Andijon viloyati qishloq xo'jaligi boshqarmasi matbuot kanali

Description
Ushbu kanalda Andijon viloyatining Qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritib boriladi.

Fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ham tavsiya etinglar.

Murojaat uchun: @Madalbekov
We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 1 month, 1 week ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 year, 1 month ago

?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 2 months ago

4 days, 7 hours ago
**Echkilar haqida qiziqarli faktlar**

Echkilar haqida qiziqarli faktlar

*🐐Echkilarning ko‘z qorachig‘i gorizontal, to‘rtburchak shaklida bo‘lib, bu ularga *340 daraja keng burchak ostida ko‘rish imkonini beradi.

Ular tik qoyalarda va tor joylarda muammosiz harakatlana oladi. Shu bois echkilar tog‘li hududlarda bemalol yashay oladigan mohir alpinistlardir.

🌱Har narsani yeb qo‘yadigan "mashina" emas – Ko‘pchilik echkilar hamma narsani yeydi deb o‘ylaydi, ammo aslida ular juda tanlab yeydigan hayvonlardir. Faqat o‘zlari uchun foydali va mazali bo‘lgan o‘tlarni tanlab yeyishadi.

🔼Echkilar 1,5 metrgacha balandlikka sakrashi mumkin. Bu ularga yirtqichlardan qochishda yoki to‘siqlardan oshib o‘tishda katta yordam beradi.

🔺Echkilar odamlarning yuzlarini eslab qolish qobiliyatiga ega. Agar siz ularga mehr bilan munosabatda bo‘lsangiz, ular sizni tanib, do‘stona munosabatda bo‘lishadi.
Har bir echkining o‘ziga xos xarakteri bor. Ba'zilari qiziquvchan va sho‘x, boshqalari esa sokin va vazmin bo‘ladi.

🥛Echki suti sigir sutiga qaraganda oson hazm bo‘ladi va ko‘plab allergiyaga moyil odamlar uchun foydalidir.

🟢Echkilar odamlar tomonidan taxminan 10 000 yil avval xonakilashtirilgan va bugungi kungacha insoniyatga xizmat qilib kelmoqda.

🟢Echkilar yolg‘iz yashashni yoqtirmaydi. Ular ijtimoiy hayvon bo‘lib, o‘z guruhlarida o‘zaro yaqin aloqalar o‘rnatadi.

💰Dunyodagi eng qimmat echki Pokistonda sotilgan bo‘lib, uning narxi 67 000 dollardan oshgan!

Echkilar – zukko, qiziquvchan va juda foydali hayvonlardir!

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

4 days, 7 hours ago
**Qishloq xo‘jaligi vazirligining statistik byulleteni ishlab …

Qishloq xo‘jaligi vazirligining statistik byulleteni ishlab chiqildi

📊Qishloq xo‘jaligi vazirligining "2024-yilda tizim tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar" statistik byulleteni ishlab chiqildi.

🤔Shuni aytib o‘tish kerakki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-47-96-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qishloq xo'jaligi vazirligining 2024-yil 14-avgustdagi 218-son buyrug'i bilan elektron idoraviy statistika hisoboti joriy etish vazifasi yuklatilgan edi.
📌Unga ko‘ra, sohada ma'lumotlar almashinuvini yaxshilash hamda tarmoq statistikasi shaffofligini ta'minlash maqsadida vazirlikning tizim tashkilotlari, hududiy boshqarmalar va vazirlik tizimidagi oliy ta'lim muassasalaridan 11 turdagi elektron idoraviy statistika hisobotlari qabul qilindi.
Elektron idoraviy statistik hisobotini taqdim etuvchilarga qulaylik yaratish uchun vazirlikning "Agrobi" axborot tizimida tarkibiy modul sifatida idoraviy statistika hisobotlarning elektron shakllari joylashtirildi hamda elektron raqamli imzodan foydalangan holda hisobotni yuborish imkoniyati yaratildi. (https://agrobi.agro.uz/statistic)

🔃2024-yil yakuni bo'yicha idoraviy hisobotlar belgilangan tartib bo'yicha yig'ib olindi. Hisobot taqdim etish qamrovi 96,3 foizni tashkil etdi. Taqdim etilgan idoraviy hisobot ma'lumotlari qayta ishlanib, jamlangan holda "2024-yilda tizim tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar" statistik byulleteni ishlab chiqildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

6 days ago
2 months, 2 weeks ago
2 months, 2 weeks ago

7 KUN| ULOQ-KO’PKARI 08.12.2024 YIL

Telegram | Youtube | Instagram | Facebook

2 months, 2 weeks ago

NO COMMENT |BAYRAM MUNOSABATI BILAN ULOQ KO‘PKARI 08.12.2024 YIL

Telegram | Youtube | Instagram | Facebook

2 months, 2 weeks ago
2 months, 2 weeks ago
Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги ходимларига [табрик](https://president.uz/uz/lists/view/7755)

Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги ходимларига табрик

Поздравление работникам сельского хозяйства Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

2 months, 2 weeks ago
**Aziz yurtdoshlar, qishloq xo‘jaligining tinim bilmas …

Aziz yurtdoshlar, qishloq xo‘jaligining tinim bilmas fidoyilari!

Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Bu yil agrar sohada erishgan yutuqlarimiz zamirida sizlarning ertangi kunga ishonch va umid bilan qilgan mehnatlaringiz yotibdi.

Inson erki va uning haq-huquqlari Konstitutsiyada aniq-tiniq belgilab berilgan davlatdagina insonlar kelajak uchun rejalar tuzib, ezgu-maqsadlari yo‘lida mana shunday samarali mehnat qilishadi.

Zero, har bir inson baxtli yashashga haqli. Konstitutsiyamizning bosh maqsadi ham xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratishdan iborat.

Shu bois, Bosh Qomusimiz mohiyatiga chuqur singdirilgan demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat hamda insonparvarlik tamoyillarini ta’minlash bo‘yicha mamlakatimizda tizimli va ortga qaytmaydigan demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mana shunday ezgu va sharafli maqsad yo‘lida keksa-yu yosh barcha vatandoshlarimiz bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilmoqda, Yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lib maydonga chiqmoqda.

Erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib o‘rin egallashda Asosiy Qomusimiz mustahkam zamin bo‘laversin.

Sizlarni Konstitutsiya kuni bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, shaxsiy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri,
akademik, Ibrohim Abdurahmonov

?Website ?Telegram ?Facebook ?YouTube ?Instagram

We recommend to visit

Унча-Мунча - Кун ботгунча...

Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT

Реклама бўйича:
@newline24

.

Last updated 1 month, 1 week ago

Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!

Admin: @omadli_adminjon

Reklama: https://t.me/rek_info/1338

Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?

"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?

Last updated 1 year, 1 month ago

?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга  ва  амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)

Reklama! @RekIama_beriish

Last updated 2 months ago