oila aʼzolari ham bilishmagan. Bu oʻsha davrlar uchun normal holat boʻlgan, ayniqsa beʼmor qoratanli boʻlsa. HeLa hujayralarining asl egasi haqida maʼlumotlar faqat 70-yillarga kelib oshkor qilingan va bu qator noroziliklarga sabab boʻlgan.

Ana shunaqa. Baʼzida deyarli hech qanday taʼlim olmagan uy bekasi ham, oʻzi bexabar holda, ilm-fandagi eng mashhur insonlardan biriga aylanishi hech gap emas ekan.@nega_unday

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 1 month ago

🔔 Reklama: @Edurekadmin


Ta'limda nima yangiliklar?

O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!

© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!

📩 @Edu_murojaatBot

Last updated 1 month, 1 week ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 2 weeks, 2 days ago